scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YAQIN TILLARDAN TARJIMA VA UNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Yeshboyeva Matluba

Abstract

Ushbu tezisda yaqin tillar tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritilga. Tarjima yaqin tillardan, ayniqsa qardosh tillardan qilinsa, qanday qulayliklar va noqulayliklar borligi, qanchalik oson va qanchalik qiyin bo‘lishi to‘g‘risida tahlil qilingan.

Full text

Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 86 YAQIN TILLARDAN TARJIMA VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Yeshboyeva Matluba Nukus DPI 2-kurs doktoranti Annotatsiya: Ushbu tezisda yaqin tillar tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritilga. Tarjima yaqin tillardan, ayniqsa qardosh tillardan qilinsa, qanday qulayliklar va noqulayliklar borligi, qanchalik oson va qanchalik qiyin bo‘lishi to‘g‘risida tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: tarjima, tarjimon, yaqin tillar, qardosh tillar, tarjima jarayoni. Tarjima jarayonini o‘rganish shu bilan murakkablashadiki, u tarjimonning miyasida sodir bo‘ladigan va bevosita kuzatish mumkin bo‘lmagan aqliy operatsiyalar natijasidir. Shuning uchun tadqiqotchi turli bilvosita vositalarga murojaat qilib, tarjimon "oshxonasi"ga kirishiga to‘g‘ri keladi. Tarjima jarayonida bir vaqtning o‘zida yoki ketma-ket kelishi mumkin bo‘lgan bosqichlarni ajratib ko‘rsatish imkoniyati yaqqol namoyon bo‘ladi. Shubhasiz, tarjimada ikki bosqich mavjud: tushunish bosqichi va asl tarjima bosqichi, ya’ni boshqa tildagi matnni yaratish. Ba’zi mualliflar uchinchi bosqichni - tahrir qilish, tarjimani yakuniy sayqallash bosqichini ham ajratib ko‘rsatishni taklif qiladilar. Matnlarni tushunish va yaratish jarayonlari psixologlar va tilshunoslar tomonidan uzoq vaqtdan beri o‘rganib kelinayotganligi sababli, tarjimashunoslik tarjima jarayonini o‘rganishda ushbu fanlarning ma’lumotlaridan foydalanishi mumkin, bu jarayonlarning tarjimonda kechishi boshqa, "normal" odamlardan tubdan farq qilmasligini nazarda tutadi. Darhaqiqat, ko‘plab tarjimashunoslik konsepsiyalari odamlarning matnlarni qanday tushunishi va yaratishi haqidagi bilimlarimizga asoslanadi. Shu bilan birga, tadqiqotlar tarjimonning kommunikativ xulq-atvorining ba’zi xususiyatlarini ham aniqlaydi. Bu qanchalik g‘alati tuyulmasin, tarjimon tarjima qilinayotgan matnni asliyat tili ona tili bo‘lgan "normal" o‘quvchiga qaraganda chuqurroq tushunishga majbur bo‘ladi. Bunday qo‘shimcha tushunish, birinchidan, matn mazmuni haqida yakuniy xulosalar chiqarish, ikkinchidan, tarjima tili talablarini hisobga olish zarurati bilan bog‘liq. Aytaylik, rus tilidagi matnda kimdir "yorqin nutq" so‘zladi, deb xabar berilgan. Bu sifatlashning ma’nosi biz uchun aniq va uni o‘ylab o‘tirishimizga hojat yo‘q. Ingliz tiliga tarjimon esa o‘ylab ko‘rishga majbur bo‘ladi. U nutqning ishonchliligi, obrazliligi yoki jonliligi nazarda tutilayotganini hal qilishi kerak bo‘ladi, chunki uning tarjimasida "brilliant," "impressive" yoki "vivid" sifatini tanlash shunga bog‘liq bo‘ladi. Yoki ingliz tilidagi asl nusxada "he let things slide" uchun korxona rahbarini ishdan bo‘shatish haqida gap ketadi. Ma’nosi tushunarli, lekin rus tiliga tarjimon bu rahbarning aynan nima aybi borligini hal qilishi kerak bo‘ladi: "ishlar bilan shug‘ullanmadi," "qo‘l ostidagilarni tarqatib yubordi" yoki, Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 87 ehtimol, shunchaki "yeng uchida ishladi." Tarjimonga tarjimaning grammatik shaklini tanlash uchun ham qo‘shimcha ma’lumot kerak bo‘lishi mumkin. Ingliz tilidagi "He visited me last month" jumlasida u o‘tgan oyda menda bir yoki bir necha marta bo‘lganligini aniqlamaslik mumkin. Tarjima jarayonini o‘rganishning eng yaxshi ishlab chiqilgan usuli tarjimaning nazariy modellarini yaratish va turli xil o‘zgarishlarni (transformatsiyalarni) tavsiflash bo‘lib, ular yordamida asl matn qismidan tarjima matni qismiga o‘tish mumkin. Tarjima modeli - bu tilshunoslik yoki psixologiyaning ba’zi umumiy qoidalarini tarjimaga tatbiq etishga urinishga asoslangan tarjima jarayonini amalga oshirish tartibining shartli tasviridir. Model gipotetik xarakterga ega, chunki bizga ma’lumki, tarjimon miyasidagi tarjima jarayonini bevosita kuzatish mumkin emas va tarjimon aynan u yoki bu model bashorat qilganidek harakat qilishiga ishonch yo‘q. Biroq bu tarjima modellari sof aqliy tuzilmalar ekanligini anglatmaydi. Tadqiqotchi kuzatib bo‘lmaydigan tizim ("qora quti") bilan ishlaydigan boshqa hollarda bo‘lgani kabi, modelning realligi (uning tushuntirish kuchi) tizimning "kirishdagi" va "kirishdagi" holatini taqqoslash orqali tekshiriladi. Tarjima uchun bu asliyat va tarjima matnlarini taqqoslashni anglatadi. Agar tarjima natijasi ushbu modelga muvofiq qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunday bo‘lsa, demak, model "ishlaydi," garchi bu, albatta, tarjimonning bunday modeldan ongli ravishda foydalanganligini isbotlamasa ham. Hozirgi vaqtda tarjima nazariyasida shunga o‘xshash bir nechta modellar ishlab chiqilgan. Zamonaviy tilshunoslik tamoyillariga asoslangan situativ, transformatsion va semantik modellar keng tarqaldi. Situativ (yoki denotativ) model til va voqelik o‘rtasidagi bog‘liqlik haqidagi lingvistik tushunchalarni tarjima jarayoniga tatbiq etadi. Eslatib o‘tamiz, og‘zaki belgilar haqiqatan mavjud yoki xayoliy bo‘lgan obyektlar sinfini yoki yakka obyektlarni (denotatlar) nomlaydi, nutqiy iboralar va matnlar esa vaziyatlarni - denotatlar to‘plamini va ular o‘rtasidagi aloqalarni tasvirlash uchun qo‘llaniladi. Tarjimaning vaziyatli modeli har qanday vaziyatni prinsip jihatdan har qanday til vositalari bilan tavsiflash mumkin degan qoidadan kelib chiqadi. Hatto tilda voqelikning ba’zi elementlari uchun nomlar bo‘lmasa ham, har doim bu tilda yangi birliklarni hosil qilish yoki mavjud birliklarning birikmalari yordamida bu elementlarni tavsiflash imkoniyati mavjud. Ushbu mulohazalar asosida tarjima jarayoni quyidagicha kechadi, deb taxmin qilinadi. Tarjimon asliyat mazmunini tushungach, unda qanday vaziyat tasvirlanganini aniqlaydi, so‘ngra bu vaziyatni tarjima tili vositalari bilan tasvirlaydi. Boshqacha aytganda, tarjima jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi: asliyat matnidan voqelikka va voqelikdan tarjima matniga. Albatta, faqat asl nusxa va tarjimaning sintaktik tuzilmalari o‘rtasida moslik o‘rnatuvchi transformatsion model ham cheklangan tushuntirish kuchiga ega bo‘lib, tarjima jarayonini Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 88 har tomonlama tavsiflashga da’vo qilmaydi. Ma’lum darajada uni tarjimaning semantik modeli to‘ldiradi, u tarjima jarayonini asl nusxaning tegishli semalarini aniqlash va saqlash sifatida ifodalaydi. Ushbu model asosida tilshunoslikda qo‘llaniladigan komponent tahlil protsedurasini tarjimaga tatbiq etishga urinish yotadi, bu esa til birliklarining ma’nolarini kichikroq elementar ma’nolarga - semalarga bo‘lish imkonini beradi va bu ma’nolar shunday semalar to‘plami sifatida qaraladi. Bunda ma’lum bo‘ladiki, agar turli tillardagi semalar (til birliklarining ma’nolari) bog‘lamlari, odatda, mos kelmasa, ularni tashkil etuvchi semalar o‘rtasida sezilarli umumiylik mavjud. Tarjima jarayoni ikki bosqichda amalga oshirilishi mumkinligi taxmin qilinadi. Birinchi bosqichda tarjimon asliyat bo‘lagining semantik tarkibini aniqlaydi va aniqlangan semalardan qaysi biri muloqot uchun ahamiyatli ekanligini va tarjimada yetkazilishi kerakligini hal qiladi. Ikkinchi bosqichda tarjima tilida ma’nolariga iloji boricha ko‘proq asliyat semalari, birinchi navbatda, relevant semalar kiradigan birliklar tanlanadi. Tarjimaning asliyatga yaqinlik darajasi umumiy semalar soni bilan belgilanadi. Bunda ba’zi semalar asliyat matnidan topilishi va tarjimada izohlanishi yoki tarjima tili me’yorlari bilan singdirilishi mumkin. Tarjimashunoslik murakkab jarayon bo‘lib, tarjimondan kuchli bilim va katta mahoratni talab qiladi. Bir qarashda mushkul ekanligini anglash qiyin bo‘lgan bu jarayonda, tarjimon asl nusxa tilini mukammal darajada bilmog‘i va to‘g‘ri, o‘z o‘rnida qo‘llay olmog‘i lozim. Chet tillaridan tarjima qilish qiyin, ammo tillari yaqin bo‘lgan qardosh tillardan tarjima qilmoq ham oson ish emas. Negaki, “tarjimashunoslikda tarjimonning soxta do‘stlari”, “yolg‘onchi so‘zlar”, “aldoqchi so‘zlar” nomlari bilan yuritiladigan soxta ekvivalent so‘zlari mavjud. 1 “Shaklan o‘xshagani bilan ma’nolari bir-biridan jiddiy farq qiladigan so‘zlar soxta ekvivalentlar deb qabul qilingan”. 2 Bu kabi soxta ekvialentlar tarjimonni chalg‘itadi, asl ma’nodan uzoqlashtiradi. Ammo qardosh tillar bir-biriga yaqin bo‘lganligi sababli xuddi asl nusxa kabi ko‘chgan tarjimalar ham anchagina. Misol uchun, “Tilak” she’rida: Har kimning ham sochlariga oq tushsin, Ajin tushsin, yuzlariga dog‘ tushsin. Har kimning ham quvvat ketib belidan, Qo‘llariga aso – bir tayoq tushsin. (Saylanma, 191) Tarjimada: Hár kimniń de shashlarına aq tússin Ájim tússin, júzlerine daq tússin, Hár kimniń de quwat ketip belinen, Qollarına hasa – bir tayaq tússin. 3 1 Sapayeva F. Tarjimashunoslik: matn va mahorat. – Toshkent: Cho’lpon, 2016. S.83. 2 Salomov G’. Til va tarjima. – Toshkent: Fan, 1966. S.277. 3 Muhammad Yusuf. Biz baxıtlı bolamız (Seytayev B. tarjimasi). – Nókis: Qaraqalpaqstan, 2004. S.10. Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 89 Bu singari aynan ko‘chadigan misralar ham talaygian, hattoki butun boshli she’rlar ham mavjud. Lekin mutarjimni adashtiradigan jumlalar ham bor. “Xirmondagi bola” she’rida: Na Oybek bor edi, Na G‘afur G‘ulom. Mirtemir yo‘q edi, Usmon Nosir ham (Saylanma, 138) Tarjimada: Ya Aybek joq edi, Ya Ǵafur Ǵulam. Mirtemir joq edi, Usman Nasır hám. (Qo‘lyozma manba, 47-48) “Otabekning qo‘shig‘i” she’rida: Ko‘z uzmasman men Marg‘ilon tomondan, Senga ket ham, senga qol ham demasman. (Saylanma, 182) Kóz úzbeymen men Marǵulan tamannanó Saǵan ket yáki qal hám demespen. (Qo‘lyozma manba, 69) Yuqoridagi ikkala she’rda “ham – 2. Ta’kid, kuchaytirish bildiradigan yuklama” ma’nosini anglatuvchi so‘z o‘rnida kelgan. 4 Tarjimada keltirilgan “hám – sóz benen sózdi, gáp penen gıpti baylanıstırıw ushıin qollanılatuǵın kómekshi sóz” 5 , ya’ni o‘zbek tilidagi “va” bog‘lovchisi o‘rnida ishlatiladigan so‘z qo‘llanilgan. O‘zbek tilidagi “ham” yuklamasining o‘rniga qoraqalpoq tilida “-da – kúsheytkish janapay mánisin atqaradı”gan yuklamasi ishlatiladi. 6 Bu orqali tarjimon ikkala o‘rinda ham soxta ekvivalentga aldanib qolgan. Tarjimon bir necha o‘rinlarda o‘zbek tilidagi so‘zlarning o‘zini faqat fonetik jihatdan qoraqalpoq tiliga moslashtirgan holda , vaholanki bu so‘zlar qoraqalpoq tilida mavjud emas bo‘lsa ham ishlatgan. Quyida bunga dalillar keltirib o‘tamiz. “Tillaqo‘ng‘iz” she’ri: Tong oldi boshlagan ishingdan qolma, Yalpizning labidan so‘rayver bo‘sa. (Saylanma, 182) Azan menen baslaǵan isińnen qalma, Yalpızdıń lábinen sorıy ber posa. (Qo‘lyozma manba, 73) “Bobodehqonim” she’rida: 4 O‘TIL V. – B.496. 5 QTTS, VII. – B.382. 6 QTTS, III. – B.75. Vol.2 №12 (2025). December “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 90 Obihayot taratguvchi Buyuk suvchi o‘zingsan... Inson zotin yorug‘likka Yetaklovchi sorbonsan. (Saylanma, 206) Ullı suwshı. Abıhayat Taratıwshı ózińseń... Durıslıqqa baǵdarlap Jeteklewshi sarwansań. (Qo‘lyozma manba, 86) “Daryo” she’rida: Ajdar bo‘lib suvlar yutdi jismini, Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar. (Saylanma, 237) Aydarha bop suwlar juttı jismini, Endi meniń ulım bolıń, balıqlar. (Qo‘lyozma manba, 93) O‘zbek tilidagi “yalpiz”, “obihayot”, “sorbon”, “jism” so‘zlarining tarjimada ishlatilgan “yalpız”, “abıhayat”, “sarwan”, “jism” so‘zlarining qoraqalpoq tilida mavjud emas ekanligini ta’kidlamoq zarur. Tarjimon Bazarbay Seytayev yo‘l qo‘ygan kamchiliklarining asosiy sababi asliyat tilini puxta bilmasligi deyish mumkin. Bunga esa o‘zbekcha-qoraqalpoqcha tarjima lug‘atining yo‘qligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ammo uning tarjimonlik mahorati ham yuksak ekanligini ta’kidlamoq zarur. Chunki u Muhammad Yusuf hayotlik chog‘idanoq she’rlarini tarjima qilishni boshlagan va ozgina qismini nashr qildirishga ulgurgan, xolos. Soxta ekvivalentlarni ishlatmaslik uchun asliyat tilini mukammal tarzda o‘rganish lozim. Shundagina asliyat kabi ijod namunasi paydo bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Salomov G‘. Til va tarjima. – Toshkent: Fan, 1966. 2. Sapayeva F. Tarjimashunoslik: matn va mahorat. – Toshkent: Cho‘lpon, 2016. S.83. 3. Muhammad Yusuf. Biz baxıtlı bolamız (Seytayev B. tarjimasi). – Nókis: Qaraqalpaqstan, 2004. S.10. 4. Qaraqalpaq tiliniń túsindirme sózligi, III, . Nókis: Qaraqalpaqstan, 2023. 5. Qaraqalpaq tiliniń túsindirme sózligi, VII, . Nókis: Qaraqalpaqstan, 2023. 6. O‘zbek tilining izohli lug‘ati, V, T: O‘zbekiston nashriyoti, 2020.