Full text
73 ActaCAMU № 4 (12) 2025 ISSN: 2181-4155 POSTKOVID SINDROMDA KOAGULOGRAMMA NAZORATI КОНТРОЛЬ КОАГУЛОГРАММЫ ПРИ ПОСТКОВИДНОМ СИНДРОМЕ COAGULATION MONITORING IN POST-COVID SYNDROME Boltoyeva Feruza Ganjaboyevna - PhD https://orcid.org/0009-0006-6299-0320 Urganch davlat tibbiyot instituti Annotatsiya. Maqsad: COVIDdan keyingi sindromli bemorlarda koagulatsiya gemostazining holatini o'rganish va uning buzilishlarini tuzatish. Usullari: Klinik sinovlar 2022-2023 yillarda Xorazm viloyati Ko'p tarmoqli tibbiyot markazi bo'limida o'tkazildi. COVIDdan keyingi sindrom (PKS) bilan kasallangan jami 54 bemor tekshirildi. Barcha bemorlarda 1 yildan ko'proq vaqt oldin COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan. PKSdagi ko'plab o'zgarishlar mikrosirkulyatsiya va giperkoagulabilitatsiyaning buzilishi bilan bog'liq. Qon ivish tizimini o'rganish uchun quyidagi parametrlar o'lchandi: Morawitz qon ivish vaqti (MBC), faol qisman tromboplastin vaqti (APTT), protrombin vaqti (PT), protrombin indeksi (PTI), xalqaro normallashtirilgan nisbat (INR), trombin vaqti (TT), fibrinogen va D-dimer. Xulosa: COVIDdan keyingi sindromli bemorlarda koagulatsiya gemostazining barcha uch bosqichida giperkoagulabilitatsiyaga sezilarli darajada o'tish kuzatilgan. Bu qon ivish vaqti, faol qisman tromboplastin vaqti, protrombin vaqti, trombin vaqti va xalqaro normallashtirilgan nisbat (INR) ning qisqarishi, shuningdek, fibrinogen, protrombin indeksi va Ddimerning oshishi bilan namoyon bo'ldi. Kalit so'zlar: COVIDdan keyingi, APTT, PT, TT, fibrinogen, D-dimer. Резюме. Цель: Изучить состояние коагуляционного гемостаза и провести коррекцию нарушений у пациентов с постковидным синдромом. Методы: Клинические испытания проведены в 2022-2023 годах на базе отделения Многопрофильного медицинского центра Хорезмской области. Всего обследовано исследование 54 пациентов с постковидным синдромом (ПКС). У всех пациентов в анамнезе было инфицирование COVID-19 более 1 года назад. Многие изменения ПКС связаны с нарушением микроциркуляции и гиперкоагуляции. С целью изучения свертывающей системы крови были исследованы время свертывания крови по Моравицу (MВСК), активное частичное тромбопластиновое время (АЧТВ), протромбиновое время (ПТВ), протромбиновый индекс (ПТИ), международное нормализованное отношение (МНО), тромбиновое время (ТВ), фибриноген, исследовали D-димер. Выводы: Установлено, что у пациентов с постковидным синдромом наблюдается значительный сдвиг в сторону гиперкоагуляции на всех трех стадиях коагуляционного гемостаза. Это проявлялось укорочением времени свертывания крови, активного частичного тромбопластинового времени, протромбинового времени, тромбинового времени, МНО, увеличением фибриногена, протромбинового индекса и D-димера. Ключевые слова: Постковид, АЧТВ, ПВ, ТВ, фибриноген, D-димер. Annotation. The purpose of this study: Determination of the influence of anticoagulant therapy and coagulationhemostasis in patients with post-covidsyndrome. Materials and methods: Clinical trials were conducted in 2022-2023 at the base of the department of the Multidisciplinary Medical Center of Khorezm region. A total of 54 patients with post-Covid syndrome (PCS) were examined. All patients had been infected with COVID-19 more than 1 year ago. Many changes in the ACL are associated with microcirculation and hypercoagulation disorders. To
74 ActaCAMU № 4 (12) 2025 ISSN: 2181-4155 study the blood coagulation system, Moravitz blood clotting time (MBCT), activated partial thromboplastin time (APTT), prothrombin time (PTT), prothrombin index (PTI), international normalized ratio (INR), thrombin time (TT), fibrinogen are determined, D-dimer was studied. Results: It has been established that in patients with post-Covid syndrome there is a significant shift towards hypercoagulation at all three stages of coagulation hemostasis. This was manifested by a shortening of blood clotting time, active partial thromboplastin time, prothrombin time, thrombin time, INR, an increase in fibrinogen, prothrombin index and D-dimer. Key words: Post-Covid, APTT, PT, TV, fibrinogen, D-dimer COVID-19 oxirgi 4 yil ichida butun dunyoga tarqalgan pandemiyaga olib keldi. Og‘ir yuqumli kasalliklarda qon ivish tizimi aktivlashib, bakteriyalar tarqalishini cheklaydi [6]. COVID-19 da ham o‘lim ko‘rsatkichining asosiy sababi qon quyilishi va tromboemboliyalar ekanligi isbotlandi [12, 5]. Shu sababli COVID-19 kuchli trombotik infeksion kasallik bo‘lib [6, 2], uning og‘ir asoratlaridan bo‘lgan o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi (O‘ATE) va chuqur venalar trombozi og‘ir darajadagi COVID-19 da 20–30% uchraydi [11]. Hozirda COVID-19 og‘ir trombotik asoratlarini bashoratlash uchun trombofiliyaning genetik xavf omillarini o‘rganish juda dolzarb vazifaga aylandi. COVID-19 da trombofiliya genlari bo‘lgan MTHFR geni A1298C (rs 1801131), C677T (rs 1801133), MTR geni rs1805087, MTRR geni rs1801394 polimorfizmlarini tekshirish giperkoagulyatsiyaga genetik moyilligi bor odamlarni topishga imkon beradi [10, 11]. MTHFR, MTR va MTRR genlaridagi o‘zgarish natijasida gomotsistein oshib, endoteliy disfunksiyasiga olib keladi, natijada trombotsitlar agregatsiyasi oshadi [12]. Tug‘ma trombofiliyasi aniqlangan bemorlarga maxsus tromboprofilaktika va davolash postkovid sindrom og‘ir asoratlarini bashoratlashi mumkin [3, 4, 6]. Laborator tahlillar ichki kasalliklarni aniqlash, kasallik og‘irlik darajasini aniqlash va davolash uchun zarur [2]. COVID-19 da qondagi o‘zgarishlar o‘pkani zararlash darajasiga ham bog‘liq. O‘rta og‘ir va og‘ir darajali COVID-19 da plazma gemostazida kuchli qon quyilishi aniqlanadi [4, 13]. COVID-19 da D-dimer keskin oshadi [2, 8]. Xozirgi kunda COVID-19 ning postkovid sindrom deb nomlanuvchi asoratlari keng tarqalgan va tibbiyotdagi dolzarb muammoga aylanib ulgurdi [5, 13]. COVID-19 ning eng ko‘p asoratlaridan biri trombozlar va tromboemboliyalar bo‘lib, uning natijasida nogironlik va letal holatlar ko‘paymoqda [14]. Tromboembolik asoratlar davolansada, asosan yurak va bosh miya qon tomirlarida kup uchraydi [5, 9]. Postkovid holatlari yoki uzoq davom etadigan COVID-19, SARS-CoV-2 boshlang‘ich infeksiyasidan keyin ≥4 hafta davom etadigan yoki rivojlanadigan va jiddiy kasallanish va hayot sifatining pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator simptomlarni o‘z ichiga [16]. Postkovid sindrom bemorlarda turlicha klinik ko‘rinishlarda bo‘ladi. Ayrim bemorlarda respirator sindrom ustun bo‘lsa, ayrimlarida kardial, gastrointestinal, renal, endokrin, nevrologik, psixopatologik, dermatologik, revmatologik kabi klinik ko‘rinishlarda bo‘ldi. Shu bilan birga, bemorlarda bir nechta klinik ko‘rinish birga kelishi, atipik shakllar ham uchraydi [9, 12]. PKSdagi ko‘plab o‘zgarishlar qon tomirlarning zararlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu bemorlarda qon ivish tizimi zararlanadi [11]. Virxov triadasi (endotelial disfunksiya, venoz staz va giperkoagulyatsiya) COVID-19ning asosini tashkil qiladi COVID-19ning og‘ir klinik holatida endotelial shikastlanish, endotelial ekzotsitoz bilan endotelit va mikrotomir yallig‘lanishi katta rol o‘ynaydi [1]. Shuning uchun barcha bemorlarga boshlang‘ich davridayoq umumiy qon tahlili, PT, FQTV, fibrinogen va D-dimer baholanishi kerak [12]. Tadqiqot maqsadi: Postkovid sindromi bilan kasallangan bemorlarda antikogulyant terapiyani koagulyatsion gemostazga taʼsirini aniqlash. Tadqiqot materiallari va usullari. Klinik tadqiqotlar 2022-2023 yilda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziy shifoxanasida statsionar davolangan 54 nafar postkovid sindromi (PKS) bilan kasallangan bemorlarda olib borildi. Barcha bemorlar anamnezida 1 yildan ko‘proq vaqt oldin
75 ActaCAMU № 4 (12) 2025 ISSN: 2181-4155 COVID-19 bilan kasallangan. 54 ta bemorda son suyagi boshchasining avaskulyar nekrozi (SSBAN) kuzatildi. Bu asoratlarni rivojlanishini o‘rganilganda SSBAN asosan yoshlarda, o‘rtacha yosh 39,4 ± 7,5 yoshda uchrashi aniqlandi. Barcha bemorlarga qon ivish tizimini o‘rganish maqsadida Moravits bo‘yicha qon ivish vaqti (MQIV), aktiv qisman tromboplastin vaqti (FQTV), protrombin vaqti (PTV), protrombin indeksi (PTI), xalqaro normallashgan munosabat (XNM), trombin vaqti (TV), fibrinogen, D-dimer tekshirildi. Giperkoagulyatsiyani davolash maqsadida bemorlarga antikoagulyant terapiya o‘tkazilidi. Kichik malekulyar geparin 6000 B. Teri ostiga 8-10 kun davomida, davolashni davomi sifatida apiksaban tabletkasi 2,5 mg 2 maxal per os tavsiya etildi. Gemostaz tizimi ko‘rsatkichlari to‘liq tiklangach, apiksaban 1,25 mg 2 maxal per os tavsiya etildi, ayrim bemorlarda bu davo 3-4 oygacha davom ettirildi. Davolash samaradorligini baholash maqsadida qon ivish tizimini 5-kun, 10kun, 20-kun, 1 oy va 3 oydan so‘ng qayta tekshirildi. Tadqiqot natijalari. Klinik tadqiqotda 54 nafar postkovid sindromi (PKS) bilan kasallangan bemorlarning anamnezini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, aksariyat holatlarda trombotik asoratlar dastlabki 2-3 oygacha bo‘lgan davrda kuzatilgan. Tromboz asosan son va boshqa suyaklarning yemirilishi (qon tomirlar trombozi tufayli avaskulyar nekroz), osteomiyelit rivojlanib, suyaklar osteonekrozi kuzatildi. PKSdagi ko‘plab o‘zgarishlar qon tomirlarning zararlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, gemostaz tizimida giperkoagulyatsiya xolatini rivojlantirdi. MQIV qon ivish tizimining umumiy xolatiga baho berib, tomir-trombotsitar gemostazni plazma gemostazi bilan birga ishlashini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, bu usul bajarish texnikasi oson, ortiqcha sharoitlar va apparatlarni talab qilmaydi. PKSda MQIV SSBAN bo‘lgan bemorlarda MQIV 102 ± 11 s*** boshlanib, 141 ± 12 s*** tugadi. Nazorat guruhida MQIV 143 ± 14,2 s.da aniqlanib, 266 ± 16,6 s.da tugadi. FQTV qon ivishining 1-bosqichiga baho bersa, 2bosqichini PTV, PTI va XNM tavsiflaydi. Koagulyatsion kaskad 3-bosqichini fibrinogen va trombin vaqti ko‘rsatadi. Shu bilan birga D-dimer, tekshirildi. COVID-19 da qon ivish omillarining faollashuviga olib kelib, asosiy guruh bemorlarida FQTV kasallik og‘irlik darajasiga mos ravishda qisqardi va giperkoagulyatsiyaga olib keldi va quyuqlashish belgilarini ko‘rsatadi (1jadval).. 1-jadval Postkovid sindromda koagulyatsion gemostazning ko‘rsatkichlari Son suyagi boshchasining avaskulyar nekrozi (SSBAN) 16,2±1,7** 9,2±0,6* 141± 10** 0,71±0,05*** 11,3±1,1* 766± 69** 1244±82*** Izoh: * - nazorat guruhiga nisbatan farq ishonchli (*-R<0,05; **-R<0,01; *** - R<0,001) 1-jadvalda olingan maʼlumotlar shuni ko‘rsatadiki, PKS asorati bo‘lgan SSBANda ko‘rsatkichi 2 barobardan ziyod qisqardi va bu bemorlarning barchasida qon ivish tizimida quyuqlashish borligini yana bir bor isbotladi. PKSda PTV, PTI va XNM o‘zgarishlari qon quyilishidan dalolat berdi. Bunda SSBANda PTV nazorat guruhiga nisbatan 1,45 barobar, PTI va XNM 1,37 barobar quyulish tomon o‘zgargan bo‘lsa, PTV 1,43 barobar, PTI va XNM 1,34 barobar kuyuqlashish tomon siljigan.
76 ActaCAMU № 4 (12) 2025 ISSN: 2181-4155 TV natijalari ham qon quyulganini isbotladi: SSBANda TV 2.3 barobar qisqardi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, PKS rivojlanganda fibrinogen nazorat guruhidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan bir necha barobargacha oshadi, jumladan SSBAN 2,5 marotabagacha oshgan. D-dimer tromb hosil bo‘lganligini ko‘rsatuvchi tromb degradatsiya maxsuloti hisoblanib, PKSda D-dimer miqdori kuchli oshishi aniqlandi. SSBAN bilan og‘rigan bemorlarda D dimer miqdori 1244 ± 82 ng/ml***, nazorat guruxida esa 184 ± 16 ng/ml ni tashkil etdi. Keltirilgan maʼlumotlardan ko‘rinib turibdiki, D dimer miqdori SSBANda 6,8 marobaba, KSTda 6,1 marta, OCHVTda 8,3 barobargacha oshishi aniqlandi. Apiksaban bevosita antikoagulyant bo‘lib, Xa qon ivish omilining faolligini selektiv ingibitsiya qiladi. Apiksabanning antitrombotik taʼsirini amalga oshirish uchun antitrombin III kerak emas. Apiksaban erkin va bog‘langan Xa ivish omilini, shuningdek protrombinaza faolligini susaytiradi. Apiksaban trombotsitlar agregatsiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir qilmaydi, ammo trombotsitlar agregatsiyasiga trombin taʼsirini kamaytiradi. Apiksaban protrombin vaqtini, XMN va FQTVni uzaytiradi. Apiksaban oshqozon ichak traktidan tez so‘riladi, qondagi maksimal dozasi 3-4 soatda kuzatiladi, yarim chiqish vaqti 12 soatdan iborat. Antikoagulyant terapiya (AKT) fonida MQIVni tekshirish quyidagi natijalarni berdi: SSBAN bo‘lgan bemorlarda davolashdan oldin MQIV boshlanishi 102 ± 11 s, yakunlanishi 141 ± 12 s bo‘lsa, davolash fonida 5-kun MQIV boshlanishi 128±12 s, tugashi 189 ± 14 s, 10-kun MQIV boshlanishi 155 ± 13 s*, tugashi 227 ± 23 s**, 20-kun MQIV boshlanishi 174 ± 15 s***, tugashi 248 ± 26 s***, 1 oydan so‘ng MQIV boshlanishi 194 ± 19 s***, tugashi 262 ± 38 s***, 3 oydan keyin esa MQIV boshlanishi 216 ±24 s***, tugashi 284 ± 41 s*** bo‘ldi (2-jadval). 2 –jadval. Postkovid sindromda antikoagulyant fonida MQIV, FKTV, Fibrinogen, XNM, D-dimer ko‘rsatkichlarni baholash Davolash muddati Son suyagi boshchasining avaskulyar nekrozi (SSBAN) MQIV FKTV Fibrinogen XNM D-dimer boshi oxiri Davodan oldin 102±11 141±12 16,2 ± 1,4 766 ± 69 0,71 ± 0,05 1244 ± 82 5-kun 128±12 189±14 23,5 ± 1,9 615 ± 64 0,83 ± 0,09 884 ± 78** 10-kun 155±13* 227±23* * 30 ± 2,6** 424 ± 47** 0,93 ± 0,08** 615 ± 64*** 20-kun 174±15* ** 248±26* ** 38± 3,6*** 389 ± 41*** 0,98 ± 0,10*** 424 ± 47*** 1 oydan so‘ng 194±19* ** 262±38* ** 44 ± 4,1*** 302 ± 39*** 1,03 ± 0,11*** 318 ± 36*** 3 oydan so‘ng 216±24* ** 284±41* ** 52 ± 4,5*** 236 ± 34*** 1,18 ± 0,15*** 159 ± 22*** Eslatma: * - davolashdan oldingi maʼlumotlarganisbatanfarqlarsezilarli (* -r<0,05, ** -r<0,01, *** -r<0,001) 2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, PKS aniqlangan bemorlarda MQIV ko‘rsatkichlari kichik molekulyar geparin bilan davolanganda 10-kunga kelib normallashdi, biroq AKT 3 oygacha davom ettirildi va 1 oyda bemorlarda yengil terapevtik gipokoagulyatsiyaga, 3 oyda esa turg‘un gipokoagulyatsiyaga erishildi. SSBANda AKT fonida FQTVni tekshirish quyidagi o‘zgarishlarni tasdiqladi: davolashdan oldin 16,2 ± 1,4 s, davolashning 5-kunida 23,5 ±1,9 s, 10-kun 30 ± 2,6 s**, 20-kun 38± 3,6 s***, 1 oydan so‘ng 44 ± 4,1 s***, 3 oydan keyin 52 ± 4,5 s*** bo‘ldi. Kichik molekulyar geparin va Apiksaban bilan davolash qon ivish tizimi 1-bosqichida quyuqlashish belgilarini 1 oyga kelib samarali bartaraf etishini ko‘rsatdi.
77 ActaCAMU № 4 (12) 2025 ISSN: 2181-4155 AKT fonida fibrinogenni o‘rganish quyidagi natijalari berdi: SSBAN bo‘lgan bemorlarda davolashdan oldin fibrinogen 766 ± 69mg/dl, AKTning 5-kunida 615 ± 64 mg/dl, 10-kunida424 ± 47 mg/dl**, 20-kunida389 ± 41 mg/dl ***, 1 oydan so‘ng 302 ± 39 mg/dl***, 3 oydan keyin 236 ± 34 mg/dl***ni tashkil etdi. AKT fonida fibrinogen oshishi 1 oyga kelib normal ko‘rsatkichlarga yetdi. Qon ivish 2-bosqichini ko‘rsatadigan laborator ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan XNMni aniqlash natijalari quyidagilarni ko‘rsatdi: SSBAN bo‘lgan bemorlarda davolashdan oldin XNM 0,71 ± 0,05, AKTning 5-kunida 0,83 ± 0,09, 10-kunida 0,93 ± 0,08**, 20-kunida 0,98 ± 0,10***, 1 oydan so‘ng 1,03 ± 0,11***, 3 oydan keyin 1,18 ± 0,15*** ni tashkil etdi. AKT fonida D-dimer quyidagi natijalarni berdi: SSBAN bo‘lgan bemorlarda davolashdan oldin D-dimer 1244 ± 82 ng/ml, AKTning 5-kunida 884 ± 78 ng/ml**, 10-kunida 615 ± 64 ng/ml***, 20-kunida 424 ± 47 ng/ml***, 1 oydan so‘ng 318 ± 36 ng/ml***, 3 oydan keyin 159 ± 22 ng/ml***ni tashkil etdi. AKT fonida D-dimer oshishi 3-oyga kelibgina meʼyoriy ko‘rsatkichlarga qaytdi. Yuqoridagi maʼlumotlardan ko‘rinib turibdiki, Postkovid sindromda antikoagulyant terapiya sifatida ambulator davolash uchun Apiksaban preparatining qo‘llashdagi samaradorligi kuzatildi, koagulyatsion gemostaz ko‘rsatkichlarini normallashtirishda ancha samarador bo‘ldi. Biroq bu preparatni koagulogramma nazorati ostida uzoq muddatga tavsiya etildi. Xulosalar. Postkovid sindrom bilan og‘rigan bemorlarda giperkoagulyatsiya nomutanosibliklarni oldini olish, asoratlarini kamaytirish, antikoagulyant terapiya samaradorligini o‘rganish bilan yakunlashga erishiladi. Adabiyotlar 1. Болтаева, Ф. Г. "Клинико-лабораторные проявления COVID-19." (2022). 2. Авезов, А., Каттаходжаева, М., Болтоева, Ф., & Юлдашева, С. (2020). Study of the development level of risk factors in Dangerous tumors causing lonely arterial Thromboembolia. in Library, 20(4), 1751-1760. 3. Boltoyeva, F. G. (2023). Babajanova Sh. A, Kurbonva Z. Ch. Yevaluation of the effectiveness of anticoagulant therapy in coronavirus infection. MSW MANAGEMENT-Multidisciplinary, Scientific Work and Management Journal, 33(2), 133-141. 4. Рахманова, У. У., Сулейманова, Д. Н., Шамсутдинова, М. И., & Болтаева, Ф. Г. (2020). Роль и значение лактоферрина, ферритина, клеточного иммунитета при талассемии. 5. Ganjaboyevna, Boltoyeva Feruza. "Postkovid sindromda giperkoagulyatsiya xolatini diagnostikasi va davolash." Science and innovation 3.Special Issue 60 (2024): 23-28. 6. Болтоева, Феруза Ганжабоевна, and Зебо Сабуржановна Матризаева. "Сурункали лимфолейкоз касаллигининг асоратлари." Science and innovation 3.Special Issue 60 (2024): 157-163. 7. Ganjaboevna, Boltoeva Feruza. "Аssessment of the Effectiveness of Methods for Correcting Disorders in the Hemostasis System in Patients with Covid-19." Interdisciplinary Journal of Chemical Biology and Medicine 1.1 (2024): 6-9. 8. Болтоева, Феруза Ганжабаевна, et al. "Коронавирус инфекцияси билан касалланган беморларда гепарин ва эноксипаринни антикоагулянт самарадорлиги ва асоратларини баҳолаш." Журнал гуманитарных и естественных наук 5 (2023): 87-90. 9. Kurbonova, Z. C., Babadjanova, S. A., & Baltayeva, F. G. (2023). COVID–19 da antiagregant terapiya samaradorligini baholash (Doctoral dissertation, Klinik laborator diagnostikada innovatsion texnologiyalardan foydalanish, muammolar va yechimlar). 10. Kurbonova, Z. Ch, GO Xo‘shboqova, and F. G. Baltayeva. Covid-19 bilan kasallangan bemorlarda gematologik ko ‘rsatkichlar tahlili. Diss. Klinik laborator diagnostikada innovatsion texnologiyalardan foydalanish, muammolar va yechimlar, 2023. 11. Kurbonova, Z. Ch, Sh A. Babadjanova, and F. G. Baltayeva. Koronavirus infeksiyasida trombotsitar gemostaz buzilishining laborator diagnostikasi. Diss. Klinik laborator diagnostikada innovatsion texnologiyalardan foydalanish, muammolar va yechimlar, 2023..
78 ActaCAMU № 4 (12) 2025 ISSN: 2181-4155 12. Болтоева, Феруза Ганжабоевна, and Интизор Юлдашевна Машарипова. "Сурункали лимфолейкоз касаллиги билан оғриган беморларда ковид-19 нинг асоратлари." Султанов ГН–ректор, д. м. н. Зам. главного редактора: 131.