KURASHDAGI TAKTIK HARAKATLAR TASNIFI VA MAZMUNI
Abstract
Qat’iy hujumkorlik harakatlari, mudofaa – himoya va qarshi hujum harakati asosiy taktik harakatlardir. Hujum qilishdagi oddiy hujum usuli va harakatlariga ko‘proq bir sur’atda bajariladigan va bir taktik vazifani hal qiladigan ayrim uloqtirishlar kiradi. Ular chil, supurma usullari bilan va ko‘tarib uloqtirish; bir siltab ko‘tarib olib, engashib yelkadan oshirib uloqtirish usullaridir. Hujum qilishdagi murakkab hujum usuli va harakatlari – bular ikki tezlikda aldash, soxta harakatlar bilan birgalikda bajariladigan uloqtirish hamda turli xil kombinatsiyalar – usullar majmuidan iborat. Himoya usuli va harakatlari himoya va qarshi hujum harakatlaridir.
Full text
Dekabr, 2025-Yil 127 KURASHDAGI TAKTIK HARAKATLAR TASNIFI VA MAZMUNI Alxamov Abizatdin Berdaq nomidagi QDU. Jismoniy madaniyat nazaryasi va metodikasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17953160 Annotatsiya. Qat’iy hujumkorlik harakatlari, mudofaa – himoya va qarshi hujum harakati asosiy taktik harakatlardir. Hujum qilishdagi oddiy hujum usuli va harakatlariga ko‘proq bir sur’atda bajariladigan va bir taktik vazifani hal qiladigan ayrim uloqtirishlar kiradi. Ular chil, supurma usullari bilan va ko‘tarib uloqtirish; bir siltab ko‘tarib olib, engashib yelkadan oshirib uloqtirish usullaridir. Hujum qilishdagi murakkab hujum usuli va harakatlari – bular ikki tezlikda aldash, soxta harakatlar bilan birgalikda bajariladigan uloqtirish hamda turli xil kombinatsiyalar – usullar majmuidan iborat. Himoya usuli va harakatlari himoya va qarshi hujum harakatlaridir. Kalit so`zlar: Kurashchilarning bellashuvi tayyorlovchi, Tayyorlovchi harakatlar, Razvedka, millati, malakasi. Kurashchilarning bellashuvi tayyorlovchi va asosiy taktik harakatlardan iboratdir. Tayyorlovchi harakatlar – ular musobaqa qoidalarida yo‘l qo‘yiladigan, hujum va himoya harakatlarining muvaffaqiyatini ta’minlaydigan harakatlardir. Kurash bellashuvida bular kuzatish, raqibining zaif tomonlarini izlab topish, manyovr qilish hamda o‘z rejalalari harakatlari va holatidan iborat. Razvedka – kurashchining raqib to‘g‘risida, uning gavda tuzilishi, xususiyatlari, sifatlari imkoniyatlari va holati haqida, kurash olib borish uslubi – faol yoki sust, hujumkor yoki himoyalanuvchi kurashchiligi to‘g‘risida, uning yaxshi ko‘rgan harakatlari, o‘y-fikrlari va hokazolar haqida tashqi va ichki axborotlar olishga qaratilgan xatti-harakatlardir. Razvedka bellashuvidan oldin va bevosita bellashuv vaqtida ham olib boriladi. Bellashuvgacha sportchi raqibning familiyasi, millati, malakasi, unvoni haqida umumiy ma’lumot oladi: uning taxminiy bo‘yini, tashqi ko‘rinishini, holatini va hokazolarni aniqlaydi. Bellashuv vaqtida: sportchining eng sevimli turish holati qandayligini, qanday masofada turishini, qanday ushlash usulini qo‘llashini va ularning kuchini, oyoqlari bilan qanday harakat qilishga intilayotganini, biror usulni bajarish uchun tayyorgarlikni qanday olib 103 borishini, niyatlarini, qanday hujum qilishi, himoyala-nishini va qarshi hujum qilishini, ularning kuchi qandayligini, chaqqonligi va chidamliligini aniqlash ayniqsa muhimdir. Razvedka ko‘proq tayyorlovchi xarakterdagi haqiqiy va soxta harakatlar bilan hamda kurashish, sevimli usullarini qo‘llash bilan olib borilishi mumkin. Kurashish vaqtida kurashchi psixolog bo‘lishi – raqibining holatini bilishi; fiziolog bo‘lishi – harakatlari, nafas olishi va ter chiqishiga qarab raqibining holatini bilishi; artist bo‘lib, raqibni soxta harakatlar bilan aldab, to‘g‘ri usul qo‘llashdan adashtirib o‘ynashi, raqibga o‘z kurash rejasini majbur etuvchi va bu bilan o‘z rejasini qat’iy amalga oshiruvchi hamda g‘alabaga erishuvchi mard, irodali sportchi bo‘lishi kerak. Hiyla ishlatish – yakka holda raqibini ushlab olish turli xilda siljish, qulay sharoitlar yaratish hamda usulni muvaffaqiyatli qo‘llash, himoya va qarshi hujum uchun qulay payt tanlash maqsadlarida tayyorlovchi harakatlar qilishdir.
Dekabr, 2025-Yil 128 Turli holatda va turli masofalarda turib, aldash harakatlari va soxta harakatlarni undash, taklif qilish usulini qo‘llab, shuningdek, tanlangan usulni yoki qarshi hujum harakatini o‘tkazish uchun hujum va himoya harakatlaridan foydalanib hiyla ishlatish mumkin. Hiyla bilan sportchi tashabbusni o‘z qo‘liga olishga, faollik ko‘rsatishga, kerakli harakat uchun gilamdan qulay joyni tanlashga ba’zan esa raqibidan qochishga harakat qiladi. Raqibidan o‘zining haqiqiy niyatlarini yashirish, uning hushyorligini yo‘qotish, chalg‘itish va o‘zi o‘ylagan rejasini amalga oshirish maqsadida harakatlari va holati soxtalashtiriladi. Soxtalashtirilgan harakatlarida tajribali kurashchilar raqiblariga o‘zlarini bamaylixotir, sustkash qilib ko‘rsatadilar, ba’zilar bo‘shashgan bo‘lib, to‘satdan butun kuchlarini ishga soladilar, ba’zi birlari iste’dodli artist kasbiylikni ifodalaydilar – u yoqdan bu yoqqa yuradi-lar, muskullarini silkitadilar, boshqalari esa kurashish oldidan bamaylixotir, bo‘shang yoki o‘ziga ishonch bilan o‘tiradilar va hokazo. Har bir kurashchi o‘ziga xos soxtalashtirish uslubiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ba’zan uning niyati chin yoki soxtaligini aniqlash juda qiyin bo‘ladi. Qat’iy hujumkorlik harakatlari, mudofaa – himoya va qarshi hujum harakati asosiy taktik harakatlardir. Hujum qilishdagi oddiy hujum usuli va harakatlariga ko‘proq bir sur’atda bajariladigan va bir taktik vazifani hal qiladigan ayrim uloqtirishlar kiradi. Ular chil, supurma usullari bilan va ko‘tarib uloqtirish; bir siltab ko‘tarib olib, engashib yelkadan oshirib uloqtirish usullaridir. Hujum qilishdagi murakkab hujum usuli va harakatlari – bular ikki tezlikda aldash, soxta harakatlar bilan birgalikda bajariladigan uloqtirish hamda turli xil kombinatsiyalar – usullar majmuidan iborat. Himoya usuli va harakatlari himoya va qarshi hujum harakatlaridir. Himoya harakatlariga quyidagilar kiradi: raqibning hujumda qo‘llaydigan usullariga qarshi usul ishlatish bilan hujumdan qutilish yoki undan qochish. Qarshi hujum harakatlari – raqibning hujumiga qarshi hujumni tayyorlayotganda tashabbusni o‘z qo‘liga olish va qarshi hujum usulini oldinroq qo‘llash uchun hujum qilish yoki qulay himoyalanib olib, keyin qarshi hujum qilishdan iborat. Qarshi hujumlar bu o‘z nomi bilan raqib hujumning yakunlovchi vazifasiga qarshi javob hujumi bo‘lishi mumkin. Taktik tafakkur va harakatlar tezligini tarbiyalash uchun o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida kurashni endi o‘rganuvchilar, toifali kurashchilar va sport ustalari bilan turli xil o‘quv, nazorat va kalendar musobaqalarini doimo rejalashtirish va o‘tkazib borish kerak. Nazorat musobaqalarida vaqtni qisqartirib va oshirib hamda musobaqa qoidalari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazish lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni: “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” (Yangi tahriri) // Xalq so‘zi gazetasi, 28-iyun, 2000. 2. O‘zbekiston Respublikasi qonuni: “Ta’lim to‘g‘risida”. – Tashkent. 1997. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. PQ-4881-son qarori. – Toshkent: 2020 yil, 4-noyabr. 4. Atoyev A.Q. Farzandingiz barkamol bo‘lsin. –T.: Meditsina, 1992. 4. Atoyev A.Q. Kurash. O‘smir va yoshlarni kurashga o‘rgatishning metod va vositalari: (Ped. oliy o‘quv yurt. jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, BO‘SM KSJ va SMOM o‘qituvchi va murabbiylar) uchun o‘quv qo‘ll. –T.: O‘qituvchi, 1987.