MAXSUS VA INKLYUZIV TALIMNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
Abstract
Maqolada Imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim tizimida o‘qitish masalalariga e’tibor berish. ,,Ta’lim hamma uchun’’ umummilliy dasturining mohiyatini targ‘ibot qilish. Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari tamoyillarini tasniflash hamda inklyuziv ta’lim asoslari haqida bayon etilgan.
Full text
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 426 MAXSUS VA INKLYUZIV TALIMNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI Hakimova Sevinch Isomiddin Qizi Xolmamatova Sevinch Faxriddin Qizi Termiz davlat pedagogika instituti talabasi [email protected] Annotatsiya: Maqolada Imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim tizimida o‘qitish masalalariga e’tibor berish. ,,Ta’lim hamma uchun’’ umummilliy dasturining mohiyatini targ‘ibot qilish. Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari tamoyillarini tasniflash hamda inklyuziv ta’lim asoslari haqida bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Integratsiya, psixolo-pedagogik, korreksion ish, ijtimoiy moslashtirish, kompleks yondashish tamoyili, YUNESKO xalqaro tashkiloti, ,,Inklyuziv ta’lim resurs markazi”, ,, Ta’lim hamma uchun’’. Abstract: The article focuses on the education of children with disabilities in the general education system. Promoting the essence of the national program ,,Education for All’’ classification of the principles of goals and objective of inclusive education. Keyword: Integration, psychogical-pedagogical, correctional work, the principle comprehensive approach, ,,UNESKO‘’ International organization, ,,Inclusive education recourse center’’, ,, Education for all”. Аннотация: В статье рассматриваются вопросы обучения детей с ограниченными возможностями здоровья в системе общего образования. Пропаганда сути общенациональной программы «Образование для всех». Описаны классификация принципов целей и задач инклюзивного образования и основы инклюзивного образования. Ключевые слова: Интеграция, психолого-педагогическая, коррекционная работа, социальная адаптация, принцип комплексного подхода, «Ресурсный центр инклюзивного образования», «Образование для всех». Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ,,Ta’lim to‘g‘risidagi Qonunning II bobi 9moddasida jismoniy, aqliy, sensor(sezgi) ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlariga inklyuziv shaklda yoki uy sharoitida yakka tartibda ta’lim oladi’’ Inklyuziv ta’lim haqida so‘z yuritmoqchi bo‘lsak, uning asl mohiyatin nimaga qaratilayotgani haqida gaplashamiz.
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 427 O‘zi ,,Inklyuziv ta’lim’’ nima? ,,Inklyuziv ta’lim’’ bu ( ingliz tilidan olingan bo‘lib, inclusive, inclusion-uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirish, qamrab olmoq,qamrab olish ma’nolarini bildiradi). Nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni (diskriminatsiyani) bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar (ayrim sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’i nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir Sharqning mashhur allomalari Ibn Sino, Imom Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy, Abdulla Abdulla Avloniylarning tarbiyasining maqsadlari har bir bola shaxsining rivojlanishiga ta’limning ta’siri to‘g‘risidagi qarashlari inklyuziv ta’lim rivojlanishining netodologik bazasi hisoblanadi. Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qo‘yilgan birinchi qadamdir. Imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim muassalari tarkibiga qarab olinishi jahon miqyosida ,,inklyuziv’’ yoki ,,integratsion’’ ta’lim atamalari bilan ataladi. Integratsiyalashgan ta’lim budiqqat markazida bolaning aynan maktabga kelib ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga qatnash jarayonidir. Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari : Inklyuziv ta’lim tizimida qo‘yidagi maqsad va vaziflarning hal etilishi talab etiladi: - ta’lim muassasida imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta’limolishlari uchun zaruriy psixolo-pedagogik, korreksion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yo‘naltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish; 5. o‘quvchilarning ta’limdagi tenglik xuquqini kafolatlash; 6. jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalarning ixtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish; 7. imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni oilardan ajramagan holda yashash xuquqini ro‘yobga chiqarish; 8. jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarga nisbatan do‘stona va mehrmuhabbatli munosabatni shakllantirishdir. Inklyuziv ta’limga kiritishning asosiy tamoyillari. Ta’lim tizimini joriy etish har doim ma’lum bir qonun qoidalarga, tamoyillarga asoslanishini talab etadi. Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilishda esa quyidagi tamoyillarga asoslaniladi: 1)Inklyuziv ta’limning e’tirof etilishi. 2)Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo‘lishi tamoyili. 3)Bog‘lanishning mavjud bo‘lishi tamoyili.
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 428 4)Markazlashtirilmagan bo‘lishi tamoyili. 5)Inklyuziv ta’limda kompleks yondashish tamoyili. 6)Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili. 7)Malakaviylik tamoyili. 1)Inklyuziv ta’limning e’tirof etilishi tamoyili. Bu tamoyilning mazmuni shundaki, 1990 yildan buyon maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalari tizimida o‘qitish borasida bir qancha jahon miqyosida dekloratsiyalar va qarorlar qabul qilindi. Ular jahonning ko‘plab davlatlari e’tirof etdilar. Ammo bugungi kunga qadar ularni xayotga joriy qilish borasida ko‘plab muammolar mavjud. Ba’zi davlatlarda esa umumiy ta’lim borasida qonun yoki qarorlar qabul qilinganda nogiron bolalarning ta’lim masalasi unga kiritilmaydi. Ammo inklyuziv ta’limni tan olish faqatgina qonun chiqarish bilangina bog‘liq bo‘lmaydi. Diskriminatsiya (odamlarni ajratish) va ijtimoiy noto‘g‘ri fikrlashga qarshi kurashish eng muhim narsadir. Ya’ni inklyuziv ta’limni e’tirof etgan holda, aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boorish eng birinchi galdagi masaladir. 2)Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo‘lishi tamoyili. O’tgan o‘ttiz bir yil davomida maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalari tizimida o‘qitish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ammo inklyuziv ta’limni tizimida joriy qilish asosan shaharlar miqyosida bo‘lib qishloqlardagi hududlarda hali-hamon maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqda yoki 557 «Maxsus va inklyuziv ta’lim: an’ana,tajriba va innovatsiyalar» mavzusida respublika anjumani tezislari to’plami qishloqlardagi ota-onalar nogiron farzandini shaharlardagi maxsus muassasalarga qatnashlarini ta’minlash uchun qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Shuning uchun ham maxsus ihtiyojli bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etish barcha hududlarda barcha maxsus ihtiyojli bolalarni qamrab olgan bo‘lisi ta’minlanishi lozim. 3) Bog‘lanishning mavjud bo‘lishi tamoyili. ,, Bog‘lanish’’ bu so‘zning zaminida ommaviy binolarning sifati, ayniqsa nogiron bolalar uchun maktabga kirishning oson bo‘lishi kabilar yotadi. Jismonan bog‘lanishlarni yaratish inklyuziv ta’limning asosiy muammolatini hal etishga xizmat qiladi 4) Markazlashtirilmagan bo‘lishi tamoyili. Bu tamoyilning mazmuni shundan iboratki quyidagi ikkita aspekt yordamida ifodalanadi: A) Inklyuziv ta’lim xizmatlari umumiy ta’lim tizimining integratsiya qilingan qismi bo‘lishi kerak. B) Inklyuziv ta’lim tizimidagi vazifalar maxalliy ta’lim organlari javobgarlik va boshqaruvni yuklash uchun markazlashmagan holda olib borilishi kerak va imkoniyatlar maxalliy sharoitlaga moslashtirishlari lozim. Optimal integratsiya
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 429 erishish uchun markazlashtirilmagan bo‘lishi muhimdir. Bu ayniqsa qishloq sharoitlaida ayni muddao bo‘ladi. Inklyuziv ta’limning vazifalari nogiron bolalarga o‘z ota-onalari bilan birga bo‘lish ularga xuddi tengdoshlari kabi o‘zlariga yaqin bo‘lgan maktablarda ta’lim olish imkonini beradi. Nogiron bolaning normal rivojlanishiga halaqit berish nogironlikdan ham og‘irroq holatlarga olib kelishi mumkin. 5) Inklyuziv ta’limda kompleks yondashish tamoyili.Nogiron bolalarga ularga nogiron deb faqatgina nuqson jihatdan yondashish emas, balki bu bolalarga har tomonlama yondashish lozim. Bu esa maxsus ehtiyojli bolalar uchun ta’lim masalasini rejalashtirayotgan uning butun hayoti davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda tuzishni talab etadi. Bundan tashqari inklyuziv ta’limda nogiron boladagi mavjud nuqsonlarni bartaraf etish, korreksiyalash, kompensatsiya qilish bilan bir qatorda bilim ko‘nikmalarga ega qilish, kasb-hunarga o‘rgatish ishlarini parallel ravishda olib borish talab etadi. Nogiron bolalarning kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limi ham amalga oshirilishi talab etiadi. Chunki inklyuziv ta’lim tizimining vazifalardan biri maxsus ehtiyojli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularning barcha huquqlaini ta’minkashdan iboratdir. 6) Inklyuziv Ta’limda moslashuvchanlik tamoyili. Bu tamoyilning mazmuni shundan iboratki, o‘quv reja, dastur va darsliklar maxsus ehtiyojli bolalarning imkoniyatlariga moslashuvchan bo‘lishi kerak. Bolaning maxsus ta’limga bo‘lgan ehtiyojlari har qanday integratsiya faoliyatining asosini tashkil etishi kerak. Shaxs ehtiyojlarining darajalari va turlari har xil bo‘lganligi tufayli bunday faoliyatlar moslashuvchan bo‘lishi talab etiladi. 7) Malakaviylik tamoyili. Maxsus ehtiyojli bolalar inklyuziv tarzda o‘qitilayotgan sinflarda yuqori malakali o‘qituvchilarning dars berishi talab etiladi. Bundan tashqari inklyuziv sinf o‘qituvchisi defektologiya sohasi bo‘yicha ham malaka oshirgan bo‘lishi kerak. Inklyuziv ta’lim joriy qilingan maktablarga (muassasalarda) ta’lim jarayonini tashkil etish tamoyillari. *Maxsus ta’lim tamoyillari *Korreksion yo‘naltirilganligi *Nuqsonlarni aniqlash, ta’lim berishda kompleks(klinik-genetik, neyrofiziologik, psixolo-pedagodik) yondoshish *Umumiy o‘rta ma’limot berish, kasbga yo‘naltirish va ijtimoiy hayotga tayyorlashga moslashtirish *Deffernsial tabaqalashtirish va alohida yondoshish *Ta’limning usluksizligini ta’minlash
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 430 1990 yilda Tailandda o‘ta muhim Umumjahon Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu konferensiyada ,,Ta’lim hamma uchun’’ Umumjahon Deklaratsiyani dunyoning 155ta davlat hukumatlari va 150 dan ortiq nodavlat tashkilotlari qabul qildilar. ,,Ta’lim hamma uchun’’ Umumjahon Deklaratsiyasi har bir bolaning to‘laqonli va mukammal ta’lim olishini kafolatlaydi. ,, Ta’lim hamma uchun’’ shiori deganda nogiron bo‘lgan yoki jamiyat ichida ajratib qo‘yilgan guruhlardan kelib chiqqan bolalarning ham tenghuquqlik asosida ta’lim olishlari tushuniladi. ,,Ta’lim hamma uchun’’ Umumjahon Deklaratsiyasi quyidagicha bayonet qabul qilingan: ,,Maktablar bolalarning imkoniyatiga qarab emas, ish sifati va maktab ta’limiga javob berishi bilan xarakterlanadi.Ular quyidagilardan iborat: -har bir bolaning huquqi ommaviy maktabda ta’lim-tarbiya olishini talab etadi; -o‘qitishning metod va metodikalari bolaning nuqsoniga qarab tanaladi; -maktabda to‘laligicha korreksion pedagogik yordam tashkil etadi; -bolalar to‘g‘risidagi qaror kompleks tarzda qabuk qilinadi; -bolalar har bir shaxsiy huquqi kafolatlanadi; -inklyuziv maktablarning moddi ta’minoti yaxshilanadi; -maktabda integratsiya tamoyiliga o‘quv rejaning asosi sifatida qaraladi; Juda ko‘plab davlatlarda maxsus yordamga muhtoj bolalarni yuqori natijali kamol toptirishda kompensator imkoniyatlarni rivojlantirish hamda ijtimoiy moslashtirishni to‘laligicha yo‘lga qo‘yish maqsadida umumta’lim maktablarida ta’lim berish ilmiy va amaliy davlat siyosati rejasiga kiritildi. ,,Ta’lim tizimi shunday bo‘lishi kerakki deb yozadi L.S.Vigotskiy fikricha nuqsonli bolani tarbiyalashning vazifasi boladagi nuqsonlarni kompensatsiya qilish va uning integratsiyasini ta’minlash deb hisoblaydi va buning uchun shunday ta’lim tizimini yaratish kerakki maxsus yordamga muhtoj bola o‘qish jarayonida har tomonlama rivojlansin. Ya’niy L.S.Vigotskiy umumiy va maxsus ta’limni uyg‘unlashtiradigan ta’lim tizimini tashkil etish maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim tizimida o‘qitishni e’tirof etgan. 2003 yilda Respublikamizda ,,Ta’lim hamma uchun’’ Milliy dasturi ishlab chiqildi. ,,Ta’lim hamma uchun’’ dasturining Milliy rejasi YUNESKO ning maslahatlari va moddiy ko‘magi bilan 2000 yilgi Dakar shartnomalariga mos bo‘lib, siyosatchilar, ta’lim tizimi, vazirlik va idoralar rahbarlari, pedagoglar, jamoat arboblari, O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish muammolari bilan qiziquvchi barcha shaxslar uchun mo‘ljallangan. Mazkur rejada O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi-,,Ta’lim hamma uchun’’ Milliy Rejasining konseptual o‘zagi asosida isloh etish muammolari va istiqbollari
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 431 tahlil qilingan. XTB ta’lim markazi YUNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda 20012003 yillarda ,,inklyuziv ta’lim’’ mavzusida seminar o‘tkazib , uning tavsiyalariga asosan ,,Inklyuizv ta’lim resurs markazi’’ tashkil etildi. Hozirgi kunga kelib respublikamiz tomonidan viloyatlardagi maktablarda tashkil etilgan inklyuziv sinflar tajriba, sinov tariqasida o‘z ish faoliyatlarini olib bormoqdalar. Inklyuziv ta’lim g‘oyasini O‘zbekistonda joriy qilish va undagi muammolarni hal qilish maqsadida turli xil chora-tadbirlar uyushtirish, matbuot-axborot vositalari orqali targ‘ibottashviqot ishlari bir muncha faollashdi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Shomaxmudova .R.Sh Inklyuziv ta’lim (Xalqaro va O‘zbekistondagi tajribalar) Toshkent-2011 2. Xodjayev. B Umumiy Pedagogika nazariyasi va amaliyoti Toshkent-2017 (188bet) 3. Ta’lim hamma uchun’’ Milliy dasturi rejasi Toshkent-2003 4. ,,Maktablar hamma uchun’’- ,, Bolalarni qutqaring jamg‘armasi’’-2002 5. ,,Ta’lim hamma uchun’’- Dakar deklaratsiyasi-2002 6. ,,Ta’lim hamma uchun milliy dasturini joriy qilish mas