O'ZBEK OILALARIDA BARQAROR IJTIMOIY MUHITNI TARIXAN SHAKLLANISH QADRIYATLARI
Abstract
Turmush qoidalari, mardlik, halollik, kamtarlik, ishonch, sevgiga-sadoqat, do‘stlik, adolatlilik, mehnatsevarlik, hamfikrlilik, orastalik, go‘zallik, oqillik, e’tiqod, hurmat-ehtirom.
Full text
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 121 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us O’ZBEK OILALARIDA BARQAROR IJTIMOIY MUHITNI TARIXAN SHAKLLANISH QADRIYATLARI Termiz Davlat Pedagogika Instituti Psixologiya ta’lim yo’nalishi talabalari Musurmonqulova Zaynura To’raxon qizi Toshboyeva Muxlisa Murtazoqul qizi Anatasiya: Turmush qoidalari, mardlik, halollik, kamtarlik, ishonch, sevgigasadoqat, do‘stlik, adolatlilik, mehnatsevarlik, hamfikrlilik, orastalik, go‘zallik, oqillik, e’tiqod, hurmat-ehtirom. Анатасия: правила жизни, храбрость, честность, смирение, доверие, любовьверность, дружба, справедливость, трудолюбие, солидарность, посредственность, красота, мудрость, вера, уважение. Anatomy: rules of marriage, Valor, honesty, humility, trust, love-loyalty, friendship, fairness, hard work, co-existence, orastness, beauty, prudence, belief, respect. Oilaviy turmush va undagi shaxslararo munosabatlar madaniyatiga xos masalalar buyuk muhaddis allomalar Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, AtTermiziy ijodlarida hamda tasavvuf falsafasining yirik namoyandalari bo‘lmish Ahmad Yassaviy, Baxovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro tariqatlarida ham keng yoritilgandir. Sharq mutafakkirlarining ilmiy-madaniy merosini o‘rganar ekanmiz, ularda bayon qilingan oilaviy turmush qoidalari, undagi shaxslararo munosabatlar madaniyati, farzand kamoloti, erkak bilan ayol munosabati, insoniy fazilatlarning shakllanishi haqidagi qimmatli fikrlar sharq xalqlari, xususan, o‘zbek xalqining og‘zaki ijodi, eposining (o‘zbek xalq maqollari, ertaklari, dostonlari, afsonalari, rivoyatlari) uzviyligi asosida tarkib topgan ilmiy-madaniy meros ekanligini ko‘ramiz. Chunonchi, o‘zbek xalqining og‘zaki ijodi va eposlarida mardlik, halollik, kamtarlik, ishonch, sevgiga-sadoqat, do‘stlik, adolatlilik, mehnatsevarlik, hamfikrlilik, orastalik, go‘zallik, oqillik, e’tiqod, hurmat-ehtirom, oila sha’ni va g‘ururini himoya qilish, tug‘ilgan joyiga muhabbat, ezgulikka intilish, halol va pok yashash ulug‘langan. Bu voqelikni biz Alpomish, Kuntug‘mish, Go‘ro‘g‘li, Oysuluv, Layli va Majnun, Yusuf va Zulayho kabi qator o‘zbek xalq dostonlarining qahramonlari misolida ko‘rishimiz mumkin.
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 122 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us “Qadimiy eposlarda ayollar bilan erkaklar teng ijtimoiy mavqega ega shaxslar sifatida gavdalanadi, ayollar erlaridan qolishmaydigan jasoratli qilib tasvirlangan” . Sevib turmush qurish, sevgida vafodorlik, oilaviy totuvlik kabi insoniy xislatlar o‘rta Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbek urug‘lari va elatlarining xarakterli xususiyati sifatida saqlanib qolgan. - Ma’lumki, muqaddas dinimiz islomda, uning asosiy manbalari hisoblangan “Qur’oni Karim” va Hadislarda ham oilaviy turmushning va er-xotin munosabatlarining barcha tomonlari haqida qimmatli ma’lumotlar va shar’iy qonunlar yoritilgan. Islomda bo‘lajak oilaning vujudga kelishiga alohida e’tibor berilgan. Shariat bo‘yicha nikohdan o‘tishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim bo‘lgan. - Nikohlanuvchilar yaqin qarindosh bo‘lmasligi. - Tabaqa bo‘yicha tenglik. - Nikohdan o‘tuvchilarning ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi. Bu shartlarga rioya qilinib tuzilgan nikohgina qonuniy hisoblanib, taraflarni tegishli huquq va majburiyatlar bilan ta’minlagan. Qur’oni Karimning oyatida oiladagi er bilan xotinning o‘rni belgilab berilgan. Shariat hukmicha, er avvalo oilaning barcha moliyaviy va ma’naviy taraflariga javobgar, uni chetdan bo‘ladigan har qanday xurujlardan himoya qiladigan shaxsdir. Mana shularning evaziga va erkak kishi uchun fazilat hisoblanmish og‘ir-bosiqlik, oila ro‘zg‘or tebratishdagi tadbirkorlik kabi sifatlar mavjudligi sababli u oilaning boshlig‘i sanaladi. Yaxshi xotin esa diyonatli, erning uyini obod qiladigan va unga bir umr sadoqatli bo‘lgan ayoldir. Qur’oni Karimdan er-xotin yoxud oilaviy munosabatlarga xos ibratli misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Hatto ajdodlarimizning muqaddas dini hisoblangan zardushtiylikda ham nikoh va oilaviy burch masalasi muhim axloqiy o‘rinda turgan. Zardushtiylikda ko‘p xotinlilik qat’iy man etilgan. Ayni paytda hayotni bo‘ydoq o‘tkazish ham qoralangan. Balog‘atga yetgan qiz ota-ona va jamoaning ra’yini pisand qilmay, qasddan turmushga chiqmay yursa, u qopga solinib, 25 darra kaltaklanish bilan jazolangan. Agar erkak kishi shu yo‘lni tutsa, unga tamg‘a bosilib badnom qilish maqsadida beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur etilgan. “Avesto”da qayd qilinishicha, erkak avvalo uylanish uchun moddiy va ma’naviy tomondan to‘q va baquvvat bo‘lmog‘i lozim edi. Bundan tashqari, mazkur muqaddas kitobda oila qurish, jufti halol tanlashda shoshma shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik, ota-ona, keksalar maslahatiga quloq solish xususida ham diqqatga sazovor mulohazalar
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 123 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us mavjud. Shuningdek, unda nikoh va taloqning (ajrashishning) o‘ziga xos mezonlari birma-bir keltirib o‘tilgan. Zardushtiylikning axloq me’yorlari majmuida ayollar masalasiga ham alohida o‘rin berilgan. Zardushtiylikda oila muqaddas sanalgani uchun boshqa sabablarga ko‘ra, jumladan, ig‘vo, tuhmat, er-xotinning o‘zaro kelishmovchiligiga, ota ona bilan chiqisha olmaslik bahonasi bilan nikohni bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmagan. Umuman Zardushtiylikda ham, Islomda ham nikohda ikki tomon teng va munosib bo‘lishi aytib o‘tilgan. Nikoh tartiblari va hayotiy tajribalariga ko‘ra, kelin va kuyov nasl nasabda, ijtimoiy mavqeda, bilim-saviyada, did-farosatda, ilm-e’tiqodda, mulkdorlikda bir-birlariga yaqin bo‘lishi ma’qul topilgan. Shu bois, Sharq xalqlarida yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash, ularning tengini topib uylantirishga jiddiy e’tibor berilgan. Ayniqsa, qizlarni oilaviy turmushga tayyorlashda, ularda birinchi navbatda insoniy fazilatlar shakllangan bo‘lishi, oilaning muqaddas ekanligi, uni avaylab-asrash aynan uy bekalariga bog‘liqligi haqida ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan nasihatnoma, pandnoma va hikmatnomalarda tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan qimmatli nasihatlar hikoya qilinadi. Jumladan, turk olimi Yusuf Tovasliy to‘plagan “Hikmatlar xazinasi”dagi kelin bo‘luvchi qizga beriladigan ona nasihati kishining e’tiborini o‘ziga tortadi. Unda ona turmushga chiqayotgan qiziga quyidagilarni nasihat qiladi: “Bolajonim, sevikli qizim, meni yaxshilab tingla. Nasihat har kimga lozimdir, o‘git hammaga zarurdir. Nasihat bilmaganga o‘rgatadi, bilganni esiga soladi. Olloh bergan qonunga ko‘ra, hayotga qadam qo‘yadigan har bir qiz erga, har bir erkak ayolga muhtoj bo‘ladi. Erkaklar ayol uchun, ayollar erkak uchun yaratilgandir. Hayot mavjud ekan, bu qonunni hech kim buza olmaydi”. Shu sababli sen tug‘ilib o‘sgan va voyaga yetgan uyingdan, yayrab-yashnab, o‘ynab-kulib yurgan yeringdan chiqib, o‘zing bilmaydigan, notanish uyga borasan. Kelajakda bu uy senikidir. Sen eringga shunday xizmat qilki, ul ham senga qul bo‘lsin. Sen unga yer bo‘lki, u senga osmon bo‘lsin! Aytganlarimga amal qilsang ering bilan go‘zal hayot kechirasizlar, mas’ud, baxtiyor va saodatli turmush ko‘rasizlar. Bizlar ham (har ikki oila bizning ham, eringning ham oilasi) huzur-halovatda va baxtiyor bo‘lamiz. Aks holda ikki oilada ham huzur-halovat bo‘lmaydi. Sen o‘zing bir jahannamda yashagandek bo‘lasan.
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 124 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Qizim! Endi senga aytadigan o‘n o‘gitimga quloq sol! Bularni doimo yodingda tut; 1.Qanoat sohibasi bo‘l. O‘z xolingga shukur qil. Ya’ni, ering uyga nimaiki olib kelsa, u xoh yeydigan, xoh kiyadigan narsa bo‘lsin, xushfe’llik bilan, go‘zal odob bilan qabul qilib ol! Eringga tashakkur aytib, xushnudlik ko‘rsat. Zero, baxtli hayot kechirmoqning bir yo‘li o‘z holiga shukur etmoqlikdir, holiga shukur etmagan o‘z nafsini tiymagan kishida ko‘ngil huzuri, qalb rohati bo‘lmaydi. 2.Eringga itoat qil, qil degan ishlarini qil, qilma deganini qilma! Ya’ni, ering bilan suhbatlashganda, muloqotda bo‘lganingda itoatli bo‘lishingni, uning so‘zlarini odob bilan tinglab ado etishingni sening so‘zlashib, quloq solishingdan tushunib oladigan bo‘lsin. Shunda Alloh Taolo sendan xushnud va uyingiz saodat nuridan porloq bo‘ladi. 3.Eringning ko‘zi tushadigan joylarga yaxshi e’tibor ber!. Ya’ni, uyning ichini, tashqarisini nihoyatda toza tut, shunday qilki, eringning ko‘ziga bir chirkin yer ko‘rinmasin. 4.Ust-boshingni toza tut. Ering faqat xushbo‘yni sezsin, dimog‘iga yomon hid kelmasin. Chunki yomon hidlar ering ko‘z o‘ngida sening obro‘yingni tushiradi. Sendan irkanishga sabab bo‘ladi. Shuni yaxshi bilgilki, tozalik va zariflik eng yaxshi narsalardir, inson ko‘ziga xush ko‘rinishlik shular bilandir. 5.Ovqatni vaqtida tayyorla. Ya’ni ovqatlanish vaqtini hech qachon kechiktirma. Ering qachon ovqatlanishga o‘rgangan bo‘lsa, o‘sha paytda ovqatini tayyorlagin. U kelishi bilan darhol dasturxon sol. Shuni yaxshi bilginki, ochlik insonning tez jahlini keltiradi. 6.Uyqu vaqtini, uyg‘onish paytini yaxshi bilib ol! Ya’ni, uning qachon uyquga yotish payti bo‘lsa, o‘rnini tayyorlab qo‘y. Zero, uyqusizlik insonni xafaqon etadi. Asablarning buzilishi, xafaqonlik odamlarning ehtirosi, muhabbatini sekin-sekin so‘ndiradi. 7.Eringni moli va ashyosiga juda e’tiborli bo‘l! Ya’ni, eringning mol dunyosini yaxshi saqla, ashyolarini avayla, muhofaza qilgil. Chunki uning mol-dunyosi senikidir. Eringni mol dunyosini isrof etmaslik ish bilish va qadriga yetish demakdir. 8.Eringni qarindosh va yaqinlariga hurmat ko‘rsat! Ya’ni, eringni qarindoshlari va yaqinlariga hurmat - uning e’tiborini qozonmoq demakdir. Ularni hurmat qilish - eringni hurmat qilish demakdir. Bu esa qadr va e’tibor qozonishdir.
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 125 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhari. 1. Mardonov Erkin Xasanovich O’QUVCHILARDA TAFAKKUR MUAMMOSI O’RGANILISHINING NAZARIY TAHLILI. O‘zbekiston milliy universiteti xabarlari, 2023, [1/12/1]issn 2181-7324. 2. Mardonov Erkin Xasanovich O‘quvchilarda tafakkur xususiyatlarini rivojlanish jarayoni “Zamonaviy talimda pedagogika va psixologiya fanlari” elektron jurnali Jizzax davlat pedagogika instituti.№2.2023. 3. Mardonov, E. (2023). O ‘QUVCHILARDA TAFAKKUR XUSUSIYATLARINI RIVOJLANISH JARAYONI. Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii, 3(2). 4. Xasanovich, M. E. (2023). O’QUVCHILARDA FIKRLASH JARAYONI. Journal of Universal Science Research, 1(6), 847-851. 5. Khasanovich, M. E. (2022). Basic analysis of thinking. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(6), 41-45. 6. Erkin, M. (2023). OʻSMIR SHAXSINI O ‘RGANISHDA PSIXOLOGIK XIZMATNI O ‘ZIGA XOSLIGI. IJTIMOIY PSIXOLOGIYA VA UNING DOLZARB MUAMMOLARI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 293-296.