Full text
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 62 DOI: https://10.5281/zenodo.17964897 TALABALARDA FAOL FUQAROLIK POZITSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA HUQUQIY TA’LIMNING TA’SIRI Maftuna Ibadullayeva Ilhomboy qizi OʻzMPU Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi(huquq ta’limi)1-kurs magistranti ANNOTATSIYA Mazkur maqolada talabalarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda huquqiy ta’limning o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil etilgan. Huquqiy ta’lim orqali yoshlarning jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy faolligi, huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va mas’uliyat hissini rivojlantirish masalalari yoritib berilgan. Maqolada huquqiy bilimlarning fuqarolik pozitsiyasi bilan uzviy bog‘liqligi, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan samarali pedagogik mexanizmlar, interfaol metodlar va tarbiyaviy yondashuvlar asoslab berilgan. Shuningdek, talabalarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning huquq va majburiyatlarini chuqur anglashini ta’minlash orqali demokratik jamiyat rivojiga faol hissa qo‘shadigan barkamol shaxsni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: faol fuqarolik pozitsiyasi, huquqiy ta’lim, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, talaba-yoshlar, demokratik jamiyat, fuqarolik mas’uliyati. АННОТАЦИЯ В данной статье анализируется роль и значение правового образования в формировании активной гражданской позиции у учащихся с научной, теоретической и практической точек зрения. Выделены вопросы развития социально-политической активности молодежи в обществе, правовой осведомленности, правовой культуры и чувства ответственности посредством правового образования. В статье обосновывается неразрывная связь между правовыми знаниями и гражданской позицией, эффективные педагогические механизмы, интерактивные методы и образовательные подходы, используемые в образовательном процессе. Особое внимание уделяется также вопросам воспитания у учащихся духа уважения к закону, обеспечения глубокого понимания своих прав и обязанностей и формирования всесторонне развитой личности, активно способствующей развитию демократического общества.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 63 Ключевые слова: активная гражданская позиция, правовое образование, правовая осведомленность, правовая культура, студенты-молодежь, демократическое общество, гражданская ответственность. ABSTRACT This article analyzes the role and importance of legal education in the formation of an active civic position in students from a scientific, theoretical and practical perspective. The issues of developing the socio-political activity of young people in society, legal awareness, legal culture and a sense of responsibility through legal education are highlighted. The article substantiates the inextricable link between legal knowledge and civic position, effective pedagogical mechanisms, interactive methods and educational approaches used in the educational process. Special attention is also paid to the issues of educating students in a spirit of respect for the law, ensuring a deep understanding of their rights and obligations, and forming a well-rounded personality who actively contributes to the development of a democratic society. KIRISH Bugungi globallashuv va axborotlashuv sharoitida jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri bu — faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashdir. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar jamiyatning intellektual va ijtimoiy-siyosiy salohiyatini belgilovchi asosiy kuch hisoblanadi. Shu bois talabalarda huquqiy bilimlar asosida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, huquqiydemokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida yoshlarning huquqiy savodxonligi, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalanishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yangi O‘zbekiston – huquqiy davlat va adolatli jamiyat” tamoyili ham aynan yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasiga tayangan holda amalga oshirilmoqda. Hozirgi zamon yoshlarining katta qismi fuqarolik pozitsiyasi o‘zi nima ekanligini ham bilmaydilar. Faol fuqarolik pozitsiyasiga to‘xtaladigan bo‘lsak fuqarolik pozitsiyasi— bu shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarga befarq bo‘lmasdan, qonuniy asosda o‘z fikrini bildira olishi, jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishi, o‘z huquq va majburiyatlarini anglab yetishi bilan tavsiflanadi. Bunday pozitsiyani shakllantirishda esa huquqiy ta’lim muhim tarbiyaviy va ma’rifiy vosita hisoblanadi. Talabalarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali ularni jamiyat hayotiga daxldor, mas’uliyatli va tashabbuskor shaxs sifatida kamol toptirish mumkin. Shu nuqtayi nazardan, huquqiy ta’lim tizimini takomillashtirish, uning mazmunini
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 64 zamonaviy talablarga moslashtirish bugungi kunda ilmiy-amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi. Faol fuqarolik pozitsiyasi tushunchasi va uning mazmun-mohiyati degganda asosan faol fuqarolik pozitsiyasi shaxsning jamiyat va davlat hayotidagi voqeahodisalarga ongli, mas’uliyatli va tashabbuskor munosabatda bo‘lishini ifodalaydi. Bu tushuncha fuqarolarning huquqiy bilimlari, ijtimoiy faolligi, siyosiy ongi va huquqiy madaniyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Talaba-yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasi shakllanishi ularning huquqiy normalarni bilishi, qonunlarga rioya etishi, ijtimoiy adolat tamoyillarini qo‘llabquvvatlashi bilan namoyon bo‘ladi. Bu jarayonda huquqiy ta’lim asosiy tayanch vazifasini bajaradi. Huquqiy ta’limning talaba shaxsini shakllantirishdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratishdan oldin huquq ta’limi haqida ma’lumot berishimiz lozim. Huquqiy ta’lim — bu shaxsda huquqiy bilimlar, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan uzluksiz pedagogik jarayondir. Talabalarga huquqiy bilimlar berish orqali ularning huquq va majburiyatlari, davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyati to‘g‘risida aniq tushunchalar shakllanadi. Huquqiy ta’lim nafaqat qonunlarni o‘rgatadi, balki talabalarni mustaqil fikrlashga, huquqiy vaziyatlarni tahlil qilishga va to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatadi. Bu esa ularning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, huquqiy ta’lim talabalarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish mexanizmlari ham muhim o‘rin tutadi. Endi huquqiy ongga tarif beradigan bo‘lsak huquqiy ong — shaxsning huquqiy voqelikni idrok etish darajasi bo‘lsa, huquqiy madaniyat — bu huquqiy bilimlarni amalda qo‘llay olish ko‘nikmasidir. Talabalarda ushbu sifatlarni rivojlantirishda quyidagi mexanizmlar muhim hisoblanadi: • huquqiy fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish; • interfaol dars metodlarini qo‘llash; • huquqiy treninglar va munozaralar tashkil etish; • amaliy mashg‘ulotlar orqali huquqiy vaziyatlarni tahlil qilish. Mazkur mexanizmlar talabalarning huquqiy faolligini oshirib, ularni faol fuqarolik pozitsiyasiga undaydi. Huquqiy ta’lim orqali ijtimoiy faollik va mas’uliyatni shakllantirish mumkin. Huquqiy ta’lim jarayonida talabalar jamiyatdagi ijtimoiy muammolarga befarq bo‘lmaslik, o‘z fikrini qonuniy asosda bildirish, jamoat ishlarida ishtirok etish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Bu ularning ijtimoiy faolligini oshiradi.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 65 Talabalarning huquqiy mas’uliyat hissi kuchaygan sari ularning jamiyat taraqqiyotiga bo‘lgan hissasi ham ortib boradi. Shu jihatdan huquqiy ta’lim fuqarolik jamiyatining muhim tayanchi hisoblanadi. Zamonaviy huquqiy ta’limda innovatsion yondashuvlarga ham to‘xtalishimiz lozim. Bugungi kunda huquqiy ta’limni samarali tashkil etishda innovatsion va interfaol metodlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Case-study, debat, rolli o‘yinlar, loyiha asosida ta’lim kabi usullar talabalarni faol fikrlashga va tashabbuskorlikka o‘rgatadi. Zeroki, bu yondashuvlar orqali talabalar nafaqat nazariy bilimlarga, balki amaliy huquqiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘ladilar. Xulosa qilib aytganda, talabalarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda huquqiy ta’lim muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega. Huquqiy ta’lim orqali talabalar jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etadigan, huquq va majburiyatlarini chuqur anglagan, mas’uliyatli shaxs sifatida kamol topadi. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatning yuksalishi talabalarning fuqarolik faolligini oshiradi, ularni demokratik qadriyatlarga sodiq bo‘lishga undaydi. Shu bois oliy ta’lim muassasalarida huquqiy ta’limni yanada takomillashtirish, uning mazmunini boyitish va amaliy yo‘naltirish zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — Toshkent, 2023. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev asarlari va nutqlari. 3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Toshkent. 4. Odilqoriyev X.T. Huquqiy madaniyat va huquqiy ong. — Toshkent. 5. Saidov A.X. Fuqarolik jamiyati asoslari. — Toshkent. 6. Abdurahmonov Q.X. Huquqiy ta’lim nazariyasi. — Toshkent. 7. Ismoilov Z. Yoshlar va huquqiy tarbiya. — Toshkent. 8. Internet manbalari: www.lex.uz, www.edu.uz