NOFILOLOGIK YO'NALISH TALABALARIGA INGLIZ TILINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH – IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDА
Abstract
In this article, you can learn about the socio-pedagogical significance of using digital technologies in teaching English to non-philological students in education, as well as the problems and shortcomings that arise in this regard and methodological solutions.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY Volume 02, Issue 05 2025 40 INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY universalconference.us NOFILOLOGIK YO'NALISH TALABALARIGA INGLIZ TILINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH – IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDА Xolbo'tayeva Moxinur Temirboy qizi Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti tayanch doktoranti Annotatsiya. Ushbu maqola ta'limda nofilologik yo'nalish talabalariga ingliz tilini o'qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning ijtimoiy-pedagogik ahamiyati va bu borada yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar metodik yechimlar haqida bilib olishingiz mumkin. Kalit so'zlar: ingiliz tili, raqamli texnologiya, ta'lim, metodika, innovatsiya, sunniy intelekt, online o'qitish Аннотация. В данной статье вы можете узнать о социально-педагогическом значении использования цифровых технологий в обучении английскому языку студентов нефилологических специальностей, а также о проблемах и недостатках, возникающих в этом отношении, и методических решениях. Ключевые слова: английский язык, цифровые технологии, образование, методология, инновации, искусственный интеллект, онлайн-обучение Annotation. In this article, you can learn about the socio-pedagogical significance of using digital technologies in teaching English to non-philological students in education, as well as the problems and shortcomings that arise in this regard and methodological solutions. Keywords: English language, digital technology, education, methodology, innovation, artificial intelligence, online learning Har qanday rivojlangan davlat ortida avvalo kuchli, bilimli aqlan va manan yetuk ,salohiyatli yosh avlodlarning sayyiharakatlari yotadi. Yetishib kelayotgan avlodlarning bilim salohiyatlari qanchalar yuksak darajada bo'lsa , mamlakat har sohada shunchalar taraqqiy topadi . Buning uchun avvalo e'tiborni yoshlarning sifatli , globallashgan dunyo standartlariga javob bera oladigan, raqobatdosh, yigirma birinchi asr axborot kommunikatsiyon davriga mos, raqamli texnologiyalar asosida ta'limtarbiya olishlariga qaratish lozim. Hammamizga ma'lumki hozirgi kunda O'zbekistonda ta'lim tizimida katta o'zgarishlar olib borilmoqda. Shu jumladan , chet tillariga ayniqsa ingliz tiliga bo'lgan e'tibor kundan kun ortmoqda. Bu esa mamlakatimizning global hamjamiyatga integrallashuvi va iqtisodiy ijtimoiy rivojlanish maqsadlari bilan bog'liqdir.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY Volume 02, Issue 05 2025 41 INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY universalconference.us Bugungi kunda ingiliz tili va uni raqamli texnologiyalar asosida o'qitish uchun bir qator islohotlar va tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Jumladan , 2013-2014-o'quv yilidan boshlab ingiliz tili butun respublika bo'ylab 1-sinfdan majburiy fan sifatida o'qitila boshladi. Yurtboshimizning chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator farmon va qarorlari qabul qilindi. O'qituvchilar va o'quvchilarni rag'batlantirish uchun milliy yoki xalqaro testlarda C1 darajadagi sertifikat olgan o'qituvchilarga 50 % miqdoridagi qo'shimcha ustama haqqi olish , o'quvchilarga esa Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlariga kirish ballariga imtiyozli ballar qo'shish kabi rag'batlantirishlar ta'sis etildi. Ingiliz tilini raqamli texnologiyalar asosida o'qitish hozirgi kundagi eng samarali va rivojlangan yo'nalishlardan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalaridan foydalanish an'anaviy ta'lim tzimini boyitib uni yanda qiziqarli interaktiv tarzda o'tilishini taminlaydi. Ta'limni bugungi kunda interaktiv va zamonaviy texnologiyalar qamrab olmoqda. Oliy ta'lim muassalarida nofilologik yo'nalish talabalariga ingliz tilini raqamli texnologiyalar asosida o'qitish o'quvchilardatil ko'nikmalarini chuqur egallashga, fanni yanada tushunarli , qiziqarli bo'lishida yordam beradi. Raqamli texnologiyalar asosidagi innovatsion usullarga quyidagilarni keltirish mumkin: Multimedia resurslari : Vebinarlar , onlayn kurslar, podkastlar Sunniy intellekt vositalari: ChatGPT , Gemini kabi AI chatbotlar talablarga yangi va notanish mavzularni yanada kengroq tushunish , grammatik xatolarni bilib olish, o'g'zaki nutqni mash qilishda yordam beradi Integratsiyalashgan ta'lim platformlari: Oliy ta'lim yurtlarida o'quv jarayonini boshqarish tizimlari orqali materiallar, topshiriqlar va teslar joylashtiriladi. Chet tilini o'qitida o'qitish usullari ham o'zgarmoqda, metodik innovatsiyalar amalga oshirilmoqda. Ingliz tilini faqat fan sifatida emas, balki nofilologik yo'nalish talabalariga o'z sohalari bo'yicha darslar o'tilishi. Bu yondashuv o'quvchilarga akademik tilni egallashga yordam beradi. Nofilologik yo'nalish talabalarning ingliz tiliga bo'lgan ehtiyoji asosan amaliy , kasbiy va kommunikatsiyon yondashuvga ega bo'lib , Oliy ta'limda talablar asosan kasbiy terminologiyani o'zlashtirishlari, ingliz tilidagi kasbga doir respublika va xalqaro manbalarni mustaqil o'qish ko'nikmasiga ega bo'lishlari, o'zaro aloqada o'z yo'nalishlariga doir erkin muloqotni amalga oshira olishlari , texnik hujjat va dasturiy ta'minot vositalarni tushunishlari lozim. Ammo ko'pchilik talabalarning eskirgan metodikalar sabab ingliz tiliga bo'lgan qiziqishining pastligi, bazaviy bilimlarning
INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY Volume 02, Issue 05 2025 42 INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY universalconference.us yetarli darajada shakillanmaganligi , o'zlashtirish davomida yetarli manbalarga ega emaslik sababli o'rganish jarayoning tezligi pastligi sabab , chet tillarini raqamli texnologiyalar asosida innovatsion yondashuv orqali o'qitish talab qilinadi. Raqamli texnologiyalar o'qituvchi va o'quvchilarga interaktiv, kognetiv, shaxsga yo'naltirilganlik, faoliyatga yo'naltirilganlik kabi yondashuvlarni samarali tashkil etishda yordam beradi. Ingliz tilini o'qitishda quyidagi vositalardan foydalanish mumkin: 1. Mobil ilova va platformlar 2. Onlayn o'qitish vositalari 3. Sunniy intellekt asosidagi vositalar 4. Multimedia resurslari va boshqalar Rivojlangan ta'lim tizmida raqamli texnologiyalar asosida ingliz tilini talablarga o'qitish yuqori natijaviy usullardan biri ammo , bu borada yuzaga kelayotgan ijtimoiypedagogik muammolar ham mavjud . Bularga: 1. Didaktik muammolar 2. Texnik muammolar 3. Psixologik , ijtimoiy muammolar Chet tillarini o'qitishda qo'llanilayotgan keraksiz va tartibsiz manbalarning ko'pligi, o'qituvchilarning metodik tayyyorgarligi yetarli bo'lmasligi hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish borasidagi tajribalarining ko'p hollarda yetishmasligi , talabalarning mustaqil o'rganish bo'yicha ko'nikmalarining pastligi, internet tarmog'ining ayrim hududlarda yetishmovchiligi, bazi hududlarda esa tezligining pastligi , ta'lim muassalarida qurilmalar kam sonliligi , virtual ta'limga moslashish qiyinchiklari , raqamli texnologiyalarning qo'llanishi ortgan sari ijtimoiy muloqotning kamayishi sababli talablarga raqamli texnologiyalar asosida ingliz tilini o'qitish borasida muammolar yuzaga kelmoqda. Raqamli texnologiyalar o'quv jarayonining interaktivligini, samaradorligini va talabalarning faolligini oshiradi . Shu bilan bir qatorda bu jarayonda ijtimoiypedagogik muammolar ham yuzaga keladi va ularni ilmiy pedagogik yondashuvlar orqali hal etish lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Azizxodjayeva N. N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: “Fan”, 2020. 2. Hubbard P., Levy M. The Cambridge Guide to Teaching English with Technology. Cambridge University Press, 2016. 3. Richards J.C., Rodgers T.S. Approaches and Methods in Language Teaching. Cambridge University Press, 2014.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY Volume 02, Issue 05 2025 43 INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY universalconference.us 4. Ushakov A.A. Цифровая дидактика и современное образование. – Москва: Юрайт, 2021. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va raqamli ta’limni rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2020.