scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TURKIY A'NANAVIY TIBBIYOTNING ETNOGRAFIK MANBALARI VA ZAMONAVIY INTEGRATIV TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI

Ro'ziyev Navro'z Ixtiyor o'g'li; Kamoliddinova Nafisa Kamoliddinovna; Olimov Fayzulloh Xurshidbek o'g'li

Abstract

This article examines the historical development, conceptual foundations, healing practices, and cultural significance of traditional medicine among Turkic peoples. Based on archaeological sources, medieval manuscripts, ethnographic data, and modern academic research, the study analyzes the evolution of medical knowledge ranging from shamanistic healing and herbal therapy to the formation of written medical traditions in the Turkic world. Special attention is given to the medical heritage of the Huns, Göktürks, Uighurs, Khorezmians, and medieval Turkic scholars such as Ibn Sina. The study demonstrates that Turkic traditional medicine, integrating empirical knowledge and spiritual practices, played a major role in the formation of Eastern medical philosophy and continues to influence modern complementary medicine.

Full text

522 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 TURKIY A’NANAVIY TIBBIYOTNING ETNOGRAFIK MANBALARI VA ZAMONAVIY INTEGRATIV TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI Ro’ziyev Navro’z Ixtiyor o’g’li Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituchisi. e-mail: [email protected] Kamoliddinova Nafisa Kamoliddinovna Olimov Fayzulloh Xurshidbek o’g’li Toshkent Davlat Tibbiyot Universirteti 2-kurs talabalari. e-mail: nafisakamoliddinova6 @gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.17962147 Abstract. This article examines the historical development, conceptual foundations, healing practices, and cultural significance of traditional medicine among Turkic peoples. Based on archaeological sources, medieval manuscripts, ethnographic data, and modern academic research, the study analyzes the evolution of medical knowledge ranging from shamanistic healing and herbal therapy to the formation of written medical traditions in the Turkic world. Special attention is given to the medical heritage of the Huns, Göktürks, Uighurs, Khorezmians, and medieval Turkic scholars such as Ibn Sina. The study demonstrates that Turkic traditional medicine, integrating empirical knowledge and spiritual practices, played a major role in the formation of Eastern medical philosophy and continues to influence modern complementary medicine. Keywords: Turkic medicine, traditional healing, phytotherapy, Tengrism, folk medicine, shamanism, massage therapy, integrative medicine. Аннотация. В статье исследуется историческое развитие, концептуальные основы, лечебные практики и культурное значение традиционной медицины тюркских народов. На основе археологических материалов, средневековых рукописей, этнографических наблюдений и современных научных исследований проводится анализ медицинских знаний от шаманистских практик и фитотерапии до формирования письменной медицинской традиции. Особое внимание уделяется медицинскому наследию гуннов, тюрков, уйгуров, хорезмийцев, а также средневековых тюркских учёных, включая Ибн Сину. Показано, что тюркская традиционная медицина, объединяющая эмпирические знания и духовные практики, сыграла важную роль в развитии восточной медицины и продолжает влиять на современную комплементарную медицину. Ключевые слова: Tюркская медицина, народное лечение, фитотерапия, тенгрианство, шаманизм, традиционная терапия, интегративная медицина. Annotatsiya. Ushbu maqolada turkiy xalqlar orasida shakllangan an’anaviy tabobatning tarixiy rivoji, konseptual asoslari, shifolash amaliyotlari va madaniy ahamiyati ilmiy tahlil qilinadi. Arxeologik topilmalar, o‘rta asr qo‘lyozmalari, etnografik kuzatuvlar hamda zamonaviy tadqiqotlar asosida shamanizmga asoslangan davolash usullari, o‘simliklar bilan muolaja, hayvonot mahsulotlari bilan davolash, ruhiy-energetik muolajalar, turkiy yozma tibbiyot maktablarining shakllanishi chuqur o‘rganildi. Maqolada xunlar, ko‘kturklar, uyg‘urlar, qang‘ar, xorazmiylar, qarluq va qipchoq tibbiy an’analari, shuningdek, turkiy ilmiy merosning eng yirik namoyandalaridan biri Ibn Sino maktabining ta’siri yoritiladi. Tadqiqot natijalari turkiy tabobat Sharq tibbiyot falsafasining shakllanishiga katta hissa qo‘shganini ko‘rsatadi Kalit so’zlar: Turkiy tabobat, an’anaviy tibbiyot, fitoterapiya, tengrichilik, xalq tabobati, shamanizm, mo‘g‘ul-turkiy massaj, integrativ tibbiyot. 523 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Kirish. Turkiy xalqlar tabobati insoniyatning qadimiy tibbiy bilim an’analaridan biri bo‘lib, u miloddan avvalgi davrlardan tortib to hozirgi kungacha shakllanib kelgan murakkab tibbiy-amaliy tizimni tashkil etadi. Bu tabobat turi Markaziy Osiyo, Sibir, Ural, Volga bo‘yi, Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikistonning turkiyzabon guruhlari, Tatariston, Bashqirdiston va boshqa hududlarda yashovchi turkiy xalqlarning uzoq tarixiy tajribasi, diniy qarashlari, ijtimoiy-madaniy rivojlanishi hamda tabiat bilan uyg‘un hayot kechirish tamoyillariga asoslangan. Turkiy tabobatning shakllanishida qadimgi shamanizm, tengrischilik, zardushtiylik, islomiy tibbiyot, yunon-rim tibbiy an’analari, arab-fors ilmiy merosi, xitoy tabobati va mahalliy etnomeditsina tizimlari o‘zaro qorishgani kuzatiladi. Ushbu maqolaning maqsadi — turkiy xalqlar tabobatining asosiy tamoyillari, o‘rganilgan tibbiy yo‘nalishlari, davolash usullari, o‘simlikshunoslik, jismoniy va ruhiy muolajalar, taqiqlar tizimi, kasallik tasnifi, diniy-ritual amaliyotlar, shifokorlar institutlari, tibbiy asboblar, terapevtik nazariyalar va zamonaviy tibbiyot bilan uyg‘unlashuv jarayonini chuqur ilmiy tahlil qilishdir. Shuningdek, maqolada turkiy xalqlarning qadimiy manbalari “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘otit turk”, “Al-Hikmat”, “Tibbiy kitoblar”, shuningdek Ibn Sino, al-Farobiy, Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy va boshqa allomalarning asarlarida uchraydigan tibbiy g‘oyalar ham ilmiy asosda sharhlanadi. Mavzu bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib, jahon etnotibbiyoti doirasida turkiy tabobatning o‘rni, ilmiy asoslari va zamonaviy tibbiyotga integratsiyasi bo‘yicha yangi tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Asosiy qism. Turkiy xalqlar tabobati qadimgi davrlardan boshlab tabiat, kosmos va inson o‘rtasidagi muvozanatni anglashga asoslangan bo‘lib, uning markazida “ruh–tana–tabiat” uchligi turadi. Tengrichilik dunyoqarashida kasallikning kelib chiqish sabablari faqat jismoniy omillar emas, balki ruhiy buzilishlar, ijtimoiy nomutanosiblik, tabiat qonuniyatlariga zid yashash, ajdodlar ruhi bilan bog‘liq muammolar sifatida talqin qilingan. Shamanlar (bakshi, oqin, kam, otachi) jamiyatning davolovchi vakillari bo‘lib, ular nafaqat tibbiy bilimga, balki ruhiypsixoterapevtik mahoratga ham ega bo‘lgan. Turkiy tabobatda o‘simliklardan foydalanish qadimdan rivojlangan bo‘lib, 450 dan ortiq dorivor o‘simliklar ishlatilgani aniqlangan. Jumladan, qantag‘ora, qizilmiya, isiriq, qo‘ypechak, chilonjiyda, yantoq, yalpiz, bug‘doyiq, zanjabil, chinnigul, qora zira va boshqa ko‘plab o‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlari turli manbalarda zikr etilgan. “Devonu lug‘otit turk”da shamollash, isitma, ich ketish, qorin og‘riqlari, qo‘zg‘alish, yara, kuyish hamda jismoniy shikastlarga qarshi qo‘llanilgan dorilar haqida batafsil ma’lumotlar mavjud. Ibn Sino va Beruniy asarlarida ham turkiy xalq tabobatidan kirib kelgan ko‘plab dori vositalari ilmiy asosda tasniflangan. Turkiy xalqlarda bug‘doy, jo‘xori, arpa, sut, qatiq, qimiz va shubat tibbiy profilaktika vositasi sifatida qadrlangan. Qimiz “tana kuchini tiklovchi” va “qon tozalovchi”, shubat esa “ichak florasini tartibga soluvchi” ichimlik deb qaralgan. O‘rta Osiyo doirasida qimiz terapiyasi qadimdan mavjud bo‘lib, XX asr boshlarida Yevropa klinikalarida ham qo‘llanila boshlagan. Turkiy tabobatda hayvon mahsulotlari, jumladan, qulon terisi, bo‘ri yog‘i, echki suti, bedana tuxumi, asal, mum, qariqiz yog‘i kabi mahsulotlar muolaja vositasi sifatida qo‘llanilgan. Ruhiy terapiya (psixoterapiya) ham muhim o‘rinni egallagan bo‘lib, shamanlarning davolovchi qo‘shiqlari, nay, qobiz va doira sadolari bilan bajaradigan marosimlari inson psixikasiga terapevtik ta’sir ko‘rsatgan. Bu jarayon bugungi psixologiyada “ritual psixoterapiyasi”, “kollektiv trans-terapiya” deb izohlanadi. Turkiy xalqlarda “issiq–sovuq” muvozanati nazariyasi muhim bo‘lgan. Bu tushuncha kasalliklarning etiologiyasini issiq kasalliklar (qon bosimi ko‘tarilishi, isitma, yallig‘lanish) va sovuq kasalliklar (zaiflik, 524 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 bo‘shashish, shamollash) shaklida tasniflagan. Shunga mos ravishda davolash “qarama-qarshi bilan davolash” tamoyiliga asoslangan. Hammom, bug‘ terapiyasi, issiq tosh va loy bilan muolajalar keng qo‘llanilgan. Turkiy xalqlarda qon olish (hajmoterapia), ensa urdirish, otash ustidan o‘tkazish, igna bosish, quloqning refleks nuqtalariga ta’sir qilish kabi amaliyotlar uchragan. Ba’zi olimlar turkiy xalqlarda igna bilan davolash (akupunktura) xitoy tabobatidan oldin paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi. Kasallikni tashxislashda «til», «nafas», «teri rangi», «tomir urishi»ni ko‘zdan kechirish amaliyoti mavjud bo‘lgan. Jumladan, tomirning qalin, nozik, tez yoki sust urishi kasallikning turiga qarab baholangan. O‘rta Osiyo tabobatida tomir urishi diagnostikasi Ibn Sino ta’limoti orqali mukammal ilmiy tizimga aylangan bo‘lsa-da, uning ildizlari turkiy etnomeditsinaga borib taqaladi. Turkiy xalqlarning davolovchi tabiat omillari haqidagi qarashlari chuqur ilmiy asosga ega bo‘lib, qaynoq va sovuq buloqlar, tuz gorlari, balchiq, shifobaxsh tog‘ havosi, quyosh nuri bilan davolash keng tarqalgan. Yozma manbalarda Orol dengizining sho‘r havosi astma va allergik kasalliklarga qarshi qo‘llangani qayd etilgan. Tog‘li hududlarda esa balandlik terapiyasi o‘pka faoliyatini yaxshilash uchun qo‘llangan. Shuningdek, turkiy xalqlar “quyosh nuri organizmni tozalaydi” degan qarashga ega bo‘lib, bugungi kunda bu D vitamini sintezi va immun tizimi bilan bog‘liq ilmiy faktlar bilan tasdiqlangan. Turkiy tabobatning yana bir muhim yo‘nalishi jarrohlik amaliyotlaridir.Qadimiy turkiy manbalarda yaralarni tikish, suyak qo‘yish, o‘q chiqarish, kuygan joyni moy bilan davolash, sovuq suvda ishlov berish, bog‘lash texnikalari haqida ma’lumotlar uchraydi. Qadimgi turk qabilalarida suyakchi (osteopat) va otachi (tibbiy usta) alohida ijtimoiy maqomga ega bo‘lgan. Ular murakkab suyak singanini qo‘yish, chiqib ketgan bo‘g‘imlarni qaytarish, mushak tugunlarini bo‘shatish, qorin bo‘shlig‘idagi jarohatlarni bog‘lash kabi amaliy operatsiyalarni bajargan. Davolovchi massaj ham ajralmas qism bo‘lib, u qo‘llar, tirsak, tosh yoki yog‘ o‘rilgan mato bilan amalga oshirilgan. Turkiy xalqlarning tabobat tizimida taqiqlar (tabu) ham alohida o‘rin tutadi. Bular tibbiyning gigiyenik, ijtimoiy va psixologik tamoyillarini ifodalaydi: qonga, dardga, jinni ruhlarga ishonch, og‘riqning ijtimoiy sabablari, gigiyenik taqiqlar, homilador ayolga nimalar taqiqlanishi, ovqatlanish tartiblari, hayz davridagi gigiyena, shifokor tavsiyalari tizimi. Bu taqiqlarning ko‘pchiligi zamonaviy tibbiyotda gigiyena va profilaktika qoidalari sifatida ilmiy jihatdan izohlanadi. Turkiy xalqlarning islom qabul qilishi ularning tabobatini yanada rivojlantirdi. Ibn Sino, al-Farobiy, Beruniy va boshqa allomalar tomonidan yaratilgan ilmiy meros turkiy tabobatni ilmiy asosga o‘tkazdi. Shuningdek, islomiy tibbiyotdagi “sunnatga muvofiq hayot”, halol ovqatlanish, ro‘za, tozalik, ijtimoiy sog‘lom turmush tamoyillari ham turkiy tabobat bilan uyg‘unlashdi. Hozirgi kunda turkiy etnotibbiyot bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkiya universitetlari an’anaviy tabobat bo‘yicha ilmiy markazlar tashkil qilgan. Turkiy xalqlarning o‘simlikshunoslik tizimi farmakognoziya bilan birlashtirilgan. Qizilmiya, zanjabil, zira, chilonjiyda, isiriq, yalpiz va boshqa o‘simliklar zamonaviy farmakologiyada o‘z tasdig‘ini topgan. Bugungi kunda turkiy tabobatdagi psixoterapevtik marosimlardan ham zamonaviy psixologiyada foydalanilmoqda. Kollektiv qo‘shiq, musiqa bilan davolash, trans-terapiya, ritual psixoterapiya, guruh psixologiyasi tahlil usullari buning yorqin misolidir. Turkiy tabobatning zamonaviy tibbiyot bilan uyg‘unlashuvi farmakologiya, fizioterapiya, psixoterapiya, balneologiya, fitoterapiya va ekologik tibbiyot kabi yo‘nalishlarda amalga oshmoqda. 525 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Xulosa. Turkiy xalqlar tabobati ko‘p asrlik tarixiy, ma’naviy va ilmiy merosga ega bo‘lgan murakkab tibbiy madaniyat bo‘lib, uning zamonaviy tibbiyotdagi o‘rni tobora ortib bormoqda. Qadimgi shamanlik amaliyotidan tortib, Ibn Sino va Beruniy kabi allomalar ilmiy merosigacha bo‘lgan davr turkiy tabobatning shakllanishida hal qiluvchi rol o‘ynagan. Fitoterapiya, zo‘oterapiya, ruhiy davolash, massaj, hammom, balchiq terapiyasi, qon olish, jarrohlik amaliyotlari va profilaktika tizimlari bugungi kunda ham o‘z ilmiy qiymatini saqlab qolgan. Turkiy tabobatni chuqur o‘rganish nafaqat tarixiy ilm-fanga, balki zamonaviy tibbiyotning yangi rivojlanish yo‘nalishlariga ham katta hissa qo‘shadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Klyashtorniy S.G. Drevnetyurkskaya tsivilizatsiya. Moskva, 2018. 2. Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. Istanbul nashri, 2019. 3. Ibn Sino. Al-Qonun fit-tibb. Buxoro qo‘lyozmalari fondi, 2020. 4. Bartold V.V. Turkiy xalqlar tarixi bo‘yicha tadqiqotlar. Toshkent, 2014. 5. Hojiahmedov A. O‘zbek etnomeditsinasining asoslari. Toshkent, 2021. 6. Auezov M. Kazakh Ethnomedicine: Traditions and Practice. Almaty, 2020. 7. Ergin M. Eski Türk Yazıtları. Ankara, 2012. 8. Beydilya A. Turkic Healing Practices. London, 2019. 9. Islomov B. Markaziy Osiyo Tabobat Tarixi. Samarqand, 2022. 10. UNESCO. Traditional Medicine in Central Asia. Paris, 2021.