SHO'RCHI TUMAN TOPONIMLARINING MAVZEVIY GURUHLANISHI
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek toponimiyasida tasnif masalasi va bunda milliy til xususiyatlari, ularning paydo bo‘lish motivatsiyalari, toponimlarning mavzeviy guruhlanishi, hajmi, ko‘lami, paydo bo‘lishining ijtimoiy-maishiy sabablariga e’tibor qaratilgan.
Full text
VOLUME-3, ISSUE-11 52 SHO‘RCHI TUMAN TOPONIMLARINING MAVZEVIY GURUHLANISHI Qulto‘rayeva Sarvinoz Bahodir qizi A. Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2 – kurs tayanch-doktoranti Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek toponimiyasida tasnif masalasi va bunda milliy til xususiyatlari, ularning paydo bo‘lish motivatsiyalari, toponimlarning mavzeviy guruhlanishi, hajmi, ko‘lami, paydo bo‘lishining ijtimoiy-maishiy sabablariga e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: Toponimika, joy nomlari, geografik nomlar, toponimlar, gidronimiya, oronimiya, oykonimiya, urbanonoomiya, mikrotoponimiya, etnotoponimlar, antrotoponimlar, etnooykonimlar. Bir joyni ikkinchisidan, bir jilg‘ani boshqa bir jilg‘adan, bir ko‘chani yonidagi ko'chadan, tog‘- adirlami, shahar va qishloqlarni bir-birlaridan farq qilish uchun ham kishilar nomlar o‘ylab chiqar gan. Joy nomlari, geografik nomlar yoki toponimlar deb ataladi. Toponimlarni toponimika fani o‘rganadi. Toponimika yunoncha topos — joy va onoma (yoki onima) — nom so'zlaridan tarkib topgan. Joy nomlari ya’ni toponimiya bir necha turlarga bo‘linadi. Bular: gidronomiya (yunoncha gidro – suv), ya’ni daryolar, ko‘llar, dengizlar, soylar, kanallar, qo‘ltiqlar, bo‘g‘ozlar, sharsharalar nomlari; oronimiya (yunoncha oros – tog‘), ya’ni yer yuzasining relef shakllari – tog‘lar, cho‘qqilar, qirlar, vodiylar, tekisliklar nomlari; oykonimiya (yunoncha oykos – uy), polinimiya (yunoncha polis – shahar) yoki urbanonoomiya (lotincha urbos – shahar), ya’ni qishloq yoki shaharlarning nomlari, mikrotoponimiya (yunoncha mikros – kichik), ya’ni kichik obyektlar: buloqlar, quduqlar, dalalar, o‘tloqlar, daraxtzorlar, jarlar, yo‘llar, ko‘priklar va hatto atoqli otga ega bo‘lgan ayrim daraxt nomlari. Bundan tashqari, turli xalq urug‘-aymoq nomlari bilan atalgan toponimlar etnotoponimlar (yunoncha etnos – xalq) deyiladi. Kishi ismlari bilan yuritiladigan toponimlarni esa antrotoponimlar (yunoncha antropos – odam) deb atash mumkin. Toponimikani qaysi fanlar qatoriga kiritish kerak, degan munozara uzoq davom etdi. Toponimika – shaharlar, qishloqlar, daryolar, ko‘llar, tog‘lar kabi geografik nomlarni, ularning kelib chiqishini, tarixini o‘rganar ekan, bu fan tilshunoslarga ham, tarixchilarga ham boy ilmiy material beradi. Geografik nomlar, ya’ni toponimlar til lug‘at tarkibining bir qismi bo‘lib, til qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Albatta, so‘zni tilshunoslik – lingvistika fani o‘rganishi kerak. Demak, toponimika – atoqli otlarni o‘rganadigan onomastika fanining bir qismi bo‘lib, tilshunoslik fanlari qatoriga kiradi. Oykonimlar. Toponimikada viloyat, shahar, shaharcha, tuman, mahalla, qishloq, guzar, aholi punkti, ovullar, posyolka, qal’alarning umumiy nomi oykonim atamasi bilan ifodalanadi.
VOLUME-3, ISSUE-11 53 Oykonim – (yun. – oixod – oykos – turar joy, maskan+onoma – atoqli ot) – aholi yashovchi joylar, maskanlarning atoqli oti. Toponim turi. Oykonimika – toponimikaning oykonimlarning paydo bo‘lishi va vazifaviy xususiyatlarini o‘rganuvchi tarmog‘i 1 . Оykоnimlаr о‘zi mаnsub bо‘lgаn hudud tаrixini аks ettiruvchi аsоsiy vоsitаlаrdаn biridir. Ulаrdа аhоlining etnik tаrkibi – qаysi xаlq, millаt, urug‘, qаvm, qаbilаgа mаnsubligi, kundаlik turmush tаrzi, qаysi kаsb yоki hunаr bilаn mаshg‘ulligi, hududdаgi birоr geоgrаfik оbyekt mаvjudligi vа bоshqаlаr hаqidа mа’lumоtlаr mujаssаmlаshgаn bо‘lаdi. Oykonimlar guruhiga shaharcha, mahalla, qishloq, ovul, guzarlar, kichik turar joy nomlari kiritildi. Ma’lum bo‘ldiki, Sho‘rchi tumani oykonimlarining paydo bo‘lishida quyidagi nominatsion motivlar asos bo‘lgan: urug‘ nomlari va ularning tarmoqlari, ya’ni etnooykonimlar: Baxshitepa, Batosh, Bo‘gajili, Dalvarzintepa, Qo‘ng‘irot, Barlos Mustaqillik, istiqlol g‘oyalarini ifodalovchi birliklar: Barkamol avlod, Istiqlol, Mustaqillik, Bunyodkor, Vatanparvar, Do‘stlik, Yangi O‘zbekiston Biror bir inshoot yoki maskan nomi: Yangibozor, Qo‘shtegirmon, Qo‘shko‘prik, Yangiguzar, Kattaqo‘rg‘on Aholining ijtimoiy ahvolini ko‘rsatuvchi birliklar: Baliqchi, Chorvador, Sholikor, Hunarmandlar, Tabiblar, Baxshilar Belgi-xususiyatni ifodalovchi birliklar: Kultepa, Yangiariq, Shakarko‘l, Kattatepa, Qo‘shtegirmon, Qoraariq, Olatemir, Oqkamar, Oqqo‘rg‘on, Jarqishloq, Yakkabog‘, Shakarko‘l, Xushchekka, Katta Savur, Jarqishloq, Kichik Savur Joylashgan o‘rniga ishora qiluvchi birliklar: O‘rta Dalvarzin, Yuqori Sovjiron, Quyi Sovjiron, Daraxt va o‘simlik nomlari: Pistamozor, Yakkabog‘ Antroponim nomlar: Alpomish, Ibn Sino, Alishe Navoiy, Bobur Oykonimlarning eng ko‘p uchraydigan bir turi komonim, ya’ni qishloq nomlaridir. Tuman hududida mavjud komonimlarni leksik xususiyatiga ko‘ra qishloq, mahalla, guzar kabi ma’noviy guruhlarga ajratish mumkin. Sho‘rchi tuman oykonimiyasida qishloq nomlarini anglatuvchi 10 ta toponim mavjudligi aniqlandi. Onomastik atamalar sirasida komonim tushunchasi mavjud. U qishloq (ovul) nomining yunoncha atalishidir. Aytish lozimki, bu o‘rinda qishloq so‘zi sof atama ma’nosida qo’llangan. Agar “O‘zbek tilining izohli lug‘atiga” e’tibor qaratsak, unda qishloq so‘ziga, “aholisi asosan qishloq xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanuvchi joy, maskan, hudud tarzida izoh berilgan 2 . Bugungi kunda toponimiya sohasida qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda qishloq tushunchasi qishloq fuqarolar yig‘inini atovchi tushuncha sifatida qo‘llanmoqda 3 . Gidronimlar guruhiga daryo, ko‘l, soy, kanal, sharshara, ariq, buloq, quduq, zovur, hovuz, suv ombori, nasos nomlari kiritildi. Ma’lum bo‘ldiki, hududdagi gidronimlarning paydo bo‘lishigda quyidagi nominatsion motivlar asos bo‘lgan: Kishi ismlari: Rajabmiroxur, Polvonsoy Relyefiga ko‘ra: Orqalisoy 1 Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати. – Н, 2006. –Б.58. 2 Ўзбек тилининг изоҳ луғати. 5 жилдли. 5-жилд. – Т.: ЎМЭ, 2007. –Б. 315. 3 https://oldparliament.gov.uz/uz/laws/adopted/108/4680/
VOLUME-3, ISSUE-11 54 Suvning oqish xususiyatini ifodalovchi birliklar: Ko‘lobariq Suvning xususiyatiga ishora qiluvchi birliklar: Oqarbuloq Obyektning sun’iy yasalganligiga ishora qiluvchi birliklar: Tos, Lotok, Simonka, Betonka Oronimlar guruhiga tog‘ va tog‘ tizmalari, cho‘qqi, dara, tepa kabi toponimik obyektlarning nomlari kiritildi. Ma’lum bo‘ldiki, tumandagi oronimlarning paydo bo‘lishida quyidagi nominatsion motivlar asos bo‘lgan. Kishi ismlari: Baqati Joyning tabiiy ko‘rinishidan kelib chiqqan: Do‘lba Miqdoriyligi va relyefiga ko‘ra: Mingjar Relyefiga ko‘ra: Terssoy Tabiiy xususiyatiga ko‘ra: Qo‘shcheka, Pastundara Nekronimlar guruhiga mozorlar, qabristonlar, ziyoratgohlar, muqaddas joylar, avliyolarning qadamjolari, masjidlarning atoqli otlari kiritildi. Hududdagi nekronimlarning atalishida quyidagi nominatsion motivlar asos bo‘lgan: geografik obyektlarning nomlari: Boytepa, Dalvarzintepa, Azlartepa, Shoniyoztepa, Shoniyoztepa, Ko‘ltepa, G‘armatepa, Beshtom, Oqtosh, Qoqaydi, Pistamozor, Saksonkapa, Tamshush, Zarkamar aziz-avliyolar, muqaddas deb hisoblangan ziyoratgohlar nomlari: Shayx Attor Valiy, Shayx Muhammad Sodiq, Bahouddin Naqshband, Sovjironbobo, Qorashayxbobo, Shahidbobo, Habibullaeshon, So‘fobobo, G‘ishtlibobo, Cho‘pon ota, Hojibobo, Kapalibobo, Pardashahid (shahidlikka oid), To‘qqiz Shahid, Aziz Avliyolar, Xo‘ja Ahror Valiy ma’lum bir hududdan chetda ekanligiga ishora qiluvchi birliklar: Yuqori Abu Bakr Siddiq, Sovjiron 1, Sovjiron 2, Yangikun, Yangidavr yerning tuproq tarkibini bildiruvchi birliklar: Oqtosh (toshli hudud), Pistamozor, Oqmozor, Changal (o‘rmonzo), Boytepa (boy, qalin, zichtepa) muqaddaslikka ishora qilib, xalq tabobatida ma’lum bir kasallik yoki dardga davo izlanib boriladigan joy nomlari: Sovjiron (muqaddas hsaxs bilan bog‘liq), Olatemir (afsonaviy tabib jangchi), Tolliota (muqaddas buloq), Xushchekka (avliyo sifatida e’zozlanadi) diniy tushunchani ifodalovchi birliklar: Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Umar Ibn Xattob, Abu Bakr Siddiq, Abdulloh Ibn Mas’ud, Abdullah, Xristian, Besh tom (qadimda diniy hudud ma’nosi mavjud) fitonim nomlari: Changal (o‘rmon, o‘simlik massiviga aloqador), Pistamozor (pista daraxti bilan bog‘liq) Tadqiqotchilar toponimlarni tasniflashda turli-tuman jihatlarga eʼtibor qaratganlar. Bunda, albatta, milliy til xususiyatlari, nomlarning turlari, ularning paydo bo‘lish motivatsiyalari, hajmi, ko‘lami, paydo bo‘lishning ijtimoiy-maishiy sabablari, tarix, geografiya fanlari va boshqa omillar hal qiluvchi rol o‘ynagan. Biz Surxondaryo viloyati mikrotoponimlarini tadqiq etishda o‘zining
VOLUME-3, ISSUE-11 55 nisbatan mukammalligi bilan ajralib turadigan Z.Do‘simov, S.Karimov va S.Bo‘riyev, K.Nazarov va T.Enazarov kabi olimlarning tasniflariga tayanamiz. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати. – Н, 2006. –Б.58. 2. 1 Ўзбек тилининг изоҳ луғати. 5 жилдли. 5-жилд. – Т.: ЎМЭ, 2007. –Б. 315. 3. 1 https://oldparliament.gov.uz/uz/laws/adopted/108/4680/ 4. Дўсимов З. Топонимлар таснифи масаласига доир // Ўзбек тили ва адабиёти. – Т.: Фан, 1978. –№ 1. –Б.17-20. 5. Дўсимов З. Топонимлар таснифи масаласига доир // Ўзбек тили ва адабиёти. – Т.: Фан, 1978. –№ 1. –Б.17. 6. Қораев С. Географик номлар маъноси. – Т.: Ўзбекистон, 1978. – Б.11. 7.