KICHIK MAKTAB YOSHIDA BOLALARDA KO'RGAZMALI-OBRAZLI TAFAKKUR O'SISH DINAMIKASI
Abstract
Tafakkur faolligiga qarab ixtiyorsiz (intuitiv) va ixtiyoriy (analitik) tafakkur turlariga ajratiladi. Intuisiya deb mantiqiy tafakkur yordamida ko‘p vaqtlar davomida hal qilinmagan aqliy vazifalarning to‘satdan, kutilmaganda hal qilinib qolishi jarayoniga aytiladi.
Full text
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 136 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us KICHIK MAKTAB YOSHIDA BOLALARDA KO’RGAZMALI-OBRAZLI TAFAKKUR O’SISH DINAMIKASI Termiz davlat pedagogika institute Psixologiya ta’lim yo’nalishi talabalari Xo’jamqulova Sohiba Bahodir qizi. Gulmirzayeva Nilufar Umarali qizi. AnnatasiyaTafakkur faolligiga qarab ixtiyorsiz (intuitiv) va ixtiyoriy (analitik) tafakkur turlariga ajratiladi. Intuisiya deb mantiqiy tafakkur yordamida ko‘p vaqtlar davomida hal qilinmagan aqliy vazifalarning to‘satdan, kutilmaganda hal qilinib qolishi jarayoniga aytiladi. Key words: Ko‘rgazmali-harakat tafakkur turi, reproduktiv, produktiv (ijodiy), adekvat aks ettirish, fikr yuritish, tanqidiy. Kirish:Kichik maktab davrida o‘quvchining o‘z xatti-harakatlarini o‘qituvchi qo‘ygan maqsad va vazifalarga moslashtirishi sinfdan-sinfga ko‘tarilgan sari kuchayib boradi. Bu o‘quvchining maktab qoidalariga amal qilishida, sinfdagi vazifalarini bajarishida ko‘rinadi. Psixologiya fanida tafakkur turlari topshiriq xususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikrning originallik darajasiga qarab, quyidagicha shartli klassifikasiya qilinadi. Professor E.G’.G’ozievning "Umumiy psixologiya" darsligida tafakkur turlari quyidagicha klassifikasiya qilinadi: V.Karimovaning "Psixologiya" o‘quv qo‘llanmasida tafakkur turlari quyidagicha klassifikasiya qilinadi. Shuningdek, ayrim adabiyotlarda tafakkur klassifikasiyasi quyidagi tarzda ham ifodalanadi Asosiy qism:A.V.Petrovskiy muharrirligida chop etilgan, "Umumiy psixologiya" darsligida tafakkurni quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi: ko‘rgazmaliharakat, ko‘rgazmali-obrazli, mavhum nazariy tafakur turlari va boshqalar. Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur sodda shaklda ko‘pincha boqcha yoshidagi bolalarda, ya'ni 4-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda paydo bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarda tafakkurning amaliy harakatlar bilan alohasi avvalgidek to‘g’ri va bevosita bo‘lmaydi.
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 137 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Bog’cha yoshidagi bolalar faqat ko‘rgazmali obrazlar bilan fikr yuritadilar va uncha tushunchaga ega bo‘lmaydilar. Bog’cha yoshidagi bolalarda tushunchalarning yo‘qligi shveysariyalik psixolog J.Piajening quyidagi tajribasida juda yaqqol namoyon bo‘ladi. 7 yoshga yaqin bolalarga xamirdan qilingan mutlaqo bir xil, hajmi jihatidan teng 2 ta soqqa ko‘rsatiladi. Bolalar uni teng deb hisoblaydi. Bolalarning ko‘z oldida bitta soqqa ezib non shakliga keltiriladi. Endi bolalar non shaklidagi soqqada xamir ko‘p deb hisoblaydilar. Bolalarning ko‘rgazmali-obrazli tafakkurlari hali ularning idroklariga bevosita to‘la bo‘ysunadigan bo‘ladi. Ularning ko‘rgazmali-obrazli shaklda o‘tadigan tafakkurlari bolalarni soqqaga qaraganda non shaklidagi xamir ko‘proq degan xulosaga olib keladi. Shuning uchun ular narsa va hodisalarning, jism va predmetlarning ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi alomatiga, xususiyatiga, tashqi belgisiga e'tibor qiladilar. Lekin ularning ichki bog’lanishlari o‘zaro munosabatlarini bildirib keladigan muhim asosiy sifatlariga ahamiyat bermaydilar. Obyektlarni fazoda joylashgan o‘rni tashqi, nomuhim belgisi ularning ko‘rgazmali-obrazli tafakkurini vujudga keltiradi. Masalan, ularning nazarida odamlarni bo‘yining baland va pastligi ularning yoshini belgilaydi. Tafakkur faolligiga qarab ixtiyorsiz (intuitiv) va ixtiyoriy (analitik) tafakkur turlariga ajratiladi. Intuisiya deb mantiqiy tafakkur yordamida ko‘p vaqtlar davomida hal qilinmagan aqliy vazifalarning to‘satdan, kutilmaganda hal qilinib qolishi jarayoniga aytiladi. Ko‘pincha ixtiyoriy tafakkur jarayoni mulohaza, muhokama, isbotlash, gipoteza kabi shakllarda namoyon bo‘ladi. Masalan, matematika, fizika, kimyo, psixologiya va boshqa fanlardagi misol va muammolarni yechish jarayoni. Bundan tashqari ixtiyoriy tafakkurga mantiqiy yoki nazorat (kontrol) tafakkuri ham kiradi. Moddiy borliqni adekvat aks ettirish, fikr yuritish, tanqidiy va sinchkov bo‘lishni taqazo etadi. Binobarin, narsa va hodisalarni atroflicha bilish uchun ob'ektiv baho berish zarurati tug’iladi, bu esa o‘z navbatida fikr yuritish ko‘lami keng, analitik-sintetik faoliyat doirasi mustahkam bo‘lishini talab qiladi. Tafakkur jarayoni ixtiyorsiz yuz berishi ham mumkin. Lekin bu holda ular ixtiyoriy tafakkurga suyangan tarzda vujudga keladi. Jumladan, odamning amaliy, maishiy va hokazo faoliyatlarida ixtiyorsiz ravishda qator savollar paydo bo‘lishi va ularga beixtiyoriy javoblar axtarish hollari uchrab turadi. Bunday paytlarda inson fikr yurityaptimi yoki yo‘qmi buni bilish qiyin, vaholanki, u o‘zicha go‘yo savollarga javob topadiganday, shirin his-tuyg’ularni boshdan kechirayotganday bo‘ladi, shuning uchun
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 138 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us ko‘pincha "tilimning uchida turibdi" deyiladi. Fikr yuritilishi lozim bo‘lgan narsahodisalarni idrok yoki tasavvur qilish mumkin bo‘lsa, bunday tafakkur konkret tafakkur deb ataladi. U o‘z navbatida yaqqol-predmetli va yaqqol-obrazli tafakkur turlariga ajratiladi. Agar fikr yuritish ob'ekti bevosita idrok qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-predmetli tafakkur deyiladi. Fikr yuritilayotgan narsa va hodisalar faqat tasavvur qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-obrazli tafakkur deb ataladi. Abstrakt tafakkur narsalarning mohiyatini aks ettiruvchi va so‘zlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir. Algebra, trigonometriya, fizika, chizma geometriya, oily matematika masalalarini yechish mahalida fikr yuritish, mulohaza bildirish, abstrakt tafakkurga xos misollardir. Abstrakt tafakkur konkret tafakkurdan g’oyat keng ma'no anglanishi bilan qator narsa va hodisalar to‘g’risida, abstrakt tafakkur yordamida mulohaza borliq to‘g’risida cheksizlik, sifat, miqdor, tenglik to‘g’risida, go‘zallik yuzasidan mavhum abstrakt mulohaza yuritish mumkinligi bilan farq qiladi. Hodisalarni izohlashga, faraz qilishga qaratilgan tafakkur nazariy tafakkur deb ataladi. Tushunchalar o‘rtasidagi bog’lanishlarni yoritib borish va shu bog’lanishlarni nazariy jihatdan fikr yuritish yo‘li bilan izohlash kabi jarayonlarni nazariy tafakkur yordamida amalga oshirish mumkin. Izohlash paytida izohlanayotgan narsa va hodisalar, xossa va xususiyatlar, jism va predmetlar, umuman butun voqelik ma'lum turkumdagi tushunchalar qatoriga kiritiladi va ularning farq qiladigan belgi va alomatlari fikran ajratib ko‘rsatiladi. Abstrakt tafakkur muammosi qator sobiq sovet psixologlari tomonidan izchillik bilan tadqiq etilgan. Nazariy tafakkur tufayli voqelikdagi umumiy va muhim bog’lanishlarni, xossalarni, qonuniyatlarni anglab olamiz. Shuning uchun quyosh va oy tutilishini, yulduzlar tizimini harakatini, ob-havo ma'lumotlarini, yer qimirlash o‘choqlarini, voqea sodir bo‘lishini ancha ilgari aytib berishimiz mumkin. Shu sababdan nazariy tafakkurni oldindan ko‘rish imkoniyatini yaratadigan umumlashgan tafakkur deb ataydilar. Shunday qilib, abstrakt tafakkur orqali narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish mumkin bo‘lmagan xususiyatlari, o‘zaro munosabatlari aniqlanadi, u yoki bu sohaga oid qonuniyatlar ochiladi, sabab-oqibat bog’lanishlari aks ettiriladi. Voqelikni o‘zlashtirish vositasi bilan real narsa va hodisalarni yaratilishiga
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 139 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us yo‘naltirilgan fikr yuritiladi. U qo‘yilgan amaliy va nazariy vazifalarni yangi usullar bilan hal qilish, ongimizda yangi tasavvur, tushuncha va hukmlar hosil qilish, muayyan yangi narsalar yaratish bilan bog’liq murakkab tafakkur jarayonidir. Amaliy tafakkur jarayonining davomi ish-harakatlarini, aqliy xarakatlarni tasavvur qilishda, fikrlashda namoyon bo‘ladi. Masalan, talabalar faoliyatidagi konspekt yozish, referat tayyorlash, kurs va diplom ishi ustida ishlash kabilar amaliy tafakkurga yaqqol misoldir. Ijodiy tafakkur - murakkab bilish faoliyatidan biri bo‘lib, tadrijiy ravishda izchil o‘zaro bog’langan jarayonlardan tashkil topadi, dastavval savollar tug’iladi, vazifa aniqlanadi, masalani echish va savollarga javob qidirish jarayoni vujudga keladi. Ijodiy tafakkurning navbatdagi tarkibiy qismlari quyidagicha aks ettiriladi: qo‘yiladigan savollarga javob berish, masalani yechishga yordam beradigan yo‘llar, usullar, vositalar, qoidalar va ko‘nikmalarni qidirish, ularni tanlash hamda mazkur faoliyatda ularni tadbiq qilish va boshqalar. Ijodiy fikrlashni ta'minlovchi omillar: Fikr yuritish faoliyatida eng avval hal qilinishi zarur bo‘lgan masala inson tomonidan aniqlab olinishi kerak. Muammo yoki masalani hal qilish zarur bo‘lgan barcha bilimlarni tadbiq qilish uchun intilish. Muammo va masalani hal qilish, yechish, olingan natijalarni to‘g’riligiga qanoat hosil qilish uchun echuvchi, uni tekshirish bilan tafakkur harakatlarini yakunlaydi. Psixolog V.A.Kruteskiy ijodiy tafakkurni taraqqiy ettirish maqsadida masalalar tipologiyasini ishlab chiqib, turli yoshdagi o‘quvchilar o‘quv faoliyatida sinab ko‘rgan. Fikrlash, mantiqiy mulohaza yuritishga doir masalalar. Ijodiy tafakkur turi o‘zining samaradorligi va dolzarbligi, universalligi bilan boshqa fikr yuritish jarayonlaridan farq qiladi, yangi-yangi muammolarni o‘ylab chiqish jarayoni bo‘lib, insonning bilish faoliyatida yetakchi rol o‘ynaydi. Hozirgi kunga kelib, ta'lim-tarbiya jarayonida e'tibor qaratilayotgan eng muhim masalalardan biri - bu o'quvchi-yoshlarda sog'lom fikrlashni, tafakkur mustaqilligini, aqlning tanqidiyligini darsda va darsdan tashqari vaqtlarda keng jamoatchilik fikriga suyangan holda rivojlantirishdan iboratdir. Bizga ma'lumki, o'quvchi tafakkurining rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar quyidagilar hisoblanadi (1.3.1-rasm):
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 140 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us ADABIYOTLAR 1. Xaydarova F.I., N.I.Xalilova. “Umumiy psixologiya”. T.: 2009 yil 191 bet. 2. Davletshin M.G.va boshqalar. Ta'limning psixologik asoslari. O'quv qo'llanma – T.: O'QITUVCHI. 1995y. B.20. 3. G'oziyev E.G’.«Tafakkur psixologiyasi», T.: O'qituvchi. 1990y. 59b. 4. Nishonova Z.T.«Ta'lim jarayonida mustaqil tafakkur rivojlanishi». Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. T.: 2005. B.9-10. 5. Musayev J. O‘quvchilarning mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish. Monografiya. 2010y. 10-16b. 6. Usmonova E.Z. O'quvchilarda mustaqil tafakurni qanday qilib rivojlantirish mumkin. – T.: O'zbekiston. 1990y. B.4. 7. David G. Myers “Psychology ninth edition in modules”. NY, WORTH PUBLISHER-2010 . 185pages. 8. Mardonov Erkin Xasanovich O’QUVCHILARDA TAFAKKUR MUAMMOSI O’RGANILISHINING NAZARIY TAHLILI. O‘zbekiston milliy universiteti xabarlari, 2023, [1/12/1]issn 2181-7324.