scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH. AQLIY TARBIYA

Mahmudova Lola; Mamatqulova Madina

Abstract

Mazkur matnda inson dunyoqarashining mohiyati, uni shakllantiruvchi omillar hamda shaxsning aqliy rivojlanish jarayonlari keng yoritilgan. Dunyoqarash tabiat, jamiyat, tafakkur va shaxsiy faoliyatning dialektik uyg‘unligi sifatida talqin qilinadi hamda u ijtimoiy-g‘oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar asosida shakllanishi ta’kidlanadi. Dunyoqarashning ilmiy va oddiy ko‘rinishlari, e’tiqodning shakllanish bosqichlari, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish vositalari tahlil qilingan. Shuningdek, aqliy tarbiyaning mazmuni, vazifalari, fikrlash jarayoni, aqlning sifatlari hamda shaxs intellektining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar batafsil bayon etiladi. Matn dunyoqarash va aqliy rivojlanishning shaxs kamolotidagi o‘rnini har tomonlama asoslab beradi.

Full text

Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 521 O’QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH. AQLIY TARBIYA Mahmudova Lola Mamatqulova Madina Termiz davlat pedagogika instituti talabasi mahm[email protected] Annotatsiya:Mazkur matnda inson dunyoqarashining mohiyati, uni shakllantiruvchi omillar hamda shaxsning aqliy rivojlanish jarayonlari keng yoritilgan. Dunyoqarash tabiat, jamiyat, tafakkur va shaxsiy faoliyatning dialektik uyg‘unligi sifatida talqin qilinadi hamda u ijtimoiy-g‘oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar asosida shakllanishi ta’kidlanadi. Dunyoqarashning ilmiy va oddiy ko‘rinishlari, e’tiqodning shakllanish bosqichlari, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish vositalari tahlil qilingan. Shuningdek, aqliy tarbiyaning mazmuni, vazifalari, fikrlash jarayoni, aqlning sifatlari hamda shaxs intellektining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar batafsil bayon etiladi. Matn dunyoqarash va aqliy rivojlanishning shaxs kamolotidagi o‘rnini har tomonlama asoslab beradi. Kalit so‘zlar:dunyoqarash, e’tiqod, ilmiy dunyoqarash, shaxs kamoloti, aqliy tarbiya, intellekt, fikrlash, ma’naviy-axloqiy rivojlanish, o‘quvchi shaxsi, bilish jarayoni, ta’lim-tarbiya, aql sifatlari. Kirish: Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g‘ oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon boladi. Eng muhimi insonning olamga munosabati, dunyodagi o‘mi, mohiyati, hayotiy yo‘nalishini, o‘zligini anglash kabi savollarga javob beradi. Shuningdek, dunyoqarash «dunyoni tushuntirish», «dunyoni his qilish», «ifodani idrok qilish» kabi tushunchalar bilan yaqin ma'nodosh ekanligini aytish joiz. Dunyoqarash insoniyatni o‘tmish merosi, hozirgi hayot va bundagi sharoitlar, tizimlaming anglab olinganligi, qadriyatdir. Dunyoqarash kishilaming turmush tarzi, hayoti, axloq-odobi, madaniyatini yanada o'zida mujassamlashtirgan tasawurlar, bilimlar yig‘indisidir. Shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’limtarbiyaning yo‘lga qo'yilishi, uning turli yo‘nalish va mazmundagi ijtimoiy Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 522 munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o‘z-o‘zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarash ining shakllanishida ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o‘zlashtirilishi muhim o‘rin tutadi. Shaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondashuvlari, uning uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u ega boigan dunyoqarash mazmunini ifodalaydi. 0 ‘z navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini ta’minlaydi. O‘z mazmunida ezgu g‘oyalami ifoda etgan dunyoqarash shaxs qiyofasida namoyon bo‘layotgan ijobiy fazilatlaming boyib borishiga yordam beradi. Dunyoqarash o‘z mohiyatiga ko‘ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo‘lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb etgan g‘oyaiar yotadi. Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi. E’tiqod dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy-falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy, estetik hamda ekologik bilimlaming takomillashgan ko'rinishi; muayyan g‘oyaga cheksiz ishonch bo‘lib, uning shakllanishi bir necha bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda ular beqaror va vaziyat taqozosiga ko‘ra o‘zgaruvchanlik xususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda ma’naviy-axloqiy qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni tashkil etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko‘rish taqozo etiladi. Uchinchi bosqichda, e’tiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor ma’naviy-axloqiy tamoyil bo'lib qoladi. O'quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy munosabatlar jarayonida keng qo'llanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his qilingan va anglangandagina e’tiqodga aylanadi. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy vositalari. Agar uning qarashlari tizimi ong birligiga tayansa, inson dunyo haqida bir butun tasawur hosil qiladi. Bundan kelib chiqadiki, dunyoqarashni shakllantirish shaxsning intellektiga, irodasiga, his-tuyg'usiga, uning amaliy faoliyatiga ta’sir ko£rsatish bilan bog‘liq. O’quvchilaming ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy vositalari: intellektual tarkibiy qism, ijobiy emosional holat, amaliy faoliyat sohasi, fanlararo aloqadorlik, pedagogning ijtimoiy va kasbiy pozisiyasi. Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 523 Dunyoqarashning intellektual tarkibiy qismi borliqni bevosita hissiy aks ettirishdan, abstrakt tushunchaii fikrlashgacha bo'lgan harakatni talab etadi. O‘quvchilarning ijobiy emosional holati ta’lim muassasasida ijobiy ijtimoiy-psixologik muhitni yaratishga - adabiyotlar vasan’atni ishlab chiqishga, olimlaming hayoti va faoliyati, ijtimoiy faoliyatiga, o‘zining shaxsiy tajribasiga e’tibor qaratishni uyg‘otadi. O‘quvchilarning amaliy faoliyat sohasi yetarlicha keng bo‘lishi mumkin. 0 ‘quvmehnat va ijtimoiy faoliyat o‘quvchilami keng doiradagi ijtimoiy munosabatlarga jalb qiladi, muloqot tajribasi, har tomonlama axborotlar bilan qurollantiradi. Taiimtarbiyani tashkil etish jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillaming o‘zaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar ta’sirida shaxs kamolotini ta’minlashga erishish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiqdir, Ta’lim muassasalarida o‘quv predmetlari sifatida tavsiya etilgan fanlar asoslarining 0‘quvchilar tomonidan chuqur o‘zlashtiriIishi ularda keng dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. Pedagogning ijtimoiy va kasbiy pozisiyasi ilmiy dunyoqarashni shakllantirishnmg muhim omili sifatida aks etadi. Dunyoqarashni shakllantirishning muvafaqqiyati ko‘pincha, o‘quvchilaming o‘ qituvchiga ishonchiga asoslanadi. Aqliy tarbiyaning mazmun-mohiyati va komponentlari. Aqliy tarbiya ta’lim oluvchining intellekti, bilish imkoniyatlarini, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirishga > yo‘naltirilgan. Uning asosiy vazifasi - ta’lim oluvchilarning fan asoslari bo‘yicha bilimlar tizimi bilan qurollantirish. Ulami o'zlashtirish natijasida dunyoqarash asoslari shakllanishi zarur. Aqliy tarbiyaning asosiy vazifasi ta’lim oluvchilarning fan asoslari bo’yicha bilimlar tizimi bilan qurollantirishdir. Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar: • belgilangan hajmdagi ilmiy bilimlami egallash; • dunyoqarashni shakllantirish; • aql kuchi, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish; • bilishga oid qiziqishni rivojlantirish; • shaxs salohiyati imkoniyatlarini rivojlantirish; • bilish faoliyatini shakllantirish; *doimiy ravishda o‘z bilimlarini to‘ldirish, umumta’limiy tayyorgarlik darajasini oshirish ehtiyojlarini rivojlantirish; • ta’lim oluvchilami bilish faoliyati metodlari bilan qurollantirish; • fikrlash qobiliyati, ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish. Agar inson odamlar orasida ijtimoiy muhitda yashar ekan, uning aqliy taraqqiyoti, intellekti haqida gapirishga to'g'ri keladi. Bu esa uning jismoniy taraqqiyoti uchun ham Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 524 muhim. Aqliy rivojlanish deganda hayotiy ta’sir etish va natijaviyligining barcha miqdoriy imkoniyatlaridan kelib chiqadigan aql kuchi va fikrlashning rivojlanish jarayonini tushunish mumkin. Aqliy rivojlanishning nima ekanligini aniqlash uchun «fikrlash» va «aql kuchi» tushunchalariga to‘xtalish lozim bo‘ladi. Amaliy tajribamimizda fikr so‘zini juda ko‘p uchratamiz. Oddiy qilib aytganda, obyektiv olamdagi voqea-hodisalami ongimizga ta’sir etishi natijasida hosil bo'lgan tuyg'u fikr deb ataladi. Uning tub mohiyati shundaki, fikrimiz orqali biz ko'zimiz bevosita ilg'amayotgan, ko‘z o'ngimizda bo'lmagan, bo'lgan taqdirda ham o'sha narsaning ichki xususiyatiga aloqador bo'lgan «sirli» jihatlarini ko'rish imkoniga ega bo'lamiz. Fikrlash esa, shaxs bilish faoliyati jarayoni bo'lib, voqelikni bevosita va umumlashgan holda aks ettirish bilan xarakterlanadi. Boshqacha aytganda, u aqliy faoliyat mahsuli. Eng qizig'i fikrlash merosiy tushuncha, u barcha inchonlarga xos. Falsafiy, pedagogik, psixologik adabiyotlarda fikrlashning 20 dan ortiq turlari ajratib ko'rsatiladi: mantiqiy; abstrakt(mavhum); umumlashgan; nazariy; texnik; reproduktiv; ijodiy(produktiv); tizimli; kategorial; induktiv; deduktiv; algoritmik; tanqidiy; mustaqil va boshqalar. Aqliy rivojlanish -- inson psixikasining individual o'ziga xosliklaridan, u yashayotgan ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan bog'liqlikda hayotiy tajribalami oshib borishi va uning yoshi bilan aloqadorlikdagi intellektual faoliyatidan kelib chiqadigan miqdoriy va sifat o'zgarishlarming murakkab dinamik tizimi. Insoniyat tajribasini qanchalik o'zlashtirganlik aqliy rivojlanishda hal qiluvchi omil sifatida aks etadi. .Amaliy bilimlar zahirasi aqliy rivojlanishning tuzilishiga kiruvchi tarkibiy qismlardan biri sifatida qaralishi kerak. Amaliy bilimlar zahirasi bilan bir qatorda aqliy rivojlanishning tuzilishida ta’lim olganlik o‘z aksini topadi. Ta’lim olganlik - bu aql sifatini shakllantiruvchi shaxs intellektual xususiyatlarining tizimi. Aqlning teranligi inson yangi materialni egailashda mavhumlashtira olishi mumkin boigan belgilaming muhimligi va ulami umumlashganligi darajasida namoyon boiadi. Aqlning sustligi qarama-qarshilikda: bir qoliplikka, fikrlashdagi odatiylikka moyillikda, bir harakatdar tizimidan boshqasiga o‘tishdagi qiyinchilikda namoyon boiadi. Fikrning moslashuvchanligi maqsadga muvofiq o‘zgaruvchanlikni talab etadi. Aqlning barqarorligi insonga vazifalami fikriy hal etish, ulaming butun belgilarini xotirada eslab qolishga imkon beradi. Bu sifat tasniflashga oid biror vazifani hal etishda aniq ko‘rinadi. Fikriy faoliyatning anglanganligi - uning mahsuli sifatida so‘zda ifoda etish imkoniyatida aks etadigan aqlning sifati. Aqlning mustaqilligi - yangi bilimlami, vazifalami hal etishning yangi yoilarini faol izlashda namoyon boiadi. Fikrning tejamkorligi - kam vaqt sarflab yetarlicha bilimlami Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 525 egallay olishda aks etadi. Xulosa:Dunyoqarash va aqliy rivojlanish shaxs kamolotining asosiy omillari sifatida jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Dunyoqarash insonning tabiat, jamiyat va o‘z “men”iga bo‘lgan munosabatini belgilab, uning hayotiy qarashlari, qadriyatlari va e’tiqodini shakllantiradi. Ilmiy dunyoqarash esa insonning fikrlash madaniyatini rivojlantiradi, voqelikni anglash va tahlil qilishga yo‘naltiradi. E’tiqodning bosqichmabosqich shakllanishi insonning ma’naviy barqarorligiga, irodasi va hayotiy pozitsiyasining mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Aqliy tarbiya esa o‘quvchilarni bilimlar tizimi bilan qurollantirib, ularning intellektual salohiyatini rivojlantiradi, fikrlash sifatlari — mustaqillik, moslashuvchanlik, izchillik, tejamkorlik kabi jihatlarni shakllantiradi. Ta’lim jarayonida fanlararo aloqadorlik, amaliy faoliyat, ijobiy psixologik muhit pedagogning shaxsiy pozitsiyasi o‘quvchilarda keng dunyoqarash va mustahkam e’tiqodning shakllanishiga asos bo‘ladi. Umuman olganda, dunyoqarashning boyib borishi va aqliy rivojlanishning izchil davom etishi shaxsning barkamol bo‘lib yetishishiga, jamiyatning faol, ongli, mas’uliyatli a’zosi sifatida shakllanishiga zamin yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov, I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 2. Jalolov, J. J. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2016. 3. G‘oziev, E. Umumiy psixologiya. Toshkent: O‘qituvchi, 2010. 4. Hasanboeva, O. & Yo'ldoshev, J. Pedagogika. Toshkent: Fan va texnologiya, 2014. 5. To‘raqulov, X. Falsafa asoslari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2012. 6. Abdullayeva, Q. Pedagogik psixologiya. Toshkent: Universitet, 2015.