scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINFLARDA TURLI-XIL DIDAKTIK O'YINLARDAN FOYDALANISH USULLARI

Xurramova, Sanobar; Shonazarova, Ozoda

Abstract

In primary education, enhancing student engagement in the learning process, reinforcing knowledge, and fostering creative thinking are among the key objectives of effective pedagogical approaches. To achieve these goals, didactic games are increasingly used as an effective tool in educational practice. A didactic game is considered an interactive method that serves to develop students’ knowledge, skills, and competencies through game elements. This article provides information on these aspects and discusses their pedagogical significance.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 66 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TURLI-XIL DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH USULLARI Xurramova Sanobar Maxmatmurodovna Termiz davlat pedagogika instituti “Boshlang‘ich ta’limda matematika va ona tili” kafedrasi o‘qituvchisi Shonazarova Ozoda Erkinovna Termiz davlat pedagogika instituti 3-kurs talabasi ANNONTATSIYA Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ta’lim jarayoniga faolligini oshirish, bilimni mustahkamlash va ijodiy fikrlashni rivojlantirish pedagogik yondashuvlarning muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda didaktik o‘yinlar — pedagogik faoliyatning samarali vositasi sifatida keng qo‘llanilmoqda. Didaktik o‘yin — o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘yin elementi orqali shakllantirishga xizmat qiladigan interaktiv metod hisoblanadi. Mazkur maqolada shular xususida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim, metodika, didaktik o‘yin, bilim, ko’nikma, malaka, ijodkorlik, fikrlash, mantiqiy tafakkur. ABSTRACT In primary education, enhancing student engagement in the learning process, reinforcing knowledge, and fostering creative thinking are among the key objectives of effective pedagogical approaches. To achieve these goals, didactic games are increasingly used as an effective tool in educational practice. A didactic game is considered an interactive method that serves to develop students’ knowledge, skills, and competencies through game elements. This article provides information on these aspects and discusses their pedagogical significance. Keywords: education, methodology, didactic game, knowledge, skill, competence, creativity, thinking, logical thinking. Mа’lumki, onа tili fаnini о‘qitishdа аsоsiу e’tibоr о‘quvсhidа tilgа dоir tоʻrt kоʻnikmа: оʻqib va tinglаb tushunish, nutq sоʻzlаsh vа уоzish hаmdа grаmmаtik sаvоdxоnlikni shаkllаntirishgа qаrаtilаdi [1, 4-b.]. Boshlang‘ich ta’limda didaktik o‘yinlarni dars jarayoniga joriy etishning nazariy asoslari sifatida va zamonaviy interaktiv pedagogik texnologiyalar asoslari hisoblanadi. O‘yinning ta’limdagi roli shundaki, u o‘quvchilarning faoliyat asosida o‘zlashtirishini ta’minlab, tajriba va sinov-xatolar orqali bilim beradi. Didaktik o‘yinlar orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida quyidagilarni shakllantirish mumkin. INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 67 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us 1) o‘quvchilarning diqqatini jalb qiladi; 2) faol ishtirokni rag‘batlantiradi; 3) muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi; 4) hamkorlikda ishlashni rivojlantiradi. 5) bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish. Didaktik o‘yinlar ta’lim mazmunini aniqlashtirishning muhim vositalaridan biri. U tarbiyalanuvchilarda o‘qish motivini, istagini rivojlantirishga xizmat qiladi. Didaktik o‘yin - ta’lim beruvchi usul bo‘lib, bu usul muayyan ta’limiy maqsadlarga erishishga yani o‘tilgan o‘quv materiallarini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Darslarda interaktiv ta’limiy o‘yinlarni tashkil etish, o‘yinsiz to‘la-to‘kis aqliy rivojlanishni tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘yin bu o‘quvchilar uchun yirik jo`shqin chashma. U orqali o‘quvchining ma’naviy dunyosiga jonli tushunchalar, tasavvurlar oqimi quyiladi. 1-4-sinf o‘quvchilarida tayanch hamda fanga oid kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Shu sababli o‘quvchilarni darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda qiziqtiruvchi o‘yin metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Didaktik o‘yinlar o‘qitish, o‘rgatish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli, maroqli, quvnoq tarzda olib boriladi. Bolalar g‘olib bo‘lish maqsadida astodil o‘yinga kirishib mashq qilishadi, berilgan har bir topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, natijada ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bo‘lgan qiziqish ortib boraveradi. Didaktik o‘yinlar bolaning his-tuyg‘usiga ta’sir etib,unda o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabat va qiziqish xislatini tarkib toptiradi. Bolalar o‘yinda zo‘r mamnuniyat bilan ishtirok etadilar.O‘yin boshlanishini sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida beixtiyor ertangi o‘quv kunining quvonchli manzarasi gavdalanadi. Maktab o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini hisobga olib, fanni o‘qitishda g‘oyat samarali bo‘lgan qator o‘yinli texnologiyalar ishlab chiqilgan. Mutaxassislarning fikricha, insonning asosiy faoliyat turi uch ko‘rinish: 1.Mehnat faoliyati 2.O‘yin faoliyati 3. O‘quv faoliyatida shakllanadi Ularning barchasi o‘zaro bog‘liq holda sodir bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv materiallari asosidagi aqliy harakatlarini shakllanish qonuniyatlari o‘yin faoliyatlarida tarkib topadi. Biroq o‘yinli ta’limni o‘quvchilar bilan ishlashdagi asosiy ta’lim shakli deyish to‘g‘ri emas. U o‘quvchida bilish qobiliyatini shakllantirmaydi, biroq ularning bilish faolligini oshiradi, qiziqish uyg‘otadi. Qiziqish bor joyda esa ta’lim sifati yaxshilanadi. Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 68 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us shaklida qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati orqali uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli o`quvchilarning ta’lim olish faoliyati o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi. Mа’lumki, onа tili fаnini о‘qitishdа аsоsiу e’tibоr о‘quvсhidа tilgа dоir tоʻrt kоʻnikmа: оʻqib va tinglаb tushunish, nutq sоʻzlаsh vа уоzish hаmdа grаmmаtik sаvоdxоnlikni shаkllаntirishgа qаrаtilаdi [1, 4-b.]. Quyida ona tili darslarida qo’llash mumkin bo‘lgan didaktik o‘yindan namuna keltirilgan. “SINKVEYN ” DIDAKTIK O‘YINI Didaktik o‘yin tavsifi: Sinkveyn didaktik o‘yinida o‘qish va yozish asosida fikrlarni rivojlantirish dasturi bo‘lib, Sinkveyn (fr. “besh qator”) – ma’lumotlarni sintezlash (alohida ma’lumotlar asosida yaxlit g‘oyalarni shakllantirish)ga yordam beradigan qofiyasiz she’r bo‘lib, u asosida o‘rganilayotgan mavzu (tushuncha, hodisa, voqea)larga oid ma’lumotlar to‘planadi; har bir o’quvchi ushbu ma’lumotlar yig‘indisi (qofiyasiz she’r)ni o‘z so‘zlari bilan turli variant yoki qarashlar orqali ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Maqsad: Sinkveyn tuzish – tushunilishi qiyin g‘oya, sezgi va hissiyotlarni bir necha so‘z orqali yaqqol, yorqin ifodalash malakasi bo‘lib, bu jarayon mavzuni puxtaroq o‘zlashtirish, ma’lumotlarni yaxshiroq anglashga yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarda ijodkorlikni shakllantiradi, ularning bilimini baholaydi, o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatadi, o‘quvchilar nutqida mantiqiylik va izchillikni ta‘minlaydi va fanlararo integratsiyani amalga oshiradi. Sinkveyn tuzish murakkab jarayon bo‘lib, uni samarali tashkil etish uchun muayyan qoidalarga amal qilish talab etiladi. Odatda, sinkveyn tuzish besh bosqichli harakatlarni tashkil etish orqali amalga oshiriladi. O‘tkazish tartibi: 1-bosqich Mavzu bir so‘z bilan ifodalanadi (odatda ot tanlanadi) 2-bosqich Mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi (odatda 2 ta sifat tanlanadi) 3-bosqich Mavzu doirasida tashkil etiladigan xatti-harakat uchta so‘z bilan ifodalanadi 4-bosqich Mavzuga nisbatan munosabatni anglatadigan to‘rtta so‘zdan iborat fikr yoziladi (4 ta so‘zdan iborat jumla yoziladi) 5-bosqich Mavzu mohiyatini takrorlovchi, ma’nosi unga yaqin bo‘lgan bitta gap yoziladi (mavzuga doir sinonimlar asosida gap yoziladi) 1.Mavzu bir ot bilan ifodalanadi: Bulut 2. Mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi: Oppoq, beg‘ubor 3.Mavzu uch fe’l bilan ifodalanadi: Uchib yurar, zavqlantirib, quvontiradi. 4.To‘rt so‘zdan iborat jumla: Xayolimda sen tomonga parvoz etaman. 5.Mavzuga doir bitta so‘z: Poklik INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 69 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us Sinkveyin didaktik o‘yini o‘quvchilarning erkin fikri hisoblanib, chuqur mulohaza qilishga o‘rgatadi. O‘qituvchidan mavzudan asosiy maʼlumotlarni topish, umumlashtirishni talab qiladi. Bundan tashqari, o‘qish savodxonligi darslarida (masalan, oʻtgan mavzuni umumlashtirishda yoki asarlarni oʻqib chiqqandan keyin) sinkvindan foydalanish mumkin. Odatda tanqidiy fikrlashga imkon beradigan bu usul axborotni umumlashtirish, murakkab fikrlarni aniq etkazish va fikr-mulohazalarni bildirishda samarali hisoblanadi. Buni individual ishda ham, guruh va juftlikda ham ijodiy bajariladigan vazifa deb hisoblash mumkin. Sinkveyin yordamida siz soʻz boyligini rivojlantirishingiz, oʻquvchilarning qiziqishini, bilvosita fikrlashni oshirishingiz, fikrlarni toʻplashingiz, soʻzlarni bir-biri bilan bogʻlashingiz mumkin. O‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga taʼsir qiladi. Boshlang‘ich ta’limda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarga didaktik o‘yinlarni darsda muvaffaqiyatli integratsiya qilish uchun quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilishini va dars jarayonida qo‘llash uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz: 1. O‘quv maqsadiga moslik – o‘yin dars maqsadlarini to‘liq qamrab olish. 2. Faollik – o‘quvchilar dars jarayonida faol ishtirok etish. 3. Bosqichma-bosqichlik – murakkablik darajasi o‘sib borish. 4. Baholash – o‘yin orqali olingan natijalarni baholash. ‒ dars rejasiga didaktik o‘yinlar uchun vaqt ajratish; ‒ o‘quvchilarning yosh xususiyatiga mos o‘yinlarni tanlash; ‒ o‘yin orqali olingan natijalarni baholash uchun aniq mezonlar belgilash; ‒ guruhdagi hamkorlikni rag‘batlantirilishi; XULOSA Didaktik o‘yinlar boshlang‘ich sinflarda ta’lim jarayonini samarali, qiziqarli va interaktiv qiluvchi kuchli pedagogik vositadir. Avvalo, har bir dars jarayonini tashkil etilishida aniqlik bo’lishi muhim hisoblanadi. O’qituvchi o’quvchilarga erkinlikni, albatta, me’yorida ta’minlab berishi lozim. Ular o‘quvchilarning bilim darajasini mustahkamlash, qiziqishni oshirish va fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Maqolada keltirilgan ma‘lumot o‘qituvchilarga dars jarayonida didaktik o‘yinlardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan ko‘rsatma beradi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. “О‘zbekistоn Respublikаsidа umumiу о‘rtа tа’lim tо‘g‘risidа”gi Nizоm 3-bob 12 bandi INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 70 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us 2.DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITY IN STUDENTS ON THE BASIS OF A COMPETENT APPROACH. (2025). EduVision: Journal of Innovations in Pedagogy and Educational Advancements, 1(2), 164-169 3. Eshanqulovna, E. L. J. I., & Erkinovna, S. O. (2025, June). BОSHLANG ‘ICH SINF О‘QUVCHILARIDA KREATIV FIKRLASH QОBILIYATLARINI TAKОMILLASHTIRISH SHAKL VA METОDLARI. In International conference on multidisciplinary science (Vol. 3, No. 6, pp. 35-38). 4. Eshanqulovna, E. J. I. (2025, June). BОSHLANG ‘ICH SINF О ‘QUVCHILARINING KREATIV FIKRLASH QОBILIYATLARINI NAZОRAT QILISH YО‘LLARI. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS (Vol. 2, No. 5, pp. 52-56). 5. Eshpulatova Jang’Il Eshonqulovna. (2023). METHODOLOGY OF DEVELOPMENT OF CREATIVE SKILLS OF PRIMARY CLASS STUDENTS. International Journal of Pedagogics, 3(03), 25–31. 6. Zhangil ESHPULATOVA. (2023). CRITERIA FOR DEVELOPMENT OF CREATIVE THINKING ABILITY OF PRIMARY CLASS STUDENTS. World Bulletin of Social Sciences, 27, 1-5. 7. KOMPETENTLI YONDOSILISh ASOSIDA TALABALARDA IJODIY QOBILIYATNI RIVOJLANTIRISH. (2025). EduVision: Pedagogika va ta'lim sohasidagi innovatsiyalar jurnali , 1 (2), 164-169. 8. Eshpo‘Latova, J. E. (2024). MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O‘QUVCHILARDA KREATIV FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISH. Inter education & global study, (3 (1)), 139-146. 9. Eshpulatova Jang’Il Eshonqulovna, . (2023). BAŞLANGICH SIF O'QUVCHILARINING IJODLIK MAKORATLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI. Xalqaro Pedagogika jurnali , 3 (03), 25–31. https://doi.org/10.37547/ijp/Volume03Issue03-05 10. Eshanqulovna, E. L. J. Bоshlang'ich sinf о'quvchilarida kreativ fikrlash qоbiliyatlarini takоmillashtirish shakl va metоdlari. 11. Eshanqulovna, E. L. J. I., & Shopoatovna, T. L. B. (2024, February). BOSHLANGICH SINF O ‘QUVCHILARDA IJODIY FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISH. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS (Vol. 1, No. 2, pp. 68.