TOHIR MALIKNING ETALON TANLASHDAGI USTALIGI
Full text
11 3 5 TOHIR MALIKNING ETALON TANLASHDAGI USTALIGI Turakulova Umidaxon Anvarovna, University of Bussines and Science oliy ta‘lim muassasasi Til va adabiyot ta‘limi kafedrasi o‗qituvchisi Gmail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17954675 Annotatsiya. Mazkur maqolada Tohir Malikning etalon tanlash mahorati haqida so‗z boradi, adibning etalonlariga xos xususisyatlar, ayniqsa, etalonlarga qarashli sifatlovchi aniqlovchi va qaratqichli aniqlovchilarning qo‗llanganligi haqida misollar tahlilga tortilgan. Maqolada yozuvchining etalon tanlashdagi mahorati bitta etalonni turli semalar uchun qo‗llagani haqida misollar bilan sharhlangan. Kalit so„zlar: o‗xshatishlar, etalon, sifatlovchi va qaratqichli aniqlovchi bilan kengaygan birikmali etalonlar, sodda etalonlar. Abstract. This article examines Tohir Malik‘s skill in selecting literary exemplars (etalons). It analyzes the distinctive features of the exemplars used by the author, particularly the employment of composite exemplars expanded with descriptive and genitive modifiers. The study also highlights the writer‘s mastery in using a single exemplar to express different semantic nuances. Keywords: similes, etalon, descriptive modifiers, genitive modifiers, composite exemplars, simple exemplars. Аннотация. В данной статье рассматривается мастерство Тохира Малика в выборе литературных эталонов. Анализируются характерные особенности эталонов, используемых писателем, в частности применение расширенных составных эталонов с качественными и притяжательными определениями, что иллюстрируется соответствующими примерами. В работе также показано умение автора использовать один и тот же эталон для выражения различных семантических оттенков, что подтверждается текстовым материалом. Ключевые слова: cравнения, эталон, качественные определения, притяжательные определения, составные эталоны, простые эталоны. Kirish. Insoniyatni olamni anglashida o„xshatish-qiyoslashning o„rni juda kattadir. O„xshatish esa kuzatish, taqqoslash kabi jarayonlar bilan uzviy bog„liq. Duch kelgan narsa va hodisalardan o„xshatish izlash ham o„rinsiz. O„xshatish shunday hodisaki, biror predmet, voqea, shaxs yoki holat kuzatilganida boshqa bir narsani beixtiyor yodga soladi. Ana shu holat o„xshatishning tug„ilishiga sabab bo„ladi. Masalan, she‟riyatda labni g„unchaga, qoshni kamonga, yuzni oyga qiyoslash keng tarqalgan, chunki oy, quyosh, kamon kabi predmetlarni tanish uchun alohida bilim talab qilinmaydi. Shuning uchun ham ilk o„xshatish namunalari shu kabilar bo„lgan bo„lsa, ajab emas, hatto shu darajada ko„p qo„llanganidan paremiologik birliklar singari turg„unlashish darajasiga yetgan. O„ylab qaralsa, bu o„xshatishlar ham o„z-o„zidan paydo bo„lgan emas. Labni ta‟riflashdan avval g„unchani, qoshni ta‟riflashdan avval kamonni, yuzni ta‟riflashdan avval oyni yaxshiroq tanish ilmiga ega bo„lingan. Bugungi kun adabiyotida ham rang-barang o„xshatishlar qo„llanmoqdaki, bu hol o„quvchining tasavvurini oshirib, zavqlantiradi, o„z o„rnida yozuvchi yoki shoirning mahoratini belgilaydi.
12 3 5 Etalon so„zi keng ma‟noda qo„llanganda barcha soha va tarmoqlardagi o„lchov ma‟nosini ifodalaydi. Muayyan narsaga nisbatan ideal sifat yoki xatti-harakatni bildirishi ham mumkin. O„xshatishlarning hosil qilinishida o„xshatish etalonlari muhim ahamiyatga ega. Etalonlar milliy dunyoqarashni aks ettiradi, chunki ular dunyodagi hodisalarning o„z milliy-odatiy o„lchovi natijasidir. “Etalon ijtimoiy-psixologik miqyosda jamiyat tabiat hodisalari, inson haqidagi me‟yoriy tasavvurlar ko„rinishida aks etadi”[1,21]. Ular orqali shaxs, narsa-buyum, hodisalar, obyektlarning xususiyatlarini va sifatini o„lchash yoki tasavvur qilish mumkin. Shu xususiyati bilan bilinmagan yoki bilinishi qiyin bo„lgan o„rinlarda etalonlar juda ham katta ahamiyatli sanaladi. Adabiyotlar tahlili. Professor M.Yo„ldoshevning o„xshatish etaloni haqidagi fikri ham asosliligi bilan e‟tiborga loyiq: “Har qanday o„xshatishning lingvopoetik asosini bevosita o„xshatish etaloni tashkil etadi. Tasviriy vosita sifatidagi o„xshatishning poetik qimmati, estetik salmog„ini ham xuddi shu o„xshatish etaloni belgilaydi. O„xshatishning originalligi ayni o„xshatish etalonining originalligiga ko„ra yuzaga keladi”[2, 58]. Tadqiqotchilarning ko„rsatishlaricha, har qanday o„xshatish munosabati tilda ifodalanar ekan, albatta, to„rt unsur (uzv) ko„zda tutiladi, ya‟ni, 1) o„xshatish subyekti, 2) o„xshatish etaloni, 3) o„xshatish asosi, 4) o„xshatishning shakliy ko„rsatkichi. Yozuvchi qissalarini o„rganish davomida o„lchov birliklari semali bir qator rang-barang o„xshatishlarga duch kelindi. Yozuvchi bu kabi o„xshatishlarni shunday mahorat bilan qo„llaganki, arzimas va eng kichik bo„lib ko„ringan detallarni ham o„xshatishlar yordamida o„quvchiga aniq va konkret tarzda yetkazib berishga harakat qilgan. Adibning har bir qo„llagan o„xshatishi o„quvchini o„ylashga, tasavvur qilishga undaydi. Bu esa, o„z o„rnida, asarning o„qishliligini va o„qiguvchilarining salmog„ining ham oshishiga xizmat qiladi. Adib qalamiga mansub bo„lgan ”Shaytanat”, “Devona”, “Ov”, “Ozod inson haqida qo„shiq”, “Falak”, “Eng kichik jinoyat”, “Charxpalak”, “Murdalar gapirmaydilar”, “Savohil”, “So„nggi o„q”, “Murdalar gapirmaydilar”, “Alvido, bolalik…” kabi bir qator qissalarida bunday o„xshatishlarni ko„plab uchratish mumkin. Turg„un o„xshatishlar tarkibida etalonlardan foydalanish barcha tillarga xos. Badiiy asarlarda turg„un o„xshatishlarni va ular tarkibida an‟anaviy etalonlarni qo„llash sermahsul. Biroq ijodkorlar o„ziga xos yangidan yangi o„xshatishlardan ham samarali foydalanib, original ijod namunalarini yaratmoqdalar. Tohir Malik ham asarlarida shaxs, predmet, hayvon, osmon jismlari, harakat va holatni ifodalovchi nomlar bilan bog„liq o„xshatish etalonlarini o„rinli qo„llaydi. Ular orasida qahramonlarning ruhiy holatini ifodalashda shaxs semali o„xshatishlar alohida o„rin turadi. Masalan, jinniday, odamdek, kasaldek, mahbusdek, o‗g‗ridek, boladek kabi. O„xshatishlar tarkibidagi to„rt unsurning eng asosiysi etalondir. Etalon o„xshatilayotgan ikki predmet o„rtasidagi o„xshashlik aloqasini o„rnata oluvchi, o„xshatish hodisasidagi go„zallikni ta‟minlaydigan asosiy vositadir. U orqali xalqning milliy obrazli tafakkurini, xalq tasavvuridagi olamning lisoniy manzarasini oson anglash mumkin.
13 3 5 Masalan, otdek (sog‗lom) bo‗lmoq o„xshatishida aks etgan otdek etalonida o„zbek xalqining otni yaqindan bilishi, uni parvarishlashi va xususiyatlarini yaxshi tushunishi ifodalanmoqda. Boshqa hayvonlarni ham etalon qilish mumkin, ammo bu o„xshatish orqali yugurish, chopish sog„lom odamga xos, sanalgan harakatlarni otgina oson bajara oladi. Kenguru, yo„lbars kabi hayvonlar ham tez yugurishi mumkin, lekin o„zbek xalqi u hayvonlar haqida otni bilganchalik keng bilimga ega emas. O„xshatishlarning nutqni bezovchi vositalar sirasiga kirishida etalonning roli alohida ahamiyatga ega. O„xshatilayotgan predmetdan ko„ra uni ochib berishga tanlangan etalonning xususiyatlari alohida ko„zga tashlanib turadi. Etalon haqida so„z ketganda, shuni alohida ta‟kidlash kerakki, o„xshatishning ohorliligi, u orqali o„xshatilayotgan predmet (subyekt)ni tasavvur qilish, o„rni kelganda, o„xshatishning turg„unlashishi, tinglovchi yoki o„quvchiga zavq bag„ishlay olishi kabi asosiy holatlarning barchasini etalon ta‟minlaydi. Shunday ekan, o„xshatishlar tarkibidagi etalonni o‗xshatish yadrosi deyish ham mumkin. Yadro so„zi bir qator fanlarda termin holida foydalaniladi. Jumladan, botanika fanida yadro hujayraning markazini tashkil etuvchi eng muhim qism sifatida aks etadi[3,13]. Undan tashqari, kuzatishlar davomida shunga amin bo„lindiki, ma‟lum bir xalq uchun yaqindan tanish bo„lgan, hamma xususiyatlari ayon bo„lgan predmet, shaxs yoki voqeahodisa etalon sifatida xizmat qila oladi. Jumladan, o„zbek xalqida zebradek yuvosh o„xashtishi uchramaydi, sababi o„zbek xalqi uchun zebra degan hayvon (haqiqatan, yuvosh bo„lsa ham)ning xususiyatlari ma‟lum emas. Etalonning vazifasi biror holat yoki predmetni tinglovchiga oson anglatishdir. Agar notanish narsa etalon sifatida qo„llansa, nutqni tushunish ancha qiyinlashadi. Etalonlar shunchaki tanlanmaydi. Etalonga olinayotgan predmet, shaxs, voqeahodisalarning etalon bo„lishga loyiq xususiyatlari o„zining turdoshlaridan ancha ustun bo„lishi kerak. Masalan, gulni etalon qilish uchun undagi go„zallik asos qilib olinadi, chunki undagi go„zallik boshqa o„simliklardagidan ustun, asalni etalon qilish uchun uning shirin ta‟mi asos qilib olinadi, chunki shakar va novvotdagi shirin ta‟m asalnikidan kam. Tahlilga jalb etilgan asar matnini kuzatish jarayonida adib tomonidan qo„llangan shaxs semali o„xshatishlar (telba, boshliq, bemor) e‟tiborimizni tortdi. Yuqoridagi mulohazalarimizni shu misollar orqali mustahkamlamoqchimiz: ―U bir necha daqiqa telbalarcha turdi‖ (Shaytanat,1-kitob, 3-bet). Bu o„rinda Elchin o„ldirilgan xotinining ayanchli holatini ko„rgach, vaqtincha aqldan ozib, telbalarga o„xshab qolganligi telba etalonini qo„llash uchun asos qilib olingan bo„lsa, yana bir o„rinda jinni etaloni qo„llanadi: ―Birinchi tunni xuddi jinniday alahsirab o‗tkazdi‖ (Shaytanat, 1-kitob, 18-bet). Yozuvchining mahorati shundaki, bir leksemaning turli sinonimlaridan ham o„rinli foydalana olgan. Lozim bo‗lganda katta idoralarga boshqa bir idora boshlig‗iday bemalol kirib chiqaverardi (Shaytanat, 1-kitob, 50-bet). Rahbar odam imkoniyatlarining ko„pligi asos qilib olingan.
14 3 5 Kap-katta erkak odamning so‗yishga mahkum etilgan buqaday o‗kirishi, so‗ng tul xotinday piqillab yig‗lashi, keyin omonatini topshirishga qasd qilgan, so‗nggi nafaslari bilan ihranayotgan bemor kabi ovoz chiqarishi faqat Sharifga atalganday edi (Shaytanat, 1-kitob, 61-bet). Bu o„xshatish uchun tul xotinning ham, bemorning ham ojizligi va zaifligi asos qilib olingan. ―Aybiga iqror bo‗lgan gunohkorday boshini egdi‖ (Shaytanat, 1-kitob, 68-bet). Bu o„rinda esa gunohkorning hammaga oshkor bo„lgan holatidan uyalishi asos qilib olingan. ―Hovlisiga bezgakka uchragan odamday titrab-qaqshab kirib keldi‖ (Shaytanat, 1kitob, 86-bet). Bu vaziyatga bezgakka uchragan odamning titrashi asos qilib olingan. ―U esa mehribon enagaday tirjayib, joyida qolaverardi” (Shaytanat, 1-kitob, 184bet). Enaganing tabassumda bo„lishi asos qilib olingan. ―Tarix fani fohishaga o‗xshab o‗zgarib turadi, bilasiz-ku? (Shaytanat, 1-kitob, 192bet). O„zgaruvchanligi asos qilib olingan. ―U arzimagan bir odamning maktubini olayotgan podshoday qaddini g‗oz tutib, torga qo‗l uzatdi (Shaytanat, 1-kitob, 176-bet). Kibr-havosi asos qilib olingan. Misollardan ko„rinib turibdiki, shaxs semali o„xshatishlarning o„zi ham talaygina. Ularning hammasi ham individual o„xshatishlar tarkibida qo„llangan. Adib qissalarida bola etaloni orqali qahramonlarning xarakteri va xatti-harakati bilan bog„liq bo„lgan ko„plab rang-barang o„xshatishlar ham uchraydi. Umuman, o„zbek xalqi bolajon xalq, bolasi uchun ishlaydi va bolasi uchun yashaydi. Shuning uchun ham o„zbek xalqi serfarzand xalq bo„lib, ―O‗nta bo‗lsa, o‗rni boshqa, qirqta bo‗lsa, qilig‗i boshqa‖, ―Olti o‗g‗illining olti Arshda moli bor‖, ―Bolali uy – bozor, bolasiz uy – mozor‖, ―Ona bilan bola – gul bilan lola‖, ―Bola bor uyda g‗iybat yo‗q‖ (O„XM) kabi bola aks etgan maqollari juda ham ko„p. O„zbek xalqi bola bilan bog„liq o„xshatishlarni shunday qo„llaydiki, unga xos eng kichik detallarni ham ko„zdan qochirmaydi. “O„zbek tili o„xshatishlarining izohli lug„ati”[4, 44-47]da bola etalonining ishonuvchan, beg‗ubor, beozor, sodda, injiq; aldanmoq, jo‗n fikrlamoq; hurkmoq, uyalmoq, tortinmoq, javdiramoq; sho‗xlik qilmoq, erkalik qilmoq; sevinmoq, quvonmoq; tutolmasdan, tortinmasdan, baland ovoz bilan yig‗lamoq, ovutmoq, aldamoq, suymoq, yupatmoq, mehribonlik qilmoq kabi semalari misollar orqali izohlangan. “Shaytanat” qissasida ham bu etalonning yuqoridagi semalarini quyidagi misollarda ko„rish mumkin: ―Meni laqillatmoqchimisiz? – Savollaringizga to‗g‗ri javob beryapman-ku? – Qoradorining kilosi ming so‗m ekanmi? Qaysi ahmoq ishonadi bu gapga? Siz ilmdan boshqa narsalarga ham hech aralashganmisiz? Namozov ―ilm‖ degan so‗zni eshitib, xuddi “daftarim uyda qolibdi”, deb yolg„on gapirib qo„yib uyalgan boladek boshini egdi. – Yolg‗onni eplagan odam gapirishi kerak, — dedi Zohid achchiqlanib‖ (Shaytanat, 1-kitob, 30-bet). Bu o„xshatish tuhmat bilan qamalgan vino zavodining direktori Sharif
15 3 5 Namozovning holatiga nisbatan qo„llangan. O„xshatishda nega aynan ―daftarim uyda qolibdi‖ deb yolg‗on gapirib uyalgan bola‖ga o„xshatilayotganiga e‟tibor qarataylik. Odatda, o„quvchi uy vazifasini bajarmagan bo„lsa, ―daftarim uyda qolibdi‖ deb yolg„on gapiradi. O„qituvchining bu gapga ishonmasligi hammaga ma‟lum, vazifa tayyorlagan o„quvchi hech qachon daftarini tashlab kelmaydi. Ana endi Sharif Namozovning bu o„xshatishga sabab bo„lgan ahvoliga bir nazar tashlasak, tergovchi Sharifning qoradori savdosi bilan qamalganligi tuhmatligini biladi, ammo Sharif uni tuhmatligini isbotlashga ko„zi yetmay taqdirga tan beradi. Tergovchi Sharifning qamalishini istamaydi, shunday bo„lsa ham ba‟zi savollar bilan uni sinamoqchi bo„ladi: ―— Mijozlaringizni ayting? — Tanimayman. — Qanchadan olib, qanchadan pullardingiz? — Kilosinimi? — Aytaylik, kilosini? Namozov o‗ylandi. O‗zicha chamaladi. — Ming so‗mdan olib, bir yarim mingdan sotardim. — Demak, kilosidan besh yuzdan qolarkan-da? — Ha, shunaqa. — Ko‗pdan beri sotarmidingiz? — Ko‗pdan... uch-to‗rt yil bo‗ldi. — Pulni nima qilardingiz? — Pulnimi? Yeb-ichib... — Meni laqillatmoqchimisiz? — Savollaringizga to‗g‗ri javob beryapman-ku? — Qoradorining kilosi ming so‗m ekanmi? Qaysi ahmoq ishonadi bu gapga? Siz ilmdan boshqa narsalarga ham hech aralashganmisiz?‖ (Shaytanat, 1-kitob, 31-bet). Yuqoridagi suhbatni ko„rib turganingizdek, Sharifning aldayotgani oyday ravshan. Shuning uchun ham bu o„rinda Sharifga nisbatan aynan alday olmay uyalib qolgan bola o„xshatishi qo„llangan. ―O‗rinbosarning Yaratgandan undirgan eng ulug‗ ne‘mati — ko‗zlari. Bunaqa muloyim boquvchi, uzun kipriklar bilan himoyalangan ko‗z qizlarda ham kam uchraydi. O‗rinbosar Zohidning xonasiga kirdi-yu darsga kech qolgan boladay boshini egib, yer ostidan qarab qo‗ydi‖ (Shaytanat, 1-kitob, 153-bet). ―Mahmud, – dedi Asadbek, – Haydar akang bu yerga yetib kelsin. Sen o‗zing Elchinning uyiga borib tur, qabristonga odam yubor. Bolani ko‗mish kerak. Shunday dedi-yu, go‗shakni joyiga qo‗ydi – ortiqcha gap-so‗zga hojat yo‗q edi. Tabibboshi darsga kech qolgan boladay eshikni asta ochib, qaradi‖ (Shaytanat, 2-kitob, 58-bet). Har ikkala o„xshatish ham bir xil, ammo har xil semalarni ifodalashi bilan farqlanmoqda. Birinchi o„xshatish orqali qahramonning qo„rquvi ifodalangan. O„qituvchidan keyin sinfxonasiga kirayotgan o„quvchi ustozidan gap eshitishini o„ylab
16 3 5 qo„rqadi. Xuddi shunday holat birinchi misoldagi qahramonning ahvolida ifodalangan. U kelganda prokuror xonaga allaqachon kelib bo„lgandi. Ikkinchi o„xshatish orqali esa yozuvchi qahramonning darsga kech qolgan bola orqali qo„rquvni emas, darsda izza bo„lib uyalishini aks ettirgan Bu misoldagi qahramonning yuzida qo„rquv ifodalanmagan. Yozuvchi darsga kech qolgan boladay konstruksiyasidan juda o„rinli foydalangan. Tadqiqot metodologiyasi. Mavzuni yoritishda tavsiflash, qiyoslash tahlil usullaridan foydalanildi. Tahlil va natijalar. Tohir Malik asarlaridagi o„xshatishlarni tahlil qilish jarayonida shu narsa aniq bo„ldiki, adib juda ko„p o„rinlarda bir predmetni turli sema uchun yoki bir sema uchun turli predmetni etalon sifatida tanlaydi. Shu bilan birga etalon tanlashda aniqlikka alohida e‟tibor qaratadi. Yuqorida tahlilga tortilgan bola etalonli o„xshatishlarga e‟tibor qaratadigan bo„lsak, ularda bolaning qaysi xususiyatlari nazarda tutilayotganligi alohida ko„zga tashlanadi. Xulosa. Xulosa o„rnida shuni aytish lozimki, har qanday badiiy asar o„z tarkibidagi o„xshatishlar bilan bayon qilinayotgan fikrning turli ma‟no nozikliklarini ifodalashda alohida ahamiyatga ega. Badiiy matnda o„xshatishlarning alohida o„rni bo„lib, ularsiz har qanday matn jo„n va odatdagi ifodalardan iborat sintaktik birlikka aylanib qoladi va matnning badiiyligiga putur yetishi mumkin. Yuqorida turli misollar yordamida o„xshatishlarning badiiy asardagi mavqeyi qay darajada ekanligini dalillashga harakat qildik. Qiyoslash jarayonida o„xshatish qo„llangan va qo„llanmagan o„rinlardagi farq sezilarli darajada ko„zga tashlanganiga guvoh bo„lindi. Aytmoqchi bo„lganimiz shuki, o„xshatishlar badiiy asardagi badiiylik bo„yog„ini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan xususiyatlanadi. O„xshatishlar nafaqat badiiy bo„yoqni aks ettirishda, balki muayyan til iste‟molchilarining xarakter-xususiyatlarini, mentalitetini, boshqa xalqda ko„rilmaydigan tomonlarini, milliyligini, bir so„z bilan aytganda, xalq shaxsiyatini namoyon qila oladigan unsurlardan hisoblanadi. Shuning uchun ham o„xshatishlar har qanday xalqlar adabiyotida uchrasa ham o„zga xalq vakillari uchun tushunarsiz holatni yuzaga keltirishi mumkin. Bu hol har bir xalqning olamni lisoniy manzarasi turli ko„rinishda ekanligidan darak beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Худойберганова Д. Лингвокультурология терминларининг қисқача изоҳли луғати. – Тошкент: Турон замин зиё, 2015. – B. 21. 2. Йўлдошев М. Чўлпон сўзининг сирлари. – Тошкент: Маънавият, 2002. – Б. 58. 3. Biologiya. Darslik. 6-sinf. – Toshkent: O„zbekiston, 2007. – B. 13. 4. Маҳмудов Н., Худойберганова Д. Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Маънавият, 2013. – B. 45-47.