EKSUDATIV O'RTA OTIT: ASORATLARI VA PROFILAKTIKASI
Abstract
Mazkur maqolada eksudativ o‘rta otitning etiologiyasi, klinik kechishi, diagnostik usullari, asoratlari hamda ularning oldini olish choralari tahlil qilinadi. Tadqiqot 2022-2024 yillar davomida Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining Otorinolaringologiya bo‘limida davolangan 80 nafar bemorlar ishtirokida o‘tkazildi. Eshitish o‘tkazuvchanligi, timpanogramma turlari, o‘rta quloq ventilyatsiyasi, va davolash samaradorligi baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, burun-halqum kasalliklarini davolash, immunitetni mustahkamlash hamda allergik holatlarni nazorat ostiga olish kasallikning surunkali shaklga o‘tishini 60% gacha kamaytiradi.
Full text
188 ActaCAMU № 4 (12) 2025 ISSN: 2181-4155 EKSUDATIV O‘RTA OTIT: ASORATLARI VA PROFILAKTIKASI ЭКССУДАТИВНЫЙ СРЕДНИЙ ОТИТ: ОСЛОЖНЕНИЯ И ПРОФИЛАКТИКА OTITIS MEDIA WITH EXUDATIVE EXUDATIVE: COMPLICATIONS AND PREVENTION Otaqulov Otabek Olimjon oʻgʻli https://orcid.org/0009-0005-2528-8471 Abdunazarov Toxirjon Sadulla oʻgʻli https://orcid.org/0009-0007-4924-3897 Central asian Medical University Annotatsiya. Mazkur maqolada eksudativ o‘rta otitning etiologiyasi, klinik kechishi, diagnostik usullari, asoratlari hamda ularning oldini olish choralari tahlil qilinadi. Tadqiqot 20222024 yillar davomida Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining Otorinolaringologiya bo‘limida davolangan 80 nafar bemorlar ishtirokida o‘tkazildi. Eshitish o‘tkazuvchanligi, timpanogramma turlari, o‘rta quloq ventilyatsiyasi, va davolash samaradorligi baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, burun-halqum kasalliklarini davolash, immunitetni mustahkamlash hamda allergik holatlarni nazorat ostiga olish kasallikning surunkali shaklga o‘tishini 60% gacha kamaytiradi. Kalit so‘zlar: eksudativ o‘rta otit, o‘rta quloq, eshitish naychasi disfunksiyasi, timpanometriya, eshitish pasayishi, profilaktika. Аннотация. В статье анализируются этиология, клиническое течение, методы диагностики, осложнения и меры профилактики экссудативного среднего отита. Исследование проведено у 80 пациентов, проходивших лечение в оториноларингологическом отделении Ферганского областного многопрофильного медицинского центра в 2022–2024 годах. Оценивались слуховая проводимость, типы тимпанограммы, вентиляция среднего уха и эффективность лечения. Результаты показали, что своевременная диагностика, лечение ЛОР-заболеваний, укрепление иммунитета и контроль аллергических состояний снижают риск перехода заболевания в хроническую форму до 60%. Ключевые слова: экссудативный средний отит, среднее ухо, дисфункция слуховой трубы, тимпанометрия, тугоухость, профилактика. Abstract. This article analyzes the etiology, clinical course, diagnostic methods, complications, and preventive measures for otitis media with effusion. The study included 80 patients treated in the otolaryngology department of the Fergana Regional Multidisciplinary Medical Center from 2022 to 2024. Auditory conductivity, tympanogram types, middle ear ventilation, and treatment effectiveness were assessed. The results showed that timely diagnosis, treatment of ENT diseases, strengthening the immune system, and control of allergies reduce the risk of the disease becoming chronic by up to 60%. Keywords: otitis media with effusion, middle ear, eustachian tube dysfunction, tympanometry, hearing loss, prevention. Dolzarbligi. Eksudativ o‘rta otit – bu o‘rta quloq bo‘shlig‘ida yallig‘lanish belgilarisiz suyuqlik to‘planishi bilan kechuvchi kasallik. O‘rta quloq kasalliklari ichida eksudativ o‘rta otit eng ko‘p uchraydigan va kech aniqlanadigan patologiyalardan biridir. Bu holatda o‘rta quloq bo‘shlig‘ida
189 ActaCAMU № 4 (12) 2025 ISSN: 2181-4155 seroz yoki shilliq suyuqlik to‘planadi, ammo klinik yallig‘lanish alomatlari (og‘riq, isitma) deyarli bo‘lmaydi. Kasallik ko‘pincha bolalarda, ayniqsa 2-10 yosh oralig‘ida kuzatiladi. Eshitish naychasi (Evstaxiy naychasi) disfunksiyasi, burun-halqum yallig‘lanishlari, allergik rinit va adenoid vegetatsiyalar eksudativ o‘rta otit rivojlanishida yetakchi omillardir. Bugungi kunda nafas yo‘llari infeksiyalarining ko‘payishi, ekologik muhitning ifloslanishi, antibiotiklarning noto‘g‘ri qo‘llanilishi va allergik kasalliklarning ortib borishi eksudativ o‘rta otit rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bolalardagi eshitish nuqsonlarining 25-30% hollari aynan o‘z vaqtida davolanmagan eksudativ o‘rta otit bilan bog‘liq. Shu sababli, kasallikni erta tashxislash, kompleks profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash – otorinolaringologiya sohasidagi dolzarb muammolardan biridir. Maqsadi. Eksudativ o‘rta otitning asosiy klinik xususiyatlarini, rivojlanish mexanizmini, asoratlarini aniqlash hamda samarali profilaktika choralarini ishlab chiqish va ularning klinik samaradorligini baholash Materiallar va usullar. Tadqiqot 2022-2024 yillarda otorinolaringologiya bo‘limida davolangan 80 nafar eksudativ o‘rta otit tashxisi qo‘yilgan bemorlar ishtirokida o‘tkazildi. Bemorlar quyidagi mezonlarga ko‘ra guruhlarga bo‘lindi: I guruh (40 nafar): konservativ davo (antigistaminlar, dekongestantlar, mukolitiklar, fizioterapiya). II guruh (40 nafar): kompleks yondashuv (konservativ davo + immunoprofilaktika + ventilyatsion mashqlar + allergiyani nazorat qilish). Tadqiqot metodlari: Anamnestik tahlil: avvalgi otitlar, shamollashlar soni, allergik fon. Otoskopiya: baraban pardasining retraksiyasi, rang o‘zgarishi, eksudat belgilarini aniqlash. Timpanometriya: A, B va C tipdagi egri chiziqlar orqali quloq bo‘shlig‘i bosimini aniqlash. Audiometriya: o‘tkazuvchan va neyrosensor eshitish pasayishini baholash. Nazofaringoskopiya: adenoid o‘sma, burun-halqum yallig‘lanish darajasi. Statistik tahlil uchun “SPSS 25.0” dasturidan foydalanildi. Natijalar. Tadqiqot natijalariga ko‘ra: Eshitishning o‘rtacha pasayishi 26,4±4,2 dB ni tashkil etdi. Timpanometriyada B tipdagi egri chiziq 54% bemorlarda, C tip esa 32% da kuzatildi. I-guruhda davodan keyin eshitish o‘tkazuvchanligi o‘rtacha 10-12 dB ga yaxshilandi, II-guruhda esa bu ko‘rsatkich 18-20 dB gacha yaxshilanish qayd etildi. Kasallik qaytalanish darajasi I-guruhda 32%, II-guruhda esa atigi 12% ni tashkil etdi. 22% bemorlarda qaytalovchi yiringli otitlar, 10% holatlarda esa baraban pardasining retraksiyasi qayd etildi. Kompleks profilaktika o‘tkazilgan bemorlarda o‘rta quloqda eksudat qayta to‘planish holatlari sezilarli kamaygan (p<0.05). Profilaktik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida qo‘llagan guruhda kasallik surunkali shaklga o‘tish darajasi 2,5 barobar kamaydi. Davolash bilan birga immunoprofilaktika va allergik fonni kamaytirish choralari yaxshi klinik natija berdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, erta diagnostika va kompleks profilaktik choralar (burun-halqum kasalliklarini davolash, ventilyatsion muvozanatni tiklash, immunitetni mustahkamlash) eksudativ o‘rta otitning surunkali shaklga o‘tish va eshitish pasayishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Xulosa. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, eksudativ o‘rta otit etiologik jihatdan ko‘p omilli kasallik bo‘lib, asosan burun-halqum kasalliklari va eshitish naychasi ventilyatsiyasi buzilishi bilan bog‘liq. Eksudativ o‘rta otit ko‘p hollarda yashirin kechadi va kech tashxis qo‘yilganda eshitishning barqaror pasayishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun otorinolaringologlar va pediatrlar tomonidan xavf guruhidagi bolalarda muntazam audiometrik tekshiruvlar o‘tkazilishi zarur.
190 ActaCAMU № 4 (12) 2025 ISSN: 2181-4155 Davolashda faqat dorivor vositalar bilan cheklanmasdan, bemorning umumiy immun holatini yaxshilash, allergik fonni nazorat ostiga olish, burun-halqum patologiyalarini bartaraf etish muhim. Profilaktik choralar ichida burun-halqum o‘tkazuvchanligini tiklash, adenoid to‘qimalarni o‘z vaqtida davolash, allergik kasalliklarni nazorat ostiga olish alohida ahamiyatga ega. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Bluestone, C.D., Klein, J.O. Otitis Media in Infants and Children. 5th ed. Philadelphia: Saunders, 2018. 2. Ibatov Sh.R., Sattorov R.A. O‘rta quloq yallig‘lanish kasalliklari. Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2020. 3. Rosenfeld R.M. et al. “Clinical practice guideline: Otitis media with effusion.” Otolaryngology–Head and Neck Surgery, 2016; 154(1): S1–S41. 4. Qodirova M.M. “Bolalarda eksudativ o‘rta otitning klinik kechishi va davolash taktikasi.” Tibbiyot axborotnomasi, 2023; №4: 45–49. 5. World Health Organization. Chronic suppurative otitis media: burden of illness and management options. WHO, Geneva, 2021.