Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 547 KORREKSION PEDAGOGIKA ASOSLARI Yusupova Rayhona Salimova Oydin Termiz davlat pedagogika instituti talabasi
[email protected] Annotatsiya:Ushbu matnda korrektsion pedagogika (defektologiya) tushunchasi, uning vazifalari, asosiy yo‘nalishlari va anomal bolalar bilan olib boriladigan korrektsion-tarbiyaviy ishlar ilmiy tahlil qilinadi. Korrektsion pedagogika rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsoni bo‘lgan bolalarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim va tarbiyalashni tashkil etish, ularning psixofiziologik va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan. Matnda surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va logopediya kabi sohalar, korreksiya, kompensatsiya, ijtimoiy reabilitatsiya va adaptatsiya jarayonlari tushuntiriladi. Shuningdek, anomal bolalar bilan pedagogik ishlarning nazariy va amaliy jihatlari, ularning rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish va ijtimoiy hayotga moslashtirishning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Kalit so‘zlar:Korrektsion pedagogika, defektologiy, anomal bolalar, surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya, korreksiya, kompensatsiya, ijtimoiy reabilitatsiya, ijtimoiy adaptatsiya, ta’lim va tarbiya metodlari Kirish: Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo‘lgan o‘quvchilami korrektsion o‘qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug‘ullanadi. Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha defectus - nuqson, kamchilik, logos - fan, ta’limot) - rivojlanishda jismoniy yoki ruhiy nuqsonga ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sanaladi. Korrektsion pedagogikaning quyidagi sohalari mavjud: surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya Korrektsion pedagogikaning asosiy maqsadi - belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yo‘qotish yoki kamaytirishdan iborat. Korrektsion-pedagogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlaming amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 548 Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korrektsion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o'rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi: rivojlanishida turli kamchiliklar bo‘lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korrektsionkompensatorli imkoniyatlarini aniqlash; differensial o‘qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalaming muammolarini hal etish; anomal bolalami aniqlash va hisobga olish; rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish; bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo‘qotish yoki kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlami ishlab chiqish; anomal bolalikning oldini olish bo‘yicha profilaktik choratadbirlar tizimini ishlab chiqish; anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish. Korrektsion pedagogikaning kategoriyaiari. Korrektsion pedagogikaning quyidagi kategoriyaiari mavjud: Anomal bolatarni o‘qitish va rivojlantirish ulami ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda bilim, ko‘nikma va malakalami shakllantirishga yo‘naltirilgan maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta’lirn tizimi va metodlarini tanlashda bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqish vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish vaqti alohida ahamiyatga ega. Anomal bolalarni tarbiyalash - korrektsion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo‘lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda faqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. Anomal bolalami tarbiyalash oila va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarini qo‘llabquwatlash, bir-biriga yordam ko‘rsatish, talabchanlik hamda oqilona mehribonlik asosida amalga oshiriladi. Korrektsiya (yunoncha tuzatish) bolaning ruhiy yoki jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlami tuzatish, yo‘qotish va pasaytirishni nazarda tutadi. Korrektsion-tarbiyaviy ishlar kategoriya sifatida shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko‘ra umumiy pedagogik ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlari tizimi dan iborat. Korrektsion-tarbiyaviy masalalarda sinf va sinfdan tashqari ishlaming barcha tur va shakllaridan foydalaniladi. Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» - о‘mini to‘ldirish, tenglashtirish) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining о‘mini to‘ldirish yoki qayta qurishdir. Kompensatsiya jarayoni oliy nerv faoliyatining zahira
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 549 imkoniyatlariga tayanadi. Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha «rehabilitas» - layoqati, qobiliyatini tiklash) tibbiy-pedagogik mazrmmda anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayot va mehnatga jalb etishni anglatadi. Bu korrektsion pedagogika nazariyasi va amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi. Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha «adapto» - moslashish) - anomal bolalaming individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va qadriyatlari tizimiga mos kelishini ta’minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlami tashkil etish qiyin, sodir boiayotgan o‘zgarishlarga mos ravishda javob qaytarish qobiliyati past, shu bois murakkab talablami bajarishga ulaming layoqati etmaydi. Ijtimoiy adaptatsiya bolalarga ijtimoiy foydaii mehnatda faol ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi. Anomal o‘quvchilar bilan olib boriladigan korrektsion ishlarning asosiy yo‘nalishlari. Psixofiziologik rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo'lgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish - murakkab ijtimoiy-pedagogik muammo hisoblanadi. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korrektsion ishlar quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: Bolalaming rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini aniqlash, ulaming yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o‘rganish. Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalar bilan korrektsion-pedagogik faoliyatni tashkil etish va rivojlanishi tarixini o‘rganish. Bolalaming rivojlanish va xulqidagi nuqsonlaming oldini olishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik rivojlanishi etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash. Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarga korrektsion-pedagogik ta’sir ko‘rsatish texnologiyasi, shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish. Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim sharoitida rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalaming umumiy va maxsus ta’limi mazmunini tahlil qilish. Bolalami reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo‘nalishlarini aniqlash. Anomal bolalar bilan korektsion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi o‘qituvchilami tayyorlashning zarur o‘quv-metodik bazasini yaratish. Korrektsion-tarbiyaviy ishlar anomal bolalaming rivojlanishidagi
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 550 kamchiliklami yo‘qotish yoki kamaytirishga qaratilgan maxsus pedagogik chora-tadbirlar tizimidir. Korrektsion-tarbiyaviy ishlar faqat alohida nuqsonlami tuzatishga yo‘naltirilgan bo‘lmay, balki umumiy rivojlantirishga qaratilgan. O‘quvchilaming rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlami tuzatish bolaning shakllanayotgan shaxsini o‘zgartirishga qaratilgan yaxlit pedagogik hodisa sanaladi. Korrektsion-tarbiyaviy faoliyat bolaning idrok etish imkoniyatlarini o‘zgartirish, uning emotsional-irodaviy, individual - shaxsiy sifatlarini yaxshilash, qiziqish va layoqatlari, mehnat, badiiy, estetik va boshqa qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik xatti-harakat. Korrektsion-rivojlantiruvchi ta’iim o‘qishda va maktabda anomal bolalarga o‘z vaqtida malakali yordam ko‘rsatishni ta’minlovchi differensial ta’lim tizimi bo‘lib, uning asosiy vazifasi bola rivojlanisbining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan bilimlami tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o‘qishidagi kamchiliklami yo‘qotish, zaruriy ko‘nikma va malakalami shakllantirish hamda bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklami tuzatishdir. Xulosa:Korrektsion pedagogika (defektologiya) rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsoni bo‘lgan bolalarni maxsus, individual metodlar orqali o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan ilmiy fan sifatida ahamiyat kasb etadi. Ushbu fan anomal bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklarni aniqlash, ularni tuzatish va ijtimoiy hayotga moslashtirishga qaratilgan. Korrektsion pedagogikaning asosiy sohalari – surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va logopediya – bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga xizmat qiladi. Shuningdek, korreksiya, kompensatsiya, ijtimoiy reabilitatsiya va adaptatsiya jarayonlari bolalarning psixofiziologik va ijtimoiy rivojlanishini yaxshilashga imkon yaratadi. Shu bilan birga, korrektsion-tarbiyaviy ishlar bolalarning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, qobiliyatlarini oshirish va ularni samarali ijtimoiy faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ahmadalieva, M. (2010). Korrektsion pedagogika asoslari. Toshkent: Fan. 2. Berezina, T. A. (2008). Defektologiya: nazariya va amaliyot. Moskva: Prosveshchenie. 3. Voronova, N. V. (2015). Anomal bolalar bilan ishlash metodikasi. Moskva: Akademiya. 4. Islomova, G. (2012). Maxsus pedagogika va tarbiya. Toshkent: Universitet nashriyoti. 5. Rakhimova, Sh. (2018). Surdo-, tiflova logopedik pedagogika. Toshkent: Sharq.
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 551 6. Solieva, L. (2016). Korreksiya va kompensatsiya metodlari. Toshkent: Fan va Ta’lim. 7. Zinchenko, V. P. (2009). Psixofiziologik xususiyatlar va anomal bolalar. Moskva: Nauka.