KONSTITUTSIYA -ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI
Abstract
Ushbu ilmiy maqolada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi erkin va farovon hayot tamoyillarini kafolatlovchi huquqiy poydevor sifatida tahlil qilinadi. Yangi Konstitutsiyada inson hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, ularning kafolatlari va tenglikni ta’minlashdagi roli ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari konstitutsiyaviy normalar va ularning qonunlarda aks ettirilgan mexanizmlari misollar orqali ko’rib chiqiladi. Maqolaning asosiy maqsadi Konstitutsiyada fuqarolarning erkin va farovonn hayotini kafolatlashdagi ahamiyatini ilmiy-huquqiy nuqtai nazardan yoritib berishdir.
Full text
518 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 KONSTITUTSIYA -ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI Raxmatulloyeva Sevinch Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti Yurisprudensiya ta’lim yo’nalishi talabasi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17962019 Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi erkin va farovon hayot tamoyillarini kafolatlovchi huquqiy poydevor sifatida tahlil qilinadi. Yangi Konstitutsiyada inson hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, ularning kafolatlari va tenglikni ta’minlashdagi roli ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari konstitutsiyaviy normalar va ularning qonunlarda aks ettirilgan mexanizmlari misollar orqali ko’rib chiqiladi. Maqolaning asosiy maqsadi Konstitutsiyada fuqarolarning erkin va farovonn hayotini kafolatlashdagi ahamiyatini ilmiy-huquqiy nuqtai nazardan yoritib berishdir. Kalit so’zlar: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, erkin va farovon hayot, huquqiy poydevor, inson hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, kafolatlari, tenglik, konstitutsiyaviy normalar, qonunlar, ilmiy-huquqiy nuqtai nazar. THE CONSTITUTION - THE GUARANTEE OF A FREE AND PROSPEROUS LIFE Annotation. This scientific article analyzes the Constitution of the Republic of Uzbekistan as a legal foundation guaranteeing the principles of a free and prosperous life. The new Constitution examines the rights and freedoms of man and citizens, their guarantees and their role in ensuring equality. In addition, constitutional norms and their mechanisms reflected in laws are examined through examples. The main purpose of the article is to shed light on the importance of the Constitution in guaranteeing the free and prosperous life of citizens from a scientific and legal perspective. Key words: The Constitution of the Republic of Uzbekistan, free and prosperous life, legal foundation, rights and freedoms of man and citizens, guarantees, equality, constitutional norms, laws, scientific and legal point of view. КОНСТИТУЦИЯ — ГАРАНТИЯ СВОБОДНОЙ И ПРОЦВЕТАТЕЛЬНОЙ ЖИЗНИ Аннотация. В данной научной статье анализируется Конституция Республики Узбекистан как правовая основа, гарантирующая принципы свободной и благополучной жизни. В новой Конституции рассматриваются права и свободы человека и гражданина, их гарантии и роль в обеспечении равенства. Кроме того, на примерах рассматриваются конституционные нормы и механизмы их реализации, отраженные в законах. Основная цель статьи – раскрыть с научной и правовой точки зрения значение Конституции в обеспечении свободной и благополучной жизни граждан. Ключевые слова: Конституция Республики Узбекистан, свободная и благополучная жизнь, правовые основы, права и свободы человека и гражданина, гарантии, равенство, конституционные нормы, законы, научно-правовая точка зрения. Konstitutsiya – mamlakatning eng asosiy huquqiy hujjati bo’lib, unda davlatning tuzilishi, boshqaruvi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi va ularning vakolatlarini belgilab beradi.
519 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 O’zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprelda qabul qilingan bo’lib, 6 bo’lim, 27 bob va 155 moddadan iborat. Konstitutsiyaning asosiy vazifalaridan biri-fuqarolarning erkin va farovon hayotini kafolatlash. Bu tushuncha nafaqat shaxsiy huquq va erkinliklarni, balki ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy imkoniyatlar va tenglikni ham o’z ichiga oladi. Maqolada Konstitutsiyaning moddalaridagi fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va mamlakatimiz oldidagi burchlari ko’rib chiqiladi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson huquqlarini kengaytirish, ko’paytirish bilangina cheklanib qolinmay, ularning kafolatlari ham kengaytirildi. Bu birinchidan, belgilangan ko’pchilik moddalarda avvalgidek faqat huquq, erkinliklar ko’rsatib qolinmay, ularni amalga oshirish yo’llari, avvalo davlatning majburiyatlari aniq belgilab qo’yilgan. Buni 29, 33, 34, 43, 47, 48, 49, 52-moddalarda ko’rish mumkin. Ikkinchidan, Konstitutsiyaning kafolatlar haqidagi X bobida kafolatga taalluqli normalar ko’paytirildi va aniqlashtirildi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari masalasida eng muhimi, Konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklarni kafolatlash, ya’ni amalga oshirishni ta’minlashdir. Buning uchun mukammal tizim yaratilishi kerak. Huquq va erkinliklarning kafolatlari Konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklarni ta’minlashni huquqiy normalari va maxsus mexanizmlardan iborat bo’ladi. Huquqiy normalar mavjud bo’lsa-da, ularning amalga oshishini ta’minlovchi mexanizm bo’lmasa, bu normalar qog’ozda qolib ketaveradi. Huquq va erkinliklarni ta’minlash masalasi jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor vazifa deb qaralishi, inson huquqlari va erkinliklarini so’zda yoki qog’ozda emas, amaliy hayotda joriy qilish zarurligi Prezidentning “Hammamiz yaxshi tushunamizki, qonunlarni qabul qilishbu ishning bir qismi, xolos” degan so’zlarida ko’rinadi. 1 Mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlovchi milliy huquq tizimida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi alohida o’rin tutadi. Konstitutsiyada inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari mustahkamlanadi va ularni ta’minlash yo’llari belgilanadi. Konstitutsiyamiz ishlab chiqilayotgan vaqtda inson huquqlari bo’yicha xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan asosiy hujjatlar: “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”, “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risida”gi xalqaro pakt, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida”gi xalqaro pakt va unga fakultativ Protokollarning qoidalaridan keng foydalanildi. Bundan tashqari, inson huquqlariga taalluqli xalqaro hujjatlar: “Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to’g’risida”gi Konvensiya, “Bola huquqlari to’g’risida”gi Konvensiya va boshqa hujjatlarga qo’shilish bilan mamlakatimiz o’z zimmasiga shu hujjatlar ko’rsatmalarini bajarish va hujjat qoidalarini milliy qonunchiligimizga singdirish majburiyatini oldi. Mamlakatimizning inson huquqlarini ta’minlovchi qonunlari qatoriga Saylov va Mehnat kodekslari, “Fuqarolik to’g’risida”gi, “Ta’lim to’g’risida”gi, “Ijtimoiy ta’minot to’g’risida”gi va ko’plab boshqa qonunlarni ko’rsatish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning muhim kafolati sifatida, Konstitutsiya va qonun ustuvorligi, qonuniylik prinsipini ta’minlashni ko’rsatadi. Davlatning fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlash vazifasi va maqsadi Konstitutsiyada belgilangan bo’lib, uning 54-moddasida “Insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi”- deb yangi norma belgilandi. 2 1 Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. T.:"O'zbekiston", 2019, 1-tom, 107-bet. 2 Mirziyoyev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga eng oliy bahodir. T.:"O'zbekiston", 2018, 2-tom, 39bet.
520 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Shu moddaning 2-qismida, “Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi”,- deb qayd qilingan. Bu borada davlat tegishli va yetarli vakolatlarga ega. Asosiy huquq va erkinliklarni himoya qilish vositalari 55-moddada batafsil belgilangan. Uning normalariga ko’ra, har kim o’z huquq va erkinliklarini qonuniy himoya qilish huquqiga ega. Ya’ni advokatlarlardan foydalanish, dalillar, hujjatlarni taqdim etish, guvohlar ko’rsatish, buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun sudga murojaat qilishi huquqlari belgilangan. Sudga murojaat qilish tartibi, murojaat qilsi muddatlari, sudda ishni ko’rish tartiblari qonunda belgilab qo’yilgan. Fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda sudlardan katta umid qilinadi. Shuning uchun sud organlari faoliyatini takomillashtirish, ularning mustaqilligiga erishish, adolat posboniga aylantirish uchun chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Bundan ko’zlangan maqsadfuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda qonuniy va adolatli qaror chiqarilishini so’zsiz ta’minlaydigan yagona sud amaliyotini shakllantirishdan iborat”. Konstitutsiyaning 19-moddasi fuqarolarning jinsidan qat’iy nazar qonun oldida tengligini o’rnatgan bo’lsa, Konstitutsiyaning 58-moddasida: “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi”- deb belgilangan. Bu, bir tomondan, ayollarga bilim olish, kasb egallash, mehnat qilish, mehnatiga haq to’lashda, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishlari uchun erkaklar bilan teng imkoniyatlar yaratilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, ayollarning oiladagi o’rni, jismoniy imkoniyatlari hisobga olinib, ularning mehnat qilishi, sog’lig’ini saqlashi uchun qulay sharoitlar va imtiyozlar belgilashida ko’rinadi. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yil iyun oyida Oliy Majlis Senatidagi nutqida: “Meni kishilarimizning ongida paydo bo’lgan stereotip ko’p o’ylantiradi. Odatda biz ayolni avvalambor ona, oila qo’rg’onining qo’riqchisi sifatida hurmat qilamiz. Bu, shubhasiz, to’g’ri. Ammo bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o’zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham bo’lishi kerak”,- deb ta’kidladi. 3 Yangi tahrirdagi Konstitutsiya tizimidagi o’zgarish unga yangi XXIV bob qilib, Advokatura to’g’risidagi bobni kiritilishi bo’ldi. U ikki141,142-moddalardan iborat va advokatura faoliyatining asoslarini tartibga soladi. Advokatura faoliyati asoslarini Konstitutsiya darajasida belgilanishi huquqiy davlatga xos xususiyatdir hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarining himoyasi davlat siyosatida shaxs manfaati ustuvor ekanligidir. Advokatura mamlakatda qonuniylik prinsipini, qonun ustuvorligi prinsipini ro’yobga chiqishini, ular asosida jismoniy va yuridik shaxslarni huquqini himoya qilishni, buzilgan huquqlarni tiklashga ko’maklashuv vazifasini bajaradi. Advokatura advokatlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi maxsus bilimga ega shaxslar hamda xususiy advokatlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslarning mustaqil, ixtiyoriy, o’zini-o’zi boshqarishga asoslangan kasbiy birlashmadir. O’zbekistonning 2022-2026yillarga mo’ljallangan Taraqqiyot strategiyasida bu advokatura faoliyatini yanada takomillashtirish, uni inson huquqlarini himoya qilishning asosiy vositalaridan biriga aylantirish borasida vazifalar belgilandi. 3 Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. T.:"O'zbekiston", 2019, 1-tom, 427-428-betlar.
521 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Konstitutsiyada advokatura va advokatlar faoliyatining asoslarigina belgilanib, bu tuzilma va unda faoliyat yurituvchilar faoliyati konstitutsiyaviy darajaga ko’tarildi. Ularning vazifalari, ularni amalga oshirish usullari va vositalari, huquq va majburiyatlari, vakolatlari, boshqa davlat organlari bilan munosabati, advokatlarni alohida himoya qilish masalani 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura to’g’risida”gi va 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to’g’risida”gi qonunlar bilan batafsil tartibga solinadi. Birinchi qonunda hozirgacha 70 dan ortiq, ikkinchi qonunga 20 dan ortiq o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan. 4 Xulosa: Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - mamlakatda erkin va farovon hayotni kafolatlovchi huquqiy poydevor bo'lib xizmat qiladi. Ilmiy maqolada tahlil qilingandek, yangi tahrirdagi Konstitutsiya fuqarolarning huquq va erkinliklarining kafolatlanishi nafaqat qonunda, balki amaldagi davlat siyosatida ham o'z aksini topgan. Umuman olganda, Konstitutsiya nafaqat huquqiy hujjat, balki jamiyat va davlat o'rtasidagi huquqiy munosabatlarning mexanizmi bo'lib, erkin va farovon hayotning mustahkam garovidir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O'zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi. T.:"O'zbekiston", 2023. 2. O.T.Hasanov. Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. T.:"O'zbekiston", 2024. 3. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. T.:"O'zbekiston", 2019, 1-tom, 107-bet. 4. Mirziyoyev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga eng oliy bahodir. T.:"O'zbekiston", 2018, 2-tom, 39-bet. 5. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. T.:"O'zbekiston", 2019, 1-tom, 427-428-betlar. 6. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 48-modda; O'sha manba, 1999-y., 1-son, 12-modda. 4 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 48-modda; O'sha manba, 1999-y., 1son, 12-modda.