AHOLI SALOMATLIGIDA ICHIMLIK SUVNING SIFATINING ROLI
Abstract
Maqolada ichimlik suvi va suv ta'minoti ma'nbalari suvining sifat koʻrsatkichlari laboratoriya tekshirilgan va olingan natijalar taxlil qilingan va ular asosida ifloslanishni kamaytirishga qaratilgan profilaktik chora tadbirlarni ilmiy asoslangan. 2017-yilda suv ta'minoti ma'nbasidan suv sifat xolati umumiy namunalar soni 107 ta boʻlib,ulardan 90 tasi ya'ni 84,1% gigiyenik me'yorlarga mos kelmagan ,kommunal xoʻjalik vodoprovodlardan 162 ta namunadan 51 tasi, idoraviy vodoprovodlardan 371 ta 2 tasi gigiyenik talablarga javob bermagan.
Full text
230 ActaCAMU № 4 (12) 2025 ISSN: 2181-4155 AHOLI SALOMATLIGIDA ICHIMLIK SUVNING SIFATINING ROLI РОЛЬ КАЧЕСТВА ПИТЬЕВОЙ ВОДЫ В ЗДОРОВЬЕ НАСЕЛЕНИЯ THE ROLE OF DRINKING WATER QUALITY IN POPULATION HEALTH Azizova F.L., Sherqoʻziyeva G.F., Salomova F.I., Ikramova N.A., Toshpulatov B.M., Abduvaitova M., Latipova M.Z., Tosheva Sh Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Annotatsiya. Maqolada ichimlik suvi va suv taʼminoti maʼnbalari suvining sifat koʻrsatkichlari laboratoriya tekshirilgan va olingan natijalar taxlil qilingan va ular asosida ifloslanishni kamaytirishga qaratilgan profilaktik chora tadbirlarni ilmiy asoslangan. 2017-yilda suv taʼminoti maʼnbasidan suv sifat xolati umumiy namunalar soni 107 ta boʻlib,ulardan 90 tasi yaʼni 84,1% gigiyenik meʼyorlarga mos kelmagan ,kommunal xoʻjalik vodoprovodlardan 162 ta namunadan 51 tasi, idoraviy vodoprovodlardan 371 ta 2 tasi gigiyenik talablarga javob bermagan. Kalit soʻzlar: aholi,ichimlik suvi, suv taʼminoti, ifloslanish, gigiyenik talablar, orgonoleptik koʻrsatkichlar, mikrobiologik koʻrsatkichlar,kasallanish Аннотация В статье представлены результаты исследований показателей качества питьевой воды и воды из различных водоисточников. Проведен анализ полученных данных, на основании которого научно обоснованы профилактические мероприятия, направленные на снижение уровня загрязнения и улучшение санитарно-гигиенических характеристик водных ресурсов. Согласно данным 2017 года, общее количество проб воды, отобранных из источников водоснабжения, составило 107, из которых 90 (84,1%) не соответствовали установленным гигиеническим нормативам. Из 162 проб коммунального водопровода 51, а из 371 пробы ведомственного водопровода — 2 не отвечали санитарно-гигиеническим требованиям. Ключевые слова: население, питьевая вода, водоснабжение, загрязнение, гигиенические требования, органолептические показатели, микробиологические показатели, заболевания. Annotation. The article presents indicators of the quality of drinking water and water from water sources and analyzes the results obtained; on their basis, preventive measures aimed at reducing pollution are scientifically substantiated. In 2017, the total number of water quality samples from the water supply source was 107, of which 90, i.e. 84.1% did not meet hygienic standards, 51 out of 162 samples from municipal water supply, 2 out of 371 departmental water supply did not meet hygienic requirements. Key words: population, drinking water, water supply, pollution, hygienic requirements, organoleptic indicators, microbiological indicators, diseases. Dolzarbligi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 19-sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutqidan” Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash bilan bogʻliq muammolar toʻgʻrisida soʻz yuritar ekanmiz, mintaqaning umumiy suv zaxiralaridan oqilona foydalanish kabi muhim masalani chetlab oʻtolmaymiz. Biz BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr koʻrgan aholiga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur toʻliq amalga oshirilishi tarafdorimiz deb koʻrsatib oʻtganlar. Global darajada, eng kamida 1,8 milliard kishi fekal moddalar bilan ifloslangan ichimlik suv manbalaridan foydalanmoqda.
231 ActaCAMU № 4 (12) 2025 ISSN: 2181-4155 Ifloslangan suv diareya, vabo, dizenteriya, ich terlama va poliomiyelit kabi kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarini tashuvchi omil boʻlishi mumkin. Hisob-kitoblarga koʻra, ifloslangan ichimlik suvi har yili 500 000 dan ortiq oʻlim holatlariga sababchidir[1,2]. 2025-yilga borib, dunyoning yarim aholisi suv tanqisligi mavjud boʻlgan joylarda yashaydi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining bergan maʼlumotlarga koʻra, yer yuzining 3 mlrd. aholisi sifatsiz suvni isteʼmol qilmoqda. Yer yuzi aholisida uchragan kasalliklarining 2 ming dan ortiq turi aynan sifatsiz suv isteʼmoli bilan bogʻliqdir. Xuddi shu sabab bilan dunyoning 25% aholisi sifatsiz suv isteʼmoli sababli turli kasalliklarga uchraydi, yer yuzi aholisining har oʻninchisi kasallanadi, har yili deyarli 4 million bolalar va 18 million kattalar aynan sifatsiz suv isteʼmoli turli kasalliklardan vafot etadilar. Shu narsa aniqlandiki, 100 nafar onkologik kasalliklarning 20 dan 35 nafari aynan xlorlangan ichimlik suvini isteʼmol qilish oqibatida kelib chiqadi [3,8]. Suvni va boshka chanqov bosdi ichimliklarni xaddan ziyod koʻp isteʼmol qilish zararlidir chunki bunday holatda yurak ishining va ajratish aʼzolarining (teri, buyrak) faoliyatining oshishiga olib keladi. Bunday hollarda organizimning teri sathidan koʻp miqdorda suyuqlik ajralishi natijasida shu bilan bir qatorda teri bilan organizimda suvda eriydigan vitaminlar osh tuzi va mineral tuzlar ham chiqib ketadi [4,6]. Odam bir kecha kunduz mobaynida yoshiga qarab 100 ml – 3000 ml atrofida suv isteʼmol qiladi, jumladan 12001-300 ml (48%) suvni suyuqlik koʻrinishida 1000-1200 suvni ovqat tarkibida isteʼmol qiladi. Oziqa moddalarning endogen oksidlanishi natijasida organizmda 300 ml atrofida suv hosil boʻladi. Organizimdagi suv doimo yangilanib turadi: katta yoshli odamda 15 kun mobaynida bolalarda esa 35 kun ichida barcha suv molekulalari yangilanib turadi. Inson organizmining buyrak, oʻpka, meʼda-ichak yoʻli, teri suv almashinuvida faol ishtirok etadi [5,7]. Tadqiqotning maqsadi:Aholi suv taʼminotini ekologo-gigiyenik baholash natijalari asosida aholining salomatligini saqlash va mustaxkamlashga qaratilgan sogʻlomlashtirish profilaktik choratadbirlar ishlab chiqish.Markazlashgan suv taʼminoti tizimi suv tizimi suvi sifatini baxolash (organoleptik, kimyoviy va mikrobiologik ifloslanish koʻrsatkichlari - miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari). Yillar dinamikasida suv sifatiga bogʻliq aholi kasallanish koʻrsatkichlarining statistik taxlili.Markazlashgan ichimlik suvi taʼminotini optimallashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. Tekshirishning materiallari va usullari.Orolbuyi mintaqasi axolisini suv taʼminoti tizimi, obyekti sifatida esa aholi belgilab olindi.Tadqiqotda quyidagi usullardan :sanitar-tavsifiy, instrumental, analitik statistik foydalandik. Olingan natijalar. Yuqoridagilardan kelib chiqib biz aholining ichimlik suvi sifatini retrospektiv taxlil qildik va quyidagi natijalarni oldik: 2017-yilda suv taʼminoti maʼnbasidan suv sifat xolati umumiy namunalar soni 107 ta boʻlib,ulardan 90 tasi yaʼni 84,1% gigiyenik meʼyorlarga mos kelmagan, kommunal xoʻjalik vodoprovodlardan 162 ta namunadan 51 tasi, idoraviy vodoprovodlardan 371 ta 2 tasi gigiyenik talablarga javob bermagan(1 rasm). Rasm 1. 2017-yilda suv taʼminoti maʼnbasidagi suv sifat koʻrsatkichlari 0 100 200 300 400 107 162 371 90 51 2 Suv taʼminoti maʼnbasidan Kommunal xoʻjalik vodoprovodlarda n Idoraviy vodoprovodlarda n Umumiy namunalar soni 107 162 371 Gigiyenik talabga javob bermagan namunalar soni 90 51 2
232 ActaCAMU № 4 (12) 2025 ISSN: 2181-4155 2018-yilda suv taʼminoti maʼnbasidan suv sifat xolati umumiy namunalar soni 94 ta boʻlib,ulardan 75 tasi yaʼni 79,7% gigiyenik meʼyorlarga mos kelmagan, kommunal xoʻjalik vodoprovodlardan 157 ta namunadan 32 tasi(20,3%), idoraviy vodoprovodlardan 458 ta boʻlib,ulardan 71(15,5%) Quduq suvidan esa 180 tadan 179tasi (99,4%)gigiyenik talablarga javob bermagan. Global iqlim oʻzgarishi, aholi sonining va iqtisodiyot tarmoqlarining oʻsishi, ularning suvga boʻlgan talabi yil sayin oshib borishi tufayli suv resurslarining taqchilligi yildan-yilga kuchayib bormoqda. Hozirgi davrda Markaziy Osiyo davlatlarida suv muammosi sezilarli muvozanatlashmagan omil boʻlib hisoblanadi. Butunjahon resurslar instituti maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston suv stressiga moyil boʻlgan 25 ta davlatlar qatoriga kiradi. Suv orqali tarqaladigan yuqumli kasalliklar hozirda kundan kunga ortib bormoqda.Kuzatuv mintaqasidagi aholining oʻtkir ichak kasalliklari boʻyicha kasallanish xolati taxlida quyidagilar aniqlandi:2017-yil 24 ta (respublika boʻyicha — 3788 ta) xolat, 2018-yil — 43ta (respublika boʻyicha — 2660 ta), 2019-yil — 14 ta (respublika boʻyicha 2598 ta),2020-yil esa — 18 ta (respublika boʻyicha — 1657 ta) xolat aniqlandi. Olingan natijalardan shuni xulosa qilishimiz mumkin 2017-2018-yillarda kuzatuv mintaqasida boshqa kuzatuv yillariga nisbatan kasallanish xolati koʻp qayd etilgan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 2024-yilgi global gepatit hisobotiga koʻra ushbu kasallik qurbonlari soni doimiy ravishda oʻsib bormoqda. Gepatit dunyoda eng koʻp odamlar vafot etadigan yuqumli kasalliklar orasida ikkinchi oʻrinda turadi: u yiliga 1,3 million oʻlimga sabab boʻladi - bu yuqumli kasalliklar orasida oʻlimning asosiy sababi boʻlgan sil kasalligi bilan bir xil. 187 mamlakatdan olingan yangi maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, virusli gepatitdan vafot etganlarning taxminiy soni 2019-yildagi 1,1 milliondan 2022-yilda 1,3 millionga koʻpaygan, 83 foiz gepatit V va 17 foiz gepatit S sabab boʻlgan. Har kuni dunyo boʻylab 3500 kishi gepatit V va C infeksiyasidan vafot etadi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining yangilangan hisob-kitoblariga koʻra, 2022-yilda gepatit V bilan kasallanganlar soni 254 million va S gepatiti bilan kasallanganlar soni 50 million kishini tashkil qiladi. Surunkali gepatit V va C infeksiyalari bilan kasallanganlarning yarmi 30-54 yoshdagi insonlar, 12% esa 18 yoshgacha boʻlgan bolalar hisoblanadi. Barcha holatlarda kasallanishning 58% ni erkaklar tashkil qiladi. Rasm 3. Aholi oʻrtasida virusli gepatit Aning qayd etilish xolati. Yuqoridagi maʼlumotlardan kelib chiqib biz aholi oʻrtasida virusli gepatit A ning tarqalish xolatini taxlil qildik va quyidagi natijalarni oldik: 2017-yil — 19 ta (respublika boʻyicha — 1320 ta) xolat, 2018-yil — 5 ta (respublika boʻyicha –1462 ta), 2019-yil —1ta (respublika boʻyicha — 1051 ta), 2020-yil esa 1 ta xolat respublika boʻyicha 287 ta xolat aniqlandi. Olingan natijalar taxlilidan shuni xulosa qilishimiz mumkin: kuzatuv mintaqasida 2017-2018-yillarda kasallik eng koʻp qayd 2017 2018 2019 2020 1320 1448 1075 299 19 61 1 2017 2018 2019 2020 Respublika 1320 1448 1075 299 Tuman 19 6 1 1 Aholi oʻrtasida virusli gepat Aning qayd elish xola Respublika Tuman
233 ActaCAMU № 4 (12) 2025 ISSN: 2181-4155 etilgan va bu suvining sifati bilan bevosita bogʻliq boʻlishi mumkin,chunki shu yillarda suvning sifat koʻrsatkichlar boshqa yillarga nisbatan koʻpnamunalar gigiyenik talablarga javob bermagan. Xulosa.Ichimlik suv taʼminoti tizimidagi bakteriologik koʻrsatkichlar 2017-yilda amaldagi sanitar gigiyenik koʻrsatkichlardan 2,8% yuqori natijalarni koʻrsatdi. Aholi oʻrtasida suv bilan bogʻliq boʻlgan kasallanish xolati asosan ichak infeksiyalari, gepatit A kasalliklari bilan kuchsiz korrelyatsion aloqaga egadir. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Закон Республики Узбекистан «О воде и водопользовании», г.Ташкент, 6 май 1993г, №837-XII 2. Закон Республики Узбекистан «О санитарно-эпидемиологической благополучии населения» принят законодательной палатой 15 июля 2015 года и одобрен сенатом 6 августа 2015 года. 3. Abduvaliyeva, F. T., Azizova, F. L., Akromov, D. A., & Sherkuziyeva, G. F. (2022). APPROVAL AND ECOLOGICAL-HYGIENIC ASPECTS OF WATER SUPPLY TO POPULATION POINTS. 4. Шеркузиева, Г. Ф., Данаев, Б. Ф., Жураева, Н. Т., & Сайфутдинова, З. А. (2016). Гигиеническая оценка санитарного состояния реки Сурхан. Нау.жур.Молодой ученый, (1), 104-107. 5. Sherkuzieva, G. F. Suzish basseynlari suvining ifloslanish muammolarining zamonaviy xolati.Nau.jur. Молодой ученый, (21), 624-627. 6. Шеркузиева, Г. Ф., Саломова, Ф. И., & Юлдашева, Ф. У. (2023). Результаты санитарнохимических исследований воды. 7. Sherkuzieva, G. F., Turakhonova, F. M., & Mustanov, J. A. (2017). Results of laboratory research of the quality of drinking water. 8. Sherkuzieva, G. F., Turakhonova, F. M., & Mustanov, J. A. (2017). Results of laboratory research of the quality of drinking water.