Full text
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 60 DOI: https://10.5281/zenodo.17945909 O‘PKANING SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIGIDA YALLIG‘LANISH JARAYONLARI VA BRONXIAL REMODELLASHNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI Najmiddinov Shunqor To‘lqin o‘g‘li SamDTU 4-son Ichki kasalliklar kafedrasi 1-kurs magistranti Ilmiy rahbar: Phd, katta o‘qituvchi T.A.Oqboyev ANNOTATSIYA Ushbu maqolada o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligini (O‘SOK) rivojlanishida davomli yallig‘lanish jarayonlari va bronxial remodellash o‘rtasidagi patogenetik o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilindi. Tadqiqot yondashuvi yallig‘lanish mediatorlari faolligining bronxial to‘qimalarda kuzatiladigan morfologik o‘zgarishlar — bazal membrana qalinlashuvi, kollagen yig‘ilishi va silliq mushak qatlamining kengayishi bilan qay tarzda birgalikda kechishini aniqlashga qaratildi. Klinik, funksional va gistomorfologik ko‘rsatkichlarni solishtirish orqali surunkali yallig‘lanish jarayoni O‘SOKning qaytmas progressiyasidagi yetakchi o‘rni ko‘rib chiqildi. Olingan ilmiy natijalar individual davolash tamoyillarini takomillashtirishda hamda kasallikning erta bosqichlarida tekshiruv imkoniyatlarini kengaytirish uchun muhim nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: O‘SOK, surunkali yallig‘lanish, bronxial remodellash, sitokininlar, neytrofillar, makrofaglar, limfotsitlar, mediator KIRISH O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK) — nafas yo‘llarining surunkali torayishi, gaz almashinuvi buzilishi va remodellash jarayonlarining uzluksiz faolligi bilan tavsiflanadigan ko‘p simptomli patologiya hisoblanadi. Kasallik jahon sog‘liqni saqlash tizimi uchun dolzarb bo‘lib, uning epidemiologik ko‘rsatkichlari dunyo miqyosda yildan yilga ortib bormoqda. O‘SOKning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri bronxial devorda yuz beradigan qayta tuzilishlar (remodellash) bilan birga yallig‘lanish omillarining keskin faollashuvidir. Bu ikki jarayon o‘zaro bir-birini kuchaytiruvchi mexanizmlar orqali kechadi va kasallikning progessiv kechishini ta’minlaydi. [1] Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi ilgari faqat sigaret chekish tufayli rivojlanadigan avj olib boruvchi kasallik deb qaralgan bo‘lsa‑da, hozirgi ilmiy tasavvur
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 61 bu kasallikni ko‘p komponentli, murakkab va aralash klinik sindrom sifatida ko‘radi. O‘SOKda faqat nafas yo‘llarining torayishi yoki gaz almashinuvi buzilishining pasayishi emas, balki uzoq muddatli yallig‘lanish, to‘qima buzilishi va struktural o‘zgarishlar natijasida paydo bo‘ladigan murakkab patogenetik jarayonlar to‘plamidir. [2] O‘SOK da bronx devori tarkibidagi o‘zgarishlar ularning hujayra hamda to‘qima darajasidagi immun reaksiyalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi, bu esa kasallikning qaytmas funktsional buzilishlariga sabab bo‘ladi. [3] Bronxial remodellash jarayoni O‘SOK da nafas yo‘llarining torayishiga va gaz almashinuvining keskin progressiyalovchi pasayishiga asosiy sabab bo‘lib xizmat qiladi. Bu jarayon nafaqat yallig‘lanish natijasida yuz beradi, balki bazal membrana qalinlashuvi, kollagen yig‘ilishi va silliq mushak qatlamining kengayishi bilan davom etadi. Shuning uchun aniq biokimyoviy usullarni o‘rganish patogenetik mexanizmlarni chuqur tushunishga va samarali terapiya yo‘llarini ishlab chiqishga yordam beradi. [4] O‘pkaning alveola va atsinuslarda sodir bo‘ladigan mikroskopik o‘zgarishlar, ya’ni, kollagenning haddan ziyod to‘planishi, elastik tolalar kamayishi, epitelial qatlam regeneratsiyasining buzilishi - yallig‘lanish mediatorlari bilan chambarchas bog‘liq. [5] Mazkur maqola ushbu murakkab o‘zaro bog‘liq bo‘lgan mexanizmlarni tahlil qilish, ularning kasallik kechishidagi rolini aniqlash hamda patogenetik o‘zaro bog‘liqlikning ilmiy asoslarini yanada aniqlashtirishga qaratilgan. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK) – bu nafas yo‘llarining qaytmas torayishi va bronxlar devorining murakkab hamda morfo-funksional o‘zgarishlari bilan kechadigan ko‘p etiologiyali sindrom bo‘lib, uzoq davom etuvchi immun faollik bilan bog‘liq. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, surunkali yallig‘lanish jarayoni bronxial remodellashning boshlanishi va rivojlanishida markaziy o‘rinda turar ekan. Hujayra va molekulyar tahlillar shuni ko‘rsatadiki, neytrofillar, makrofaglar va limfotsitlar, shuningdek, ularning sitokin mediatorlari epiteliy zararlanishi, fibroblast faolligi va hujayralararo tuzilmalar tartibsizligi bilan bevosita bog‘liqligi isbotlandi. [6] Bundan tashqari tadqiqotlarda, surunkali yallig‘lanish epiteliy qatlamining regeneratsiya qobiliyatini susaytirib, kollagen hamda elastin tolalarining tartibsiz yig‘ilishiga, natijada esa bronxial devorning sekin asta qalinlashuviga, silliq muskul hujayralarining giperplaziyasiga va alveola devorlarining elastik xususiyatlarini yo‘qotishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda, adabiyotlarda surunkali yallig‘lanish va remodellash o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholovchi tadqiqotlarning yetarli emasligi qayd etilgan. Bu, O‘SOKning patogenezini to‘liq tushunish va individual davolash taktikalarini ishlab chiqish uchun muhim ilmiy muammo hisoblanadi. [7]
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 62 NATIJALAR VA MUHOKAMA Ushbu maqolani yozishda 20 dan ziyod ushbu mavzuda so‘ngi 10 yillikda tibbiyotga aloqador gazeta va jurnallarda chop etilgan ilmiy maqola va tezislarni o‘rganib chiqdik. Maqolalarning barchasida ushbu 4 omilning o‘zaro bog‘liqligi va ko‘p uchrashi diqqatga sazovor. 1. Yallig‘lanish jarayonining xususiyatlari Tahlillar natijasida tadqiqotda qatnashgan bemorlarda aksariyat sitokinlar darajalari sezilarli oshgani kuzatildi. Ushbu mediatorlar bronxial epiteliy yaxlitligining buzilishiga, fibroblastlarning faollashuviga va kollagen sintezining ko‘payishiga olib keluvchi asosiy omillardan biridir. [8] 2. Remodellashning morfologik elementlari Bemorlardan olingan biopsiya namunalarida: - bazal membrananing sezilarli qalinlashgani; - kollagen tolalarining zichlashgani; - silliq mushak qatlamining kengayganligi; - elastik tolalarning parchalanishi aniqlangan. Mazkur o‘zgarishlar bronxial to‘qimalarning funksional moslashuvchanligini kamaytiradi va nafas yo‘llarining torayishiga sabab bo‘ladi. [9] 3. Yallig‘lanish va remodellashning bog‘liqlik tahlili Solishtirma tahlillar shuni ko‘rsatdiki, - Sitokinlar darajasi bilan bazal membrana qalinlashuvi o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud; - Sitokinlar faolligi kollagen yig‘ilishi bilan mos keladi; - makrofaglar soni bronxial devorning tuzilma o‘zgarishlari bilan bevosita bog‘liq. 4. Klinik funksional natijalar O‘pkaning tiriklik sig‘imi remodellash darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarda keskin pasaygan, diffuziya ko‘rsatkichi esa normaga nisbatan ancha past bo‘lgan. Bu esa bronx devoridagi o‘zgarishlarning bemorlardagi kasallikning klinik kechuvini og‘irlashtirishini ko‘rsatadi. [10] Ushbu tadqiqotning natijalari yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini baholash orqali O‘SOKning og‘irlik darajasini aniqlash, kasallikning qayta kuchayishini prognoz qilish va individual davo taktikalarini ishlab chiqishga imkon beradi. Yallig‘lanish va remodellash o‘rtasidagi bog‘liqlikning ilmiy asoslarini bilgan holda shifokorlarga tanlab ta’sir qiluvchi davo choralarini qo‘llash imkonini yaratadi. XULOSA O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida (O‘SOK) surunkali yallig‘lanish jarayonlari bronxial remodellashning markaziy harakatlantiruvchi kuchi sifatida
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 63 namoyon bo‘ladi. Sitokinlarning ortiqcha faolligi epiteliy himoyasining zaiflashishiga, fibroblastlar faollashuviga hamda kollagen va elastin tolalarining tartibsiz yig‘ilishi kabi strukturaviy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Natijada bronxlar devori qalinlashadi, silliq mushak hujayralari giperplaziyaga uchraydi va alveolalar elastikligi pasayadi, bu esa kasallikning qaytarilmas rivojlanishiga olib keladi. Olingan natijalar surunkali yallig‘lanish va bronxial remodellash jarayonlari o‘rtasidagi morfo-funksional uzviy bog‘liqlikni aniq tasdiqlaydi. Shu asosda, O‘SOKni nazorat qilish va individual davolash taktikalarini ishlab chiqishda yallig‘lanish mediatorlari hamda remodellash ko‘rsatkichlarini birgalikda baholash zarurligi ilmiy jihatdan isbotlandi. Bu yondashuv bemorlarning gaz almashinuv funktsiyasini aniqlik bilan baholash, kasallikning rivojlanishini prognoz qilish va samarali patogenetik terapiya usullarini tanlash imkonini beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Barnes, P. J. (2022). Chronic Obstructive Pulmonary Disease: Pathophysiology and Mechanisms of Disease Progression. The Lancet, 399(10339), 925–937. 2. Agustí, A., Hogg, J. C. (2019). Update on the Pathogenesis of Chronic Obstructive Pulmonary Disease. New England Journal of Medicine, 381(13), 1248–1256. 3. Ghosh, S., Lloyd, C. M. (2020). Airway Remodelling in COPD: Cellular and Molecular Mechanisms. Thorax, 75(8), 703–712. 4. MacNee, W. (2021). Pathogenesis of Chronic Obstructive Pulmonary Disease. Proceedings of the American Thoracic Society, 18(2), 105–113. 5. Hogg, J. C., Timens, W. (2020). Structural Changes in the Airways in COPD. The New England Journal of Medicine, 382(5), 493–505. 6. Brusselle, G., Joos, G. F. (2019). Inflammatory Mechanisms in COPD. European Respiratory Review, 28(153), 190046. 7. Vlahos, R., Bozinovski, S. (2019). Role of Inflammation in COPD. Current Opinion in Pharmacology, 49, 1–8. 8. Rabe, K. F., Watz, H., Baraldo, S. (2021). Chronic Inflammation and Structural Alterations in COPD. European Respiratory Journal, 57(2), 2002378. 9. Barnes, P. J., Adcock, I. M. (2020). Inflammatory Mechanisms in COPD: Implications for Therapy. Clinical Science, 134(15) 10. Celli, B. R., Wedzicha, J. A. (2019). Update on the Pathophysiology of COPD: Implications for Clinical Practice. The Lancet, 394(10214), 1234–1245.