MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Full text
54 MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Olimboyeva Yoqutxon Chirchiq davlat pedagogika universiteti Biologiya yoʻnalishi 1bosqich talabasi [email protected] Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qtuvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li [email protected] https://doi.org/ 10.5281/zenodo.17959145 Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yosh davrida bolalarning psixik rivojlanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Mazkur davrda bilish jarayonlari - idrok, diqqat, xotira, tafakkur, nutq va emotsional - irodaviy holatlarning shakllanishi asosiy o‘rin egallaydi. Shuningdek, ijtimoiy muhit, o‘yin faoliyati, tarbiya va ta’lim jarayonining bolaning shaxs sifatida kamol topishidagi ahamiyati yoritilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: Maktabgacha yosh, psixik rivojlanish, bilish jarayonlari, o‘yin faoliyati, emotsional rivojlanish, nutq taraqqiyoti, ijtimoiylashuv, tarbiya. Annotation: This article analyzes the characteristics of psychological development in preschool - aged children. During this period, cognitive processes such as perception, attention, memory, thinking, speech, and emotional-volitional development play a crucial role. The study also highlights the importance of the social environment, play activities, and educational upbringing in shaping the child’s personality. In addition, the article discusses the organization of a developmental environment in preschool institutions, taking into account children’s age and individual characteristics. Keywords: Preschool age, psychological development, cognitive processes, play activity, emotional development, speech development, socialization, upbringing KIRISH Maktabgacha yosh (3-7 yosh) bu yosh bolalarning psixik rivojlanishida oʻziga xos xususiyatlariga ega bo‘lib, bu davrda bolaning shaxsiyati, aqliy, hissiy va ijtimoiy qobiliyatlari shakllana boshlaydi. Ushbu davr psixologik rivojlanishning eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi, chunki bolalar bu davrda asosiy psixik jarayonlarni o‘zlashtirishadi. Quyida maktabgacha yoshdagi bolalarni psixik rivojlanish xususiyatlari berilgan: Hissiyot va emotsiyalarda bolaning hissiy hayoti chuqurlashadi, emotsiyalar barqaror bogʻla boshlaydi. Ijobiy hissiyotlar bola hayotida muhim oʻrin tuta boshlaydi, ayniqsa o‘yin va muloqot jarayonlarida. Empatiya shakllanishi boshlanadi, bola oʻzgalarning xis tuygʻularini anglay boshlaydi. Aqliy rivojlanish bu davrda tafakkur obrazli va intuitiv boʻladi. Bolalar asosan ko‘rgazmalikka tayangan holda fikr yuritadilar. Til rivojlanishi jadal ravishda ortadi: so‘z boyligi ko‘payadi, so‘z birikmalari va murakkab gap shakllanadi. Eʼtibori barqaror emas, lekin asta sekin diqqatini uzoq vaqt davomida saqlash qobilyati rivojlanadi. Xotira asosan ixtiyorsiz bo‘ladi. Bola qiziqarli va hissiy jihatdan boy maʼlumotlarni oson eslab qoladi. Bogʻcha yoshdagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatdan o‘sishida qiziqishning roli kattadir, qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolaning bilish jarayoni bilan bogʻliq bo‘lgan murakkab psixik hodisa desa bo‘ladi. Bolaning kamol topishida qiziqishining ahamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishga
55 intiladi va uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shugʻullanishdan zerikmaydi. Bu esa oʻz navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim hislatlarni oʻstirishga va mustahkamlashga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalardagi psixik rivojlanish xususiyatlari belgilari quyidagilardan iborat: Diqqat: E’tiborni uzoq vaqt davomida jamash hali qiyin, lekin bolani qiziqtirgan faoliyatda bu qobiliyat rivojlana boshlaydi. Diqqat o‘zi onglarni to‘plab muayyan obyektga qaratish fikri Doplinga tegishlidir. Ijtimoiylashuv - bolaning muloqot ehtiyoji ortadi, tengdoshlar va kattalar bilan aloqalar kuchayadi. Ijtimoiy me’yorlar va qoidalarni o‘zlashtira boshlaydi. Mustaqillik rivojlanadi, lekin ba’zan kattalardan yordam talab qiladi. Shaxsiy xususiyatlar shakllanishi-bola o‘zini alohida shaxs sifatida anglay boshlaydi, “men” tushunchasi rivojlanadi. Fe’l - atvori, qiziqishlari va xulqatvori shakllanadi. Bola o‘z qobiliyatlariga ishonishni o‘rganadi, o‘z - o‘zini baholash asoslari paydo bo‘ladi. O‘yin faoliyati: Maktabgacha yosh davri psixik rivojlanishning eng muhim bosqichi bo‘lib, uning ketma-ketligi yeteakchi faoliyat - o‘yinlar orqali amalga oshadi, bu esa ushbu asosiy jarayonlarni keltirib chiqaradi. Fantaziya va Tasavvurning rivoji: Bolaning ongi bevosita sezgi - idrok chegarasidan chiqib, fantaziya va obrazli fikrlash yetakchi o‘rin egallaydi. Bola xayoliy vaziyatlarni yaratish va unda ishtirok etishni o‘rganadi. Ixtiyoriy jarayonlarning shakllanishi: O‘yin va kattalar talabi ta’sirida diqqat, xotira va xulq - atvor bosqichma-bosqich ixtiyoriy (o‘z xohishi bilan boshqariladigan) tus oladi, shuningdek, ma’naviy-axloqiy (odob - axloq) normalar o‘zlashtiriladi. Maktabga tayyorgarlik sifatida qabul qilingan o‘quv faoliyatiga psixologik tayyorgarlik (kognitiv va motivatsion jihatdan) shakllanadi. Xotira: Bu davrda bolada obrazli xotira yetakchilik qiladi. Bola so‘zlarga qaraganda ko‘proq narsalarni, hodisalarni, shaxslarni (ko‘rgan, eshitgan yoki sezgan obrazlarni) eslab qoladi va qayta tiklay oladi. Harakat xotirasi juda yaxshi rivojlangan. Ular harakatlarni, raqslarni, sport o‘yinlarini, narsalarni ishlatish usullarini tez eslab qolishadi. Nutq va kommunikativ rivojlanish: Muloqot ko‘nikmalari: Muloqot ko‘nikmasini rivojlantirish uchun ko‘proq suhbatlar qurishi kerak. Tengdoshlar, oila davrasida, qarindoshlar, do‘stlari bilan ko‘proq suhbat qurishi lozim. Inson qanchalik yaqinlar orasida gaplashsa o‘z fikrini ifodalab bersa jamiyatda ham o‘z o‘rniga ega shaxs bo‘lib yetishadi. Biroq qanday vaziyatlarda qaysi so‘zlardan foydala olishiuning tarbiyaviy va ahloqiy holatlariga bog‘liq bo‘ladi. Sababi inson kerakli so‘zlarni so‘zlamog‘i lozim. Ijodiy ifoda: Muloqotlarga kreativlik qo‘shish. Suhbatdoshida ijobiy fikr qoldirish uchun unga samimiy va ochiqlik bilan muloqot qilish zarur yo‘qsa suhbatdoshida salbiy emotsiya qoldirish mumkin. Suhbatni qiziqarli bo‘lishi uchun uni kuldirish tabbasum bilan muomala qilishi yoki esda qolarli hikoyani aytib berish singari vaziyatlar shunga misol bo‘la oladi. XULOSA Maktabgacha yosh davri psixologik jihatdan “shaxsiyatning dastlabki shakllanish davri” deb ataladi. Bu davrda yetakchi faoliyat boʻlgan oʻyin orqali bolaning barcha psixik funksiyalari (diqqat, xotira, tafakkur) ixtiyoriylik xususiyatini olib, uning maktab taʼlimiga tayyorlanishiga
56 zamin yaratadi. Nutqning rivojlanishi fikrlashni yangi, mantiqiy bosqichga olib chiqadi. Eng muhimi, bolada oʻz-oʻzini anglash, “Men” konsepsiyasi shakllanadi va u ijtimoiy - axloqiy meʼyorlarni oʻzlashtirib, ijtimoiy munosabatlar tizimiga faol kirib boradi. Bu davrning oxiriga kelib, bolada maktabda oʻqishga psixologik tayyorlik shakllanadigan. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Xaydarov.F.I. Xalilova N I “Umumiy psixologiya” 2010y 2. Ivanov.P, Zufarova.M “Umumiy Psixologiya” T-2008y 3. G‘oziyev E.G‘: “Umumiy Psixologiya” 1-2 kitob T-2002 4. Nishonova Z., Sayfullaeva R. Maktabgacha pedagogika va psixologiya. - Toshkent: Innovatsiya, 2019. 5. Yo‘ldoshev J., Hasanboeva O. Pedagogik psixologiya. - Toshkent: O‘qituvchi, 2012. 6. Эльконин Д.Б. Психология игры. - Москва: Педагогика, 1999. 7. Леонтьев А.Н. Деятельность. Сознание. Личность. - Москва: Политиздат, 1977. 8. Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li. (2024). Rahbar va xodim munosabatlarining boshqaruv jarayonidagi psixologik xususiyatlari. Образование наука и инновационные идеи в мире, 41(1), 110 - 113. Retrieved from https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/12079