BIOLOGIYANI O'QITISH METODLARI: AMALIY METODLAR VA ULARNING TURLARI
Abstract
Biologiya tirik organizmlar va ularning hayotiy jarayonlarini oʻrganadigan tabiiy fan sifatida, talabalarda mantiqiy fikrlash, kuzatish, tahlil va eksperiment qilish qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shu sababli biologiyani samarali oʻqitish uchun nafaqat nazariy, balki amaliy metodlardan foydalanish zarur. Amaliy metodlar talabalarga fan mohiyatini amalda anglash, bilimlarni mustahkamlash va ilmiy tadqiqotga tayyorlash imkonini beradi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 520 BIOLOGIYANI O‘QITISH METODLARI: AMALIY METODLAR VA ULARNING TURLARI Azizova Munisa Muxtor qizi Termiz Davlat Pedagogika instituti 3-kurs talabasi. [email protected] Turopova Muxlisa Barot qizi Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17948757 Annotatsiya. Biologiya tirik organizmlar va ularning hayotiy jarayonlarini oʻrganadigan tabiiy fan sifatida, talabalarda mantiqiy fikrlash, kuzatish, tahlil va eksperiment qilish qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shu sababli biologiyani samarali oʻqitish uchun nafaqat nazariy, balki amaliy metodlardan foydalanish zarur. Amaliy metodlar talabalarga fan mohiyatini amalda anglash, bilimlarni mustahkamlash va ilmiy tadqiqotga tayyorlash imkonini beradi. Kalit so’zlar: kasbga yo‘llash, kuzatish metodi, Biologik tajribalarni o‘tkazish metodi, biologik tajribalar, o‘simliklarni parvarish qilish, hayvonlarni boqish, ko‘rgazmali, muammoli, og‘zaki metodlar, darsdan tashqari ishiar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, ekskursiyalar. “METHODS OF TEACHING BIOLOGY: PRACTICAL APPROACHES AND THEIR TYPES” Abstract. Biology, as a natural science studying living organisms and their vital processes, contributes to the development of students' logical thinking, observation, analysis, and experimental skills. Therefore, effective teaching of biology requires the use of not only theoretical but also practical methods. Practical methods enable students to comprehend the essence of the subject in practice, consolidate their knowledge, and prepare for scientific research. Keywords: career guidance, observation method, method of conducting biological experiments, biological experiments, plant care, animal husbandry, visual methods, problembased methods, oral methods, extracurricular activities, out-of-class sessions, excursions. «МЕТОДЫ ПРЕПОДАВАНИЯ БИОЛОГИИ: ПРАКТИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ И ИХ ВИДЫ» Аннотация. Биология, как естественная наука, изучающая живые организмы и их жизненные процессы, способствует развитию у студентов логического мышления, наблюдательности, аналитических и экспериментальных навыков. Поэтому для эффективного преподавания биологии необходимо использовать не только теоретические, но и практические методы. Практические методы позволяют студентам осмысливать сущность предмета на практике, закреплять знания и готовиться к научным исследованиям. Ключевые слова: профессиональная ориентация, метод наблюдения, метод проведения биологических экспериментов, биологические эксперименты, уход за растениями, содержание животных, наглядные методы, проблемные методы, устные методы, внеклассная работа, внеурочные занятия, экскурсии.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 521 Metod so‘zi umumiy ma’noda muayyan maqsadga erishish usulidir, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyatdir. O‘qitish metodi o‘qituvchining bilimlar berish usuli va ayni paytda ularni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirib olish usulidir. Metodning bu ta’rifi uning ikki bir-biriga bog'liq tomonlari: bilim beruvchi, ta‘sir qiluvchi-o‘qituvchi va qabu qiluvchi. O‘zlashtiruvchi o'quvchilarni ifodalaydi. Bu o'zaro ta'siri bilishning xarakteri bilim manbaiga bog'liqdir. O‘qitish metodlari tom ma’noda o'qituvchining bilimlarni o'quvchilar ongiga yetkazish va ayni paytda ularni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olish usulidir. Umumta’lim maktablarida biologiya kursini o‘qitishda og‘zaki, ko‘rgazmali va amliy metodladan keng foydalanilib kelinmoqda. Amaliy metod. O‘quvchilarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llash, o‘quv va mehnat, ko‘nikma hamda malakalarini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini o'stirish, hayotga tayyorlash, kasbga yo'llash imkonini beradi. Ushbu metod o'qitish jarayonida ko'rgazmali, muammoli, og'zaki metodlar bilan uyg'unlashgan holda qo'llaniladi. O‘quvchilar tomonidan bajariladigan amaliy ishlar bilim manbai bo'lib xizmat qiladi. Buning uchun o'qituvchi amaliy ishlarning maqsadini aniqlashi, maqsadga erishish uchun zarur boiadigan ko‘rgazmali vositalarni tanlashi, o‘quv topshiriqlarini aniq tuzishi lozim. Amaliy ishlarni bajarish uchun beriladigan o‘quv topshiriqlari mazmunan aniq, ixcham, tushunarli va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Kuzatish metodi - bu tirik organizmlarda boradigan jarayonlar va tabiat jismlarida sodir bo'ladigan hodisalarni o'quvchilarning maqsadga muvofiq holda idrok etishi hisoblanadi. Bu metodda o'quvchilarning kuzatishi bo'yicha to‘plangan ma’lumotlari bilim manbai sanaladi. Kuzatish metodidan biologiyani o'qitishning barcha shakllarida foydalaniladi. Kuzatish metodidan dars jarayonida foydalanilganda o'quvchilar dars mazmuniga oid ko‘rgazma vositalarini mustaqil kuzatadilar, natijada kuzatish ob’ektlaridagi o'ziga xos xususiyatlarni isbotlovchi dalillarga ega bo'ladilar. Bunday kuzatish qisqa muddatli bo'lib, ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi. Mashq metodi – aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash yo’lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo’lib, mashqsiz ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkun emas. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o‘quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o’lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi. Laboratoriyadan amaliy ishlarning farqishundaki, bu metod o’quvchilarning mavjud nazariy bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo’naltirilgan faoliyatini tashkil etishga xizmat qiladi. Biologik tajribalarni o'tkazish metodi – o‘z ichiga biologik ob’ektlarni tanish va aniqlash, kuzatishlarni qamrab oladi, lekin mazmuni jihatdan ulardan farq qiladi. Biologik tajribalarni o‘tkazish o‘quvchilarni o‘rganilayotgan jarayon yoki hodisaning mohiyatini anglashga, ular o'rtasidagi sabab-oqibat bog'lanishlarini tushunishga, biologik qonuniyatlarni qayta kashf etilishiga imkon beradi. Tajriba natijalarini umumlashtirish, xulosa yasash, uni rasmiylashtirish o'quvchilarda tadqiqotchilikni rivojlantiradi. Biologik tajribalar darsda, darsdan tashqari ishlarda, tirik tabiat burchagida va o‘quv tajriba maydonchasida o'tkazilishi mumkin.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 522 “Urug‘ning tarkibini aniqlash”, “О‘simlik hujayrasida plazmoliz va deplazmoliz”, “Amilazaning kraxmalga ta’siri” yuzasidan о‘tkaziladigan tajribalar qisqa muddatli, “Urug‘ning unib chiqishi uchun zarur shart-sharoitlar”, “Urug‘larning nafas olishi”, “Barglarning suv bug‘latishi”, “Barglarda kraxmal hosil bо‘lishi”, “Yomg‘ir chuvalchangining tuproq hosil bо‘lishidagi roli”, “О‘simliklarda belgilarning irsiylanish qonunlarini о‘rganish” kabi tajribalar uzoq muddatli tajribalar hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. “Biologiya o’qitish metodikasi” S.X. Sulliyeva, Q.G‘Zokirov Toshkent. 2021 2. Sh.Avazov “Amaliy kasbiy ta’lim metodikasi va texnologiyalari’’ Toshkent. 2014 - yil 3. Munavvarov A.Q. “Pedagogika” T. “O‘qituvchi” Toshkent 1996 - yil 4. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi. Toshkent. 2008y .