Integratsiyalashgan o'quv mashg'ulotlarida o'quvchilarning aqliy faoliyatini takomillashtirish mexanizmlari
Abstract
Maqolada integratsiyalashgan o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning aqliy faoliyatini takomillashtirish yo‘llari va boshlang’ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatishda modulli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, tabiiy fanlarni о‘qitishda integrativ yondashuv asosida uzviylikni ta’minlasga qaratilgan tushunchalarnining pedagogik jihatlari yoritib berilgan.
Full text
−
Founder: LLC “Academy of Educational Research” Scientific-theoretical journal 3/2025 INTERNATIONAL EDUCATION RESEARCH Director: D.A.Mamajonov Editor-in-Chief: S.T.Turgunov Associate Editors: M.Y.Sulaymonov B.J.Urinov S.X.Mutalov The journal was registered by the Agency of Information and Mass Communications under the Administration of the President of the Republic of Uzbekistan on January 20, 2023 as a mass media under the № 059 413 When using materials published on the pages of the journal, it is necessary to indicate that they are taken from the scientific-theoretical journal "International education research". The editors have no obligation to review and return the submitted articles. The author is responsible for the facts and information provided in the article. All articles placed electronically on the journal’s website are considered published and are considered copyrighted. ©Academy of Educational Research Turgunov Sobitkhan Tashpolatovich Editor-in-Chief Rector of Namangan State University, doctor of pedagogical sciences, professor Sulaymanov Mominjon Yusubjonovich Deputy editor-in-chief Namangan State University associate professor, candidate of philological sciences Urinov Baxrom Jamoliddinovich Deputy editor-in-chief Senior teacher of Namangan State University Editorial board Askarova Ogilkhan Mamashakirovna Chairman of the editorial board Professor of Namangan State University, Doctor of Pedagogical Sciences Boyboboyev Baxodir Gulamovich Deputy Chairman of the Editorial Board Namangan State University Associate Professor, Candidate of Pedagogical Sciences Kadirkhanov Murodkhan Rashidkhanovich Namangan State Pedagogical Institute vice-rector for educational affairs, candidate of chemical sciences, associate professor Honkeldiyev Sher Hakimovich Professor of Fergana State University, doctor of pedagogical sciences Hasanjon Rozibobo Shomurodzoda Professor of International University of Foreign Languages of Tajikistan named after Sotim Ulugzoda (Tajikistan) Larisa Nikolaevna Lazutkina Ryazan State University Vice-Rector for Educational Affairs, Doctor of Pedagogical Sciences, Professor (Russia) Tojiboyev Soyib Samijonovich Professor of Uzbekistan State University of Physical Education and Sports, Doctor of Pedagogical Sciences Egamberdiyeva Turgunoy Akhmadjanovna Professor of Fergana State University, doctor of pedagogical sciences Akramov Abdumalik Abdumutalovich Deputy of the Legislative Chamber of the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan, Doctor of Pedagogy, Professor Baltabayeva Aida Tinaybekovna Professor of Kyrgyz-Uzbek International University named after B. Sidikov, doctor of philosophy (Kyrgyzstan) Ibragimova Gulsanam Nematovna Tashkent State Pedagogical University named after Nizomi, professor, doctor of pedagogical sciences Erkabayeva Nigora Shermatovna Associate Professor of Kokan State Pedagogical Institute, Doctor of Pedagogical Sciences Artikova Muhaiyokhan Botiralievna Professor of Andijan State Pedagogical Institute, Doctor of Pedagogical Sciences Zamilova Rimma Ramilevna Professor of Namangan State University, doctor of philosophy Panjiyev Kurbanniyoz Berdievich Professor of Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Doctor of Pedagogical Sciences Abdullayev Abduvali Professor of Fergana State University, Candidate of Pedagogical Sciences Ulukhujayev Narzullokhan Ziyovadinovich Namangan State University Associate Professor, Candidate of Pedagogical Sciences Tokhtaboev Nizomjon Tursunalievich Director of the Fergana branch of Uzbekistan State University of Physical Education and Sports, Doctor of Pedagogical Sciences, Professor Shukurov Kamoliddin Elbobo ugli Associate Professor of Tashkent University of Information Technologies, Doctor of Philosophy in Technical Sciences (PhD) Akmalova Dildora Tokhirovna Associate Professor of Namangan State University, Doctor of Philosophy in Pedagogical Sciences (PhD) Tashnazarov Djasur Yuldashevich Associate Professor of the Institute of Physical Education and Sports Scientific Research, Doctor of Philosophy in Pedagogical Sciences (PhD)
SCIENTIFIC-THEORETICAL JOURNAL INTERNATIONAL EDUCATION RESEARCH PEDAGOGICAL SCIENCES Akramova Shaxlo Baxromjon qizi Namangan davlat pedagogika instituti 2-kurs magistranti INTEGRATSIYALASHGAN O‘QUV MASHG‘ULOTLARIDA O‘QUVCHILARNING AQLIY FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MEXANIZMLARI DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17953014 Annotatsiya. Maqolada integratsiyalashgan o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning aqliy faoliyatini takomillashtirish yo‘llari va boshlang’ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatishda modulli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, tabiiy fanlarni о‘qitishda integrativ yondashuv asosida uzviylikni ta’minlasga qaratilgan tushunchalarnining pedagogik jihatlari yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: integratsiya, aqliy faoliyat, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, o‘quv mashg‘ulotlari, metodologiya, mexanizmlar. Kirish Jahon ta’lim tizimida innovatsion rivojlanish tendensiyalariga mos ravishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini intellektual jihatdan rivojlantirishda ta’lim samaradorligiga yo‘naltirilgan ilg‘or yondashuvlar va texnologiyalar tatbiq etish amaliyoti keng joriy etilgan [2; 44 b]. Zamonaviy ta’lim tizimi har bir bolaning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘z oldiga yuqori texnologiyali jamiyatda yashashga tayyor, komil inson bo‘lib shakllanishida shaxsni tarbiyalash kabi yuksak maqsadlarni o‘z oldiga maqsad qilib oladi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish zarurati, bu borada zamonaviy ta’lim metodlari, amaliy yondashuvlar va pedagogik vositalar tahlil qilinadi. Mustaqil fikrlovchi o‘quvchi o‘z fikrini erkin ifoda etishga, muammolarga yechim topishga va o‘zini anglashga intiladi. Shuning uchun ushbu maqola o‘qituvchilarga bu ko‘nikmalarni shakllantirishda amaliy tavsiyalar beradi. Bugungi Yangi O‘zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida so‘zlamaslikning iloji yo‘q. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirgan [1;12 b]. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan mustaqil xayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan masala xisoblanadi”- degan fikrlari har birimizdan katta mas’uliyatnitalab qiladi. Taraqqiyot shiddat bilan hayot tarzimizga kirib kelayotgan bir davrda bir-biridan murakkab texnika va texnologiyalar yoshlarimiz ongu shuuridan mustahkam o‘rin egallamoqda. Bunday vaziyatda o‘qituvchiga biror yangi bilim berish, uni o‘qish va izlanishga o‘rgatish uchun o‘qituvchidan juda katta mahorat talab qilinishi bor gap”. Tarbiyaviy usullar o‘quvchi ijodi va tajribalarini rivojlanish bosqichi bo’lib, tabiatshunoslik jarayoni bilan chambarchas bog’langan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlashni tarbiyaviy ahamiyatni oshirishda darsni noan’anaviy tarzda tashkil etib, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, o‘quvchilar tafakkurini, aqliy faoliyatini rivojlantirish, bilim va ko‘nikma-malakalarini texnologiyalari asosida foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan iborat. Adabiyotlar tahlili Tabiiy fanlarga oid ta’limiy qarashlar va g‘oyalar O‘rta asrlarda yashagan mutaffakkirlar Muhammad Muso al - Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Zahriddin Muhammad Bobur kabi buyuk siymolarimizning asarlarida tabiat va jamiyat birligi, o‘zaro aloqadorligi, tabiiy fanlarning bir qator tarmoqlari yuzasidan dastlabki tadqiqot ishla-
SCIENTIFIC-THEORETICAL JOURNAL INTERNATIONAL EDUCATION RESEARCH PEDAGOGICAL SCIENCES rini ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Mamlakatimizning barcha ta’lim bosqichlarida ta’lim-tarbiya yoshidagi bolalarda mustaqil fikrlashni yo‘lga qo‘yish doirasida o‘zbek olimlaridan M.Nazarov, E.N.Turdiqulov, I.Ismoilova, I.Jo‘rayev, R.Mavlonova, A.To‘xtayev, K.Xoshimov, D.D.Sharipova, U.B. G‘ofurova kabi olimlarning ishlarida o‘z aksini topgan. Olimlarning fikricha, integratsiyadidaktik prinsiplar qatoriga kiradi va ular orasida yetakchi o‘rin egallaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning aqliy faoliyatini hat tomonlama rivojlantirishda integratsiyalashgan darslarning o‘rni beqiyos.Rivojlangan davlatlatning 70 foizi ta’lim tizimida integrative xarakterdagi o‘quv dasturlari va darsl iklarid an foydal anm oqd alar. Jumladan, Buyuk Britaniya ta’lim tizimida asosan integrative fanlar joriy qilingan bo‘lsa, Koreya va Shveysariyada integratsiyalashgan fanlar, Vengriyada madaniyat yonalishidagi o‘quv fanlari, Irlandiyada fan va texnika bloklaridan barcha o‘quv fanlari mujassamlashtirilgan holda o‘qitiladi. Tadqiqot metodologiyasi Tadqiqotda pedagogik kuzatuv, suhbat, modellashtirish, tashxis, pedagogik tajribasinov, ma’lumotlarni mujassamlashtirish, t a q q o s l a s h , e k s p e r t b a h o l a s h , umumlashtirish va statistik hamda ishlov berish usullaridan foydalaniladi. Natijalar va tahlillar Hozirgi zamon boshlang‘ich ta’lim pedagogikasida ta’limning yanada samarali yo‘llarini toppish jarayoni kechmoqda. Pedagogik integratsiya ana shunday yo‘llardan biri bo‘lib, uning asoslaridan biri integratsion darslardir. Integratsion darslar – interaktiv ta’lim tizimi bo‘lib, integrativ bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko‘rgazmali mahoratni vujudga keltirish sirlarini o‘rganadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatining har xil turlarini shakllantirish integratsiyaning negizi hisoblanadi. Integrasiyalashtirilgan darslar bolalar dunyoqarashida bir butunlikni, voqealar uzviyligini tushunishini tabiatan anglab yetishga o‘rgatadi. Integratsion darslarda mavzularni va mashg‘ulotlarni hamkorlikda, mutaxasis ishtirokida va o‘quvchilar faolligida o‘tiladi. Integratsion darslarning 5 ta asosiy maqsadi mavjud bo‘lib ular quydagilardan iborat: 1-rasm. Integratsion darslarning shakllanish bosqichlari. Fanlararo integratsiya bir o‘quv fanining materialidan boshqasini o‘rganayotganda foydalanishda namoyon bo‘ladi. Bu darajada olib borilayotgan mazmunni tiziml a s h t i r i s h o ‘ q u v c h i l a r o n g i d a o‘rganilayotgan ob’yektning yaxlit tasavvurini shakllantirish kabi natijaga olib keladi. 3 xil integratsion dars turlari hozirda ommalashgan. Integratsion dars turlaridan biri auktsion dars deb nomlanib, muayyan mavzular bo‘yicha qisqacha tushuntirish berilib, o‘quvchilarning fikri o‘rganiladi va ular mutaxassis tomonidan baholanib boriladi. Bunday darsda o‘qucvchilar to‘rt guruhga bolinadi va guruh a’zolari qo‘yilgan mavzular bo‘yicha fikrlar taqdimotini o‘tkazadi. Qaysi guruhning fikri mavzuni keng yoritib bersa, shu guruh g‘olib hisoblanadi va guruh a’zolarining har biri teng baholanadi. Auksion dars yakunida uyga vazifa berilmaydi. Hamkorlik darsi muayyan mavzularni mutaxassislarning ishtirokida o‘tkazishga asoslangan. Unda mutaxassis mavzuni ma’ruza tarzida tushuntiradi va dars yakunida o‘quvchilarning savoliga javob beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarning muhokamada ishtirok etishiga tayanib ularning bilimini baholaydi. Hozirgi zamon boshlang‘ich ta’limida har chorakda bir marta hamkorlik darsini tashkillash tavsiya etiladi [3; 62 b].
SCIENTIFIC-THEORETICAL JOURNAL INTERNATIONAL EDUCATION RESEARCH PEDAGOGICAL SCIENCES Innovatsion dars ko‘p hollarda komputer texnologiyasiga asoslanadi. Unga ko‘ra, o‘quvchi tomonidan mavzu va uning matni kompyuter dasturiga joylashtiriladi. Dars jarayoni ham kompyuter vositasida o‘tiladi va taklif qilingan mutaxassis yoki o‘quvchilar masofadan turib dars jarayonini kuzatib boradilar. O‘quv mashg‘ulotlar yakunida kuzatuvchilar darsga nisbatan o‘z munosabatini bildiradilar va uning yangilik darajasini baholaydilar. Integratsion darslarning bir nechta didaktik asoslari mavjud: aniq muammoni qo‘yish va dars oxirida yechimiga erishish; dars davomida o‘quvchilarning o‘zlashrirish jarayoni savolar berish bilan tekshirib boriladi; darsda faol istirok etgan o‘quvchilarning bilimi va tushunchasi darxol baholanadi; Integratsion darslarga qo‘yiladigan talab darslarni davlat ta’lim standartlari asosida yoritishdir. Boshlang‘ich ta’limda bir nechta fanlardan bitta o‘qituvchi dars o‘tadi va bu o‘z o‘zidan bu o‘qituvchi o‘zining fanlarini albatta bog‘lab o‘tadi. Boshlang‘ich ta’limda ona tili, matematika, texnologiya, tabiiy fan, ingliz tili va o‘qish fanlari bilan integratsiyalash mumkin. Jumladan ona tili fanini oladigan bo‘lsak, bu fanni o‘qish, matematika, tabbiy fan bilan bog‘lash mumkin. Bu borada yangi avlod darsliklari turkumidan ona tili darsini olsak. Ona tili kitobi o‘quvchiga mavzularni qismlarga bo‘lib, samarali tushunish uchun hamda kichik yoshdagi o‘quvchilarning fiziologik xususiyatlarni hisobga olib kitob to‘rtta qismga bo‘lib, har bir chorakka moslab kichik kitob shaklidan bosib chiqarilgan. Ta’limni integratsiyalashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad boshlang‘ich sinflarda tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurni yaxshi shakllantirish va ularning rivojlanishi qonunlariga o‘z munosabatini bildirishga yo‘naltirishdan iborat. Xulosa Integratsiyalashgan o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning aqliy faoliyatini takomillashtirish yo‘llari, Boshlang’ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatishda modulli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish masalalari, ta’lim tizimi rivojlangan davlatlarda boshlang‘ich ta’limning o‘ziga xos hususiyatlari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning tabiiy fanlarga oid tushunchalarni takomillashtirish metodikasi, tabiiy fanlarni о‘qitishda integrativ yondashuv asosida uzviylikni ta’minlash orqali takomillashtirishdan iborat. Yondosh fanlarni uyg‘unlashtirish asosida tuzilgan kurslar yangi tabiiy fanlar va ilmiy yo‘nalishlar hosil bo‘lishiga olib keldi. Yuqoridagi fikrlarga tayanib, integratsiyani o‘qituvchilarning turli fanlar bo‘yicha kuzatishlari va xulosalarini tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbai deb baholash mumkin. Integratsiya fanlarning mexanik birlashishi bo‘lmay, balki fanlararo sintez bo‘lib, alohida tizimlarning yaqinlashishi, bog‘lanishi va yagona bir yangi narsaning yaratilishidir. Integratsiya ta’lim maqsadi sifatida olam tizimining alohida qismlari bog‘liqligini ko‘rsatuvchi bilimlarni berish emas, bolani barcha elementlari bir-biriga bog‘lik yaxlit olamni tasavvur qilishga birinchi qadamlarida o‘rgatish kerak. Bu maqsadni boshlang‘ich maktab amalga oshirishi kerak. Integratsiya-predmetli bilimlar chegarasida yangi tasavvurlarni qabul qilish vositasi. Birinchi navbatda tabaqalashni bilimlar orasida bilmagan joylarni to‘ldirish, ular orasidagi aloqalarni o‘rganish lozim. Integratsiya - “butun” degan ma’noni bildiradi, demak, u tafakkurning o‘sish jarayonlari turli qism va elementlarini bitta butunga birlashtirish, alohida tizimlarning yaqinlashishi, bog‘lanishi va yagona narsaning yaratilishilidir. Maktabda o‘qitiladigan fanlarda integratsiyalashning ma’lum bir imkoniyatlari aks etib, darsni integratsiyalashgan holda tashkil etish bir qator shartlarga bog‘liq. Shuning uchun pedagog va metodistlar yangi dasturni yaratishdan avval, ana shu holatlarning barchasini e’tiborga olishlari lozim. Buning uchun eng avvalo o‘qituvchi sinfning tayyorgarlik darajasini, o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini, qiziqishlarini hisobga olishi za-
SCIENTIFIC-THEORETICAL JOURNAL INTERNATIONAL EDUCATION RESEARCH PEDAGOGICAL SCIENCES rur. Jahon ta’lim tizimini o‘rgangan holda, O‘zbekistonda integratsiyalashgan ta’lim 2022yildan boshlang‘ich sinflarga joriy etildi. Bu jarayon boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijobiy natijalar ko‘rsatdi. Boshlang‘ich sinflarda tasavvur olamlari kengaya boshladi, ko‘proq ma’lumotlar va bilim ola boshlashdi. Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’lim berishning zamonaviy metodlarining o‘rni va ulardan foydalanishda quyidagi tavsiyalarni beramiz: O‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini inobatga olish zarurligi; O‘quvchilarning qiziqishlariga o‘qituvchi ahamiyat berishi kerak; O‘qituvchi fikrlash qobilyatini rivojlantirishi, yangilik yaratishga moyil bo‘lishi kerak; Har bir dars muayyan yo‘naltirilgan maqsadga ega bo‘lishi lozim; O‘qituvchi integratsiya darslarida metodlardan foydalanishni bilishi shart; Darsni qiziqarli qilib tashkillashtirish zarur. Fan o‘qituvchilari belgilangan o‘quv mashg‘ulotlarining davomiyligida integratsiyalashgan darslarni o‘tishda yuqoridagi takliflarni inobatga olsa, shuningdek dars o‘tish jarayoni va o‘quvchilarning d a r s n i t u s h u n i s h i m u r a k k a b bo‘lmaydi,hamda darsning samaradorlik darajasi ko‘tariladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mirziyoyev Sh. Yangi O‘zbekiston strategiyasi.Toshkent. 2022.-12 b. 2. Rasulova L., Zokirov Sh. Yangi pedagogik texnoligiyalar. - Farg‘ona. 2010. -44 b. 3. Suyarov K.T, Tillayeva Z.Y, Sangirova Z.B, Yuldasheva M.K, Avezov M.M, Baymurodova M.X, Azamatova D.S, Umaraliyeva M.T, Alimuhammedova U.E, Xasanova S.G‘.Tabiiy fanlar. 1-sinf Umumiiy o‘rta ta’lim maktablari uchun Darslik. T:.2021.-62 b.