scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA MAYDA MATORIKANI RIVOJLANTIRISHGA OID MASHG'ULOTLARNI TASHKILLASHTIRISH

Asqarova Aziza Alisher qizi

Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar mayda matorikani rivojlnatirishga oid mashg‘ulotlarni tashkillashtirish masalasi, namuna o‘yinlar, pedagogik fikrlar, olib borilishi lozim bo‘lgan amaliy ishlar namunalari hususida fikr yuritilgan.

Full text

2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 162 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA MAYDA MATORIKANI RIVOJLANTIRISHGA OID MASHG‘ULOTLARNI TASHKILLASHTIRISH Asqarova Aziza Alisher qizi Buxoro Innovatsiyalar Universiteti +998999709409 https://doi.org/10.5281/zenodo.17955862 Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar mayda matorikani rivojlnatirishga oid mashg‘ulotlarni tashkillashtirish masalasi, namuna o‘yinlar, pedagogik fikrlar, olib borilishi lozim bo‘lgan amaliy ishlar namunalari hususida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: mayda matorika, mashg‘ulot, barmoq mashqlari, maktabgacha ta’lim, nutq, o‘yin, mozaika, pazl, she’r, topishmoq. Аннотация. В данной статье рассматривается вопрос организации мероприятий по развитию мелкой моторики у детей дошкольного возраста, приводятся примеры игр, педагогические идеи и примеры практической работы, которую следует проводить. Ключевые слова: мелкая моторика, деятельность, упражнения для пальцев, дошкольное образование, речь, игра, мозаика, головоломка, стихотворение, загадка. Abstract. This article discusses the issue of organizing activities for the development of fine motor skills of preschool children, sample games, pedagogical ideas, and examples of practical work that should be carried out. Keywords: fine motor skills, activity, finger exercises, preschool education, speech, game, mosaic, puzzle, poem, riddle. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning oliy majlisga murojaatnomasida xususan, bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini joriy yilda 60 foizga yеtkazishimiz zarur. Ushbu maqsadlarga shu yilning o‘zida byudjetdan qariyb 1,8 trillion so‘m mablag‘ ajratish, bu yildan boshlab, tariximizda ilk bora 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi joriy qilinib, bunga byudjetdan 130 milliard so‘m ajratilib, bu jarayonda xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari ham bevosita ishtirok etishni hamda 2020 yilda byudjetdan ajratiladigan 1,7 trillion so‘m mablag‘ hisobidan 36 ta yangi maktab qurilib, 211 tasi kapital ta’mirlanishi, shuningdek, 55 ta xususiy maktab tashkil etilib, ularning soni 141 taga еtkazish belgilanganligi halqimizni ilm-ma’rifatli bo‘lishini nazarda tutdi. Ushbu islohatlarni amaliy holati maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish orqali ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish va shu orqali bolalarda mayda matorikani rivojlantirishni nazarda tutadi. Ma’lumki, mayda motorika – bu bolalarni qo’l-oyoqlarining kaftlari va barmoqlari bilan mayda va aniq harakatlarni amalga oshirish qobiliyatidir. Mayda motorika sohasi o‘ziga xos hamiyatga ega bo‘lib u ko’p sonli va turli xil harakatlarni o’z ichiga oladi. 2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 163 Masalan: oddiy harakatlardan tortib (masalan, o’yinchoqni, har xil detallarni ushlash) murakkab harakatlargacha (yozish va rasm chizish kabi). Bolaning asosiy faoliyati - bu o‘yindir. Bola o‘yin orqali atrof olamni tasavvur qiladi, rivojlanadi va o‘sadi. Kattalar qay darajada o‘yinni sifatli tashkil qilishi va bu o‘yin bolaning talabiga va uning yoshiga qanchalik to‘g‘ri kelishiga bog‘liq.Bola nutqini o‘rgangan taniqli tadqiqotchi olim M.M.Kolidov qadimdan qo‘l barmoqlarining harakatlarini rivojlantirish tarixidan boshlab qo‘l harakati nutq bilan bog‘liqligini alohida ta’kidlab o‘tgan. Logopediya sohasining rivojlanishiga o‘lkan hissa qo‘shgan O‘zbekistonlik olimlardan L.R. Mo‘minova, R. Sh. Shomahmudova va M.Y. Ayupovalarning darsliklari va o‘quv qo‘llanmalaridan ham bolani yoshligidan boshlab mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish juda foydali ekanligini bilishimiz mumkin. Shuning uchun ham barmoqlarni nutq a’zosi deb bilamiz. Mayda qo‘l motorikasi barmoqlar mashqini bajarish, bolaning faol nutqini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Olimlarning elektrofiziologik tadqiqotlarida barmoqlarini impulsi asosida nutq zonasi shakllanishi qayd etilgan. I.P.Pavlov nutqning rivojlanishidataktil sezgining katta ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida fikr bildiradi. Taktil sezgi nutq markazining harakatiga qo‘shimcha energiya berib shakllantirishga yordam beradi. Mayda motorikani takomillashtirish asosida nutq a’zolari rivojlanadi. Mayda motorikalar bola tug’ilgan paytidan boshlab rivojlana boshlaydi. Dastlab, go’dak o’z qo’llarini o’rganadi va asta sekin ularni boshqarishga o’tadi. U buyumlarni butun kafti bilan ushlaydi, keyin esa faqat ikkita (katti va ko’rsatkich) barmog’i bilan ularni ushlaydi. Shu orqali bolalar dastlab o‘yinchoqlar, keyin qoshiq, qalam, mo’yqalam kabi buyumlarni tog’ri ushlashga o’rgatiladi. Mayda motorikaning bola organizmidagi o‘rni va ahamiyati alohida sanaladi. U bolalarni asab tizimi, ko’rish qobiliyati, diqqat e’tibor, xotira va idrok qilish kabi organizm xususiyatlarini shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari bolaning nutqini rivojlanishida ham mayda motorikanini ta’siri yuqori bo‘lib, dastlab bolaning tovushlarini shakllanishiga va nutkini o‘sishiga mativatsiya bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur sohaning bola rivojlanishidagi o‘rni haqida Davlat talablarida ham alohida e’tibor qaratilgan. Bolalarning mayda motorikasini rivojlantirish uchun ko’plab mashg’ulotlar, o’yinlar va mashqlar mavjud. Ularni quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin: barmoq o’yinlari, mayda buyumlar bilan bog’liq o’yinlar, shakl yasash va rasm chizish, barmoqlarni massaj qilish. Mayda motorikani rivojlantirishning eng oddiy va samarali usuli bu kaftlarni massaj qilishdir. Bu usul har qanday yosh uchun eng oddiy va universal usul hisoblanadi. Bunda bolaning kaftlarini silanadi va ularni massaj qilinadi. “Qog’oz yirtish” usuli – bu mashq ko’proq 7 oylik bollarga to’g’ri keladi. Bolaga birnecha varaq yumshoq rangli qog’oz beriladi, bola uni bajonidil ushlab ko’radi, qo’llarida aylantiradi va yirtadi. Bu mashg’ulot bolga juda katta zavq bag’ishlaydi. “Sahifalarni varaqlash” – bu usul 1 yoshdan so’ng qog’oz yirtishni rasmlari ko’p bo’lgan kitobcha yoki jurnal sahifalarini varaqlashga almashtirish mumkin bo’ladi. Albatta bunda bolani ehtiyotkorlik bilan bajarishga o’rgatish lozim. “Munchoqlar bilan ishlash” – bolalarga bu mashg’ulot ya’ni mayda buyumlarni ushlash yoqadi va bu juda foydali. Bunda bola turli o’lcham va shakldagi munchoqlari bor taqinchoqni o’ynashi natijasida uning qo’l barmoqlari motorikasi rivojlanadi. 2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 164 Yormalarni bilan ishlash – bunda biz kosachaga istalgan yormani solamiz va uni bolaga beramiz. U yormani qo’li bilan ushlab ko’radi yoki barmoqlari orasidan to’kadi. Ushbu o’yin orqali bolalarning mayda motorika va taktil hissiyotlari yaxshi rivojlanadi. “Qumda rasm chizish” (pesochnaya terapiya) maxsus texnika vositasida bolalar maxsus idishda qum sepiladi va bolaning barmoqchasini o’z qo’limizga olib, uni qum bo’ylab yuritamiz. Rasm chizishni dastlab chiziq, to’g’ri burchak, doira kabi oddiy shakllardan boshlab, ularni asta-sekinlik bilan murakkablashtirishimiz mumkin. Maxsus uskunadagi yеtti xil rang bolalar chizmasini yеtti xilda ko‘rish imkonini beradi.Ushbu jarayon balalar qo‘l matorikasi faoliyatini yaxshilash imkonini beradi. “Qopqoqlarni burab yopish” – bunda bolalarga turli o’lchamdagi idishlar taklif etiladi, bankalar, butilkalarning qopqoqlarini burab ochib-yopish kabi oddiy mashg’ulot barmoqlarning epchilligini rivojlantiradi. Bolalarning mayda motorikasini rivojlantirishda samarali usullardan yana biri bu – tugmani taqish, yechish, iplarni bog’lashdir. Bunda bolani kiyintirish jarayoniga jalb etiladi va u tugmalari va bog’ichlarini o’zi taqsin va еchsin. Bu orqali nafaqat harakatlar rivojlantiriladi, balki bolani mustaqillikka ham o’rgatiladi. Turli yoshdagi bolalarga mos keluvchi mashg’ulotlardan biri bu – yumshoq narsalarga shakl berishdir. Ya’ni bunda bolalar plastilin, loy, xamirdan turli narsalarni yasashlari mumkin. Bu orqali bolaning mayda motorikasi bilan birgalikda uning bilish qobiliyalari, dunyoqarashi, fantaziyasi ham rivojlanadi. Bu kabi mashg’ulotlarga biz applikatsiya, origami va sahnalashtirish faoliyatlarini ham kiritishimiz mumkin. Rasm chizish va bo’yash – punktir chiziqlardan iborat rasmlarning konturlari ustidan chizib chiqish hamda turli shakldagi obyektlarni bo’yash juda foydali. Shuningdek vertikal yuzalar – devor, doska, oynada chizish ham foyda beradi. Mozaika va pazllarni yig’ish orqali ham bolaning motorikasi ham uning tasavvurini mashq qildiriladi. Mayda motorikani rivojlantirish uchun mo’ljallangan o’yinlar faqat kattalarning nazorati ostida olib borilishi hamda bunday mashqlarni muntazam ravishda olib boorish orqali samarali natijaga erishishimiz mumkin. Ya’ni, bolaning harakatlari ravon, aniq va o’zaro mutanosib bo’ladi. Mayda motorikani rivojlantirishda ranglar va shakllarning roli juda katta va ular bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Ular shunchaki bezak emas, balki bolaning kognitiv (bilish) va jismoniy rivojlanishiga yordam beruvchi muhim vositalardir. Ranglar mashg‘ulotlarni bolalar uchun jozibador va qiziqarli qiladi, bu esa ularning ishtiyoqini oshiradi. Motivatsiya va e'tibor: Yorqin va xilma-xil ranglar bolaning diqqatini tortadi va mashg‘ulotga jalb qiladi. Rangsiz materiallar bilan ishlash tezda zerikarli bo'lib qolishi mumkin. Vizual idrok: Ranglarni ajratish qobiliyati vizual idrokni rivojlantiradi. Bu, masalan, munchoq terishda (qizil va ko'k munchoqlarni almashtirib terish) yoki rasmlarni bo'yashda aniq namoyon bo'ladi. Ko'rsatmalarga amal qilish: "Qizil plastilindan shar yasagin" kabi ko'rsatmalar rang nomlarini bilishni va ulardan amalda foydalanishni talab qiladi, bu esa motorika harakatlarini aqliy topshiriq bilan bog'laydi. 2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 165 Saralash va guruhlash: Rangli bloklar, tugmalar yoki boshqa materiallarni ranglariga qarab saralash barmoq harakatlarini muvofiqlashtirishni mashq qildiradi. Shakllar bolaga ob'ektlarning xususiyatlarini tushunishga va ularni manipulyatsiya qilishga yordam beradi. Fazoiy tafakkur va mantiq: Shakllar bilan ishlash (masalan, pazllarni joylash, konstruktor yig'ish, sorter o'yinlari) bolaning fazoviy tafakkurini rivojlantiradi. U qaysi shakl qayerga mos kelishini tushunishi kerak, bu esa nozik harakatlarni talab qiladi. Obyektni ushlash texnikasi: Turli shakldagi (dumaloq, kvadrat, uchburchak) narsalarni ushlash barmoqlar va kaftning turli mushaklarini ishga tushiradi. Masalan, yumaloq sharni ushlash bilan tekis blokni ushlash farq qiladi. Barmoqlar bilan chizish va hosil qilish: Plastilindan shar yoki kub yasash, qog'ozdan uchburchak kesish kabi mashg'ulotlar bevosita shakl hosil qilishga qaratilgan bo'lib, barmoq harakatlarini aniqlashtiradi va boshqarishni o'rgatadi. Yo'nalish va joylashuv: Shakllarni aylantirish, to'g'ri burchakka qo'yish kabi harakatlar bolaning qo'l-ko'z koordinatsiyasini yaxshilaydi. Barmoq o‘yinlari va mashqlar. Mashg‘ulotda barmoq uchun ajratilgan o‘yinli trening 10-20 daqiqani tashkil etadi. Bu vaqtda bolaning diqqati o‘tilayotgan mavzu bo‘yicha ma’lumotlarni eslab qolishiga qaratilgan bo‘lishi lozim. Mashg‘ulotga tayyorgalik davri -3 daqiqa. Bu mashqlarni oddiy nutqiy she’rlar bilan olib borsa ham bo‘ladi. Masalan: YOMG‘IR Yomg‘ir, yomg‘ir jon yomg‘ir,Shovqin solmay yog‘aqol.Chap qo‘lning kaftini ochiq holatda ushlab,o‘ng qo‘lning barmoq uchlari bilan ochiq qo‘lning kaftiga uriladi. Ikkala qo‘l barmoqlarining uchlari galma-galdan birlashtiriladi va ochiladi.Kom-ko‘k dala, qirga yog‘, O‘rmonzoru boqqa yog‘. Derazamni chertmasdan, Mayingina yog‘aqol.Ikkala qo‘l barmoqlari musht qilinib, bir-birining ustiga qo‘yiladi. Mashqlarni “o‘tilgan” o‘yin yordamida takrorlash 3-5 daqiqani va mashqlarni yangi o‘yin bilan o‘rgatish 5 -7 daqiqani tashkil qiladi. Mashg‘ulotni yakunlashda ham har bir o‘tilgan mashg‘ulotlarni takrorlab, mashg‘ulot yakunlanadi. Bu bo‘limda eng kerakligi bola bilan birgalikdagi ijodiy yondashuv va qiziqishiga asoslanib, mashg‘ulotni kelgusi safar davom ettirishga bo‘lgan xohishini so‘ndirmaslik lozim. TOPISHMOQLAR Bu bo‘lim katta yoshdagi bolalar uchun. Bunda bolalar topishmoqlar, tez aytishlar, qiziqarli ashulalarni topishadi. Bolaga qo‘li bilan ko‘rsatib topishmoqning javobini topishini ayting, o‘zingiz ham topishmoq, tez aytishlarni topib ko‘rsating keyin o‘rin almashing. KARAM Karang ajoyib narsa, Bilaklar birlashgan holda kaft ochilib, barmoqlar yoyiq xolda har tomonga aylantiriladi.Yerdan chiqqan koptokcha. Ikkalla qo‘l birlashib koptok shakli hosil qilinadi.Qars-qurs qiladi,Bu qanday ovoz bo‘ldi.Yarashar qars-qurs qilsam, Axir men Karam bo‘lsam.Qo‘llarni qulf holatida bir -biriga mahkamlab ikki tomonga tortiladi, qo‘llar holati almashadi. 2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 166 XULOSA. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mayda motorikaning rivojlanishi bolalarning nutq rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Barmoqlarni harakatlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar miya faoliyatini faollashtirib, so‘z boyligini oshirish, grammatik jihatdan to‘g‘ri gapirish va ifodali nutq rivojlanishiga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida quyidagi tavsiyalarni qo‘llash tavsiya etiladi: Motorika mashqlarini nutq darslariga kiritish. Barmoqlar bilan bajariladigan o‘yinlar va mashqlarni keng qo‘llash. Bolalarning individual rivojlanish darajasini inobatga olgan holda metodik qo‘llanmalar yaratish. Ushbu tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, bolalarning umumiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. –T.: O‘qituvchi, 1993. 2. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.: Ilm ziyo, 2006. 3. Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. –T.: Tafakkur sarchashmalari, 2013 4. Ahmedova Z.M. Ayupova M.Y. Xamidova M.P. Logopedik oʻyin.Toshkent –20074. 5. Shomahmudova R. Sh. “barmoqlar mashqi va nutq o‘stirish”. Toshkent. Sh, 2019-yil