scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XALQARO BAHOLASH DASTURI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Yarasheva Gulira'no Shaydulla qizi; G'afforova Dilnur Murod qizi

Abstract

Mazkur maqolada xalqaro baholash dasturlari - PISA, TIMSS, PIRLS kabi xalqaro tadqiqotlarning ta'lim jarayoniga ta'siri hamda ular orqali o'quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari tahlil etiladi. Maqolada xalqaro baholash tizimlarining asosiy maqsadi - o'quvchilarning nafaqat bilim darajasini, balki hayotiy vaziyatlarda mustaqil fikrlash, mas'uliyat, insonparvarlik, bag'rikenglik kabi ijtimoiy-axloqiy fazilatlarini baholashdan iborat ekani yoritilgan.

Full text

Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 542 XALQARO BAHOLASH DASTURI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI Yarasheva Gulira’no Shaydulla qizi G’afforova Dilnur Murod qizi Termiz Davlat Pedagogika Instituti talabasi yarasheva[email protected] Annotatsiya. Mazkur maqolada xalqaro baholash dasturlari - PISA, TIMSS, PIRLS kabi xalqaro tadqiqotlarning ta'lim jarayoniga ta'siri hamda ular orqali o'quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari tahlil etiladi. Maqolada xalqaro baholash tizimlarining asosiy maqsadi - o'quvchilarning nafaqat bilim darajasini, balki hayotiy vaziyatlarda mustaqil fikrlash, mas'uliyat, insonparvarlik, bag'rikenglik kabi ijtimoiy-axloqiy fazilatlarini baholashdan iborat ekani yoritilgan. Аннотация.В данной статье анализируется влияние международных программ оценки, таких как PISA, TIMSS и PIRLS, на образовательный процесс, а также вопросы формирования у учащихся национальных и общечеловеческих ценностей посредством этих программ. В статье подчеркивается, что основная цель международных систем оценки заключается не только в измерении уровня знаний учащихся, но и в оценке их умения самостоятельно мыслить, ответственности, гуманизма и толерантности в реальных жизненных ситуациях. Abstract. This article analyzes the impact of international assessment programs such as PISA, TIMSS, and PIRLS on the educational process, as well as the issues related to the formation of national and universal values among students through these programs. The article highlights that the main goal of international assessment systems is not only to measure students' knowledge levels, but also to evaluate their independent thinking, responsibility, humanism, and tolerance in real-life situations. Kalit so'z: xalqaro baholash dasturlari, PISA, TIMSS, PIRLS, milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, ma'naviy tarbiya, ta'lim sifati, kompetensiyaviy yondashuv, insonparvarlik, global tafakkur, o'quvchi shaxsi. Ключевые слова: международные программы оценки, PISA, TIMSS, PIRLS, национальные ценности, общечеловеческие ценности, нравственное воспитание, качество образования, компетентностный подход, гуманизм, глобальное мышление, личность ученика. Keywords: international assessment programs, PISA, TIMSS, PIRLS, national values, universal values, moral education, quality of education, competency-based approach, Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 543 humanism, global thinking, learner's personality. Kirish. Globallashuv jarayonida ta'lim tizimi insonni nafaqat bilimli, balki ma'naviy barkamol, mas'uliyatli va ijtimoiy faol shaxs sifatida tarbiyalashni talab etmoqda. Shu maqsadda dunyo miqyosida o'tkazilayotgan xalqaro baholash dasturlari - PISA, TIMSS, PIRLS kabi tadqiqotlar - o'quvchilarning bilimni amaliy hayotda qo'llay bilish, mustaqil fikrlash va ijtimoiy qadriyatlarni anglash qobiliyatini baholaydi. Xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturi (inglizcha: Programme for International Student Assessment) — turli davlatlarda 15 yoshli oʻquvchilarning savodxonligini (oʻqish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholovchi dastur. PISA testlari maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʼlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Ushbu dastur 1997-yilda joriy etilgan boʻlib, har uch yilda bir marta oʻtkaziladi, birinchi marta 2000-yilda oʻtkazilgan. Har uch yilda bitta fan yoʻnalishiga afzallik berilib, jami testlar majmuasining deyarli 50% shu fanga mansub boʻladi. 2000-yilda ilk bor oʻqish savodxonligiga urgʻu berilgan. Test Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan yetakchi xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan konsorsiumda, milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi. Tadqiqotda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo boʻlgan davlatlar, shuningdek, OECD bilan hamkorlik aloqalari boʻlgan davlatlar ishtirok etadi. PISA tadqiqoti monitoring tadqiqoti boʻlib, u turli mamlakatlardagi taʼlim tizimlarida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni aniqlash va solishtirish, taʼlim sohasidagi strategik qarorlar samaradorligini baholash imkonini beradi. 2000-2015-yillar oraligʻida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari boʻyicha bugungi kunda Sharqiy Osiyoda — Xitoy, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada — Finlandiya, Estoniya, Shveysariya, Polsha va Niderlandiya kabi mamlakatlarning oʻrta taʼlim tizimi yaxshi rivojlangan. PISA test tarkibi PISA testlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻqish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik oʻtkaziladi. Testlarda asosiy eʼtibor oʻquvchilarning mazkur yoʻnalishlar boʻyicha eng asosiy tushunchalarni bilishi, bazaviy bilim va koʻnikmalarni egallagani, ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalana olishiga qaratiladi. PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi: Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 544 1. Bir javobli testlar; 2. Bir nechta javobli testlar; 3. Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar; 4. Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri (odatda bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test tuzivchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi qoʻllab quvvatlanadi). Bundan tashqari testlar bilan bir vaqtda oʻquvchilardan anketalar ham olish nazarda tutilgan. PISA asosiy yoʻnalishlar Oʻqish savodxonligi: Insonning matn shaklida berilgan maʼlumotlarni tushina olish va ularga reaksiya bera olish koʻnikmasi, jamiyat hayotida faol qatnashish jarayonida oʻqigan maʼlumotlaridan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalana olish, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati. Bu yerda, oʻqish savodxonligi tushunchasi keng maʼno kasb etadi. Bu yoʻnalish maqsadi oʻquvchining berilgan badiiy asardan parcha, biografiya, xat, hujjat, gazeta va jurnallardan olingan maqolalar, turli qoʻllanmalar, geografik kartalar kabi rangba-rang tematikadagi, tarkibida matnni ochib berishga moʻljallangan diagrammalar, rasmlar, kartalar, grafik va jadvallar berilgan matnni tushinishi, mazmuni haqida fikr yurita olish, matn mazmuniga baho berish va oʻqiganlari haqida oʻz fikrini bera olishi kabi kompetensiyalarini aniqlash hisoblanadi. Matematik savodxonlik: Insonning matematikaning oʻzi yashayotgan olamdagi oʻrnini bilishi, matematik jarayonlarni toʻgʻri va toʻliq asoslay olishini tekshiradi. Shaxsning matematikadan yaratuvchan, qiziquvchan va fikrlovchi insonning hozirgi va kelajakdagi matematik bilimlarga boʻlgan ehtiyojini qondira oladigan darajada foydalana olishini taʼminlash bu boʻlimning asosiy maqsadidir. Bu boʻlimdagi savodxonlik terminidan bu boʻlim maqsadi odatda maktab dasturida beriladigan bilimlarni qay darajada oʻzlashtirganini aniqlash emasligni koʻrsatish uchun foydalanilgan. Asosiy eʼtibor matematik bilimlardan turli xil hayotiy vaziyatlarda fikrlash va intiutiv qaror qabul qilish talab qilinadigan turli uslublaridan qoʻllagan holda foydalana olish nazarda tutiladi. Lekin bu turdagi savollarga javob berishda maktab dasturida beriladigan bilim va koʻnikmalar zarur boʻlishi mumkin. Bu yoʻnalish sinovlarida odatda hayotning turli sohalarida (tibbiyot, turar joy, sport va hokazo) duch kelinishi mumkin boʻlgan matematikaga oid vaziyatlar taklif qilinadi. Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi: Hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 545 mumkin boʻlgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushinish va inson faoliyati natijasida unda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni anglab yetish, shunga koʻra kerakli qarorlar qabul qila olish koʻnikmasini rivojlantirish bu boʻlimning asosiy maqsadidir. Bu savodxonlik asosi bizning maktablarimizda fizika (astronomiya elamentlari bilan birga), biologiya, kimyo va geografiya fanlari oʻqitilish jarayonida berilishi koʻzda tutilgan. 2000-yilda 32 davlatdan 265 000 oʻquvchilar test sinovidan oʻtgan. Ushbu yilda asosiy mavzu — oʻqish va oʻqilgan narsalarni tushunish qobiliyati tanlangan boʻlib, test savollarining uchdan ikki qismi aynan shu mavzuga bagʻishlangan. PISA-2003 da 43 mamlakatdan 275 000 dan ortiq oʻquvchi ishtirok etdi. Oʻqish boʻyicha Finlandiya 543 ball bilan birinchi oʻrinni egalladi. Rossiya — 442 ball, AQSh — 495 ball, Serbiya — 412 ball olgan. Matematika yoʻnalishida Gonkong 550 ball bilan birinchi oʻrinda, AQSh 483 ball, Italiya 466 ball, Rossiya 468 ball toʻplagan. Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha Finlandiya yetakchilik qilgan (549 ball). 2006-yilda oʻqish savodxonligi boʻyicha 57 davlat orasida Janubiy Koreya 556 ball bilan birinchi oʻrinni egallagan. Matematika yoʻnalishida Taybey 549 ball bilan yetakchilik qilgan. AQSH 468 ball, Isroil 442 ball toʻplagan. Tabiiy fanlar savodxonligi boʻyicha Finlandiya 563 ball bilan birinchi oʻrinda, Italiya 475 ball, AQSh 489 ball toʻplagan. 2009 — yilda tadqiqotda 74 davlat ishtirok etgan. Oʻqish savodxonligi boʻyicha Xitoyning Shanxay shahri 556 ball bilan yetakchilik qilgan. Koreya 539 ball bilan ikkinchi va Finlandiya 536 ball bilan uchunchi oʻrinni egallagan. Matematika yoʻnalishida ham Xitoyning Shanxay shahri 600 ball bilan yetakchi, MDH davlatlaridan Rossiya 468 ball, Qozogʻiston 405 ball, Qirgʻiziston 331 ball toʻplagan. 2012-yilda PISA da 65 ta davlat, jumladan, OECDga aʼzo 34 ta davlati ishtirok etdi. Ishtirokchilarga anʼanaviy testlar bilan bir qatorda tadqiqot tarixida birinchi marta yangi turdagi masala, yaʼni — interaktiv masalalar (interactive problems) taklif qilindi. 2015-yilda tadqiqotda 70 ta davlat ishtirok etdi. Shu yili anʼanaviy testlar bilan bir qatorda, moliyaviy savodxonlik boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazildi. Singapur davlati oʻqish savodxonligi, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi PISA tadqiqotining barcha yoʻnalishlari boʻyicha birinchilikni egallagan. MDH Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 546 davlatlaridan oʻqish savodxonligi boʻyicha Qozogʻiston 427 ball (53 — oʻrin), matematik savodxonlik boʻyicha Rossiya 494 ball (23-oʻrin) va tabiiy fanlar boʻyicha Moldova 428 ball (50-oʻrin) toʻplagan. 2022-yilda Oʻzbekiston ilk bor PISA xalqaro tadqiqotda ishtirok etadi[9]. Oʻzbekiston PISA tadqiqotlarida qatnashish orqali rivojlangan mamlakatlar tajribalarini Oʻzbekiston taʼlim tizimida qoʻllash, oʻz natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash imkoniyatlariga ega boʻladi. Tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. ADABIYOTLAR: 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta'lim sifatini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5123-son qarori. 2. OECD. PISA 2022 Assessment and Analytical Framework. Paris: OECD Publishing, 2023. 3. Mullis, I.V.S., Martin, M.O. TIMSS 2019 International Results in Mathematics and Science. IEA, 2020. 4. M.Qodirova, N.Abdullayeva. Zamonaviy ta'lim jarayonida xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati. Toshkent, 2022. 5. Karimova, G. Boshlang'ich ta'limda qadriyatli yondashuv asoslari. Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021. 6. Shonazarova, S. (2024). Factors for the Development of Geographical Concepts of Primary Class Students In Outside The Classroom Activities. Pedagogical ClusterJournal of Pedagogical Developments, 2(5), 47-50.