scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DAVLAT HISOBIDAN YURIDIK YORDAM KIMLARGA BERILADI VA OLISH TARTIBI QANDAY?

Usmonova Nargiza Akbaraliyevna

Abstract

Davlat tomonidan aholiga yuridik yordam ko‘rsatish instituti inson huquqlarining muhim kafolatlaridan biridir. Fuqarolarning sud organlariga erkin murojaat qilish, odil sudlovga teng imkoniyatlarda erishishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning huquqlarini ta’minlash demokratik jamiyatning poydevori hisoblanadi.

Full text

2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 208 DAVLAT HISOBIDAN YURIDIK YORDAM KIMLARGA BERILADI VA OLISH TARTIBI QANDAY? Usmonova Nargiza Akbaraliyevna Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17960134 Davlat tomonidan aholiga yuridik yordam ko‘rsatish instituti inson huquqlarining muhim kafolatlaridan biridir. Fuqarolarning sud organlariga erkin murojaat qilish, odil sudlovga teng imkoniyatlarda erishishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning huquqlarini ta’minlash demokratik jamiyatning poydevori hisoblanadi. Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, davlat xizmatlari orqali bepul yuridik yordam ko‘lamini kengaytirish, advokatura institutini mustahkamlash va xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa bu jarayonning huquqiy jihatdan takomillashtirilishi mazkur sohani rivojlantirishda muhim bosqichga olib chiqmoda. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi fuqarolarning davlat hisobidan yuridik yordam olish tartibini ancha yengillashtirdi. Mazkur Qonunning 9-moddasida davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega jismoniy shaxslar keltirilgan. Bular kam taʼminlangan shaxslar, agar ular fuqarolik ishlari boʻyicha daʼvogarlar yoki javobgarlar, maʼmuriy ishlar boʻyicha arizachilar, maʼmuriy qamoq tarzidagi maʼmuriy jazo nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar, jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar boʻlsa; 2) ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda; 3) oʻz huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar; 4) Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi boʻyicha advokat ishtirok etishi shart boʻlgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi. Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishi uchun tasodifiy elektron tarzda tanlab olish yoʻli bilan jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishga advokatlarni jalb etish, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan va davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan maxsus elektron axborot tizimi- “Yuridik yordam” axborot tizimidan foydalaniladi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish sohasidagi maxsus vakolatli davlat. Maxsus vakolatli davlat organi: 2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 209 davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiriladi. davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tizimini boshqaradi; davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish sohasidagi davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestrini yuritadi; Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilish istagini bildirgan advokatlar bilan davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar tuzilishini taʼminlaydi va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi; davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoringni tashkil etadi; davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplash choralarini koʻradi; davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tizimini moliyalashtirish masalasi boʻyicha navbatdagi davr uchun budjet soʻrovlarini shakllantiradi; davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish sohasidagi qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qiladi hamda ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish sohasida davlat organlari va advokatlar oʻrtasidagi hamkorlik tizimini muvofiqlashtiradi. Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatni ishga jalb etish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida adliya boʻlimiga ogʻzaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud, vakolatli organ yoki muassasa yoxud mansabdor shaxs davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish haqida soʻrov (qaror yoki ajrim)ni “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali adliya boʻlimiga yuboradi. Tuman (shahar) adliya boʻlimlari uch ish kuni ichida Ariza yoki soʻrovni koʻrib chiqib, natijasi boʻyicha “Yuridik yordam” axborot tizimida davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish yoki koʻrsatishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va roʻyxatga oladi. “Yuridik yordam” axborot tizimi 1. Adliya boʻlimining davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning himoyachi (advokat) tayinlash toʻgʻrisidagi qarori yoki sudning ajrimi ish koʻrib chiqilayotgan hudud boʻyicha advokatni tasodifiy elektron tarzda tanlaydi. 2. Tanlangan advokatning telefon raqamiga hamda “Yuridik yordam” axborot tizimidagi shaxsiy elektron kabinetiga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish uchun ishni qabul qilish yoki rad etish haqida “SMS” shaklida xabarnoma yuboradi. 3. Tanlangan advokat jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha bir soat, boshqa turdagi ishlar boʻyicha besh ish soati mobaynida ishni qabul qilishni rad etgan yoki xabarnomaga javob bermagan taqdirda, ish koʻrib chiqilayotgan hudud yoki ish koʻrib 2025 DECEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 210 chiqilayotgan hududga yaqin hududlar doirasida boshqa advokatni tanlaydi. Bunda Advokatlar: 1.Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadi. 2.Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritadi. 3.Tasdiqlovchi hujjatlarning protsessual harakatlarni amalga oshirishda advokatning ishtirok etishi haqidagi qismini ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud yoki boshqa vakolatli organ (mansabdor shaxs) bilan “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali kelishadi. 4.Tasdiqlovchi hujjatlarni “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilgan hududdagi adliya boʻlimiga yuboradi. Tuman (shahar) adliya boʻlimi tasdiqlovchi hujjatlarni tekshiradi hamda davlat hisobidan koʻrsatilgan yuridik yordam boʻyicha advokatga haq toʻlash uchun tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimiga yuboradi.