scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QUVCHILARNING BILIM KO'NIKMA VA MALAKASINI TASHXIS ETISH.

Mamatqulova Asila Inoyatovna; Eshdavlatova Muslima

Abstract

Ushbu maqolada o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakasini (BKM) tashxis etishning mazmuni, maqsadi, vazifalari va zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida tashxisning ahamiyati, uning turlari va metodlari yoritiladi. Shuningdek, baholashning shakllari, mezonlari, o‘quv faoliyatini monitoring qilish, o‘quvchilarning rivojlanish dinamikasini aniqlash hamda pedagogik qarorlar qabul qilishda tashxisning tutgan o‘rni ilmiy-amaliy nuqtai nazardan asoslab beriladi. Maqola amaliyotchi pedagoglar, tarbiyachilar hamda ta’lim sifati bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Full text

Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 518 O'QUVCHILARNING BILIM KO'NIKMA VA MALAKASINI TASHXIS ETISH. Mamatqulova Asila Inoyatovna Eshdavlatova Muslima Termiz Davlat Pedagogika Instituti talabasi [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakasini (BKM) tashxis etishning mazmuni, maqsadi, vazifalari va zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida tashxisning ahamiyati, uning turlari va metodlari yoritiladi. Shuningdek, baholashning shakllari, mezonlari, o‘quv faoliyatini monitoring qilish, o‘quvchilarning rivojlanish dinamikasini aniqlash hamda pedagogik qarorlar qabul qilishda tashxisning tutgan o‘rni ilmiy-amaliy nuqtai nazardan asoslab beriladi. Maqola amaliyotchi pedagoglar, tarbiyachilar hamda ta’lim sifati bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Kalit so‘zlar: tashxis, baholash, bilim, ko‘nikma, malaka, monitoring, mezonli baholash, formatif baholash, summativ baholash, o‘quv jarayoni. Bugungi kunda ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash va o‘qitish sifatini doimiy takomillashtirib borish uchun bilim, ko‘nikma va malaka (BKM) ni aniq tashxis etish muhim ahamiyat kasb etadi. Tashxis nafaqat o‘quvchining mavjud bilim darajasini aniqlaydi, balki uning qayerda qiyinchilikka duch kelayotganini, qay yo‘nalishda rivojlanishi kerakligini ko‘rsatib beradi. Shu sababli tashxis ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Zamonaviy ta’lim texnologiyalarida tashxis o‘qituvchi faoliyatining ajralmas bo‘lagi bo‘lib, ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi eng asosiy jarayonlardan biridir. U o‘quvchilarning o‘quv materialini qay darajada o‘zlashtirayotganini, ularda shakllangan ko‘nikmalar mustahkamligini aniqlashga xizmat qiladi. Yangi O'zbekiston taraqqiyot stratnegiyasida sifatli ta'limga erishishning eng muhim vazifalari belgilanib, amalga oshirilmoqda [1]. Shu jihatdan bu jarayonda o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etish dolzarb bo'lib turibdi. Mazkur o'rinda ana shu masalaning tahliliga e'tiboringizni tortamiz. O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi yangi tahrirdagi Qonunida umumiy o'rta ta'limni zamonaviy talablar asosida rivojlantirish huquqiy-me'yoriy jihatdan Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 519 belgilab qo'yilgan [2]. Su jihatdan o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etishning metodikasi muammosini tadqiq etish dolzarb bo'lib turibdi. Bilim - borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan natijasi bo'lib, u inson ongida aks etadi hamda bilimning ilmiy, empirik va nazariy turlari farqlanadi [3]. Shu sababli bizning yondashuvimizga ko'ra, o'quvchilarning bilim darajasini quyidagilar tashkil etadi: 1) o'quv fanlari bo'yicha nazariy tushunchalarga ega bo'lish; 2) o'quv fanlari bo'yicha yangi axborot va ma'lumotlarni egallash; 3) voqelik va hodisaning mazmunini tushunish; 4) ijtimoiy ong va mustaqil fikrga ega bo'lish. Mazkur mezonlar umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarining bilim darajasini belgilaydi. Ko'nikma - bu malakaning tarkibiy qismi bo'lib, harakatning nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda o'z-o'zidan bajarilish qobiliyatini ifodalaydi hamda o'quvchilarda takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga keladi. O'quvchilarning ko'nikmasi o'zlashtirgan bilimlari asosida tarkib topadi. Ko'nikma quyidagi xususiyatlarga ega: 1) bilim olishga odatlanish; 2) axloqiy fazilatlarni o'zlashtirish; 3) ijtimoyi jihatdan faollashib borish; 4) yangiliklarni o'zlashtirishga qiziqish. Bular umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarining ko'nikmasini tashxis etishda mezonlar hisoblanadi. Malaka - O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunida mazkur tushunchaga quyidagi ta'rif berilgan: "shaxsning kasbiy faoliyatining muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma'lumot to'g'risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko'nikmalari darajasidir" (3-modda). Shu jihatdan o'quvchilarning malakasini quyidagilar tashkil etadi: 1) o'quvchilarning bilimdonlik darajasi; 2) o'quvchilarning qobiliyatlik darajasi; 3) o'quvchilarning mahoratlik darajasi; 4) o'quvchilarning ko'nikmalik darajasi. Bu mezonlar umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarining malaka darajasini tashxis etishda asos hisoblanadi. Tashxisning mazmuni va maqsadi Tashxis – bu o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakasini maxsus metodlar asosida Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 520 aniqlash, baholash va tahlil qilish jarayoni hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi: 1. O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash. 2. Ularning o‘quv faoliyatidagi kuchli va zaif tomonlarini belgilash. 3. O‘qitish jarayonini to‘g‘ri yo‘naltirish uchun zarur pedagogik qarorlar qabul qilish. 4. Ta’limning keyingi bosqichlari uchun poydevor yaratish. 5. O‘quvchilarning individual rivojlanish trayektoriyasini belgilash. Tashxis jarayonida o‘qituvchi faqat baho qo‘yish bilan cheklanmaydi, balki o‘quvchining rivojlanish potensialini ham tahlil qiladi.Tashxisning vazifalari Tashxisning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash; o‘quv faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash; o‘qitish jarayonini takomillashtirish uchun asos yaratish; individual taʼlim berish jarayonida personalizatsiyani qo‘llash; o‘quvchilarning rivojlanish dinamikasini monitoring qilish; o‘quv dasturining qanchalik samarali ekanini baholash. Baholash tizimlari va mezonlari Tashxisni samarali amalga oshirish uchun aniq va tushunarli mezonlar bo‘lishi zarur. Zamonaviy ta’limda quyidagi baholash shakllari qo‘llaniladi: Formativ baholash Jarayon davomida o‘quvchini qo‘llab-quvvatlash, xatolarni bartaraf etish, rivojlanishiga yordam berishga qaratilgan baholash. Summativ baholash Mavzu, chorak yoki yil yakunida o‘quvchilar bilimini umumiy mezonlar asosida baholash. Mezonli baholash Har bir topshiriq uchun oldindan belgilangan aniq mezonlar asosida baho qo‘yish. Bu usul shaffof va adolatli hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni. – Toshkent: 2020. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi. – Toshkent, 2017. 3. Ziyayev A., To‘xtayeva D. Pedagogik diagnostika asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 2019. 4. Yuldashev J., Usmonov S. Zamonaviy ta’limda baholash va monitoring. – Toshkent: Fan, 2022.