scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BADIIY TARJIMADA GENDER ASPEKTINING NAZARIY ASOSLARI

Saxobidinova, Gulasal

Abstract

Gender has become a key focus in modern linguistics, examining how gender phenomena manifest in language and translation. Research priorities include classifying gender terms, exploring psycholinguistic and sociolinguistic aspects of gender in communication, and analyzing gender-marked units across languages. Translation studies investigate translators’ gender features and the cultural specificity of gender concepts. Literary translation requires balancing fidelity and artistic quality while considering cultural and gender factors. Gender linguistics thus represents an interdisciplinary field with applications in translation, sociolinguistics, and intercultural communication.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 78 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us BADIIY TARJIMADA GENDER ASPEKTINING NAZARIY ASOSLARI Saxobidinova Gulasal Zafarjon qizi – ToshDO‘TAU talabasi Annotatsiya: Gender zamonaviy tilshunoslikda asosiy tadqiqot yo‘nalishiga aylangan bo‘lib, til va tarjimada gender fenomenlarini o‘rganadi. Tadqiqotlar gender atamalarini tasniflash, nutqiy muloqotda psixolingvistik va sotsiolingvistik jihatlarni o‘rganish, turli tillardagi gender ko‘rsatkichli birliklarni tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Tarjima fanida tarjimonlarning gender xususiyatlari va gender konseptlarning madaniy o‘ziga xosligi o‘rganiladi. Badiiy tarjimada esa asl matnni saqlab qolish va badiiy jihatni uyg‘unlashtirish, madaniy va gender omillarni hisobga olish zarur. Gender tilshunosligi shunday interdisiplinar soha bo‘lib, tarjima, sotsiolingvistika va madaniyatlararo muloqotda qo‘llaniladi. Kalit so‘zlar: Gender tilshunosligi, tarjima va gender, gender belgili til, sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, qiyosiy tahlil, inklyuziv til. Аннотация: Феномен «гендер» является важным направлением современной лингвистики, изучая проявления гендерных явлений в языке и переводе. Приоритеты исследований включают классификацию гендерных терминов, психолингвистические и социолингвистические аспекты гендера в коммуникации и анализ гендерно маркированных единиц разных языков. Переводоведение исследует гендерные особенности переводчиков и культурную специфику гендерных концептов. Художественный перевод требует баланса между точностью и художественностью с учетом культурных и гендерных факторов. Гендерная лингвистика — междисциплинарная область с применением в переводоведении, социолингвистике и межкультурной коммуникации. Ключевые слова: Гендерная лингвистика, перевод и гендер, гендерномаркированный язык, социолингвистика, когнитивная лингвистика, сопоставительный анализ, инклюзивный язык. Abstract: Gender has become a key focus in modern linguistics, examining how gender phenomena manifest in language and translation. Research priorities include classifying gender terms, exploring psycholinguistic and sociolinguistic aspects of gender in communication, and analyzing gender-marked units across languages. Translation studies investigate translators’ gender features and the cultural specificity of gender concepts. Literary translation requires balancing fidelity and artistic quality while considering cultural and gender factors. Gender linguistics thus represents an INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 79 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us interdisciplinary field with applications in translation, sociolinguistics, and intercultural communication. Keywords: Gender linguistics, translation and gender, gender-marked language, sociolinguistics, cognitive linguistics, cross-linguistic analysis, inclusive language. Jahon tilshunosligida gender xususiyatlarining faollashuvi nuqtayi nazaridan til tizimi hodisalarini o‘rganish bo‘yicha bir qator ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, gender atamalarining leksik-semantik va mavzuviy tasnifini umumiy tilshunoslik doirasiga kiritish; nutqiy muloqot jarayonida gender omillarining psixolingvistik va sotsiolingvistik jihatlarini yoritish; til vositalaridan foydalanishda jinsga oidlik ta’siri va uni ifodalovchi me’yorlarni farqlash; turli tillardagi gender ko‘rsatkichli birliklarning lingvomadaniy xususiyatlarini qiyosiy-chog‘ishtirma tahlil qilish kabi masalalar muhim hisoblanadi. Shuningdek, gender belgilarining badiiy asarlar stilistik tuzilishida aks etish darajasi hamda ingliz tili lug‘at zaxirasining yangi gender belgilangan kasbiy terminlar hisobidan kengayib borishini aniqlash va kuzatish dolzarb vazifalardan biridir. So‘nggi o‘n yilliklarda tarjimani mafkura bilan chambarchas bog‘liq hodisa sifatida talqin qilish keng e’tirof etilmoqda. Mafkuraviy ziddiyatlar va ijtimoiy diskurslar tarjima jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi hamda tarjima qilingan matnning asl matnni qanday talqin qilishini belgilaydi. Gender nomutanosibligi ushbu jarayonda muammoli jihatlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi, chunki gender munosabatlari jamiyatda keng tarqalgan va ko‘pincha tabiiy holat sifatida qabul qilinadi. Hozirgi kunda dunyoning yetakchi ilmiy markazlarida gender hodisasiga keng miqyosda e’tibor qaratilib, kognitiv tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik va madaniyatlararo muloqot yo‘nalishlari doirasida erkaklar va ayollarning turli kommunikativ muhitlarda namoyon bo‘ladigan nutqiy xatti-harakatlari, gender munosabatlarining inson nutqiy faoliyatidagi roli, turli tillardagi gender ko‘rsatkichli birliklarning qiyosiy tahlili keng o‘rganilmoqda. Gender hodisasini inson lisoniy tafakkuri va milliy mentalitet nuqtayi nazaridan tadqiq etishning nazariy-metodologik tamoyillarini belgilash hamda uni gender aspektida majmuaviy va izchil tahlil qilish masalasi tobora dolzarblashib bormoqda. Jahon tarjimashunosligi oldida turgan muhim vazifalardan biri tarjimonlarning gender xususiyatlari hamda gender konseptlarining umumiy va milliy-madaniy o‘ziga xos jihatlarini ilmiy jihatdan o‘rganishdan iboratdir. Bugungi kunda “gender” tushunchasi ibtidoiy toifa sifatida emas, balki ijtimoiy-madaniy, diskursiv va psixolingvistik hodisa sifatida talqin etilmoqda. Badiiy asarlarning asl nusxalari va ularning tarjimalarini qiyosiy tahlil qilish esa tarjimada gender farqlarini aniqlash imkonini beradi. Shu INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 80 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us asosda erkak va ayol tarjimonlar tomonidan amalga oshirilgan tarjimalarning asosiy farqlari, shuningdek, tarjimonning asl matnni leksik va sintaktik jihatdan qay darajada aniq saqlab qolgani aniqlanishi mumkin. Badiiy asarni tarjima qilish murakkab va ko‘p qatlamli jarayon bo‘lib, tarjimonlar ko‘pincha turli xil tarjimaviy o‘zgarishlardan foydalanadilar. Ayrim hollarda badiiy asar tarjimalarini tahlil qilish orqali tarjimonning jinsini aniqlash, erkak va ayol tarjimonlarga xos bo‘lgan tarjima xususiyatlarini ochib berish zarurati yuzaga keladi. Ko‘p hollarda badiiy tarjima ikki asosiy tamoyil o‘rtasida muvozanat izlaydi: bir tomondan, so‘zma-so‘z jihatdan to‘g‘ri, biroq badiiy jihatdan sust tarjima; ikkinchi tomondan esa badiiy jihatdan mukammal, ammo asl matndan nisbatan uzoqlashgan tarjima. Ushbu ikki tamoyil tilshunoslik va adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan tarjima mohiyatini belgilovchi asosiy yondashuvlar sifatida namoyon bo‘ladi. Shubhasiz, tarjima lingvistik materialga asoslanadi. Badiiy tarjima so‘z va so‘z birikmalarini oddiy ko‘chirish bilan cheklanib qolmaydi, balki tarjima jarayonining o‘zi har ikki til qonuniyatlarini chuqur bilish va ularning o‘zaro munosabatlarini anglashni talab etadi. Tarjima madaniyatlararo muloqotning muhim vositasi hisoblanadi, chunki u vositachi bo‘g‘in sifatida xizmat qilib, bir til madaniyati vakillarini boshqa til va madaniyatga oid hodisalar bilan tanishtiradi. Shu sababli chet tilidan tarjima qilish jarayonida madaniy omillar asosiy ahamiyat kasb etadi. Tarjima jarayonini mutlaq muvofiqlik emas, balki nisbiy yaqinlik jarayoni sifatida baholash mumkin. Chunki turli tillarda voqelikni aks ettirish usullari o‘rtasida birmabir va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muqobillik har doim ham mavjud emas. Tarjima qilinayotgan tilning madaniy xususiyatlarini saqlab qolish zarurati tarjimon oldiga murakkab vazifalarni qo‘yadi. Bu holat tarjimonda asl matn mazmunini uzluksiz ravishda aks ettirishga intilish bilan bir qatorda, retseptor tilida mukammal va tabiiy matn yaratish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Biroq ushbu o‘zgarishlarga qaramasdan, gender va tarjimani uyg‘un holda talqin qilgan tadqiqotlarning aksariyati erkaklik va ayollik xususiyatlari muhim farqlovchi omil degan an’anaviy taxminni saqlab qoldi. Tadqiqotlarda ko‘pincha ayollar patriarxal tizimga bo‘ysunuvchi ijtimoiy guruh sifatida markazga chiqarildi. Empirik tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, genderning diskursiv va kundalik hayot bilan bog‘liq jihatlariga yetarli darajada e’tibor qaratilmagan. Reference 1. Ergasheva G.I., Alimov T.A., Mamurova M.J. Gender Concepts in the Phraseological World Picture of the English and Uzbek Languages // Turkish Journal of Computer and Mathematics Education. — 2021. — P.4035–4044. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 81 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us 2. Toshtemirovich A. D. TILSHUNOSLIKDA TOVUSHGA TAQLID (ONOMATOPOETIK) NAZARIYASI VA UNING AHAMIYATI //Hamkor konferensiyalar. – 2025. – Т. 1. – №. 14. – С. 781-785. 3. Asadov, M.T. 2021. “Fransuz-o‘zbek tarjimachiligi istiqbollari”. O‘zbekiston: til va madaniyat 1 (3): 125-134. 4. Mamarasulova, Gulnoz."THE INFLUENCE OF ORIENTAL LITERATURE ON ENGLISH POETRY AND PROSE." Nordic_Press 8.0008 (2025). 5. Alimov T.A. General Characteristics of the Adjective in English, Uzbek and Russian // International Journal of Artificial Intelligence. — 2025. — P.386–390. 6. Алимов Т. Гендерные исследования и лингвистические направления в художественном переводе //Общество и инновации. – 2021. – Т. 2. – №. 2/S. – С. 566-573.