KICHIK MAKTAB YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Full text
51 KICHIK MAKTAB YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Muhammadova Saidaxon Axrorovna Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy Fanlar fakulteti 1 - bosqich talabasi [email protected] Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qtuvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li [email protected] https://doi.org/ 10.5281/zenodo.17959135 Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning psixik rivojlanishi, uning pedagogik va psixologik asoslari, shuningdek, ularning bilish, emotsional va ijtimoiy jarayonlarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Kichik maktab yoshidagi bolalarni o‘quv jarayoniga jalb qilish orqali ularning diqqat, xotira, nutq, tafakkur kabi bilish jarayonlari, ijodiy va tanqidiy fikrlashi, shaxsiy fazilatlari va ijtimoiy munosabatlari rivojlantirilishi haqida xulosa chiqarilgan. Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishiga ta’sir qiluvchi metodik yondashuvlar, o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan amaliy psixologik-pedagogik usullar batafsil ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: kichik maktab yoshi, psixik rivojlanish, bilish jarayonlari, diqqat, xotira, tafakkur, nutq, motivatsiya, pedagogik metodika, ijtimoiy rivojlanish. Abstract:This article examines the psychological and pedagogical foundations of mental development in primary school children. It concludes that involving young schoolchildren in systematic learning activities fosters the development of attention, memory, speech, thinking, creativity, critical thinking, as well as personal qualities and social behavior. The article also presents practical psychological and pedagogical methods applied during instruction to support comprehensive mental development in primary school children. Keywords: primary school age, mental development, cognitive processes, attention, memory, thinking, speech, motivation, pedagogical methodology. KIRISH Bugungi globallashuv sharoitida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ilm-fan va texnologiyalar taraqqiyoti ta’lim tizimi oldiga yangi vazifalar va yuqori talablarni qo‘ymoqda. Ayniqsa, zamonaviy ta’lim jarayonida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi, psixik jarayonlarining faol rivojlanishi, bilishga bo‘lgan qiziqishi va ma’naviyintellektual ehtiyojlarini shakllantirish pedagogikaning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Kichik maktab yoshi (7 - 10 yosh) psixik rivojlanishning eng faol va sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ladigan bosqichlaridan biridir. Bolaning o‘qituvchi bilan muloqoti, sinf jamoasi bilan munosabatlari, o‘quv vazifalarini bajarish, topshiriqlarni anglash va ixtiyoriy ravishda o‘z xatti - harakatlarini boshqarishga urinishlari psixik rivojlanishning barcha komponentlarida sifat jihatidan yangi bosqichni belgilab beradi. Shu nuqtai nazardan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning psixik rivojlanishi masalalarini chuqur o‘rganish, ayniqsa pedagogik faoliyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik maktab yoshiga xos psixik xususiyatlar o‘quvchining bilish faoliyati, diqqat, xotira, tafakkur, nutq rivoji, emotsional holati va shaxsiy sifatlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘quv faoliyati mazkur yosh davrining yetakchi faoliyati hisoblanadi, chunki aynan o‘quv jarayoni bolada
52 ixtiyoriy diqqat, mantiqiy xotira, tushunchaviy fikrlash, muloqot madaniyati, o‘z - o‘zini baholash va ijtimoiy moslashuvni shakllantiradi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning psixologik rivojlanishida o‘qituvchining roli nihoyatda muhimdir. O‘qituvchi mazkur jarayonda nafaqat bilim beruvchi, balki bolaning psixik rivojlanishiga rahbarlik qiluvchi, uning ichki imkoniyatlarini ochib beruvchi shaxs sifatida maydonga chiqadi. O‘qituvchi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning psixik rivojlanishi jarayonida quyidagi vazifalarni bajaradi: O‘quvchilarda ixtiyoriy diqqatni shakllantiradi, diqqatni boshqarish, chalg‘imaslik, vazifaga yo‘naltirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.Bilish jarayonlarini faollashtiradi: xotira turlari, mantiqiy fikrlash, analiz - sintez, umumlashtirish, taqqoslash faoliyatlarini rivojlantiradi. Nutq va muloqotni rivojlantiradi, og‘zaki va yozma nutqni shakllantiradi, fikrni izchil bayon qilishga o‘rgatadi. Shaxsiy sifatlarni shakllantiradi: mas’uliyat, o‘zini boshqarish, o‘z - o‘zini baholash, ijtimoiy moslashuv. Didaktik jarayonni yosh xususiyatlariga mos tashkil etadi, o‘quvchilarning psixik jarayonlarini hisobga olgan holda mashq, topshiriq va ta’lim metodlarini tanlaydi. Ijtimoiy foydali faoliyatga yo‘naltiradi, sinfdagi jamoaviy ishlar orqali jamoaviylik, hamkorlik, birdamlikni mustahkamlaydi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda dunyoqarashning dastlabki asoslari shakllanadi. Ular tabiat, jamiyat, odamlar, munosabatlar, o‘z faoliyati haqida ilmiy asoslangan tasavvurlar hosil qila boshlaydilar. O‘qituvchi bu jarayonda: voqea va hodisalarnin go‘zaro bog‘liqligini, atrofdagi olamning o‘zgaruvchanligini, o‘zgarishlarning miqdor va sifat birligi mavjudligini, muammolarni tahlil qilishda fikrlash amallaridan foydalanish zarurliginiizchil ravishda tushuntirib boradi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishi pedagogik jarayonda qo‘llaniladigan metodik prinsiplarga ham bevosita bog‘liqdir. Bunda: o‘quv materiallari ko‘rgazmaliligi, tajriba va amaliy mashg‘ulotlardan foydalanish, yoshga mos topshiriqlarni tanlash, o‘quvchini faollikka undash, o‘z fikrini erkin ifoda etishga imkon yaratishkatta rol o‘ynaydi. Masalan, ixtiyoriy diqqatning rivojlanishi uchun bolalarga murakkab bo‘lmagan, ammo qiziqarli vazifalar beriladi; xotira va fikrlash jarayonlari esa taqqoslash, guruhlash, tasniflash kabi mashqlar orqali shakllanadi. Nutq rivoji uchun matn ustida ishlash, qayta hikoyalash, yozma topshiriqlar samarali bo‘ladi. Shuningdek, kichik maktab yoshidagi bolalarda emotsional holatning barqarorlashuvi ham muhimdir. Ular hali hissiyotlarni boshqarishda qiynalishadi, shuning uchun o‘qituvchi ularda sabr-toqat, o‘zini tuta bilish, mas’uliyatni his qilish kabi sifatlarni tarbiyalaydi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning psixik rivojlanishida muhim jarayonlardan biri - bilish jarayonlarida sifat o‘zgarishining sodir bo‘lishidir. Masalan, 7 yoshli bola ko‘proq obrazli fikrlasa, 10 yoshga kelib mantiqiy tahlil qilishga qodir bo‘lib boradi. Bu jarayonni to‘g‘ri boshqarish o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq. XULOSA Kichik maktab yoshi davri bolalarning psixik rivojlanishi eng tez va sezilarli o‘zgaradigan davr hisoblanadi. Bu bosqichda diqqatni jamlash, eslab qolish, mantiqiy fikrlash, nutqni to‘liq ifodalash kabi jarayonlar faol shakllanadi. Bola o‘quv jarayoniga moslashib, o‘qituvchi bilan
53 hamkorlik qilishni, sinfdoshlar bilan muloqot o‘rnatishni o‘rganadi. O‘quv faoliyatining yetakchi faoliyatga aylanishi esa irodani, mas’uliyatni va mustaqil fikrlashni rivojlantiradi.Shu bois, kichik maktab yoshi davridagi psixik xususiyatlarni chuqur hisobga olish ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga va bolalarning sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishiga katta yordam beradi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Jabborov, R. (2015). Rivojlanish psixologiyasi. Fan nashriyoti. 2. Leontiev, A. N. (2020). Activity, consciousness, personality. Smysl. 3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. (2020). Boshlang‘ich ta’lim metodik qo‘llanma. XTV nashriyoti. 4. Piaget, J. (2001). The psychology of the child. Basic Books. 5. Santrock, J. W. (2019). Life-span development (17th ed.). McGraw-Hill. 6. Shoumarov, B. (2018). Yosh davrlar psixologiyasi. TDPU nashriyoti. 7. Slavin, R. E. (2021). Educational psychology: Theory and practice. Pearson. 8. Smirnova, E. O. (2017). Psikhicheskoe razvitie v mladshem shkol'nom vozraste. MGU nashriyoti. 9. Vygotsky, L. S. (2019). Mind in society: The development of higher psychological processes. Harvard University Press. 10. Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li. (2024). Rahbar va xodim munosabatlarining boshqaruv jarayonidagi psixologik xususiyatlari. Образование наука и инновационные идеи в мире, 41(1), 110 - 113. Retrieved from https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/12079