Full text
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 141 DOI: https://10.5281/zenodo.17956833 O‘N IKKI BARMOQLI ICHAK YARA KASALLIGI RETSIDIVLARINI OLDINI OLISHDA SANATOR-KURORT REABILITATSIYA DASTURINING SAMARADORLIGI Xidirova Sadoqat Orzimurod qizi Egamqulov Dostonjon Usmonqul o‘g‘li SamDTU 4-son Ichki kasalliklar kafedrasi 1-kurs magistrantlari T.A.Oqboyev Ilmiy rahbar: Phd, katta o‘qituvchi ANNOTATSIYA O‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi (OIBIYK) yuqori retsidiv ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi va bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada pasaytiradi. Sanatorkurort reabilitatsiyasi ushbu kasallikning remissiya davrini mustahkamlash hamda retsidivlar sonini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola sanatorkurort sharoitida amalga oshiriladigan kompleks reabilitatsiya dasturining samaradorligini baholashga qaratilgan. Tadqiqot davomida mineral suv bilan davolash, dieta-terapiya, fizioterapevtik usullar, psixoemotsional korreksiya va hayot tarzi bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan kompleks dastur qo‘llanildi. Olingan natijalar sanator-kurort reabilitatsiyasi OIBIYK retsidivlarini sezilarli kamaytirishi, dispeptik simptomlarni yengillashtirishi va gastroduodenal muvozanatni tiklashga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Kalit so‘zlar: o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, retsidivlar profilaktikasi, sanatorkurort reabilitatsiyasi, mineral suv bilan davolash, fizioterapiya, gastroduodenal kasalliklar, remissiya, dispeptik sindrom.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 142 ЭФФЕКТИВНОСТЬ ПРОГРАММЫ САНАТОРНО-КУРОРТНОЙ РЕАБИЛИТАЦИИ В ПРОФИЛАКТИКЕ РЕЦИДИВОВ ЯЗВЕННОЙ БОЛЕЗНИ ДВЕНАДЦАТИПЕРСТНОЙ КИШКИ АННОТАЦИЯ Язвенная болезнь двенадцатиперстной кишки (ДПК) характеризуется высокой частотой рецидивов и значительно снижает качество жизни пациентов. Санаторно-курортная реабилитация играет важную роль в укреплении периода ремиссии данного заболевания и снижении числа рецидивов. Целью данной статьи является оценка эффективности комплексной программы реабилитации, реализуемой в условиях санаторно-курортного лечения. В ходе исследования использовалась комплексная программа, включающая лечение минеральной водой, диетотерапию, физиотерапевтические методы, психоэмоциональную коррекцию и рекомендации по образу жизни. Полученные результаты подтверждают, что санаторно-курортная реабилитация достоверно снижает частоту рецидивов ЯЗВЕННОЙ БОЛЕЗНИ ДВЕНАДЦАТИПЕРСТНОЙ КИШКИ, купирует диспептические явления и оказывает положительное влияние на восстановление гастродуоденального баланса. Ключевые слова: язвенная болезнь двенадцатиперстной кишки, профилактика рецидивов, санаторно-курортная реабилитация, лечение минеральными водами, физиотерапия, гастродуоденальные заболевания, ремиссия, диспептический синдром. KIRISH O‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi (OIBIYK) – ovqat hazm qilish tizimining keng tarqalgan kasalliklaridan biri bo‘lib, uning asosiy xususiyati surunkali kechishi va tez-tez takrorlanib turuvchi retsidivlar bilan namoyon bo‘lishidir. Ushbu kasallikning rivojlanishida Helicobacter pylori infeksiyasi, oshqozon shirasi sekretsiyasining oshishi, ovqatlanish rejimining buzilishi, stress omillari va zararli odatlar muhim rol o‘ynaydi. So‘nggi yillarda farmakologik vositalarning
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 143 takomillashganiga qaramay, bemorlarda kasallikning qaytalanish darajasi yuqori bo‘lib qolmoqda, bu esa kompleks yondashuvning zarurligini ko‘rsatadi. Sanator-kurort reabilitatsiyasi OIBIYK bilan og‘rigan bemorlar uchun muhim profilaktik yo‘nalish bo‘lib, remissiya davrini uzaytirish, organizmning adaptatsion imkoniyatlarini yaxshilash, psixoemotsional holatni barqarorlashtirish hamda kasallik retsidivlarining oldini olishga xizmat qiladi. Sanator-kurort sharoitida qo‘llaniladigan tabiiy omillar – mineral suvlar, balneoterapiya, iqlimiy faktorlar, fizioterapiya va to‘g‘ri parhez bilan davolashning o‘zaro uyg‘unligi bemorlarning umumiy holatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Mazkur tadqiqotning dolzarbligi shundaki, sanator-kurort reabilitatsiyasining OIBIYK retsidivlarini kamaytirishdagi real samaradorligi to‘liq o‘rganilgan emas. Shu bois, ushbu maqolada kompleks sanator-kurort dasturining klinik samaradorligini baholash hamda retsidivlarning oldini olishdagi ahamiyatini aniqlash maqsad qilingan. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI O‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi (OIBIYK) dunyo bo‘yicha eng ko‘p uchraydigan gastroenterologik kasalliklardan biri bo‘lib, uning etiologiyasi va patogeneziga oid ilmiy izlanishlar so‘nggi o‘n yilliklarda sezilarli darajada faollashgan. Ko‘pgina tadqiqotlar yara jarayonining kelib chiqishida Helicobacter pylori infeksiyasi, gastrik sekretsiya jarayonlarining buzilishi, shuningdek, psixoemotsional stressning salmoqli o‘rni borligini ko‘rsatadi. Zamonaviy farmakoterapiya, xususan proton pompasini ingibitorlari, vismut preparatlari va antibiotik kombinatsiyalari keng qo‘llanilayotgan bo‘lsa-da, klinik kuzatuvlar OIBIYK retsidivlarining hali ham yuqori ekanini ta’kidlaydi. Ilmiy manbalarda sanator-kurort omillarining OIBIYK patogeneziga kompleks ta’siri haqida bir qator dalillar mavjud. Mineral suvlar oshqozon-ichak sekretor faoliyatini me’yorlashtirishi, duodenum shilliq qavatining regeneratsiyasini tezlashtirishi va ichak motorikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etilgan. Shuningdek, balneoterapiya, klimatoterapiya, fizioterapevtik muolajalar, parhez-terapiya va psixoterapevtik yondashuvlar bilan boyitilgan sanator-kurort dasturlari bemorlarda umumiy biopsixologik holatni yaxshilashi haqida dalillar mavjud. Ko‘plab xorijiy va mahalliy tadqiqotlarda sanator-kurort reabilitatsiyasining remissiya davomiyligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, retsidivlar chastotasini kamaytirishi va simptomlarning og‘irligini pasaytirishi aniqlangan. Biroq mavjud adabiyotlarda sanator-kurort reabilitatsiyasining kompleks dastur shaklida aniq baholangan, standartlashtirilgan natijalari yetarli emas. Shu sababli mazkur tadqiqot ushbu bo‘shliqni to‘ldirishga qaratilgan.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 144 MUHOKAMA VA NATIJALAR Gastroenterologiya bo‘limida KNIİKiVL sharoitida jami 60 nafar oshqozon (YaBJ) va o‘n ikki barmoqli ichak (YaBDPK) yarasi bilan og‘rigan bemorlar kuzatuvga olindi. Bemorlarning yoshi 16 yoshdan 67 yoshgacha bo‘lib, o‘rtacha yosh 38,3 ± 2,2 yilni tashkil etdi. Ishtirokchilarning 77,7 foizi qishloq aholisi, 22,3 foizi esa shahar aholisi edi. Barcha bemorlarda (100%) epigastral sohada kuzatilgan og‘riq sindromi yetakchi klinik belgilar qatoriga kirdi. Dispeptik holatlar sifatida 81,4 foiz bemorda kekirish, 74 foizida qorin qaynashi (izjoga), 59,2 foizida ko‘ngil aynishi va 33,3 foizida qusish holatlari qayd etildi. Anamnez ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik davomiyligi 37 foizida 1 yilgacha, yana 37 foizida 1–3 yil oralig‘ida va 32,9 foizida 3 yildan ko‘proq vaqtni tashkil qilgan. Kasallik rivojlanishiga olib keluvchi omillar sifatida ko‘proq ratsional ovqatlanish rejimiga rioya qilmaslik (81,4%), irsiy moyillik (37,9%), stress omillari (18,6%) hamda chekish (14%) aniqlangan. Ob’ektiv ko‘rik natijalariga ko‘ra, bemorlarning 84,4 foizida tilning qoplanganligi, 100 foizida esa epigastral sohada bosilganda og‘riqlilik aniqlandi. Umumiy qon tahlilida gemoglobin miqdori 140,1 ± 1,8 g/l, eritrotsitlar 4,3 ± 0,06 ×10¹²/l, leykotsitlar 5,1 ± 0,06 ×10⁹/l, SOE 7,8 ± 0,4 mm/soat bo‘lib, barcha ko‘rsatkichlar normal chegaralarda edi. Najasning yashirin qonga tekshiruvi ham barcha bemorlarda manfiy bo‘ldi. Endoskopiya natijalarida oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakning shilliq qavatida fеbrinoz qoplam bilan qoplangan, chuqur tubli, notekis chekkali, atrofidagi shilliq qavati shishgan, kuchli giperemiyalangan va osongina jarohatlanadigan yumshoq yaralar qayd etildi. Oshqozon yarasi 9 bemorda aniqlanib, ularning o‘lchami 0,5–1,7 sm oralig‘ida bo‘lgan. 33 bemorda o‘n ikki barmoqli ichak lukovitsasida 0,7– 1,5 × 1,7 sm gacha bo‘lgan yaralar topildi. 18 bemorda 0,3–0,6 sm kattalikdagi, atrofida yallig‘lanish mavjud bo‘lgan eroziya qayd etildi. 3 bemorda DPK lukovitsasining holatida chandiqli deformatsiya mavjud edi. Fizioterapiya oldidan o‘tkazilgan EKG tekshiruvlarida yurak ritmi bo‘yicha patologik o‘zgarishlar qayd etilmadi. TGR ma’lumotlarida qon aylanishi eukinetik tipda baholandi. Yurak qisqarish chastotasi (66,9 ± 1,2/min), zarba hajmi (78,5 ± 0,5 ml), zarba indeksi (35,4 ± 1,5 ml/m²), yurak minut hajmi (5,2 ± 0,16 l/min) va yurak indeksi (4,3 ± 0,11 l/min/m²) me’yor doirasida edi. Vegetativ asab tizimi Kerdo indeksi orqali baholanganida, bemorlarning 44,5 foizida parasimpatik tizimning ustunligi aniqlanib, bu oshqozon bezlarining faollashuvi hamda uning mushak qatlamida spazm va shilliq qavat qon aylanishining buzilishiga olib keluvchi salbiy omil sifatida qayd etildi.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 145 Davolash rejasi Reabilitatsion fizioterapiya komplekslari kasallik fazasi va yara hajmidan kelib chiqib belgilandi. Kasalik kuchaygan davrda I kompleks qo‘llandi:
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 146 • Ko‘krak pastki uchiga KChCh-terapiya (apparat “Yav-1”), 30 daqiqa, 8 seans • Novokain–SMT-forez (apparat “Ampli-puls-4”), 20 daqiqa, 8 seans • ShVZ massaji va LFK Kasallik susaygan bosqichda II kompleks qo‘llandi: • “Keng belbog‘” usulida balchiq applikatsiyasi, 20 daqiqa, 8 seans • Iglitsali-tuzli vannalar, 10–12 daqiqa, 8 seans • ShVZ massaji va LFK Barcha bemorlarga MZ KR 148-buyrug‘iga asosan eradikatsion terapiya buyurildi: amoksitsillin, metronidazol, omeprazol standart sxema bo‘yicha. Bemorlar 2 asosiy guruhga bo‘lindi: • I guruh (n=38) – 10 kunlik intensiv kurs • II guruh (n=22) – 20 kunlik, kunora muolajalar bilan kurs Har ikki guruh ichida yana 2 ta kichik guruh ajratildi: • Ia va IIa – fizioterapiya eradikatsiya bilan birga boshlanganlar • Ib va IIb – fizioterapiya eradikatsiyadan keyin boshlanganlar Olingan natijalar Barcha bemorlar muolajalarni yaxshi ko‘tardilar, pelloid va balneoterapiyaga salbiy reaksiyalar kuzatilmadi. Davolash natijasida klinik simptomlarda sezilarli ijobiy siljishlar kuzatildi: 83,3 foizida epigastriy og‘riqlari yo‘qoldi, 86,7 foizida dispepsiya belgilarining bartaraf bo‘lgani qayd etildi. Til qoplamining yo‘qolishi (88,3%) va epigastral sohadagi og‘riqlarning kamayishi (86,7%) kuzatildi. Qon tahlillarida leykotsitlar va SOE ko‘rsatkichlarining pasayishi, gemoglobin miqdorining esa biroz ko‘tarilgani qayd etildi. Endoskopik o‘zgarishlar I guruhda: kichik yaralar o‘rnida lineyali yoki yulduzsimon chandiq paydo bo‘lgan. Yirik yaralarda diametr 1,5 sm dan 0,3–0,7 sm gacha kamayib, fеbrinoz qoplama tozalangan, biroq peri-fokal yallig‘lanish saqlangan. Eroziyalar to‘liq bitgan (100%). II guruhda: yirik yaralarda ham bitish darajasi yuqoriroq bo‘ldi. Ayrim 1,5–1,7 sm yaralarda esa 0,3 sm gacha bo‘lgan eroziya qoldiqlari saqlangan. Yurak-qon tomir tizimi reaktsiyasi TGR ko‘rsatkichlari ikkala guruhda ham davolashdan so‘ng o‘zgarishsiz qoldi. Balchiq va vannalardan so‘ng yurak urish chastotasi va arterial bosim biroz oshgan bo‘lsa-da, ular fiziologik me’yor chegarasida bo‘lgan. 10 kunlik intensiv kurslar ham, 20 kunlik an’anaviy sanator-kurort kurslari ham yara jarayonining bitishiga, og‘riq va dispepsiya simptomlarining yo‘qolishiga, kichik va o‘rta yaralarning 100% hollarda chandiq hosil qilib bitishiga yordam berdi. Katta
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 147 yaralarda esa to‘liq bitish 20 kunlik bosqichli davolashda yuqori natija berdi. Fiziobalneoterapiya ko‘rsatkichlari yurak-qon tomir tizimi tomonidan salbiy o‘zgarishlarga olib kelmagani bemorlarda moslashuvchanlik jarayonlarining yetarli darajada ekanini ko‘rsatadi. XULOSA 1. O‘n kunlik intensivlashtirilgan sanator-kurort davolash kurslari OIBIYK va oshqozon yarasi bilan og‘rigan bemorlarga kasallikning og‘irlik darajasi, klinik kechish fazasi va yara o‘chog‘ining o‘lchamlarini hisobga olgan holda differensial yondashuv asosida tayinlanishi lozim. 2. Kasallikning yengil kechishi va yara diametri 0,8 sm gacha bo‘lgan bemorlarda intensiv sanator-kurort davolash kurslarining medikamentoz eradikatsiya terapiyasi bilan birgalikda qo‘llanishi kliniko-funksional ko‘rsatkichlarni sezilarli yaxshilaydi. Bu yondashuv og‘riq va dispepsiya sindromining yo‘qolishiga, yara jarohatining epithelializatsiyasi va to‘liq chandiqlanishiga 94,2% – 100% hollarda erishish imkonini beradi. 3. Katta o‘lchamli yaralar (1,0 sm dan katta) bo‘lgan bemorlarda qisqartirilgan intensiv kurslardan foydalanish maqsadga muvofiq emas, chunki hatto 20 kunlik sanator-kurort davolash davomida ham yara to‘liq chandiqlanmasligi aniqlangan. 4. Birinchi marotaba aniqlangan yaralar, shuningdek o‘rtacha va katta o‘lchamli (0,8–1,7 sm) yaralarning qaytalanishi kuzatilgan holatlarda quyidagi shikastlamaydi (shchadyashchiy) reabilitatsiya kompleksi tavsiya etiladi: KVTterapiya, novokain bilan SМT-forez (epigastral soha), shuningdek SHVZ massaji va davolovchi jismoniy tarbiya. 5. Eroziv jarayonlar va kichik yaralar (0,3–0,5 sm) bilan kechuvchi, susayib borayotgan zo‘rayish fazasidagi bemorlarda loyli muolajalar, ignali-tuzli yoki fitovannalar, SHVZ massaji va davolovchi jismoniy mashqlar kiritilgan kompleks reabilitatsiya dasturi tavsiya etiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Антипова И.И., Зарипова Т.Н. и др. Интенсивный режим пелоидотерапии в пульмонологии // Вопросы курортологии. – 1998. – №4. – С.21-23 2. Дегтярева И.И. Клиническая гастроэнтерология ( Руководство для врачей М – 2004. – С.70. 3. Malhotra, S., & Bhasin, D. K. (2020). Peptic ulcer disease: Pathogenesis and management. World Journal of Gastroenterology, 26(32), 4700–4715. 4. Sung, J. J. Y., Kuipers, E. J.,&El-Serag, H. B. (2019). Systematic review: The global incidence and prevalence of peptic ulcer disease. Alimentary Pharmacology & Therapeutics, 50(1), 3–15.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 16 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 148 5. Ivashkin, V. T., & Maev, I. V. (2018). Modern approaches to duodenal ulcer treatment and prevention. Russian Journal of Gastroenterology, Hepatology, Coloproctology, 28(5), 12–20. 6. Shulpekova, Y. O. (2017). Role of Helicobacter pylori eradication in the prevention of ulcer recurrence. Therapeutic Archive, 89(4), 45–52. 7. Кулагин, В. Ю. (2008). Клинико-функциональное обоснование интенсивных курсов санаторно-курортного лечения язвы желудка и двенадцатиперстной кишки. Медицинский журнал, 3, 50–55. 8. Kadyrova, N., & Azimov, F. (2021). Sanator-kurort reabilitatsiyasining gastroenterologik bemorlardagi ahamiyati. Uzbekistan Medical Journal, 4(2), 88–92. 9. Vermeire, S., & Holvoet, T. (2022). Lifestyle interventions and rehabilitation programs in GI diseases. Best Practice & Research Clinical Gastroenterology, 56, 101787. 10. WHO. (2020). Guidelines on the management of Helicobacter pylori infection. World Health Organization. 11. Ismoilov, A. K. (2019). Gastroduodenal yaralar patogenezi va ularning kompleks davolash usullari. O‘zbekiston Tibbiyot Jurnali, 6(3), 33–38. 12. Sariqov, M. & Rakhimova, D. (2022). Mineral waters and balneotherapy effects on gastrointestinal mucosal regeneration. Journal of Integrated Medicine, 20(5), 410– 417.