DIDAKTIKA – PEDAGOGIK TA'LIM NAZARIYASI
Abstract
Ushbu matnda didaktika fanining mazmuni, uning pedagogika tizimidagi o‘rni va asosiy kategoriyalari yoritilgan. Didaktikaning tarixiy shakllanishi, Ratke va Komenskiy kabi pedagoglarning nazariy qarashlari hamda ta’lim jarayonining mohiyati haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’lim paradigmalari — an’anaviy, ratsionalistik, insonparvarlik, texnokratik va ezoterik paradigmalarning mazmuni, maqsadi hamda ularning ta’lim jarayoniga ta’siri izohlangan.
Full text
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 494 DIDAKTIKA – PEDAGOGIK TA’LIM NAZARIYASI Hasanova Nazokat Gulboyeva Madina Termiz davlat pedagogika instituti talabasi [email protected] Annotatsiya:Ushbu matnda didaktika fanining mazmuni, uning pedagogika tizimidagi o‘rni va asosiy kategoriyalari yoritilgan. Didaktikaning tarixiy shakllanishi, Ratke va Komenskiy kabi pedagoglarning nazariy qarashlari hamda ta’lim jarayonining mohiyati haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’lim paradigmalari — an’anaviy, ratsionalistik, insonparvarlik, texnokratik va ezoterik paradigmalarning mazmuni, maqsadi hamda ularning ta’lim jarayoniga ta’siri izohlangan. Kalit so‘zlar:Didaktika, ta’lim jarayoni, o‘qitish tamoyillari, metodlar, ta’lim paradigmalari, Komenskiy, Ratke, pedagogika, bilim, ko‘nikma, malaka. Annotation: This text describes the essence of didactics, its role within the pedagogical system, and its main categories. It provides information about the historical development of didactics, the theoretical views of educators such as Ratke and Comenius, and the nature of the teaching process. In addition, the content, purpose, and influence on education of modern educational paradigms—including traditional, rationalistic, humanistic, technocratic, and esoteric paradigms—are explained. Keywords:Didactics, educational process, teaching principles, methods, educational paradigms, Comenius, Ratke, pedagogy, knowledge, skills, competence. Kirish Didaktika pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi boiib, unda o‘qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so‘zma-so‘z tarjimasi «taiim nazariyasi» ma’nosini anglatadi. Didaktika «yunoncha» so‘zdan olingan boiib, «didacticos» - o‘rgatish, 0‘qitish ma’nosini bildiradi. Didaktika - taiim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi taiim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi. Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida u fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy sohani tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 495 narsaga o‘rgatish san’ati» deb tushuntirdi.«Didaktika» atamasi ilk bor nemis pedagogi Volfgang Ratkening «Didaktika yoki ta’lim san’ati» (1613-yil) deb nomlangan ma’ruzasida qoilanilgan. Didaktika ilmiy bilimlar tizimi sifatida birinchi marta chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika» (1657-yil) asarida ochib berilgan. Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o‘qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o‘qitish qonuniyatlari, o‘qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi. Didaktika «nimaga o‘qitish?», «nimani o‘qitish?» «qanday o‘qitish?» «qayerda o‘qitish» kabi savollarga javob izlaydi. Didaktikaning obyekti - o’sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalami, milliy va umuminsoniy madaniyatni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyatning asosiy turi hisoblangan ta’lim berishdir. Didaktikaning predmeti sifatida o’rgatish (o’qituvchi faoliyati) va o’rganish (o’quvchilaming bilish faoliyati), ulaming o’zaro harakati aks etadi. O‘qitish jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va o‘quvchilaming maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi. Shu o‘rinda bu jarayonlaming tahliliga e’tibor qarataylik. Ta’limda 0‘qituvchining boshqaruvchilik roli o‘z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qoMga kiritgan yutuqlami egallashni shart qilib qo‘yadi. Bulaming barchasi o'qituvchining ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshirishida o‘z aksini topmog‘i lozim. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim jarayonida 0‘qituvchi o‘quvchilariga qo‘lga kiritilgan bilimlarni 0‘rgatadi. 0 ‘quv faoliyatida ulami ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Shu bilan bir paytda u o‘quvchilarda dunyoqarash va axloq normalarini hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlami shaklantiradi, ulaming bilish faolligini oshiradi. O’qituvchining faoliyati o'quvchi shaxsining maqsadga muvofiq shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi. Yanada aniq qilib aytsak, butun o'quv jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda o'quvchilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi. O'quvchilarga qiyinchiliklami yengib o'tishda yordam beradi hamda ulaming bilimlarini va butun ta’lim jarayonini tashxis qiladi. O'z navbatida o'quvchilaming faoliyati o'quv jarayonida o'rganishga, bilim, ko'nikma hamda malakalami egallashga, o'zini jamiyatga foydali faoliyatga tayyorlashga yo'naltiradi. Ta’lim jarayonida o'quvchilaming faoliyati ko'p qirrali yo'nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat bilishga doir vazifalami hal qilishda ularga katta yordam beradi. Didaktika va metodika mustahkam aloqa va o'zaro bog'liqlikda joylashadi. Didaktika o'qitishning umumiy
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 496 qonuniyatlarini o'rganadi. Aniq bir predmetni o'qtishning o'ziga xos xususiyatlari xususiy metodikalarda ishlab chiqiladi. Didaktikaning asosiy kategoriyaiari. Muayyan fanga xos bo'lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to'plangan bilimlar aks etadi. Didaktikaning asosiy kategoriyaiari quyidagilardan iborat: o‘rgatish, o'rganish, o'qitish, ta ’lim, bilim, ko'nikma, malaka,kompetensiya, maqsad, mazmun, tashkil etish, shakl, metod, vosita, natija. O‘rgatish - o'qitish maqsadini amalga oshirish bo'yicha pedagogning tartiblangan faoliyati. O'rganish - anglash, mashq qilish va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarmi egallash jarayoni, oldin egallanganlari o'zgaradi. O'qitish - qo'yilgan maqsadga erishishga yo'naltixilgan pedagog bilan o'quvchilaming tartiblangan o'zaro harakati. Ta’lim - o'qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko'nikma, malakalar, kompetensiya va fikrlash usullari tizimi. Bilim - m aium bir fanni nazariy o'zlashtirishni aks ettiradigan inson g'oyalari yig'indisi; Ko'nikma - egallangan bilimlaming aniq xatti-harakatdagi ifodasi,o'zlashtirilgan bilimlami amaliyotga qo'llash usullarini egallash. Malaka - avtomatlashgan, biror bir usul bilan bexato bajarish, ко ‘nikmaning takomillashgan darajasi. Kompetensiya - egallangan bilim, ko'nikma va malakalami kundalik va kasbiy faoliyatda qo‘llay olish layoqati. Maqsad - o‘qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo'sinda safarbar etilishi. Mazmun - o'qitish jarayonida egallanishi lozim bo'lgan ilmiy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi. Tashkil etish - qo'yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo'yicha tartiblangan didaktik jarayon. Shakl - o’quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig'i, mazmuni uchun qobiq. Metod - o'qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo'li. Vosita — o'quv jarayonining predmetli qo'llab-quvvatlanishi, yangi materialni o'zlashtirish jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan foydalaniladigan obyekt. Natija - o'quv jarayonining so'nggi mahsuli, belgilangan maqsadlaming amalga oshganlik darajasi. Zamonaviy ta’lim paradigmalari. Paradigma (grekcha, paradeigma) so'zining o'zi keng ma’noda turmush va fikrlashining biror sohasining fundamental asoslarini
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 497 aniqlab bemvchi o'ziga xos tuzilishga ega nazariya deb izohlanadi. Paradigma - aniq vaqt doirasida ilmiy jamoatchilikka muammolami aniqlash va ulami hal etish modeli sifatida taqdim etiladigan barcha ilmiy yutuqlarga tegishli tadqiqot vazifalarini hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya. Ta’limning yangi paradigmasining paydo bo'lishi faqat ijtimoiyiqtisodiy o'zgarishlar bilan bog'liq bo'lmasdan, u butun madaniy rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan. Uning shakllanishida insonparvarlik falsafasi va psixologiyasi asosiy o'rin egallaydi. Mazkur konsepsiyaning asosiy nuqtai nazari - har bir alohida inson hayotining o‘ziga xosligi, har bir shaxs noyob, individual, shartsiz qadriyat ekanligini e’tirof etish. Insonparvar falsafa va psixologiya o‘z-o‘zini realizatsiyalash, o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojini insonning yuksak ehtiyoji deya e’tirof etib, insonning o‘z noyobligini asrash va rivojlantirish, insonning erkinlikka erishish mexanizmi sifatida individual shaxsiy tanlovni amalga oshirishni o‘zida namoyon etish, qilingan tanlov uchun javobgarlikni bo‘yniga olishda ulami amalga oshirishning muhim shartini ko‘radi. Shuning uchun shaxsning rivojlanishi va insonning shakllanishi boshqalar bilan hamjihatlikda, ishonch, oshkoralik, sevgiga asoslangan insonparvar munosabatlami о‘matish jarayonida sodir boiadi. Asosida ta’limga yangicha yondashuv yotadigan g‘oyalaming rivojlanishida psixologlar ham muhim hissa qo'shishgan: yaqin zonadan rivojlanish va inson rivojlanishida birgalikdagi faoliyatni roli haqidagi ta’limot, shaxsning hayotiy faoliyatdagi vazifalari, fikriy soha, insonning reflektiv imkoniyatiarining rivojlanishi, o‘quv faoliyati jarayonida uning psixik rivojlanish qonuniyatlari haqidagi tadqiqotlar, shular jumlasidandir. Zamonaviy pedagogik fanlardagi maqsadiga (taiimiy, tarbiyaviy), ta’limning bosh maqsadi - madaniyatga yondashuvga, o'quv-tarbiya jarayoni doirasida hal etiladigan vazifalariga, pedagog va 0‘quvchilar orasidagi o‘zaro ta’sir etish tavsifiga ko‘ra paradigmalar farqlanadi. Taiimning keng tarqalgan beshta paradigmasi mavjud: an’anaviy (bilimga yo‘naltirilgan paradigma); fenomenologik (insonparvarlik paradigmasi); ratsionalistik (bixevioristik, xulqatvorga doir); texnokratik; ezoterik. An’anaviy (bilimga yo‘naltirilgan) paradigma. Bilimga yo'naltirilgan paradigmada taiimning bosh maqsadi: «Istalgan qiymatdagi bilim, bilim va yana bilimdir». Shuning uchun taiim muassasasining roli insoniyat sivilizatsiyasi madaniy merosining ko‘proq mavjud unsurlari - ham individual, xuddi shunday ijtimoiy tartibni saqlab qoluvchi, individual rivojlanishga imkon beradigan
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 498 zaruriy, xilma-xil, muhim bilim, ko‘nikma va malakalar, bundan tashqari ideal va qadriyatlami uzatish va saqlashda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘quv dasturlari mazmuni tayanch, asosiy, bilim, ko'nikma va malakalami egailash vaqtida sinovdan o'tuvchi, shaxsning funksional savodxonligi va ijtimoiyligini ta’minlashga asoslanadi. Bixevioristik (ratsionalistik) paradigma. Ratsionalistik paradigma an’anaviy paradigmaga qarama-qarshi o'laroq, o'zining diqqat markazida mazmunni emas, o'quvchilaming turli turdagi bilimlarni o'zlashtirishining samarali usullarini qo'yadi. Ratsionalistik ta’lim paradigmasi asosida ijtimoiy injeneriya bixevioristik konsepsiyasi turadi. Ta’lim muassasasining maqsadi — ta’lim oluvchilarda ijtimoiy me’yorlar, milliy madaniyat talablari va natijalariga muvofiq, moslashuvli «xulq-atvor majmui»ni shakllantiradi. Suning uchun «xulq-atvor» atamasi «barcha turdagi reaksiyalar, insoniy xususiyatlar - uning fikrlashi, his-tuyg'usi va harakati»ni bildiradi.Mazkur paradigma ta’lim muassasasiga ta’lim oluvchilaming maqbul xulqatvorini shakllantirish maqsadida bilimlarni o'zlashtirish yo'li sifatida qaraydi, ya’ni har qanday ta’lim muassasasi - bu yashash muhitiga moslashtirishning ta’limiy mexanizmi. Bunday o'qitishning asosiy metodlariga o'rgatish, trening, test nazorati, individual o'qitish, korrektsiyalash kiradi.Insonparvarlik (fenomenologik) paradigmasining diqqat markazida o'z-o'zini rivojlantirish ehtiyojiga ega bo'lgan, hayot subyekti, shaxs erkinligi va ma’naviyati sifatidagi ta’lim oluvchi turadi. U bolaning ichki dunyosini rivojlantirish, shaxslararo muloqot, ijod, dialog, shaxs o'sishi uchun yordamga yo'naltirilgan. Insonparvarlik paradigmasi vakillari yagona qarash bilan ajralib turmaydi. Uning doirasida ta’limning xilma-xil modeli amalga oshadi. Ular bola va inson hayotining tengsiz davri sifatida bolalikka qadriyatli munosabat, ya’ni ta’lim muassasasining bosh vazifasi bolani rivojlantirish (aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik) ekanligini e’tirof etish yagona yo'nalishda birlashtiriladi. Insonparvarlik paradigmasi doirasida harakatlanuvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy izlanishga asoslanib, ta’lim va tarbiyaning sof mazmuni, metod va vositalaridan joy oladi. XULOSA. Didaktika — pedagogika nazariyasining mustaqil qismi bo‘lib, ta’lim jarayonining mohiyati, mazmuni, qonuniyat va tamoyillarini o‘rganadi. Ushbu fan ta’limning tashkiliy shakllari, metodlari va vositalarini ilmiy asoslab beradi. Didaktika o‘qitish jarayonida «nimaga o‘qitish?», «nimani o‘qitish?», «qanday o‘qitish?» kabi asosiy savollarga javob izlaydi va o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka hamda kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Ta’lim jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining birlashgan tizimi bo‘lib, unda
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 499 o‘qituvchi bilimlarni yetkazish, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni bajaradi, o‘quvchi esa faol o‘rganish orqali bilish, ko‘nikma va malakalarni egallaydi. Didaktikada o‘qitish va o‘qish jarayonlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, o‘quvchilarning bilish faolligini oshirishga xizmat qiladi.Shuningdek, zamonaviy ta’lim paradigmalari — an’anaviy, ratsionalistik, insonparvarlik, texnokratik va ezoterik paradigmalarning har biri ta’lim jarayonida o‘ziga xos yondashuvni taqdim etadi. Bu paradigmalar ta’limning maqsadi, mazmuni va metodlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Umuman olganda, didaktika fanining asosiy vazifasi — ta’lim jarayonini tizimli, samarali va maqsadga muvofiq tashkil etish, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini shakllantirish hamda ularni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Komenskiy, Ya.A. Buyuk didaktika. — Toshkent: O‘qituvchi, 1992. 2. Ratke, V. Didaktika yoki ta’lim san’ati. — Berlin, 1613. 3. Zunnunov, A., To‘xtaxo‘jaeva, M. Pedagogika nazariyasi va tarixi. — Toshkent: Fan, 2018. 4. Hasanboyeva, O., Raxmonqulova, F. Pedagogika asoslari. — Toshkent: TDPU, 2020. 5. Abdullaeva, Q., Yo‘ldosheva, D. Umumiy pedagogika. — Toshkent: Innovatsiya, 2021. 6. Jalolov, J. Pedagogik texnologiyalar va didaktika. — Toshkent: Noshir, 2017. 7. Khalilova, R. Zamonaviy ta’lim paradigmalari. — Toshkent: Istiqlol nashriyoti, 2019.