scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI

Omonova Zarnigor Xolbekovna; Toʻrayeva Dilshod Abdikarimovna

Abstract

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonning yangi avlodida Inson kapitalini shakllantirish mamlakatimizda maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab amalga oshirilishi, bu haqda Prezident Sh.M.Mirziyoyev fikrlari, zamonaviy sharoitda rivojlanish talablari inson kapitalini asosiy ishlab chiqaruvchi va ijtimoiy omil sifatida o‘rganish zarurati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

Full text

Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 438 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI Omonova Zarnigor Xolbekovna Toʻrayeva Dilshod Abdikarimovna Termiz davlat pedagogika institute talabalari [email protected] Annotatsiya: Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonning yangi avlodida Inson kapitalini shakllantirish mamlakatimizda maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab amalga oshirilishi, bu haqda Prezident Sh.M.Mirziyoyev fikrlari, zamonaviy sharoitda rivojlanish talablari inson kapitalini asosiy ishlab chiqaruvchi va ijtimoiy omil sifatida o‘rganish zarurati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Аннотация: В данной статье формирование человеческого капитала нового поколения Нового Узбекистана осуществляется в нашей стране с дошкольного возраста, рассматриваются взгляды Президента Ш.М.Мирзиёева на этот счет, требования развития в современных условиях, необходимость. изучить человеческий капитал как основной производитель и социальный фактор информации. Abstract : In this article, the formation of human capital in the new generation of New Uzbekistan is carried out in our country from preschool age, the views of President Sh.M. Mirziyoyev about this, the requirements of development in modern conditions, the need to study human capital as the main producer and social factor. information about. Kalit so’zlar : Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun. ta'lim sohasidagi davlat siyosati. pedogoglik kasbi. pedagogning lavozim majburiyatlari ta'lim tamoyillari. O‘zbekiston Respublikasi ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyilari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 17-iyul kuni umumiy o‘rta ta'lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta'lim muassasalari inson resurslarini rivojlantirishning poydevori, yoshlarda bilim, dunyoqarash va ma'naviyat asoslarini shakllantiruvchi asosiy maskan ekanini ta'kidladi. Majlisda inson kapitaliga sarmoya kiritishni ko‘paytirish masalasi qat'iy qilib qo‘yildi. O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ta'lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 439 strategik mohiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tomonidan "Najot ta'limda, najot tarbiyada, najot bilimda" g‘oyasining ko‘tarilishi, “Yangi O‘zbekiston - Uchinchi Renessans sari" deya belgilangan ulug‘ g‘oyaning belgilanishi va davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta'limning ustuvor deb e'lon qilinishi pedagogika fani zimmasiga juda katta mas'uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi. 2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan "Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"ning 4-yo‘nalishida inson kapitalini rivojlantirish, 5-yo‘nalishda ma'naviy taraqqiyotni yangi bosqichga olib chiqish ko‘zda tutildi. Yangi O‘zbekistonning yangi avlodida Inson kapitalini shakllantirish mamlakatimizda maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab amalga oshirilmoqda. Bu haqda Prezident Sh.M.Mirziyoyev shunday dedi: “Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Inson kapitali bu - millatning birlashgan imkoniyatlari yig‘indisi. Tabiiy resurslar, iqtisodiyotning sanoat va agrar sektorlari, oltin. valyuta zahiralari va boshqalar milliy boylikning doimiy kamayib boruvchi qismi. Ba'zi ekspertlarning fikricha ular 2020yilga kelib, rivojlangan mamlakatlar milliy boyligining 10%ga ham yetmay qoladi. Boshqacha qilib aytganda. intellektual-ma'naviy omil milliy boylikning hal qiluvchi omiliga, davlat qudratining eng muhim ko‘rsatkichi va jamiyatning rivojlanganlik darajasini belgilaydi Inson kapitali haqida qisqacha to‘xtalamiz. Inson so‘zi uch ma'noda keladi. 1. Odam, odamzod, bashar. 2. Har bir yakka shaxs; odam. 3. Kimsaga (odatda, salbiy munosabatli) murojaat shakli3. Kapital - nemischa so‘z. Bosh, asosiy, degan ma'nolarni beradi. O‘zbek tilining izohli lug‘ati"da u uch ma'noda keladi. 1.(iqt) - O‘zini o‘zi ko‘paytirish uchun foydalaniladigan, o‘z egasiga foyda, daromad keltiradigan boylik (qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari, moddiy mol-mulk va sh.k.). 2. Katta mablag‘, ko‘p pul, boylik. 3. (Ko‘chma ma'noda) kimgadir katta boylik, qadriyat hisoblangan, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ahamiyatga molik narsa (jamiyatimizda inson salomatligi bebaho kapital hisoblanadi). Kapitalist - kapital egasi; o‘z mablag‘larini, ba’zan yo‘llanma mehnatni foyda olish uchun ishlatadigan shaxs. Demak, tilimizning izohli lug‘atiga ko‘ra kapital bu - har bir yakka shaxs. odamning o‘ziga foyda, daromad keltiradigan boyligi (qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari, moddiy mol-mulk va sh.k.) Inson kapitali esa zamonaviy bilim va kasb-hunarlarning iqtisodiy foyda keltirishi shaxsning mamlakat istiqboli uchun mas'uliyatni o‘z o‘z Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 440 zimmasiga olishga qodirligi. kreativligi, tashabbuskorligi, dadilligi, uning ma'naviy boyligi haqida ekan. Inson kapitali - odam yoki mamlakat aholisining ko‘pqirrali ehtyojlarini qondirishda qo‘llaniladigan bilim, ko‘nikma va malakalari yig‘indisi. Bu tushunchani dastlab Nobel mukofoti sovrindori (1979) Teodor Shuls kiritgan. Uning shogirdi Geri Bekker bu tushunchani rivojlantirgani uchun unga ham Nobel mukofoti berilgan. Inson kapitali bu - innovatsion iqtisodiyot va rivojlanishning keyingi bosqichi - bilimlar iqtisodiyotini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi bosh omil hisoblanadi. Inson kapitali "Shaxsning Inson kapitali", “Firma. korxonaning Inson kapitali" va "Millatning Inson kapitali" tarzida tasniflanadi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, jahonning rivojlangan mamlakatlarida Inson kapitaliga munosabat tubdan o‘zgardi. Ilmiy adabiyotlarda IK (Human Capital) tushunchasi amerikalik iqtisodchi olimlar Teodor Shuls va Geri Bekkerlar tomonidan kiritilgan. ‘Inson kapitali nazariyasi asoslari"ni yaratishgani uchun Teodor Shulsga 1979-yilda, Geri Bekkerga 1992-yilda Nobel mukofoti berildi. Bu nazariyaning rivojiga uchinchi Nobel mukofoti laureati - Saymon Kuznes katta hissa qo‘shdi. Inson kapitali "Odam aqliy salohiyatining jamiyat va iqtisodiyotga qanday ta'siri bor?”, degan savol asosida paydo bo‘ldi. Natijada zamonaviy sharoitda rivojlanish talablari inson kapitalini asosiy ishlab chiqaruvchi va ijtimoiy omil sifatida o‘rganish zaruratini paydo qildi. Inson kapitali nazariyasini qo‘llagani uchun AQSh, Yevropa davlatlarining rivojlanish paradigmasi muvaffaqiyatli amalga oshmoqda. Shvesiya o‘z iqtisodiyotini modernizatsiyalashtirib, 2000-yillarga kelib, yetakchilikni qayta qo‘lga kiritdi. Finlandiya qisqa muddatda xom-ashyo iqtisodiyotidan innovatsion iqtisodiyotga o‘tib oldi. Bularning barchasi inson kapitali zamonning da'vatiga. tug‘ilayotgan innovatsion iqtisodiyot (bilimlar iqtisodiyoti), venchur biznesning talabi bo‘lgani uchun shunday bo‘ldi. Inson kapitalining o‘zagi inson bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Chuqur bilimlar, bunyodkorlik, tashabbuskorlik, yuksak professionalizm ana shu o‘zakni tashkil qiladi. Inson kapitali bu - odamlardagi yuksak ma'naviyat degani. Inson kapitali tushunchasi axborot texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq. Chunki axborot oqimlari insoniyat hayotining barcha jabhalarini kesib o‘tadi. Inson kapitali bu - odamlarning farovonlikni yaratishda ishlatadigan bilim. ko‘nikma va malakalaridir. U ham har bir aktivning bozordagi narxi qanday baholansa, shunday baholanadi. Ya'ni, inson kapitali o‘zining yaroqlilik muddatida ko‘rsata oladigan xizmatlar turkumining bahosiga tengdir. Inson kapitalining hozirgi, zamonaviy ko‘rinishi amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti laureati Teodor Shuls tomonidan Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 441 1950-1960-yillarda ifodalangan (Shultz. 1961). Shuls odamning bilim va malakalarini kapitalning alohida, o‘ziga xos shakli, deb ta'riflaydi. Bu o‘sha davr uchun yangi gap edi. Shuning uchun nafaqat iqtisodchilar, balki siyosatchilar va keng jamoatchilikning e'tiborini o‘ziga tortdi. Natijada bu ibora jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy muammolarini tushunish va tushuntirishda keng qo‘llanila boshlandi. AQShda yalpi kapital shakllanishini o‘rgangan olim J.Kendrik AQShni boy qilgan asosiy omil - “inson kapitali' ekanligini aniqlagan. 'lnson kapitali"1 nima. degan savolni o‘rtaga tashlagan J.Kendrik masalaga pedagogik javob beradi. Inson kapitali. deydi u. oila va davlatning bolalar voyaga yetgunicha ularning ta'lim-tarbiyasiga, kasb egallashiga, qayta tayyorlanishiga, malaka oshirishiga. sog‘lig‘ini saqlashiga sarflangan xarajatlar yig‘indisi. Mana shu ishlarga mablag‘ qancha ko‘p ishlatilsa, jamiyatda farovonlik shuncha oshadi. Aksincha. qancha kamaysa, salbiy inson kapitali mamlakatga xos va qashshoqlik keltiradi. Salbiy inson kapitalini korrupsionerlar, jinoyatchilar, narkomanlar, ichkilikbozlar, dangasalar, tekinxo‘rlar, firibgar va o‘g‘rilar tashkil qiladi, deydi u. Inson kapitali nazariyasining asoslarini o‘zimizning buyuk vatandosh allomalarimiz ijodida ko‘ramiz. Hazrati Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniyning XIII asrda bu borada aytgan fikrlari bilan bugungi kunimizga bir qaraylik. Ana shunda bilim ovqatlanishda ham, mashina haydashda ham, davolanishda ham, bola tarbiyalashda ham androidni ishlatishda ham, e’tiqodda ham fermerlikda ham - har bir ishning muvaffaqiyat kafolati bo‘lib chiqaveradi. Ya’ni 1) nima qilmoqchi bo‘lsangiz shu ishning ilmiy asosini biling. 2) Bilganizga amal qiling. 3) Amal (ish) qilyapsizmi, uni sadoqat va ixlos bilan bajaring. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning 19-yanvar kuni ma’naviyma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishda “ bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar to‘qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o'zlik va ma'naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda. Faqat o'zini o'ylash, mehnatga, oilaga yengil qarash. iste'molchilik kayfiyati turli yo'llar bilan odamlar. ayniqsa. yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilyapti. Pedagogika fani iqtisodiyot va ma'naviyatni rivojlantirishga bevosita xizmat qiladi. Prezentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishda “ bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar to‘qnashuvi kuchaymoqda. Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 442 Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o'zlik va ma'naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda. Faqat o'zini o'ylash, mehnatga, oilaga yengil qarash. iste'molchilik kayfiyati turli yo'llar bilan odamlar. ayniqsa. yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilyapti. Pedagogika fani iqtisodiyot va ma'naviyatni rivojlantirishga bevosita xizmat qiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat" ekanligini alohida ta'kidladi. Bunda yoshlarning o‘zini o‘zi farovon qilishlari uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarini hamda kuchli ma'naviyatini ta'minlash Yangi O‘zbekiston pedagogikasining eng dolzarb masalalari hisoblanadi. Prezident Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, O‘zbekiston yoshlarining birinchi forumi hamda Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida qilgan ma'ruzasida yoshlarimkiber-jinoyatchilik, odam savdosi, narkotrafik kabi tahdidlar xavfi oshib bormoqda. Ba'zi hududlarda atayin beqarorlik yuzaga keltirilib, norozilik kayfiyati avj oldirilmoqda", - deb a'lohida ta'kidladi. O‘zbekiston Respublikasining Ta'lim to‘g‘risidagi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risidagi qonuni (O‘RQ-637-son, 2020-yil 23sentabr)ning maqsadi - fuqarolarga talim. tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilash hamda har kimning bilim olishi mumkinligi kabi konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashdan iboratdir. Qonunning 1-bo‘limi “Umumiy qoidalar” deb nomlanadi. Unda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqlari, ta’lim muassasasining huquqiy maqomi, Davlat ta'lim standartlari, ta'lim berish tili kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. O’zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlangan.Totalitar boshqaruv usuli asosida, ish yuritilayotgan xalq ta’limi tizimida ham so’nggi o’n yilliklar davomida yuzaga kelgan muammolarni hal etish vaziafasi Respublika hukumati hamda mutasaddi tashkilotlarni ta’lim tizimida ham jiddiy o’zgarishlarni amalga oshirishga undadi.Bu boradagi sa’y-harakatlarning samarasi sifatida 1992-yil iyul oyida mustaqil O’zbekistonning ilk “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni qabul qilingan.Mazkur Qonun mazmunida Respublika ta’lim tizimi, uning asosiy yo’nalishlari, maqsad, vazifalari, Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 443 ta’lim bosqichlari va ularning mohiyati kabi masalalar o’z aksini topgan.Biroq, 1997yilga kelib, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni va uning mazmunida ilgaro surilgan g’oyalarning amaliyotga tadbiqi tahlil etilganda, bu borada muayyan kamchiliklarga yo’l qo’yilganligi aniqlangan.O’tkazilgan tahlil natijalariga ko’ra, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar aksariyat o’rinlarda chuqur ilmiy asoslarga ega bo’lmaganligi ma’lum bo’lgan hamda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish zarurligi belgilangan.Shu bois O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasining “Talim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingan.O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining rivojlantirishning konseptual asoslari “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunlarda o’z aksini topadi.”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatga, ijodiy va ijtimoiy faolikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri bila olish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir. Foydalangan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida” gi Qonuni// Qonun hujjatlari, ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1212-son. 2. "2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF60-son Farmoni. 3. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birga barpo etamiz. -T.: “O‘zbekiston', 2017. -10b. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston yoshlari forumida so‘zlagan nutqi. //Xalq so‘zi, 2020-yil. 25-dekabr, N®273 (7775). 5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida’ PF-5847 Farmoni. // Qonun hujjatlari ma'lumotlar milliy bazasi 2019-yil 9-oktabr. www.lex.uz.