JADIDLAR MILLAT UYG'ONISHINING POYDEVORLARI YOHUD ILM-MA'RIFAT HOMIYLARI
Abstract
Ushbu maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida faoliyat olib borgan o‘zbek ma’rifatchilari – jadidlarning xalqni siyosiy ongini oshirish, millatni uyg‘otish, yangi maktablar ochish, zamonaviy fanlarni o‘qitish, darsliklar yaratish, milliy matbuotni yo‘lga qo‘yish kabi beqiyos xizmatlari aks etadi.
Full text
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 66 DOI: https://10.5281/zenodo.17965783 JADIDLAR MILLAT UYG‘ONISHINING POYDEVORLARI YOHUD ILMMA’RIFAT HOMIYLARI Muhammadiyeva Zulfizarxon Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Davolash ishi yo‘nalishi talabasi. Ilmiy rahbar: Adxamjon Qosimov Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi assistenti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida faoliyat olib borgan o‘zbek ma’rifatchilari – jadidlarning xalqni siyosiy ongini oshirish, millatni uyg‘otish, yangi maktablar ochish, zamonaviy fanlarni o‘qitish, darsliklar yaratish, milliy matbuotni yo‘lga qo‘yish kabi beqiyos xizmatlari aks etadi. Kalit so‘zlar: Jadid, ma’rifatparvarlik, milliy matbuot, Turksiton Muxtoriyati, ijtimoiy drama, publitsistik maqolalar, jadid maktablari. KIRISH XX asr boshlarida millatning uyg‘onishi, ilm-ma’rifat va taraqqiyot yo‘lini belgilab bergan jadidlar harakati bugun ham o‘z dolzabligini yo‘qotmagan. Yangi O‘zbekiston g‘oyalarida bu meros alohida ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bir necha marotaba jadidlar haqida so‘z yuritar ekan, ularning fidoyilik, vatanparvarlik va ma’rifatparvarlik ruhini bugungi islohotlarimizning ma’naviy poydevori sifatida ta’kidlaydi. Jadidlar bebaho merosini o‘rganish, ularning hayoti va kurash tajribasidan saboq olish haqida qabul qilingan qarorlar esa jamiyatimiz taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Ushbu qarorlar orqali jadid namoyandalarining ilm-fanga, ta’limga, milliy uyg‘onishga qo‘shgan hissasi chuqur ilmiy tahlil etilmoqda. Biz bugun jadidchilikni faqat tarixiy hodisa sifatida emas, balki millat tafakkurini yangilagan, o‘z davridan uzoq oldinga o‘tib ketgan ma’naviy harakat sifatida baholashimiz zaruz. Aynan shuning uchun ushbu maqola jadidlarning shakllanish jarayoni, mafkurasi, asosiy vakillari va ular qoldirgan asosiy merosning bugungi O‘zbekiston uchun ahamiyatini yanada tezroq o‘rganishga bag‘ishlanadi. Jadidlar merosining bugungi O‘zbekiston uchun ahamiyati –jamoatchilik fikrining erkinlashuvi, madaniy merosni qayta tiklash va vatanparvarlik uyg‘otishdir. Ular
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 67 qoldirgan meros –bu nafaqat tarixiy xotira, balki yangi avlodni fikrlashga undaydigan kuch manbaidir. ASOSIY QISM Ma’lumki Rossiya imperiyasi tomonidan 1865-yil Toshkent, 1873-yil Xiva va 1876-yil Qo‘qon xonliklari tugatilib, to‘liq Rossiya tarkibiga qo‘shib olindi. Shundan so‘ng hokimiyat rus amaldorlari qo‘liga o‘tib, mahalliy xalqqa nisbatan kamsituvchi siyosat yuritildi. Bu davrda: eski ta’lim tizimining samarasizligi, iqtisodiy qoloqlik, diniy mutaassiblik, Rossiya mustamlakachilik siyosatining kuchayishi, jadidchilik harakatining paydo bo‘lishi uchun asos yaratdi. Jadidlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida faoliyat olib borgan o‘zbek ma’rifatchilari, yozuvchilari, siyosatchilari va diniy ulamolardan iborat guruh edi. Ularning asosiy maqsadi: xalqni ilmga, taraqqiyotga, ozodlik va mustaqillikga undash edi. Ular o‘z oldilariga quyidagi vazifalarni qo‘ygan: yangi maktablar ochish, zamonaviy fanlarni o‘qitish, darsliklar yaratish, milliy matbuotni yo‘lga qo‘yish, xalqni siyosiy ongli qilish. Jadidlarning eng muhim faoliyati –usuli jadid maktablarini tashkil qilish bo‘ldi. Bu maktablar avval Qrimda Ismoilbek G‘aspiralining tashabbusi bilan paydo bo‘lgan bo‘lsa, tez orada Turksitoning Farg‘ona, Samarqand, Toshkent, Buxoro va Xiva shahrlarida ham yoyildi. Usuli jadid maktablarining eski maktablardan farqi o‘qitish tez va tushunarli bo‘lishi, alifboni o‘rganish uchun ikki-uch oy kifoya qilishi, darslarda geografiya, tarix, hisob, tibbiyot, gigiyena kabi yangi fanlar o‘qitildi, darslar ovoz chiqarib o‘qish, yozuv, tushuntirish, xarita va ko ‘rgazmadan foydalanish asosida olib borildi, bolalar savod chiqaribgina qolmay, hayotiy bilimga ega bo‘la boshladi. Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy kabi ziyolilar jadid maktablari uchun yangi darsliklar yozdilar. Behbudiyning “Muntaxabi jug‘rofiyo‘, Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq”, Munavvarqorining “Adabiyot” kabi kitoblari shu davrda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Jadidlar matbuot sohasida ham faol bo‘lishdi. Usha davrda gazeta chiqarish juda katta jasorat talab qilgan, chunki senzura kuchli edi. Shunga qaramay, jadidlar: “Taraqqiy”, “Sadoiy Turkiston”, “Shuhrat”, “Hurshid”, “Turon”, “Oyna” kabi gazetalar va jurnallarni chiqardilar. Bu nashrlarda xalqni ilmga chaqirish, savodsizlikni tanqid qilish, milliy birlik, vatanparvarlik, jamiyat taraqqiyoti haqida maqolalar e’lon qilinar edi. Aynan matbuot jadidlar g‘oyalarining keng xalq orasida yoyilishiga asosiy vosita bo‘ldi. Jadidlar nafaqat ta’lim, balki milliy adabiyot va san’atni ham yangilashga harakat qildilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Fitrat, Cho‘lpon, kabi jadidlar: ijtimoiy drammalar, ma’rifiy sahna asoslari, zamonaviy she’riyat, publitsistik maqolalar yozib, xalqni ilmlilikka, uyg‘onishga chaqirdilar.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 68 Behbudiyning “Padarkush” drammasi jadid teatrining birinchi namunasi bo‘lib, unda jaholat va eski fikrlash oqibatlari keskin tanqid qilinadi. Jadidlar dastlab faqat ma’rifatparvarlik bilan shug‘ullangan bo‘lsalar-da, vaqt o‘tgan sayin siyosiy fikrlari ham shakillana boshladi. Ularning ko‘pchiligi: o‘lka o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, mahalliy xalq manfaatlarini himoya qilish, huquqqiy tenglik, xalq vakillarining boshqaruvida qatnashishi kabi g‘oyalarini ilgari surdi. 1917-yilda jadidlarning bir qismi Turksiton Muxtoriyatini qo‘llab-quvvatlab siyosiy maydonga chiqdi. Jadidlar qanchalik ma’rifatparvar bo‘lishmasin, ularga to‘siq ko‘p bo‘ldi. Jumladan: 1. Eski fikrdagi ulamolarning qarshiligi. Ular jadidlarni “bid’at” tarqatuvchi deb e’lon qildi. 2. Mustamlaka hokimiyatining bosimi. Matbuot cheklab qo‘yildi, ba’zi maktablar yopildi. 3. Sovet rejimi davridagi qatag‘onlar. 1930-yillarda ko‘plab jadidlar “xalq dushmani” sifatida qamaldi va otib tashlandi. Shunga qaramay, jadidlarning ma’naviy merosi butunlay yo‘qolmadi. XULOSA Jadidchilik harakti o‘zbek xalqining ma’naviy va madaniy uyg‘onish jarayonida juda muhim o‘rin tutadi. Jadidlar Turkiston jamiyatini ilm-fan, ta’lim va ma’rifat asosida yangilashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Ularning maktablari zamonaviy dunyoviy fanlarni o‘qitish orqali yosh avlod tafakkurini ochdi. Jadid matbuoti xalqning siyosi ongini o‘stirdi, adabiyot va teatr esa ma’naviy hayotga yangi ruh olib kirdi. Garchi jadidlar o‘z maqsadlariga to‘liq erisha olamagan bo‘lsalar ham, ular yaratgan fikriy poydevor bugungi O‘zbekiston ta’limi, ma’naviyati va milliy o‘zligining shakllanishida asosiy o‘rin tutadi. Jadidlar jasorati, ma’rifatparvarlik ruhi va xalq taqdiri uchun xizmatlari –tariximizning bebaho merosidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Abdulla Avloniy. “Turkiy Guliston yoxud axloq” T.,“O‘qituvchi”, 1992-yil 15-20, 45-60-betlar 2. Mahmudxo‘ja Behbudiy. “Tanlangan asarlar” T., “Ma’naviyat”, 1998-yil. 112-130150-175-betlar. 3. Munavvarqori Abdurashidxonov – “Tanlangan asarlar” T., “Sharq”, 1997-yil 24-29, 80-95-betlar 4. Abdurauf Fitrat – “Milliy uyg‘onish” Toshkent. : Fan, 1991-yil 33-48, 70-92-betlar 5. Sohibjon Tillaboyev, Akbar Zamonov. “O‘zbekiston tarixi” 9-sinf darsligi T., “Sharq” nashriyoti 2019-yil 87-91, 93-97-betlar.