TIBBIYOT OLIY TA'LIM MUASSASALARI TALABALARINING KLINIK FIKRLASH KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR
Abstract
Mazkur maqolada tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun klinik fikrlash kompetensiyalarini shakllantirishda axloqiy-kasbiy tarbiya, shaxsiy yondashuv va ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarining o‘rni chuqur tahlil qilinadi. Klinik tafakkurning shakllanishi nafaqat nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar bilan, balki shaxsning ruhiy-axloqiy, intellektual va ijtimoiy faolligi bilan chambarchas bog‘liqligi ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, maqolada individual yondashuv va ijtimoiylashuv jarayonlari orqali talabalar shaxsining kompleks rivojlanishiga e’tibor qaratilgan.
Full text
283 ActaCAMU № 4 (12) 2025 ISSN: 2181-4155 TIBBIYOT OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING KLINIK FIKRLASH KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА РАЗВИТИЕ КОМПЕТЕНЦИЙ КЛИНИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У СТУДЕНТОВ ВЫСШИХ МЕДИЦИНСКИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF CLINICAL THINKING COMPETENCES OF STUDENTS OF HIGHER MEDICAL EDUCATION INSTITUTIONS Isroilov Farxodjon Ilxomjon og‘li Central Asian Medical University Annotatsiya. Mazkur maqolada tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun klinik fikrlash kompetensiyalarini shakllantirishda axloqiy-kasbiy tarbiya, shaxsiy yondashuv va ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarining o‘rni chuqur tahlil qilinadi. Klinik tafakkurning shakllanishi nafaqat nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar bilan, balki shaxsning ruhiy-axloqiy, intellektual va ijtimoiy faolligi bilan chambarchas bog‘liqligi ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, maqolada individual yondashuv va ijtimoiylashuv jarayonlari orqali talabalar shaxsining kompleks rivojlanishiga e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: klinik fikrlash, kompetensiya, axloqiy-kasbiy tarbiya, ijtimoiylashuv, individual yondashuv, tibbiy ta’lim Аннотация. В данной статье подробно анализируется роль нравственнопрофессионального воспитания, индивидуального подхода и развития гражданских компетенций в формировании клинического мышления у студентов медицинских вузов. Обосновано, что развитие клинического мышления связано не только с теоретическими знаниями и практическими навыками, но и с духовно-нравственными, интеллектуальными и социальными аспектами личности студента. Ключевые слова: клиническое мышление, компетенции, нравственнопрофессиональное воспитание, социализация, индивидуальный подход, медицинское образование Abstract. This article thoroughly analyzes the importance of ethical-professional education, individual approach, and development of civic competencies in shaping clinical thinking among medical university students. It is argued that the development of clinical reasoning is not limited to theoretical knowledge and practical skills but is also closely tied to the student’s moral, intellectual, and social maturity. Key words: clinical thinking, competencies, ethical-professional education, socialization, individual approach, medical education Kirish. Talabalarning klinik kompetensiyalarini rivojlantirishda axloqiy-kasbiy tarbiya alohida o‘rin tutadi. Chunki tibbiy faoliyat faqat nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallash bilan cheklanmay, balki shifokor shaxsining ma’naviy-axloqiy yetukligi, kasbiy burchga sadoqat va mas’uliyatni ham talab etadi. Tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, shaxsning kasbiy-ma’naviy kamoloti o‘z-o‘zicha shakllanmaydi, balki muayyan ta’limiy, ijtimoiy va kasbiy omillar ta’sirida yuzaga keladi. Shu nuqtayi nazardan, talabalarda klinik pozitsiyaning shakllanishi hissiy-axloqiy, intellektual
284 ActaCAMU № 4 (12) 2025 ISSN: 2181-4155 va faoliyatli komponentlarning uyg‘un rivojlanishiga bog‘liq bo‘lib, ular talabaning kelajakdagi shifokor sifatida kasbiy qarashlari va faoliyatini belgilab beradi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Metodologik darajada individual sifatlarni shakllantirish kompetensiyaviy, tizimli, faoliyatli va kreativ yondashuvlar nuqtai nazaridan o‘rganiladi va mazkur jarayonni pedagog, talabalar individual xususiyatlari o‘zini-o‘zi rivojlantirishni tashkil etish bo‘yicha yaxlit faoliyat sifatida ifodalash imkonini beradi. Tuzilmaviy daraja orqali individual sifatlarni rivojlantirish pedagog va talabalarning ta’limni individuallashtirish jarayonidagi faoliyatlari tizimi sifatida ifodalanadi. Funksional darajada talabaning individual sifatlarini rivojlantirish talaba-yoshlar psixikasi sohasidagi yangi hosilalarni ta’minlovchi psixologik-pedagogik shart-sharoitlarning o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi sifatida qaraladi. Akademik R.X.Djurayev talaba yoshlarda ta’lim - tarbiya jarayonida individual xususiyatlarini rivojlantirish masalalari to‘g‘risida shunday ta’kidlaydi, “ta’lim jarayonini tashkil etishda, talabalarni majburlash tarzida emas, balki har bir talabaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ijodiy yondashish, ijtimoiy-siyosiy, tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvofiq tashkil etish, talaba har bir ishda namuna bo‘lish, talab va ehtiyojlarni tushunish, qatiy - intizomga rioya etish, ilmiy-nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash” kabi eng muhim omildir deb ifodalagan. Bir qancha tadqiqotchilar tomonidan talaba ijtimoiylashuvi va shaxsiga ta’sir etuvchi omillar talabaning individual xususiyatlarini rivojlantirish, ta’limga individual yondashish jarayoni orqali o‘rganish, pedagogik-psixologik, xususiyat va sifatlari u yoki bu sohalarining rivojlanishi, ketmaketligi tartibida ham bir-biridan ajralgan holda sodir bo‘lmasligini, balki o‘zaro aloqadorlikda, talaba sifatlarining umumiyligida sodir bo‘lishini hisobga olishi kerak. Agar pedagog talabaning ichki kuchlarini o‘z-o‘zidan aktuallashtirish, uning ekzistensial sohasini rag‘batlantirish, o‘zini-o‘zi nazorat qilish mexanizmlarini kiritishga asoslanganida mazkur jarayon samarali va uyg‘un kechadi. D.Sadikova ijtimoiylashuv jarayoni yoshlarda ularning ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayoni bo‘lib, bu jarayonda ular shaxs sifatida shakllanishi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tgan. Chunki, talaba shaxsi ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirishda uning jamiyat hayotida ijtimoiylashuvi ham muhim o‘rin egallaydi. Z. Mamadaliyeva o‘z tadqiqotida tibbiyot oliy ta`lim tashkilotlarida biokimyo fanini virtual labaratoriyalardan foydalanib o`qitish metodikasini takomillashtirishda talabada klinik fikrlash kompetensiyasining o‘rnini yuqori ekanligini ta’kidlab o‘tgan. 1-rasm. Talabalar klinik fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar • o'z-o'zini baholash • o'-o'zini tahlil qilish • ijtimoiy muhit • individual sifatlar tibbiypsixologik shart-sharoit tashxislash jarayonida tezkor fikrlash kasbiy bilim klinik fikrlashda volontyorlik harakatlari
285 ActaCAMU № 4 (12) 2025 ISSN: 2181-4155 Natija va muhokama. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni tahlil etar ekanmiz, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish insonni jamiyatda faol fuqarolik pozisiyasiga ega bo‘lishga, demokratik davlat qurish yo‘lida o‘zining faol ishtirokini ta’minlash, ijtimoiy sherikchilik, jamoatchilik nazorati, shuningdek o‘zini-o‘zi nazorat qilish, jamiyat hayotida yuz berayotgan hodisa va jarayonlarga befarq bo‘lmaslik, talaba ijtimoiy omillarining barcha asosiy sohalarini rivojlantirishida namoyon bo‘ladi (1-rasm). Xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimida yoshlarning faolligini oshirishda demokratik davlat qurish g‘oyasi, jamoat tashkilotlari faoliyatida o‘z fikr va qarashlari bilan faol ishtirokida namoyon bo‘ladi. Mamlakatda “Aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, profilaktik tibbiyotni rivojlantirish, tibbiy innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarni joriy etish, zamonaviy klinik amaliyot va xalqaro standartlarga mos keladigan samarali sog‘liqni saqlash tizimini yaratish” yo‘lidan bormoqda. Har qanday sog‘liqni saqlash tizimida tibbiyot xodimlarini tayyorlash jarayonida ular shaxsiga zamonaviy ta’lim berish, klinik fikrlashni rivojlantirishda ta’sir etuvchi omil va ishtiyoqni kuchaytirish, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirish, professional tashabbuskorligini rivojlantirish muhim omil hisoblanadi. Jamiyatda talabalar ijtimoiy faolligini oshirishda ijtimoiy adolat muhim o‘rin tutadi. Ijtimoiy adolat - bu siyosiy qarashlari, jinsi, millati, tili va diniy e’tiqodidan qa’ti nazar, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligini ta’minlashdir. XULOSA Tibbiyot sohasida kasbiy muvaffaqiyatning asosiy omillaridan biri bu klinik tafakkurga ega, axloqiy-ruhiy jihatdan yetuk, fuqarolik mas’uliyatini his qiladigan shifokor shaxsini shakllantirishdir. Bu jarayonni amalga oshirishda axloqiy-kasbiy tarbiya, individual yondashuv va ijtimoiylashuv jarayonlari o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi omillardir. Talabalarda klinik kompetensiyalarni rivojlantirishda bu omillarni uyg‘un holda qo‘llash, pedagogik jarayonni shaxsga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etish zarurdir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. A.Erkaev. Klinik tafakkur va kasbiy faollik mezonlari. – Toshkent, 2019. – 60-bet. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. “Aholi salomatligini muhofaza qilish choratadbirlari”. 2022-yil. 3. R.X.Djurayev. Ta’lim va tarbiya jarayonida individga yondashuv. – Toshkent, 2018. – 102bet. 4. O.S.Grebenyuk, T.B.Grebenyuk. Individual yondashuv psixologiyasi. – Moskva, 2017. – 572-bet. 5. D.Sadikova. Talaba yoshlar ijtimoiylashuvi. – Toshkent, 2020. – 373-bet. 6. Z. Mamadaliyeva. Biokimyo fanini virtual laboratoriyalar orqali o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2021. – 46-bet. 7. Robert Dahl. Demokratik tizimlar va kompetensiya muammolari. – London, 2015. – 97-bet. 8. Rumiy. Ma’naviyat va ruhiy kamolot haqida asarlar. – Istanbul, 2000. – 197-bet.