scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KINO VA SUBTITR TARJIMASIDA TEXNIK ME'YORLAR (AUDIOVIZUAL TARJIMA)

Mo'minova Sevinch Rasuljon qizi Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universiteti 4-kurs talabasi Ish joyi: Registon o'quv markazi ingliz tili ustozi

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 KINO VA SUBTITR TARJIMASIDA TEXNIK ME’YORLAR (AUDIOVIZUAL TARJIMA) Mo‘minova Sevinch Rasuljon qizi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti 4-kurs talabasi Ish joyi: Registon o‘quv markazi ingliz tili ustozi Annotatsiya: Ushbu maqolada kino va subtitr tarjimasi jarayoni, uning o‘ziga xos xususiyatlari hamda tarjimon oldida turgan asosiy vazifalar yoritiladi. Shuningdek, subtitrning hajmi, vaqt chegarasi va tarjima uslubi kabi texnik me’yorlar haqida ham so‘z boradi. Tadqiqot ingliz tilidan o‘zbek tiliga subtitr tarjimasida uchraydigan muammolar va ularni hal etish yo‘llarini tahlil qilishi bilan birgalikda, audiovizual tarjimaning rivojlanish bosqichlarini qamrab oladi. Bunda asosiy e’tibor nafaqat bir til, balki misollar orqali tarjima til uslubi hamda me’yorlariga ham qaratiladi. Kalit sózlar: kino tarjimasi, subtitr, audiovizual tarjima, madaniy moslashtirish, ekran matni, lingvistik xususiyat, sun’iy intellekt, vaqt cheklovi, qisqartirish, film dialoglari, tarjima strategiyalari, milliy iboralar, emotsional-hissiy ohang. Kirish Bugungi globallashuv davrida turli davlatlarda yaratilayotgan va ommaga taqdim etilayotgan film, shou-dasturlar hamda seriallar boshqa hududlarga ham yetib borib, keng miqyosda tomosha qilinmoqda. Bu esa o‘z navbatida , tarjima jarayonida yangi soha – audiovizual, ya’ni subtitr tarjimasini rivojiga hissa qo‘shdi. Ushbu soha tomoshabinni nafaqat so‘z, balki filmda bo‘layotgan voqealar, ovoz, musiqa vositasida ham ma’lumot olishiga yordam beradi1. E. Nida tarjimada “dinamik ekvivalentlik”ni asosiy mezon deb biladi. Ya’ni matnni so‘zma-so‘z emas, balki asliyatdagi ta’sirini yangi til o‘quvchisiga yetkazish muhim. Audiovizual tarjimada bu tamoyil yanada muhim, chunki subtitr qisqa, tez o‘qiladigan va hissiy ta’sirga ega bo‘lishi shart. Nida yondashuvi subtitr tarjimasida ayniqsa qo‘l keladi: film dialoglari qisqa, jonli, emotsional bo‘lgani uchun tarjimon ularni ma’noni saqlagan holda ixchamlashtirishi kerak. Bu jarayon aynan “dinamik ekvivalentlik” mohiyatiga mos keladi. Haqiqatdan ham, subtitr tarjimasida bu usul ko‘pincha filmning mazmunini qiyinlashtiradi. Shu sababli Nidaning mazmunni yetkazish g‘oyasi bunda o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun subtitr tarjimoni til bilimidan tashqari shu mamlakatning madaniyatini, kontekst va vizual belgilarini tushunish qobiliyatiga ega mahoratli tarjimon bo‘lishi kerak. Kino tarjimasining umumiy turlari quyidagicha: 1 Nida, E. A. (1964). Toward a Science of Translating. Leiden: E.J. Brill. newjournal.org zenodo.org 2 -dublaj tarjimasi – filmda asl ovoz to‘liq tarzda boshqa tildagi ovoz bilan almashtiriladi; -subtitr tarjimasi – filmning pastki qismida tarjima matni yozma shaklda beriladi.2 Díaz Cintas va Remael subtitrlashni qat’iy texnik tizim deb qaraydi: bir satrda maksimal 35–40 belgi, subtitrning ekranda turish davomiyligi 2–6 soniya, o‘quvchi matnni o‘qishga ulgurishi uchun vizual yuklama bilan muvofiqlashuv shart. Bu mezonlar subtitrlashning asosiy texnik qoidalarini belgilaydi. Ular orqali tomoshabin film syujetidan chalg‘imasdan, tilda berilgan matnni oson qabul qiladi. Bu real tajriba va ko‘p yillik ilmiy ishlanmalar natijasidir. Shubhasiz, texnik me’yorlarga amal qilinmasa, subtitr o‘qilmaydi va film zavqi buziladi. Qo‘shimcha qilib aytganda, bu tamoyillarni subtitr tarjimasining asosiy qoidalari deb bilish maqsadga muvofiqdir. -ustma-ust tarjima – asl ovoz fon sifatida qoladi, ustidan tarjima ketadi. Bulardan subtitr tarjimasi eng ommabop va qulay usul hisoblanadi. Uning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Jumladan, subtitr tarjimasi boshqa tarjima turlaridan farqli ravishda vaqt chegarasiga ega: bir subtitr satrida odatda 35-40 ta belgi bo‘lishi mumkin, 2-6 soniya davomida ekranda qoladi. Bu jihatdan tomoshabin matnni o‘qib, bir vaqtning o‘zida ham ma’noni tushungan holda kinoni kuzatishga ulgurishi mumkin. Audiovizual tarjimon uchun, albatta, bu oson kechmaydi. Undan matnni ma’nosi saqlangan holda qisqartirish, emotsional-hissiy ohangni yetkazish kabi yuksak mahorat talab qilinadi. Kino tarjimasi faoliyatida madaniy iboralar, atamalar, hazillar va tarixiy-an’anaviy ishoralar to‘g‘ri tarjima qilinishi juda muhimdir. Inglizchada “ coach potato” iborasi boshqa tilga shundoq tarjima qilinmaydi yoki o‘zbek tilidagi shu kabi iboralar, deylik, maqollar ham maxsus tarjimaga muhtoj bo‘ladi.3 N. Karimov audiovizual tarjimada madaniy moslashtirish eng muhim bosqich ekanini ta’kidlaydi. Chunki kino tilida milliy iboralar, hazillar, kontekst va madaniy ishoralar juda ko‘p uchraydi. Karimovning fikri subtitr tarjimasi uchun juda dolzarb: film tomoshabini matnni emas, mazmun va madaniy ma’noni his qilishi kerak. Bunda tarjimon milliy iboralarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilmay, analog yoki ekvivalent variantni topishi lozim. Haqqatan ham, subtitr tarjimasida madaniy moslashuv bo‘lmasa, film hazillari yo‘qoladi va o‘quvchi mazmunni to‘liq his qilmaydi. Men Karimovning bu qarashini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Shu sababli tarjimon madaniy moslashtirish (cultural adaptation) strategiyasidan xabardor bo‘lishi va to‘g‘ri foydalanishhi kerak. Bundan tashqari, zamonaviy texnik va dasturiy jihatlar borki, mutaxassis ulardan ham samarali foydalana oladi: Amara,YouTube, Subtitle Edit, Subtitle Studio va boshqa shu kabi dasturlar .4 O‘quv qo‘llanma audiovizual tarjima jarayonini metodik yondashuvlar asosida tasvirlaydi. Unda tarjimonning texnik ko‘nikmalari, dasturiy vositalardan foydalanish, vaqtga rioya qilish kabi amaliy jihatlar 2 Díaz Cintas, J., & Remael, A. (2014). Audiovisual Translation: Subtitling. London: Routledge. 3 Karimov, N. (2021). Audiovizual tarjima asoslari. Toshkent: Yangi asr avlodi. 4 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. Tarjima va til o‘rganish metodikasi bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2023. newjournal.org zenodo.org 3 muhim o‘rin tutadi. Qo‘llanmada nazariya emas, balki amaliyotga asoslangan metodik usullar yoritilgan. Bu talaba yoki yangi tarjimonlar uchun juda foydali manba hisoblanadi. Haqiqatdan, bu qo‘llanma subtitr tarjimasi bo‘yicha amaliy yo‘l-yo‘riqlar beradi. Hamda, uni o‘rganish tarjimaning sifatini oshirishga yordam beradi. Bular yordami bilan tarjimon: vaqt kodlarini joylashtiradi; belgilar sonini tekshiradi; subtitrni audio va video bilan sinxronlashtiradi. Xulosa Kino va subtitr tarjimasida so‘zlarni tarjima qilish, madaniyatlar, his-tuyg‘ular va ma’no hamda g‘oyalarni yetkazib berish katta rol o‘ynaydi. Tarjimon uchun bu san’atdir. Zero, mutaxassis barchasini uyg‘unlashtira olishi kerak. Kino tarjimasi orqali tomoshabin boshqa millatning qadriyatlari, tili, madaniyati, tarixi bilan tanishadi. Va bu o‘rinda tarjima milliy san’atning xalqaro maydonga chiqishiga yordam beradi, o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Nida, E. A. (1964). Toward a Science of Translating. Leiden: E.J. Brill. 2. Díaz Cintas, J., & Remael, A. (2014). Audiovisual Translation: Subtitling. London: Routledge. 3. Karimov, N. (2021). Audiovizual tarjima asoslari. Toshkent: Yangi asr avlodi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. Tarjima va til o‘rganish metodikasi bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2023. 5. Chaume, F. (2020). Audiovisual Translation: Dubbing and Subtitling. Routledge.