BOLANING TARAQIYOTIDA TA'LIM OLISHIDA OTA-ONALAR VA PSIXOLOGNING HAMKORLIKDAGI O'RNI.
Abstract
Maktab yoshidagi bolalarning o'qish jarayonida ota- onalar va pedagoglarning hamkorlikda bo'lishi uning o'qishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Full text
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 149 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us BOLANING TARAQIYOTIDA TA'LIM OLISHIDA OTA-ONALAR VA PSIXOLOGNING HAMKORLIKDAGI O'RNI. Termiz davlat pedagogika instituti. Psixologiya ta’lim yo’nalishi talabalari. Allaberdiyev Ulugʻbek Uzokovich Abdullayev Mehroj Saydullo o'g'li Annotatsiya: Maktab yoshidagi bolalarning o'qish jarayonida otaonalar va pedagoglarning hamkorlikda bo'lishi uning o'qishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Kalit so'zlar: ong, psixologiya, ota-ona, oila, ta'lim muassasi,ijtimoiy xulq,shaxsiy o’quv qurollar, psixik va evolyusiya taraqqiyot qonunlari ham fizik qonunlar. Kichik maktab davri 6-7 yoshdan 10-11 yoshgacha davom etadi. Uning psixikasi bilim olishga etadigan darajada rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri, unda o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o‘z mohiyatiga ko‘ra faqat muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga qaratilmay, balki o‘quvchilik istagini aks ettirishdan ham iboratdir. Shu ehtiyojlar asosida bolaning o‘z portfeliga, shaxsiy o‘quv qurollariga, dars tayyorlash stoliga, kitob qo‘yish javoniga ega bo‘lish, kattalardek har kuni maktabga borish istagi yotadi. Ana shu ehtiyoj bola shaxsining shakllanishida, Shuningdek uning ijtimoiylashuvida katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu davrda bola, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi. Fiziologlarning fikriga ko‘ra, 7 yoshga kelib bolaning katta miya yarim sharlari ma’lum darajada rivojlangan bo‘ladi. Lekin bu yoshda inson miyasining psixik faoliyatni rejalashtirish, boshqarish, nazorat qilish kabi murakkab shakllariga javob beradigan maxsus bo‘limlari hali to‘liq shakllanib bo‘lmagan bo‘ladi. Miyaning boshqaruv funksiyalarini to‘liq shakllanib bo‘lmaganligi kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvorida, faoliyatlarini tashkil etishlarida va emotsional sohalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ayrim 6 yoshli bolalar ota-onasining xohishi bilan hali o‘qishga tayyor bo‘lmay turib, maktab ostonasiga qadam qo‘yishadi. Afsuski, o‘qish davomida aqliy-ruhiy zo‘riqish oqibatida turli xil kasalliklarga chalinib, jismoniy va psixik rivojlanishda nuqsonlar paydo bo‘ladi. Bunday bolalarda eng avvalo miya strukturasining va nerv psixik jarayonlarining maktabda o‘qish uchun to‘liq etishmaganligi, ko‘ruv harakat koordinatsiyasi va kichik motorikaning rivojlanmaganligi, mantiqiy fikr
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 150 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us mahsuldorligining pastligi kuzatiladi. Undan tashqari motivatsiya, irodaviy jihatlarining ayniqsa, ixtiyoriy diqqat va xotiraning shakllanmaganligi, xattiharakatlarni ixtiyoriy boshqaruvdagi muammolar, bir so‘z bilan aytganda hali “O‘quvchi ichki pozitsiya”sining shakllanmaganligi maktabda o‘qishga tayyor bo‘lmagan bolalarningmuqaffaqiyatli o‘zlashtirib ketishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Pedagoglar, ota-onalar, bolalarni erta maktabga berishning foyda yoki zarari to‘g‘risida o‘ylaganlarida inson miyasi rivojlanishining neyrofiziologik qonuniyatlarini ham alohida e’tiborga olishlari lozim. Bolani erta o‘qish, yozish, sanashga o‘rgatib uning bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa, bolaning emotsional hissiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan miya quvvatining tanqislashuviga sabab bo‘ladi. Bundan bolalarning emotsional hissiy jarayonlarining kechishida yoki jismoniy rivojlanishida kamchiliklar sodir bo‘ladi. Bunday xolatda energiya taqsimlanishining majburan buzilishi sodir bo‘lib, u 7-8 yoshli bolalarni qo‘rquv, agressivlik yoki giperaktivlik holatlariga olib keladi. Bu bolani maktabda o‘qishga tayyorlash kerak emas degan fikr emas, lekin bolaning aqliy rivojlanishiga erta o‘qishni, sanashni, yozishni o‘rgatish bilangina erishib bo‘lmaydi. Ma’lumki, rivojlanish qonuniyatiga ko‘ra, har qanday taraqqiyot ko‘rgazmali obrazlilikdan abstrakt mantiqiylikka qarab boradi. Agar bola hali o‘qishga aqliy, ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyor bo‘lmay turib, unga harf va raqamlarni yozish, o‘qish o‘rgatilsa psixik rivojlanishning teskari tomonga ketishiga sabab bo‘ladi. Psixolog olimlarning fikricha, psixik va evolyusiya taraqqiyot qonunlari ham fizik qonunlardek buzilmas, hamda universaldir. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, neyrofiziologik jihatdan ixtiyoriy diqqat va o‘qish uchun zarur bo‘lgan ko‘plab miyada kechadigan jarayonlar asosan 7-8 yoshda shakllanadi. Ya’ni shu yoshda bola 45 minutlik aqliy mehnatga tayyor bo‘ladi. 7 yoshli maktabga tayyor bolada "Men shuni xohlayman” motividan "Men shuni bajarishim kerak" motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xattiharakatida ham, masalan, ma’lum darajada qo‘rqo‘vni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi Bugungi zamonaviy hayotimizda, bolalarning ta'lim olishida nafaqat pedagogning balki, ota-onaning ham o'rni kattadir. Buning asosiy sababi shuki, pedagog faqat bolaga yangi bilim beradi. O'sha berilgan bilimni uyiga borib, mustahkamlashi uchun sharoitni ota-onalar yaratadi. Agar oilada ilm olish yuksak darajada baholanib, qadrlansa va otaona tomonidan kichik yutuqlarini rag'batlantirilsa, bola yangi narsalar bilishga,
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 151 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us o'rganishga intiladi. Otaonalar uyda telefon bilan band bo'lmasdan, bolasi bilan munosabatlarni yaxshilashi, uning o'qishidagi, hayotidagi muammolarini tinglashi lozim. Xalqimizda bir maqol bor: " Qush uyasida ko'rganini qiladi". Bu maqol shuni anglatadiki, bola ota-onaga qarab kamol topadi va shakllanadi. Agarki, ota-ona qo'liga kitob, gazeta olib oz bo'lsada, uyda bolasining oldida o'qisa, bolaning ham kitoblarga qiziqishi paydo bo'ladi. Shu bilan birgalikda shuni ta'kidlashim kerakki, otaonalar pedagoglar bilan ham aloqa o'rnatishi, bolaning hayotda tezroq o'rnini topishiga sabab bo'ladi. Buning asosiy sababi shundaki, har bir o'qituvchi har bitta o'quvchining iqtidori, qiziqishi, va psixologiyasini ota-onalardan ko'ra yaxshiroq biladi. Har bir yosh davrida bolaning xarakteri, ongi, va dunqarashi o'zgaradi. Kichik maktab yoshidagi bolalarga shart-sharoitlar yaratib berish muhim ahamiyat kasb etadi. O'qishga nisbatan ijobiy munosabat kichik maktab davrlariga kelib birmuncha pasayish ko'zga tashlanadi. O'quv faoliyatiga qiziqish 1-2sinflarda ko'tarilib, 3-4sinflarda pasayish kuzatiladi. Shu munosabat bilan otaona va pedagoglar e'tiborli bo'lish talab etiladi. O'smirlik davrida o'quvchi yozma nutqni to'g'ri tushunishni o'rganib oladi. O'z fikrlarini yozma nutq holida bayon qilish va boshqalarga tushuntirishni o'rganadi. Yozma tarzda bayon qilib berish tilning grammatika tuzilishini egallashda katta ahamiyatga ega. o'spirinlik - odamning fuqoro sifatida shakllanishi, uning ijtimoiy jihattan tan olinishi, o'z taqdirini o'z hal qilishi, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish davri hisoblanadi. Bolaning yoshiga qarab psixologiyada davrlarga bo'linishi, unga qaysi davrda qanday muomala qilish kerakligini o'rgatadi. Vaholanki bu narsalarni pedagog biladi otaonalardan ko'ra. Xulosa qilib aytganda, har bir otaona o'qituvchi bilan birga hamkorlikda bolaning iqtidorini shakllantirsa, u hayotda ko'proq narsaga erishadi. Shuning uchun bolaning ta'lim olishida pedagog va otaonaning hamkorlikda bo'lishi katta ahamiyatga egadir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI: 1.Nidland M. N " Maktab va oilaning pedagogik hamkorligini tashkil etish nazariyasi va amaliyoti". 2.N. G. Komilova va boshqalar. "Rivojlanish psixologiyasi pedagogik psixologiya". 3.Davlatshin M. G. Boshqalar. " Yosh davrlari va psixologiyasi”
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 152 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us 4.Karimova M. Psixologiya asoslari, Toshkent, 2021. 5.Bekmurodova D. Yoshlar psixologiyasi va tarbiyasi, Toshkent, 2022. 6.American Psychological Association (APA). Youth Mental Health in the Digital Age, Washington, 2023.