scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INTERFAOL METODLAR ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Abdurasulova Zulfiya Abdushukur qizi Guliston Davlat Pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 1-kurs magistranti tel: +998884002223

Abstract

Bu maqolada interfaol metodlar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalarining pedagogic ahamiyati yoritib berilgan. Maqolada tanqidiy fikrlash tushunchasining maktabgacha yosh davridagi mazmuni ochib berilib, interfaol metodlarning bolalarning bilish faoliyatini faollashtirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shu bilan birga muammoli vaziyatlar yaratish, o‘yin texnologiyalari, savol-javob va dialogic metodlar, ijodiy mashqlar orqali bolalarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish va oddiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilingan. Maqolada interfaol metodlardan foydalanish natijasida bolalarda savol berish faolligi, fikrni asoslash va muloqot madaniyatining rivojlanishi ilmiy-pedagogik jihatdan asoslab berilgan.

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 INTERFAOL METODLAR ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI Abdurasulova Zulfiya Abdushukur qizi Guliston Davlat Pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1-kurs magistranti tel: +998884002223 Annotatsiya: Bu maqolada interfaol metodlar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalarining pedagogic ahamiyati yoritib berilgan. Maqolada tanqidiy fikrlash tushunchasining maktabgacha yosh davridagi mazmuni ochib berilib, interfaol metodlarning bolalarning bilish faoliyatini faollashtirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shu bilan birga muammoli vaziyatlar yaratish, o‘yin texnologiyalari, savol-javob va dialogic metodlar, ijodiy mashqlar orqali bolalarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish va oddiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilingan. Maqolada interfaol metodlardan foydalanish natijasida bolalarda savol berish faolligi, fikrni asoslash va muloqot madaniyatining rivojlanishi ilmiy-pedagogik jihatdan asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: Mkatabgacha ta’lim, tanqidiy fikrlash, interfaol metodlar, pedagogic texnologiyalar, muammoli ta’lim, o‘yin faoliyati, dialogik ta’lim, ijodiy fikrlash, mustaqil fikrlash. Bugungi kunda ta’lim tizimida boalarni faqat tayyor bilimlar bilan qurollantitrish emas, balki ularni mustaqil fikrlashga, savol berishga va o‘z fikrini erkin ifoda etishga o‘rgatish muhim vazifaga aylandi. Ayniqsa, maktabgacha yosh davrida bolaning tafakkuri tez rivojlanadi va aynan shu davrda shakllangan fikrlash uslubi uning keyingi ta’lim faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, maktabgacha ta’lim muassasalarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan interfaol metodlardan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Interfaol metodlar bolani passiv tinglovchi emas, balki faol ishtirokchi sifatida tarbiyalaydi. Bunday metodlar orqali bola atrof-muhitni kuzatadi, savollar beradi, muammoli vaziyatlarga yechim izlaydi va oddiy tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda newjournal.org zenodo.org 2 interfaol metodlarning pedagogik ahamiyati va ularni qo‘llash texnologiyalari ommabop tarzda yoritib beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-sonli Qarori zamonaviy matabgacha ta’lim tizimi bolalarning intellektual, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobilyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Mazkur normativhuquqiy hujjatda belgilangan ustuvor vazifalar maktabgacha ta’lim jarayonida bolaning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilganligini ko‘rsatadi. Xususan, ta’lim mazmunining bolalarning intellektual, ijodiy va tanqidiy fikrlsh qobilyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilishi pedagogik jarayonda interfaol metodlardan keng foydalanishni taqazo etadi. Aynan interfaol metodlar bolani faol subyekt sifatida shakllantirib, uning mustaqil fikrlashi, savol berishi va muammoli vaziyatlarga ongli yondashuvini ta’minlaydi. Shu bois, maktabgacha ta’lim siyosatida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshrish interfaol ta’lim texnologiyalarini amaliyotga tizimli joriy etish bilan chambarchas bog‘liq. Tanqidiy fikrlash pedagogik va psixologik tadqiqotlarda shaxsning axborotni faqat qabul qilishi emas, balki uni tahlil qilishi, baholashi hamda mavjud bilimlar bilan bog‘lab asosli xulosa chiqarish qobiliyati sifatida talqin etiladi. Ushbu jarayon bolada refleksiv tafakkur, ya’ni o‘z fikrlash faoliyatini anglash va nazorat qilish mexanizmlarining shakllanishi taqazo etadi. Xorijiy olimlar R.Paul va L.Elder tanqidiy fikrlashni ongli, maqsadga yo‘naltirilgan hamda intellektual me’yorlarga asoslangan tafakkur jarayoni sifatida izohlaydilar. Maktabgacha yosh davrida tanqidiy fikrlash kattalar darajasidagi murakkab mantiqiy tahlil shaklida emas, balki bolaning kundalik faoliyati davomida namoyon bo‘ladigan elementar bilish jarayonlari orqali rivojlanadi. Bu jarayonlar, avvalo, kuzatish, solishtirish, savol berish, taxmin qilish va oddiy sabab-oqibat bog‘lanishlarini aniqlash kabi faoliyatlar bilan tavsiflanadi. Bolaning “nima uchun?” va “qanday qilib” kabi savollari uning tanqidiy fikrlashga bo‘lgan tabiiy ehtiyojini aks ettiradi. Fisher fikricha “Bolaning savol berishga bo‘lgan intilishi uning bilishga bo‘lgan faol ehtiyojini va tanqidiy fikrlashining boshlang‘ich ko‘rinishlarini aks ettiradi”. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish jarayoni tabbiy newjournal.org zenodo.org 3 bilish ehtiyojlariga tayanishi lozim. Bolaning kundalik faoliyati davomida paydo bo‘ladigan savollar, kuzatuvlar va taxminlar tanqidiy fikrlashning dastlabki poydevorini tashkil etadi. Shu sababli, pedagog ta’lim jarayonida bolani cheklovchi tayyor javoblardan ko‘ra, uni mustaqil izlanishga undaydigan savol va vaziyatlarni yaratishi maqsadga muvofiqdir. Interfaol metodlar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar bolaning ijtimoiy muloqotda faol ishtirok etishini ta’minlab, uning fikrini erkin ifodalash, asoslash va oddiy xulosalar chiqarish qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada, tanqidiy fikrlash bolaning shaxsiy rivojlanishining ajralmas qismiga aylanadi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda interfaol metodlar asosidagi texnologiyalar maktabgacha yoshdagi bolalarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish jarayoni an’anaviy tushuntirish va takrorlashga asoslangan yondashuvlar bilan cheklanib qolmasligi lozim. Bu jarayon bolaning faol bilish faoliyatiga tayanishi, uni mustaqil izlanishga, savol berishga va oddiy xulosalar chiqarishga undashi zarur. Shu nuqtayi nazardan, interfaol metodlar asosidagi pedagogik texnologiyalar tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu texnologiyalar bolaning tafakkurini faollashtirib, uni ta’lim jarayonining faol subyekti sifatida shakllantiradi. Muammoli vaziyatlar yaratish texnologiyasi tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu texnologiyaning mohiyati shundaki, pedagog bolaga tayyor bilim yoki javobni bermaydi, balki muayyan yoki hayotiy vaziyatni taqdim etadi. Bola ushbu vaziyat ustida mustaqil fikr yuritishga, sabablarni izlashga va o‘z xulosasini shakllantirishga majbur bo‘ladi. Masalan, “Nega yomg‘irdan keyin yer ho‘l bo‘lib qoladi?” kabi savollar bolaning kundalik kuzatuvlariga tayanadi va uni atrof-muhit hodisalari haqida o‘ylashga undaydi. Bunday savollar orqali bola hodisani eslabgina qolmay, balki uni tahlil qiladi va sabab-oqibat bog‘lanishlarini anglashga harakat qiladi.Muammoli vaziyatlar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar bolalarda kuzatish va diqqatni jamlash, taxmin qilish va farazni ilgari surish, oddiy mantiqiy xulosa chiqarish ko‘nikmalarini izchil rivojlantiradi. Natijada bola fikrlash jarayonida faol ishtirok etishni o‘rganadi. O‘yin texnologiyalari maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi faoliyati bo‘lib, uning bilish, ijtimoiy va emotsional rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Aynan newjournal.org zenodo.org 4 o‘yin jarayonida bola erkin fikrlaydi, tajriba qiladi va o‘z xatolaridan xulosa chiqaradi. Shu sababli, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda o‘yin texnologiyalaridan foydalanish pedagogik jihatdan maqsadga muvofiqdir. Didaktik va mantiqiy o‘yinlar bolaning tafakkurini faollashtirib, uni solishtirish, tahlil qilish va umumlashtirishga o‘rgatadi. Masalan, “Ortiqchasini top” o‘yini orqali bola predmetlar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlaydi, “Nima o‘zgardi?” o‘yini esa diqqat va xotira bilan tahliliy fikrlashni rivojlantiradi. O‘yin texnologiyalari orqali bolaning qiziqishi oshadi, bilimlar tabiiy va majburiyatsiz o‘zlashtiriladi, tanqidiy fikrlash elementlari bosqichma-bosqich shakllanadi. Savol-javob va dialogik metodlar ta’lim jarayonida pedagog va bola o‘rtasida faol muloqotni ta’minlashga qaratilgan. Ushbu metodlarning asosiy xususiyati shundaki, pedagog monologik nutqdan uni o‘z fikrini asoslashga o‘rgatadi. Masalan, “Seningcha bu to‘g‘rimi?” yoki “Nega shunday deb o‘ylaysan?” kabi savollar bolani tayyor javobni qaytarishdan ko‘ra, o‘z mulohazasini bildirishga majbur qiladi. Bunday dialogik muloqot jarayonida bola o‘z fikrini ifodalash, uni himoya qilish va boshqalarning fikrini tinglashni o‘rganadi. Natijada savol-javob va dialogik metodlar mustaqil fikrlashni, muloqot madaniyatini, tanqidiy yondashuvni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ijodiy va fantaziya mashqlari maktabgacha yoshdagi bolalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega. Ushbu mashqlar bolani mavjud qoliplar doirasidan chiqib fikrlashga, muqobil variantlarni tasavvur qilishga undaydi. Fantaziya elementlari bolaning fikrlash erkinligini ta’minlaydiva ijodiy yondashuvni shakllantiradi. Masalan, “Agar qushlar ucholmasa, ular qanday yashagan bo‘lardi?” kabi savollar berish orqali bola ongida noodatiy vaziyatni keltiradi. Bola bu vaziyatni tasavvur qilish jarayonida sabab va oqibatlarni o‘ylaydi, o‘z fikrini mantiqan asoslashga harakat qiladi. Bunday mashqlar orqali ijodiy va tanqidiy fikrlash uyg‘unlashadi, bolaning fantaziyasi boyiydi, muammolarga turli nuqtai mazardan qarash qobiliyati shakllanadi. Interfaol metodlar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual rivojiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday mashg‘ulotlar natijasida bolalarda savol berishga bo‘lgan tabiiy qiziqish kuchayadi, mustaqil fikr bildirishga newjournal.org zenodo.org 5 bo‘lgan ishonch ortadi va mantiqiy xulosa chiqarish qobiliyati rivojlanadi. Shuningdek, interfaol metodlar bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi, uni faol muloqotga tayyorlaydi va jamoada o‘z fikrini erkin ifoda etishga o‘rgatadi. Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish bilan birga, bolani keyingi ta’lim bosqichlariga puxta tayyorlashga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda interfaol metodlardan tizimli va maqsadli foydalanish pedagogik jarayonning sifatini oshiradi. Bu nafaqat bolalarning tafakkur va muloqot qobiliyatini rivojlantiradi, balki maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning ta’lim strategiyasini samarali rejalashtirish imkonini ham beradi. Natijada, bolalar keyingi ta’lim bosqichlariga puxta tayyorlanadi, ularning tanqidiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish va ijodiy yondashuv qobiliyatlarini maktab va kundalik hayotda muvaffaqiyatli ishlatiladi. Shu bilan birga, interfaol metodlar pedagogik innovatsiyalarni amaliyotga joriy qilishning asosiy vositasi sifatida ham ahamiyatga ega bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-sonli Qarori. 2. R.Paul, L.Elder. Critical Thinking: Tools for Talking Charge of Your Learning and Your Life, Pearson-2014. 3. A.Fisher Critical Thinking: An Introduction. Cambridge University Press,2011. 4. M.Qodirova “Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkur rivoji” Psixologiya jurnali, 3(12), 45-52.