scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TAFAKKUR MUAMMOSI BORASIDA O'ZBEKISTONDA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR TAHLILI.

Mardonov Erkin Xasanovich.; Isayeva Jasmina Bahodirovna.; Jumayeva Dildora Abdumoʻmin qiz.

Abstract

Respublikamiz hukumati tomonidan bolalarni ma’naviy jihatdan barkamol, ruhan va jismonan sog‘lom, vatanparvar, fidoyi inson sifatida tarbiyalash, yangi avlodni voyaga еtkazish vazifalarini amalga oshirish muhim ahamiyatga ekanligini ta’kidlangan bo‘lib, bu vazifani amalga oshirishda o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini o‘rganish lozimligini ko‘rsatadi. Zamonaviy rivojlanish yo‘lida ketayotgan jamiyat uchun tafakkurning shakllanishidagi psixologik hamda ijtimoiy-psixologik xususiyatlari va mexanizmlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish hozirgi kunining dolzarb masalasi hisoblanadi.

Full text

PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 144 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us TAFAKKUR MUAMMOSI BORASIDA O‘ZBEKISTONDA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR TAHLILI. Termiz Davlat Pedagogika Instituti Mardonov Erkin Xasanovich. Psixologiya ta’lim yo’nalishi talabalari. Isayeva Jasmina Bahodirovna. Jumayeva Dildora Abdumoʻmin qiz. Annatasiya: M.Davletshin, E.G‘oziev, V.Karimova, G‘.Shoumarov, Z.Nishanova, N.Safaev, Sh.Barotov, M.Bekmurodov, Q.Nazarov, A.Jabborov, R.Sunnatova, B.Qodirov, E.Usmanova, K.Farfieva, Z.Abduraxmanova, Sh.Usmanov, D.Axnazarova. Kirish.Respublikamiz hukumati tomonidan bolalarni ma’naviy jihatdan barkamol, ruhan va jismonan sog‘lom, vatanparvar, fidoyi inson sifatida tarbiyalash, yangi avlodni voyaga еtkazish vazifalarini amalga oshirish muhim ahamiyatga ekanligini ta’kidlangan bo‘lib, bu vazifani amalga oshirishda o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini o‘rganish lozimligini ko‘rsatadi. Zamonaviy rivojlanish yo‘lida ketayotgan jamiyat uchun tafakkurning shakllanishidagi psixologik hamda ijtimoiy-psixologik xususiyatlari va mexanizmlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish hozirgi kunining dolzarb masalasi hisoblanadi. Psixologiyada innovatsion tafakkur, innovatsion faoliyat, innovatsion xatti-harakat holatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy muammolar so‘nggi yillarda barcha sohadagi tadqiqotchilarning jiddiy e’tiborini tortib kelmoqda, bu holat esa zamonaviy ijtimoiy talablar bilan bog‘liq hisoblanadi. O‘zbekistonda tafakkur masalasi borasida M.Davletshin, E.G‘oziev, V.Karimova, G‘.Shoumarov, Z.Nishanova, N.Safaev, Sh.Barotov, M.Bekmurodov, Q.Nazarov, A.Jabborov, R.Sunnatova, B.Qodirov, E.Usmanova, K.Farfieva, Z.Abduraxmanova, Sh.Usmanov, D.Axnazarova kabi o‘zbek psixolog olimlarining shaxs tafakkuri va uni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, ilmiy tafakkur, ilmiy innovatsion tafakkur, sanogen tafakkur, aqliy qobiliyat muammolari borisida olib borgan tadqiqot ishlarini qayd etish lozim. O‘zbekistonda psixologiya fanining ilk namoyondasi bo‘lgan M.G.Davletshin tafakkurning inson hayotidagi ahamiyati to‘g‘risida quyidagi fikrni bildiradi: «...Odam PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 145 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us ko‘zining alohida suratda tuzilganligi odamning olamni bilish imkoniyati uchun mutlaq chegara emas. Bizning ko‘zimizga boshqa sezgilargina qo‘shilib qolmay, balki shu bilan birga, tafakkurimizning faoliyati xam qo‘shiladi» [Davletshin]. E.G‘oziev tafakkur masalasida fikr yuritar ekan, bu borada u shunday deydi: «Inson oddiy narsalar to‘g‘risida fikr yuritganda ham ularning tashqi belgilari bilan chegaralanib qolmaydi, balki hodisa mohiyatini ochishga intiladi, oddiy turmush haqiqatidan umumiy qonuniyat yaratishga harakat qiladi». Uning fikricha, inson tafakkuri hali izlanmagan, to‘la foydalanilmagan zahiraga va imkoniyatlarga ega. Tafakkur turlari va sifatlari tahlili asosida tafakkur psixologiyasining asosiy vazifasi ana shu rezervlarni to‘la ochish, fan va texnika progressini intensivlashtirishdan iborat [G‘oziev]. V.M.Karimova esa tafakkurni mustaqil fikrlashga tenglashtiradi. Uning fikriga ko‘ra, bizning dunyoni, uning sir-asrorlarini tushunishimizning zaminida narsa va hodisalarning biz uchun shaxsiy aloqasi, ahamiyatliligi darajasi yotadi. Ana shunday dunyoni tushunishimiz, anglashimiz va unga ongli munosabatimizni bildirib, izhor qilishimizga aloqador bilish jarayoni psixologiyada tafakkur, fikrlash deb ataladi. Tafakkur - inson ongining bilish ob’ektlari hisoblanmish narsa va hodisalar o‘rtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning bo‘lishini ta’minlovchi umumlashgan va mavhumlashgan aks ettirish shaklidir. Bu xulosalar aslida tafakkur va fikrlash jarayonlarining naqadar murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi. Lekin shunday bo‘lsa ham shuni ta’kidlash joizki, birinchidan, tafakkur va fikrlash jarayonlari - bu bilish jarayonlari, ikkinchidan, shaxs tomonidan borliqni aks ettirish shakli, bilvosita aks ettirish shakli, uchinchidan, bu jarayonlar ham eksperimental psixologiya tomonidan o‘rganiladi, to‘rtinchidan, tafakkur bilishning eng oliy va yuqoridagi shaklidir. Tafakkurning oliyligi va murakkabligi shundaki, u idrokdan farqli o‘laroq, bevosita aks ettirish bo‘lmay, narsalar va ularning xossalarini ular yo‘q paytda ham aks ettirishga imkon beradi [V.M.Karimova]. R.I.Sunnatova o‘zining ilmiy tadqiqot ishlarida tafakkurning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish jarayonida aqliy faoliyatni namoyon bo‘lishining uchta darajasini tahliliga, ya’ni birinchi daraja psixofizologik jihat, ikkinchi daraja protsessual jihat, uchinchi daraja qaror qabul qilishda aqliy faoliyatning shaxsiy va ijtimoiy jihatlariga e’tibor qaratadi. Ushbu darajalar tahlili asosida aqliy faoliyatda shaxsiy va intellektual determinantlar murakkab, ko‘p qirrali va o‘zaro bog‘liq degan xulosaga keladi [R.I.Sunnatova]. Z.T.Nishonova o‘z tadqiqotlarida mustaqil ijodiy fikrlash dinamikasi muammosini ilmiy jihatdan o‘rgangan. Uning fikricha, mustaqil fikr shaxsning xislati bo‘lib, u shaxs PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 146 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us tomonidan bilimlarni o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tafakkur mustaqilligi fenomenining tuzilishiga ko‘ra, uning tarkibiy birliklari – hukmlar, fikrlar va e’tiqoddan tashkil topgan. Shaxs xislati sifatida talqin qilinayotgan mustaqil fikrlash jarayoni o‘smir va o‘spirinning aqliy faoliyatidagi undovchi va bajaruvchi funksiyalari orasidagi munosabatning o‘zgarishi, ushbu funksiyalarning har biri sifat jihatidan qayta o‘zgarishi, undovchi funksiyasida esa o‘zgalarning ishtiroki bu holatning ijobiy ta’sirida fasilitatsiya rolining ortishi va aqliy faoliyatni boshqarishda ularning ijro funksiyasida ishtirokchining o‘ziga nisbatan ishonch va o‘z fikridan ichki ruhiy qoniqishning mavjudligi bilan tavsiflanadi [Z.T.Nishonova]. E.G‘oziev yuqorida tafakkurga berilgan ta’riflarga asoslanib quyidagicha izoh beradi: “Tafakkur - atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bevosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va prognoz qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir” [E.G‘oziev]. E.G‘oziev o‘z mulohazalarini davom ettirib: “Tafakkur - inson akliy faoliyatining, aqlzakovatining, ongli xatti-harakatining yuksak shakli hisoblanadi. Tafakkur tevarakatrofni, ijtimoiy muhitni hamda voqelikni bilish quroli, shuningdek, insonning keng ko‘lamdagi faoliyatini oqilona amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, g‘oya, faraz kabilar vujudga keladi va ular ongda tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi”[E.G‘oziev]. E.G‘ozievning fikriga ko‘ra: “Tafakkurning mazmundorligi ko‘p jihatdan hissiy kechinmalarga - hayratda qolish, taajjublanish, yangilikni his qilish kabilarga bog‘liq. Mazkur hislarning paydo bo‘lishi tufakkurning ko‘tarinki ruhda kechishini ta’minlaydi, kishiga zavq-shavq, maroq bag‘ishlaydi. Mulohazalar, fikrlar, tushunchalar, hukm va xulosa chiqarishlarning chinligi (yolg‘onligi), to‘g‘riligi (noto‘g‘riligi), adekvatligi (noadekvatligi) insonda ishonch va shubhalanish hislarining mavjudligi bilan belgilanadi. Kishilar uchun quvonchli, yoqimli, maroqli kayfiyat va kechinmalar fikr yuritish jarayonlarini tezlashtiradi, fikrlash sur’atini kuchaytiradi. Aksincha, noxush kechinmalar, xafaxonlik, qo‘rqinch, zo‘riqish (stress) singari hissiy holatlar mulohaza yuritishni susaytirishi, uning mahsuldorligini kamaytirishi mumkin. Hissiy holatlar fikrning yo‘nalishiga bevosita ijobiy va salbiy ta’sirini o‘tkazib turadi”[ E.G‘oziev]. V.M.Karimova tafakkurning shaxs hayotida dolzarb ahamiyati haqida quyidagicha mulohaza bildiradi: “Boshqaruv, marketing va menejment, ta’lim va tarbiya sohalarida, ayniqsa inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi jamiyatda sog‘lom insoniy munosabatlarni muammolantirish orqali uni kamol toptirish yo‘lidir. Shuning uchun bugungi ijtimoiy-psixologiya va umuman ijtimoiy faoliyat PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 147 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us bilan shug‘ullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tatbiq etishdir. Bu o‘rinda, ayniqsa, ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning muammolanishini, insonning o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir etishning mexanizmlarini o‘rganish eng dolzarb masalalardandir” [V.M.Karimova]. V.Karimova o‘zining ilmiy izlanishlari asosida tafakkurga: “Tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (to‘g‘ri), to‘liq, chuqur va umumiylashtirib aks ettirishga (bilishga), insonning tag‘in ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishiga imkon beradi” deb ta’rif beradi [V.M.Karimova]. U o‘zining ilmiy yondashuvlarida yoshlarning ilmli, ma’rifatli, sog‘lom ruhiyatli bo‘lib voyaga еtishlarida jamiyatda va oilada sog‘lom psixologik muhit asosiy omil bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlaydi. Akademik G‘.B.Shoumarov tafakkur xususiyati borasida quyidagi fikrlarni bildiradi: “... o‘smir yoshidagi shaxsning undan kuchliroq va bilimliroq bo‘lgan homiylar madadi, ko‘magiga ehtiyoj tug‘iladi. Yoshlar taqlid qilishi, ergashishi uchun shaxs kutilmagan holat, keskin vaziyatlarda xatti-harakatining samarasi, ta’sirini namoyish qilishining o‘zi kifoya. Yoshlik davrida “Men” obrazining shakllanishi uchun umume’tirof etilgan xulq-atvor me’yorlarini inkor qilish motivatsiyasi kuchli namoyon bo‘ladi. Shaxsning hayotda o‘rnini belgilab olishi, “Men”ligini aniqlashtirishi o‘zini turli taqdirga ega, turli xildagi kishilar bilan solishtirishi, taqqoslashi natijasida amalga oshirila boradi. Aynan mana shu jihat asosida jamiyatda qabul qilingan me’yorlarga tubdan zid keluvchi rollar manipulyatorlar tomonidan hali to‘liq shakllanmagan individuumga taklif etiladi. Shaxs еtukligi, kamolotiga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar unga rasmiy, zerikarli, zamonadan orqada qolgan, qoloq, istiqbolsiz talablar tarzida tushuntiriladi va еtkaziladi” [G‘.B.Shoumarov]. Z.Ibodullaev o‘zining ilmiy izlanishlarida tafakkur masalasiga to‘xtalib, quyidagi mulohazani bildiradi: “Tafakkur uchun hissiyotning ahamiyati ham beqiyosdir. Biz biror bir mushkul ishning to‘g‘ri еchimini topganimizda juda hursand bo‘lamiz, fikrlash qobiliyatimizdan quvonamiz. Biz masalani еcha olmasak, ranjib ketamiz yoki xatoga yo‘l qo‘ysak darg‘azab bo‘lamiz. Tafakkurning buzilishi nafaqat asab-ruhiy kasalliklarda, balki somatik kasalliklarda ham uchraydi. Bosh miyadagi integrativ faoliyatni buzuvchi har qanday kasalliklar fikrlay olishning buzilishiga olib keladi” [Z.Ibodullaev]. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 148 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHARI. 1. Mardonov Erkin Xasanovich O’QUVCHILARDA TAFAKKUR MUAMMOSI O’RGANILISHINING NAZARIY TAHLILI. O‘zbekiston milliy universiteti xabarlari, 2023, [1/12/1]issn 2181-7324. 2. Mardonov Erkin Xasanovich O‘quvchilarda tafakkur xususiyatlarini rivojlanish jarayoni “Zamonaviy talimda pedagogika va psixologiya fanlari” elektron jurnali Jizzax davlat pedagogika instituti.№2.2023. 3. Mardonov, E. (2023). O ‘QUVCHILARDA TAFAKKUR XUSUSIYATLARINI RIVOJLANISH JARAYONI. Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii, 3(2). 4. Xasanovich, M. E. (2023). O’QUVCHILARDA FIKRLASH JARAYONI. Journal of Universal Science Research, 1(6), 847-851. 5. Khasanovich, M. E. (2022). Basic analysis of thinking. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(6), 41-45.