scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA BOLALAR ADABIYOTINI SADRIDDIN AYNIY VA ELBEK ASARLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Saparova Shahlo Ramazonovna

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich va maktabgacha ta’limda bolalar adabiyotini o‘qitishda Sadriddin Ayniy va Elbek asarlaridan foydalanishning metodik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ushbu ijodkorlarning asarlari bolalarning til, fikrlash, badiiy didini va axloqiy qadriyatlarini shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Shu bilan birga, zamonaviy metodik yondashuvlar va topshiriqlar bolalarning qobiliyatlarini kengaytirish va dars jarayonini interaktiv qilish imkonini beradi.

Full text

2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 185 BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA BOLALAR ADABIYOTINI SADRIDDIN AYNIY VA ELBEK ASARLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH Saparova Shahlo Ramazonovna Buxoro Innovatsiyalar universiteti o‘qituvchisi Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti. email: [email protected] tel: +998914039787. https://doi.org/10.5281/zenodo.17956302 Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich va maktabgacha ta’limda bolalar adabiyotini o‘qitishda Sadriddin Ayniy va Elbek asarlaridan foydalanishning metodik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ushbu ijodkorlarning asarlari bolalarning til, fikrlash, badiiy didini va axloqiy qadriyatlarini shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Shu bilan birga, zamonaviy metodik yondashuvlar va topshiriqlar bolalarning qobiliyatlarini kengaytirish va dars jarayonini interaktiv qilish imkonini beradi. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, maktabgacha ta’lim, bolalar adabiyoti, Sadriddin Ayniy, Elbek, metodika, darsliklar, pedagogik tajriba, Jadidlar. IMPROVING THE METHODOLOGY OF TEACHING CHILDREN’S LITERATURE IN PRIMARY EDUCATION USING THE WORKS OF SADRIDDIN AYNI AND ELBEK Annotation. This article analyzes the methodological aspects of using the works of Sadriddin Ayni and Elbek in teaching children’s literature in primary and preschool education. The research results indicate that the works of these authors are an effective tool for developing children’s language, thinking, artistic taste, and moral values. At the same time, modern methodological approaches and assignments help expand children’s abilities and make the learning process more interactive. Keywords: primary education, preschool education, children’s literature, Sadriddin Ayni, Elbek, methodology, textbooks, pedagogical practice, Jadids. Kirish. Boshlang‘ich va maktabgacha ta’limda bolalar juda ko‘p bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtiradilar, bu esa ularning hayot davomida egallaydigan bilimlarining katta qismini tashkil qiladi. Shu sababli jamiyatimiz bolalarning dastlabki ta’lim olishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi, yangi metodikalar va zamonaviy topshiriqlarni ishlab chiqadi hamda bolalarning iste’dodlarini rivojlantirish uchun turli imkoniyatlarni yaratadi (PF-79, 26.05.2023). Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 3-noyabr 2023-yil Astana shahrida o‘tgan Turk davlatlari tashkiloti sammitidagi va 11-dekabr Tashkentdagi “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” xalqaro konferensiyasidagi nutqlari shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan asrda yashab ijod qilgan jadid ma’rifatchilarimizning faoliyati chuqur o‘rganilmoqda. Ular yangi metodik maktablar, teatrlar, kutubxonalar va nashriyotlar ochib, gazeta va jurnallar nashr etib, jamiyatning dunyoqarashi va turmush tarzini o‘zgartirishga xizmat qilgan. Shu maqsadda yoshlar ilg‘or davlatlarga yuborilgan va ularning pedagogik tajribalari bugungi darsliklar va metodikalar asosini tashkil qiladi. Sadriddin Ayniyning hayoti va pedagogik merosi: 1) 1878, 15-aprel: G‘ijduvon tumanidagi Soktare qishlog‘ida tug‘ildi. 2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 186 2) 1884–1888: Qishloq maktabida o‘qidi, dehqonchilikda otasiga yordam berdi. 3) 1890: Buxoroda bir qancha madrasalarda o‘qidi. 4) 1896: Birinchi she’ri “Qizil gul”ni yozdi va “Ayniy” taxallusini oldi. 5) 1909: “Tahsib us-sibyon” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratdi. 6) 1920–1924: “Buxoro jallodlari”, “Odina”, “Qulbobo yoki ikki ozod” asarlarini yaratdi. 7) 1940–1951: Tojikiston va O‘zbekiston SSR ilmiy va adabiy mukofotlari bilan taqdirlandi, oliy sovet deputatligiga saylandi. 8) 1954, 15-iyun: Dushanbe shahrida vafot etdi.[7] Ayniyning asarlari bolalarning til, fikrlash, badiiy didi va axloqiy qadriyatlarini shakllantirishda asosiy pedagogik resurs sifatida xizmat qiladi. Elbekning hayoti va ijodi: 1) 1898: Mashriq Yunusov (Elbek) Xumson qishlog‘ida tug‘ildi. 2) Elbek bolalarga va tabiatga mehr bilan qaragan, asarlari oson va bolalarga tushunarli tilda yozilgan. 3) U bolalar uchun hikoya, ertak, maqola, she’r, darslik va qo‘llanmalar yaratdi. 4) Mashhur asarlari: “O‘zbekcha o‘qish kitobi” (Fotih Sayfi bilan, 1922), “O‘rnak”, “Bilim”, “Go‘zal yozg‘ichlar” (1925) va “Armug‘on”, “Yolqinlar”, “Momaguldurak” to‘plamlari.[3] 5) Masalan, “Kuchsizlar dunyosi”, “Qo‘zg‘ol”, “O‘langa”, “Ko‘klam chog‘ida yaproqlar”, “Erk qizig‘a”, “Ot ila odam”, “Mozor” kabi hikoyalar bolalarga yaxshilik qilish, erkinlik va vatanparvarlikni o‘rgatadi. 6) Elbekning pedagogik yondashuvi bolalar yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda interaktiv darsliklar va metodik qo‘llanmalarni yaratishda namuna bo‘ldi. Masalan, “Bilim” darsligidagi “Odamlarning kuchi nimada?” hikoyasida tabiat va insonning kuchi, kuzatuv va tafakkur orqali tushuntiriladi. Shu bilan birga, qizlar ta’limi va ayol mavzulariga bag‘ishlangan she’r va hikoyalar (“Erk qizig‘a”, “Ongli o‘zbek qizi tilidan”, “Ey xotin”, “Ko‘k qizi”) bolalarga ijtimoiy va axloqiy qadriyatlarni singdiradi.[2] Tadqiqot usullari va materiallari. Tadqiqotda tarixiy-hujjatiy tahlil, komparativ tahlil, pedagogik kuzatuv va adabiy tahlil metodlari qo‘llanildi. Material sifatida Sadriddin Ayniy va Elbekning bolalar uchun yozilgan asarlari, darsliklari, maqolalari, shuningdek ularning pedagogik faoliyatiga oid arxiv hujjatlari va zamonaviy tadqiqotlar ishlatildi. Natijalar va muhokamalar 1. Ayniy va Elbekning asarlari bolalarning til, fikrlash va badiiy didini rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi. 2. Ularning ijodidan foydalanish dars jarayonini interaktiv va qiziqarli qiladi. 3. Zamonaviy metodik yondashuvlar bolalarning ijtimoiy, intellektual va axloqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. 4. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, dastlabki ta’lim jarayonida ushbu metodik yondashuvlar bolalarning mustaqil fikrlashini va ijodiy faoliyatini rag‘batlantiradi. Xulosa. Sadriddin Ayniy va Elbek asarlari boshlang‘ich va maktabgacha ta’limda bolalar adabiyotini o‘qitishda asosiy pedagogik resurs hisoblanadi. Ularning ijodidan foydalangan holda ishlab chiqilgan metodikalar va topshiriqlar bolalarning o‘qish, fikrlash, badiiy didi va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 187 Shu orqali dars jarayoni interaktiv, qiziqarli va samarali bo‘ladi. Jadidlar pedagogik merosi esa bugungi kunda ham ilmiy izlanishlar va metodik tajribani boyitishda namuna bo‘lmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Saparova Shahlo Ramazonovna. Elbekning Asarlaridan Foydalanib Bolalar Adabiyotini O‘Qitish Metodikasini Takomillashtirish. Miasto przyszlosci. Vol. 46(2024)221-226-b. https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/2834/2603 2. Saparova Sh.R. “The classification of Elbek poems in 5 directions” [email protected] 2021-yil, dekabr. 175-bet. 3. Saparova Shahlo Ramazonovna “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun Elbekning yaratgan darsliklari” “Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar” xalqaro ilmiy-metodik jurnal. 2023-yil aprel. 68-77-betlar. https://interscience.uz/index.php/home/issue/view/52 https://interscience.uz/index.php/home/issue/view/52/128 4. Saparova Shahlo Ramazonovna “Jadidchi Elbekning bolalar adabiyotini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdagi hissasi” Journal of universal science research. 15.12.2023. ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF(2023)-3,778 Volume-1, Issue-12. 246-256-betlar. https://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/3289 5. Saparova Shahlo Ramazonovna. Improving the Methodology of Teaching Children’s Literature Using Elbek’s Textbook “Go‘zal yozg‘ichlar” AMERICAN Journal of Language, Literacy and Learning in STEM EducationVolume 01, Issue 10, 2023ISSN (E): 2993-2769. P-564-572 6. View of Improving the Methodology of Teaching Children’s Literature Using Elbek’s Textbook “Go‘zal yozg‘ichlar” (grnjournal.us) 7. Saparova Shahlo Ramazonovna “Implementation Of Elbek’s works in teaching children’s literature” https://multijournals.org/index.php/excellencia-imje/article/view/504/584 8. Saparova Shahlo Ramazonovna “Elbek va Sadriddin Ayniy asarlaridan foydalanib bolalar adabiyotini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik xususiyatlari” “Ta’limda istiqbolli izlanishlar” 10.08.2024. 9. https://buxdu.uz/ru/147-talimda-istiqbolli-izlanishlar/6070/6070-talimda-istiqbolliizlanishlar/