TURK TILIGA FRANSUZ TILIDAN O'ZLASHGAN SIYOSIY TERMINLARNING SEMANTIK TAHLILI
Full text
30 3 5 TURK TILIGA FRANSUZ TILIDAN O„ZLASHGAN SIYOSIY TERMINLARNING SEMANTIK TAHLILI Zoxidov Boxodir, Alfraganus universiteti o‘qituvchisi, E-mail: tartar.pr[email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17963917 Annotatsiya. Mazkur maqolada fransuz tilidan turk tiliga kirib kelgan siyosiy terminlarning o‘zlashuv jarayoni, semantik xususiyatlari, tarixiy-siyosiy omillari va zamonaviy turk tilidagi ma’no transformatsiyasi tahlil qilinadi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab turk tili siyosiy va ma’muriy leksikasida fransuz tilining o‘rni katta bo‘lgan. Ushbu tadqiqot, fransuzcha siyosiy terminlarning fonetik, morfologik va semantik moslashuv mexanizmlarini, shuningdek, ularning turk siyosiy tafakkuri va zamonaviy terminologiya taraqqiyotidagi rolini chuqur yoritadi. Kalit so‘zlar: Semantika, siyosiy terminlar, o‘zlashgan so‘zlar, fransuz tili. Аннотация. В данной статье анализируются процессы заимствования политических терминов французского происхождения в турецкий язык, их семантические особенности, историкополитические предпосылки и трансформация значений в современном турецком языке. Начиная со второй половины XIX века французский язык занимал значительное место в формировании политической и административной лексики турецкого языка. Исследование подробно рассматривает фонетические, морфологические и семантические механизмы адаптации французских политических терминов, а также их роль в развитии турецкого политического мышления и современной терминологии Ключевые слова: семантика, политические термины, заимствованные слова, французский язык. Abstract. This article examines the process of borrowing political terms from French into Turkish, their semantic characteristics, the historical-political factors underlying this process, and the transformation of their meanings in contemporary Turkish. Since the second half of the nineteenth century, French has played a significant role in shaping the political and administrative lexicon of the Turkish language. The study provides an in-depth analysis of the phonetic, morphological, and semantic adaptation mechanisms of French political terminology, as well as its role in the development of Turkish political thought and modern terminology. Keywords: semantics, political terms, borrowed words, French language. Kirish. Til – jamiyatning siyosiy va madaniy taraqqiyoti bilan bevosita bog‗liq bo‗lgan murakkab ijtimoiy hodisadir. Davlat boshqaruvi, siyosiy institutlar, diplomatiya va huquqiy tizimlar rivojlangan sari tilning terminologik bazasi ham kengayadi. Turk tili o‗zining uzoq tarixiy taraqqiyoti davomida arab, fors, yunon, italyan, fransuz, ingliz tillari bilan turli davrlarda faol aloqada bo‗lgan. Ulardan ayniqsa fransuz tili XIX–XX asrlar davomida siyosiy-administrativ terminlarning asosiy manbalaridan biri sifatida muhim o‗rin tutgan. Fransuz tilining ta‘siri Tanzimat davrida (1839–1876) kuchayib, keyinchalik Meşrutiyet va Respublika davrlarida yanada kengaydi. Bu davrda davlat boshqaruvi modernizatsiya qilindi, yangi institutlar paydo bo‗ldi, milliy huquqiy tizim qayta shakllandi. Shu jarayonda fransuzcha siyosiy, huquqiy va ma‘muriy terminlar katta miqyosda turk tiliga o‗tdi. Bugungi kunda bu terminlarning katta qismi turkcha siyosiy nutqda faol qo‗llanadi.
31 3 5 Mazkur maqolaning maqsadi – fransuz tilidan o‗zlashgan siyosiy terminlarning semantik xususiyatlarini tizimli tahlil qilish, ularning turk tiliga moslashuvi va ma‘no o‗zgarishlarini ilmiy asosda o‗rganishdir. Adabiyotlar tahlili. Turk tiliga fransuz tilidan o‗zlashgan siyosiy terminlar masalasi tilshunoslik, tarix va siyosiy diskurs tadqiqotlari doirasida o‗rganib kelinmoqda. Umumiy tilshunoslik va semantika nazariyasi nuqtayi nazaridan Doğan Aksan o‗zlashma birliklarning ma‘no o‗zgarishi va funksional moslashuvini izohlab beruvchi muhim nazariy asoslarni taqdim etadi. Fransuzcha siyosiy terminlarning turk tiliga kirib kelishi va tarixiy rivoji Mehmet Balyemez tomonidan Tanzimat davridan Respublika davrigacha bo‗lgan jarayon doirasida tizimli tahlil qilingan. Ushbu tadqiqot siyosiy tushunchalarning institutsional va ijtimoiy omillar bilan bog‗liqligini ochib beradi. Nadir Uzun esa Usmonli modernizatsiyasi jarayonida fransuz siyosiy terminologiyasining turk tiliga ta‘sirini ijtimoiy-siyosiy kontekstda yoritadi. Shuningdek, S.Shaw va E.Hobsbawm asarlarida XIX–XX asrlarda davlat qurilishi, millatchilik va siyosiy institutlarning shakllanishi tahlil qilinib, terminologik o‗zlashuvlarning tarixiy-siyosiy asoslarini tushuntirishga xizmat qiladi. Biroq mavjud adabiyotlarda fransuzcha siyosiy terminlarning semantik transformatsiyasi (ma‘no kengayishi, torayishi va semantik ko‗chish) masalasi yetarli darajada tizimli va tilshunoslik nuqtayi nazaridan chuqur yoritilmagan. Ushbu maqola aynan shu ilmiy bo‗shliqni to‗ldirishga qaratilgan. Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqot sifat (qualitative) tadqiqot dizayniga asoslangan bo‗lib, unda deskriptiv va qiyosiy-semantik tahlil usullari qo‗llanildi. Tadqiqot materiali sifatida fransuz tilidan turk tiliga o‗zlashgan siyosiy terminlar tanlab olinib, ularning fransuz tilidagi dastlabki ma‘nolari bilan zamonaviy turk tilidagi qo‗llanilishi qiyoslandi. Tahlil jarayonida etimologik yondashuv yordamida terminlarning kelib chiqishi aniqlanib, semantik o‗zgarishlar quyidagi mezonlar asosida baholandi: 1. ma‘no kengayishi; 2. ma‘no torayishi; 3. semantik ko‗chish (metafora va metonimiya). Shuningdek, terminlarning zamonaviy siyosiy nutqdagi qo‗llanilishi kontekstual tahlil orqali baholandi. Tahlillar va natijalar. XIX asr diplomatik muhiti va fransuz tilining nufuzi. XIX asrning birinchi yarmidan boshlab fransuz tili Yevropaning diplomatiya tili maqomiga ega edi. Usmoniy imperiyasi ham xalqaro munosabatlar, sudi islohotlar, ma‘muriy boshqaruv, ta‘lim tizimi va davlat idoralarini modernizatsiya qilish jarayonida fransuz tilidan faol foydalana boshladi.
32 3 5 Bu davrda kirgan asosiy terminlar: hukumat, parlament, komisyon, büro, doküman, protokol, diplomasi, misyon, devlet, ideoloji; siyosiy mafkuralarga oid: liberal, sosyalist, radikal, demokrat; jamiyat-siyosiy jarayonlarga oid: miting, protesto, organizasyon, manifest. Shu tariqa turk tilining siyosiy leksikasi fransuz tili asosida qayta shakllanib, juda boyidi. Çumhuriyet davri va terminologik standartlashuv. 1923-yil keyingi terminologik islohotlar natijasida o‗zlashgan ko‗plab fransuzcha so‗zlar turk tilining rasmiy-siyosiy lug‗atida mustahkam o‗rin egalladi. Masalan: 1. parlement → parlamento 2. commission → komisyon 3. bureau → büro 4. protestation → protesto 5. organisation → organizasyon Ba‘zi terminlar esa qisqartirilgan yoki turkchalashtirilgan: liberté → hürriyet kabi. Demak, fransuzcha o‗zlashmalar turk siyosiy tafakkurining shakllanishida muhim o‗ringa ega bo‗lgan. 2. Siyosiy terminlarning semantik tahlili: nazariy asoslar Tilshunoslikda semantika so‗zning ma‘nosi, ma‘no o‗zgarishlari va kontekstual qo‗llanish xususiyatlarini o‗rganadi. O‗zlashgan terminlar uchun uch asosiy semantik jarayon kuchli kuzatiladi: 1. Ma‘no kengayishi (genişleme) So‗zning ma‘nosi asl tildagidan kengroq kontekstda ishlatiladi. 2. Ma‘no torayishi (daralma) So‗zning ma‘nosi ma‘lum bir aniq kontekst bilan cheklanadi. 3. Semantik ko‗chish (anlam kayması) So‗zning ma‘nosi metafora, metonimiya yoki funksional o‗zgarishlar natijasida yangicha mazmun kasb etadi. Fransuzcha siyosiy o‗zlashmalarda ushbu jarayonlarning barchasi kuzatiladi. 3. Fransuzcha siyosiy terminlarning turk tilidagi semantik tahlili “Parlamento / parlement” Fransuzcha ma‟no: Qonun chiqaruvchi organ, vakillik yig‗ini. Turkcha ma‟no: ―TBMM‖ning sinonimi sifatida ishlatiladi. Semantik jarayon: Torayish: Turk siyosiy tizimiga moslashgan holda faqat milliy parlamentni bildiradi. Barqarorlashuv: Siyosiy institut sifatida qat‘iy terminologik ma‘noga ega. “Komisyon / commission” Fransuzcha ma‟no: Muayyan vazifa uchun tuzilgan rasmiy guruh. Turkcha ma‟no: Muayyan vazifa uchun tuzilgan rasmiy guruh, komissiya. Semantik jarayon:
33 3 5 Kengayish: siyosiy ma‘nodan tashqari ma‘muriy, pedagogik va texnik sohalarda ham ishlatiladi. “Diplomasi / diplomatie” Fransuzcha ma‟no: Xalqaro siyosiy munosabatlarni yuritish san‘ati. Turkcha ma‟no: Asl ma‘noda to‗liq saqlangan, ammo qo‗llanish doirasi siyosiy nutqda kengaygan. Semantik jarayon: Kengayish: tashqi tashqi siyosatdan tashqari hatto kundalik nutqda ―diplomatik yondashuv‖ tarzida metaforik qo‗llanadi. “Protokol / protocole” Fransuzcha ma‟no: Rasmiy tartib-qoidalar majmuasi. Turkcha ma‟no: Diplomatik marosim qoidalari, davlat idoralari o‗rtasidagi rasmiy kelishuvlar. Semantik jarayon: Kengayish: huquqiy kelishuv ma‘nosini ham olgan. “Miting / meeting” Asli inglizcha bo‗lsa-da, fransuz tili orqali kirgan. Turkcha ma‟no: faqat siyosiy ommaviy yig‗in. Semantik jarayon: Torayish: keng ―yig‗ilish‖ ma‘nosi yo‗qolib, siyosiy aksiya ma‘nosi markazlashgan. “Manifest / manifeste” Fransuzcha ma‟no: Siyosiy dastur yoki bayonot. Turkcha ma‟no: Siyosiy guruhlarning rasmiy maqsadlari bayonoti. Semantik jarayon: Stilistika: turk tilida ko‗proq publitsistik uslubda qo‗llanadi. “Liberal / libéral” Fransuzcha ma‟no: Iqtisodiy va siyosiy erkinlik tarafdori. Turkcha ma‟no: Siyosiy mafkura sifatida, hoşgörülü, geniş düşünceli yani dunyo qarashi keng ma‘nosida ham ishlatiladi. Semantik jarayon: Kengayish: mafkuraviy ma‘nodan tashqari axloqiy va ijtimoiy xususiyat sifatida ishlatiladi. “Sosyalist / socialiste” Fransuzcha ma‟no: Sosializm tarafdori. Turkcha ma‟no: Asosan siyosiy ma‘noda. Semantik jarayon: Barqarorlashuv: ma‘no o‗zgarishi deyarli yo‗q, termin sifatida qat‘iy. “Büro / bureau”
34 3 5 Fransuzcha ma‟no: ofis, rasmiy xonalar. Turkcha ma‟no: idora, ishxona. Semantik jarayon: Torayish: ko‗proq rasmiy davlat idoralari bilan bog‗langan. “Organizasyon / organisation” Fransuzcha ma‟no: tashkilot, uyushma, rejalashtirish jarayoni. Turkcha ma‟no: rasmiy tashkilot, tadbirni uyushtirish jarayoni. Semantik jarayon: Kengayish: ikki xil ma‘noni birlashtirgan. 4. Fransuzcha o„zlashmalarning semantik transformatsiyasi: umumiy tahlil Ma‘no kengayishi: quyidagi terminlar turk tilida kengroq ma‘noga ega bo‗lgan: Komisyon, diplomasi, organizasyon, liberal. Bu kengayishning asosiy sabablaridan biri — turk tilining zamonaviy ijtimoiy-siyosiy hayotda fransuzcha tushunchalarga ehtiyoji katta bo‗lganidir. Ma‘no torayishi quyidagi terminlar tor kontekstda ishlatiladi: miting — faqat siyosiy kontekst parlamento — faqat milliy parlament büro — faqat idoraviy ma‘noda Metaforik ko‗chishlar. Ba‘zi terminlar kundalik nutqda metafora yoki metonimiya sifatida ishlatiladi: diplomatik çözüm: ―yumshoq yondashuv‖ liberal davranmak: ―yon beruvchan bo‗lmoq‖ Bu transformatsiyalar tilning tabiiy rivojlanishidan dalolat beradi. Xulosa. Fransuz tilidan turk tiliga o‗zlashgan siyosiy terminlar turk siyosiy tafakkurining shakllanishida, zamonaviy davlat boshqaruvi va huquqiy tizimning modernizatsiyasida juda muhim rol o‗ynagan. XIX–XX asrlar davomida kirib kelgan ushbu terminlar ko‗pincha fonetik, morfologik va semantik moslashuvga uchrab, bugungi kunda turk leksikasining ajralmas qismiga aylangan. Semantik tahlil shuni ko‗rsatdiki, ayrim terminlarda kengayish jarayoni (komisyon, diplomasi), boshqalarida torayish (miting, parlamento). Bu hol lingvistik jihatdan fransuzcha siyosiy terminlarning turk tilidagi aktiv hayotiyligini, ular milliy kontekstga mos ravishda qayta semantizatsiya qilinganini tasdiqlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Aksan Doğan, Her Yönüyle Dil: Ana Çizgileriyle Dilbilim. Ankara: TDK. 2000. 2. Balyemez Mehmet, ―Tanzimat‘tan Cumhuriyet‘e Fransızcadan Türkçeye Siyasi Kavram Aktarımları.‖ TKİD, 87–112. 2015. 3. Uzun Nadir, ―Osmanlı Modernleşmesi ve Fransız Siyasi Terimlerinin Türkçeye Etkisi. 55–74. 2017. 4. Shaw.S History of the Ottoman Empire and Modern Turkey. Cambridge UP. 1997. 5. Hobsbawm Eric, Nations and Nationalism since 1780. Cambridge University Press 1990.