MAKTABGACHA TA'LIMDA "OILAPARVAR TA'LIM" MODELI: XORIJ TAJRIBASI VA MAHALLIY AMALIYOT UYGUNLIGI
Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta’limda “Oilaparvar ta’lim” modelining mazmuni, uning nazariy asoslari, xorijiy tajribadagi qo‘llanishi hamda O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimidagi joriy etilish xususiyatlari ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda pedagogik hamkorlik, ota-ona kompetensiyalari, oilaviy muhitning tarbiyaviy salohiyati kabi tushunchalarga asoslangan yondashuvlar ko‘rib chiqiladi.
Full text
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 140 DOI: https://10.5281/zenodo.17968020 MAKTABGACHA TA’LIMDA “OILAPARVAR TA’LIM” MODELI: XORIJ TAJRIBASI VA MAHALLIY AMALIYOT UYGUNLIGI Safarova Munisa Otaxon qizi Xalqaro Nordik universtiteti 2magistranti. B.B. Abduraimova P.f.f.d. (PhD), dotsent ANNOTATSIYA Ushbu maqolada maktabgacha ta’limda “Oilaparvar ta’lim” modelining mazmuni, uning nazariy asoslari, xorijiy tajribadagi qo‘llanishi hamda O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimidagi joriy etilish xususiyatlari ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda pedagogik hamkorlik, ota-ona kompetensiyalari, oilaviy muhitning tarbiyaviy salohiyati kabi tushunchalarga asoslangan yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar. Oilaparvar ta’lim, maktabgacha ta’lim, oila–bog‘cha hamkorligi, pedagogik hamkorlik, ota-ona kompetensiyasi, bola rivojlanishi, xorij tajribasi, mahalliy amaliyot, ekologik tizimlar nazariyasi. МОДЕЛЬ “СЕМЕЙНО-ОРИЕНТИРОВАННОГО ОБРАЗОВАНИЯ” В ДОШКОЛЬНОМ ВОСПИТАНИИ: ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ И СООТВЕТСТВИЕ МЕСТНОЙ ПРАКТИКЕ АННОТАЦИЯ В данной статье представлен научный анализ сущности модели «Семейноориентированное образование» в дошкольном обучении, её теоретических основ, применения в зарубежной практике, а также особенностей внедрения в системе дошкольного образования Узбекистана. В исследовании рассматриваются подходы, основанные на таких понятиях, как педагогическое сотрудничество, компетентность родителей и воспитательный потенциал семейной среды. Ключевые слова: Семейно-ориентированное образование, дошкольное образование, сотрудничество семьи и детского сада, педагогическое
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 141 взаимодействие, родительская компетентность, развитие ребёнка, зарубежный опыт, местная практика, теория экологических систем. FAMILY-CENTERED EDUCATION MODEL IN PRESCHOOL EDUCATION: INTERNATIONAL EXPERIENCE AND ITS ALIGNMENT WITH LOCAL PRACTICE ABSTRACT This article provides a scientific analysis of the essence of the “Family-centered education” model in preschool education, its theoretical foundations, its application in foreign practice, and the features of its implementation within the preschool education system of Uzbekistan. The study examines approaches based on concepts such as pedagogical collaboration, parental competence, and the educational potential of the family environment. Keywords Family-centered education, preschool education, family–kindergarten partnership, pedagogical collaboration, parental competence, child development, foreign experience, local practice, ecological systems theory. KIRISH So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimida bolaning rivojlanishini ta’minlashda oila omilining ta’siri tobora ko‘proq ilmiy asoslanmoqda. Xalqaro pedagogik tadqiqotlarda oilaning ta’lim jarayonidagi ishtiroki bolaning ijtimoiyemotsional, nutqiy va kognitiv rivojlanishining muhim ko‘rsatkichlarini belgilashi qayd etilgan (Bronfenbrenner, 1979; Epstein, 2001). Shu nuqtayi nazardan, “oilaparvar ta’lim” (family-centered education) modeli maktabgacha ta’limning samaradorligini oshiruvchi dolzarb yondashuv sifatida ko‘riladi. Mazkur model bola tarbiyasi va rivojlanishida oila, pedagog va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi integratsiyalashgan hamkorlikni nazarda tutadi. Xorijiy mamlakatlarda, xususan, AQSH, Finlyandiya, Yaponiya va Kanada ta’lim tizimlarida amalga oshirilayotgan family-centered yondashuvlar ota-onalarning pedagogik kompetensiyasini rivojlantirish, bolalarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’limni tashkil etish hamda oilaviy resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Ushbu muvaffaqiyatli tajribalar oilaparvar modelning amaliy qiymatini tasdiqlaydi. O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida ham oxirgi yillarda oila va bog‘cha hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazalar ishlab chiqildi, “Ilk qadam” dasturi va pedagogik metodikalar oilaning ta’lim jarayonidagi o‘rnini
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 142 mustahkamlashga qaratildi. Biroq oilaparvar ta’lim modeli to‘laqonli joriy etilishi uchun xorijiy tajribalarni mahalliy sharoitga moslashtirish va tizimli amaliy mexanizmlarni shakllantirish zarurati saqlanib qolmoqda. Mazkur tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, u maktabgacha ta’limda oilaning o‘rni va funksiyasini chuqurroq tahlil qilish, yutuq va muammolarni ilmiy nuqtayi nazardan baholash va oilaparvar ta’lim modelini samarali joriy etishning nazariy hamda amaliy asoslarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Shu maqsadda ushbu maqolada oilaparvar ta’lim modelining nazariy-metodologik asoslari, xorijiy tajribalari hamda O‘zbekistondagi amaliy ko‘rinishlari tahlil qilinadi. Maktabgacha ta’limda “oilaparvar ta’lim” modelining nazariy asoslari xalqaro ilmiy adabiyotlarda keng yoritilgan bo‘lib, uning markazida bola rivojlanishiga oilaning ta’siri, pedagogik hamkorlik va oila–ta’lim muassasasi integratsiyasi turadi. Bronfenbrenner (1979) ning ekologik tizimlar nazariyasida bolani o‘rab turgan mikrosistema — oila va muassasa o‘zaro ta’sirining rivojlanishdagi hal qiluvchi o‘rni ilmiy asoslab berilgan. Bu model oilaparvar ta’lim yondashuvining metodologik negizini tashkil etadi. Vygotskiyning proksimal rivojlanish zonasi konsepsiyasi (1978) ham oilaparvar ta’limning psixologik asoslaridan biri bo‘lib, bola rivojida kattalar — xususan, otaonalar bilan o‘zaro muloqotning ahamiyatini ko‘rsatadi. Epstein (2001) taklif qilgan “maktab–oila–jamiyat” hamkorlik modeli esa zamonaviy oilaparvar ta’lim tizimlarining strukturaviy asoslaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Unda ota-onalarning ta’lim jarayoniga jalb etilishi, hamkorlikning muntazamligi va oila resurslaridan foydalanish mexanizmlari belgilanadi. Xorijiy tajribalar, jumladan, AQSHdagi Head Start dasturi (Zigler & Styfco, 2010), Finlyandiya “Early Childhood Education and Care” konsepsiyasi (OECD, 2019) va Yaponiya Hoikuen tizimi oila bilan o‘zaro hamkorlikning bola rivojlanishiga ta’sirini amaliy misollar orqali tasdiqlaydi. Bu tizimlarda ota-onalar ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi bo‘lib, bolalar uchun individual rivojlanish rejalarini tuzishga hissa qo‘shadi. Mahalliy adabiyotlarda ham oilaning tarbiyaviy salohiyati, ota-onalar kompetensiyasi va maktabgacha ta’limdagi hamkorlik masalalari keng tadqiq etilgan (Xolmatova, 2020; Jo‘raeva, 2019). O‘zbekiston maktabgacha ta’lim konsepsiyasida (2019) oila bilan ishlash, pedagogik maslahatlarga e’tibor kuchaytirish, ota-onalarni metodik qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, oilaparvar ta’lim modeli xalqaro darajada samaradorligi isbotlangan bo‘lsa-da, uni milliy amaliyotga tadbiq etishda tizimli yondashuv, ota-onalar kompetensiyasini oshirish, pedagoglar tayyorgarligini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha ilmiy asoslangan choralar zarur.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 143 Tadqiqotimiz davomida o‘tkazilgan nazariy tahlil, taqqoslash, kontent-tahlil va ekspert suhbatlari maktabgacha ta’limda “oilaparvar ta’lim” modelini qo‘llashning xorijiy amaliyoti va O‘zbekiston sharoitidagi joriy etilish holati bo‘yicha quyidagi natijalarni ko‘rsatdi: 1. Xorijiy tajribalar tahlili bir qator samarali mexanizmlarni aniqladi AQSH, Finlyandiya va Yaponiya tajribalarida oilaparvar ta’lim modeli quyidagi mexanizmlar orqali muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani aniqlandi: • ota-onalar uchun muntazam pedagogik treninglar va maslahat xizmatlari; • bola uchun individual oilaviy rivojlanish rejasini tuzish amaliyoti; • ota-onalarning ta’lim jarayonida ishtiroki (mashg‘ulotlar, loyihalar, festivallar); • oilaning psixologik qo‘llab-quvvatlanishi va ijtimoiy resurslarga ulanishi; • ta’lim muassasasi va oila o‘rtasida ochiq muloqot tizimi. Ushbu mexanizmlar oilaparvar modelning muvaffaqiyat kaliti ekanligi amaliy isbotlandi. 2. O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida oilaparvar modelning joriy etilishida ijobiy o‘zgarishlar mavjud Kontent-tahlil natijalariga ko‘ra: • “Ilk qadam” dasturi va davlat konsepsiyalarida oila va bog‘cha hamkorligiga alohida e’tibor qaratilgan; • ko‘plab bog‘chalarda ota-onalar uchun seminar, trening va ochiq mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan; • oila bilan muloqotning elektron kanallari (telegram guruhlar, onlayn maslahatlar) rivojlanmoqda; • ayrim hududlarda psixologik-pedagogik maslahat markazlari faoliyat yuritmoqda. Bu jarayonlar oilaparvar ta’limni bosqichma-bosqich joriy etilayotganini ko‘rsatadi. 3. Biroq amaliyotda muammolar va cheklovlar mavjud Ekspert suhbatlari va tahlillar quyidagi muammolarni aniqladi: • ota-onalarning pedagogik madaniyati va xabardorligi yetarli darajada emas; • hamkorlik barcha bog‘chalarda bir xil sifatda yo‘lga qo‘yilmagan; • ota-onalarning bandligi tufayli ta’lim jarayonida faol ishtiroki ko‘pincha cheklangan; • pedagoglarning “oilaparvar ta’lim” bo‘yicha maxsus tayyorgarligi yetarli emas; • resurslar, treninglar va metodik qo‘llanmalar ayrim hududlarda yetishmaydi. Bu omillar modelning to‘liq ishlashiga to‘sqinlik qilmoqda.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 144 4. Xorijiy tajribalarni mahalliy sharoitga moslashtirish uchun aniq yo‘nalishlar belgilandi Tadqiqotimiz natijasi sifatida quyidagi yo‘nalishlar samarali deb topildi: • ota-onalar pedagogik kompetensiyasini oshirish bo‘yicha modul dasturlar ishlab chiqishi • oilaviy rivojlanish pasportini joriy etish; • bog‘cha–oila–mahalla uchlik hamkorlik modelini takomillashtirish; • pedagoglar uchun oilaparvar ta’lim bo‘yicha malaka oshirish kurslarini kengaytirish; • oilalar bilan ishlashda differensial yondashuvni joriy etish. 5. Umumiy natija Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, oilaparvar ta’lim modeli maktabgacha ta’lim sifatini sezilarli darajada oshirish salohiyatiga ega, ammo uning to‘laqonli joriy etilishi ilmiy asoslangan, tizimli va kompleks yondashuvni talab qiladi Tadqiqotimiz natijalariga ko‘ra, maktabgacha ta’limda “oilaparvar ta’lim” modelini samarali joriy etish uchun xalqaro tajribalarni chuqur o‘rganish va ularni mahalliy sharoitga moslashtirish zarurligini ko‘rsatdi. Xorijiy amaliyotda ota-onalarni ta’lim jarayoniga faol jalb etish, ularning kompetensiyasini oshirish va oilaviy muhitning tarbiyaviy salohiyatidan tizimli foydalanish yuksak natijalar bergani ma’lum bo‘ldi. Bu holat Bronfenbrennerning ekologik tizimlar nazariyasida bayon qilingan “oila - bola - ta’lim muassasasi” o‘rtasidagi integratsiyalashgan hamkorlik bola rivojlanishining markaziy omili ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. O‘zbekiston amaliyotida oila va bog‘cha hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, natijalar shuni anglatadiki, ushbu jarayon hali to‘liq va tizimli shaklga ega emas. Ota-onalar bilan ishlashda ko‘proq ma’rifiy yondashuv qo‘llanilayotgan bo‘lib, xorij tajribasidagi kabi individual, differensial va resurslar bilan qo‘llab-quvvatlangan yondashuvlar yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan. Bu holat ota-onalarning pedagogik madaniyati, psixologik tayyorgarlik darajasi va vaqt cheklovlari bilan ham bog‘liq. Tadqiqot davomida aniqlangan ayrim muammolar - pedagoglarning oilaparvar ta’lim bo‘yicha maxsus metodik tayyorgarligining yetishmasligi, oilalar bilan muloqotning barcha hududlarda bir xil darajada yo‘lga qo‘yilmagani va metodik ta’minotning notekisligi — tizimning barqaror faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilmoqda. Biroq bu muammolar mavjud imkoniyatlar bilan birgalikda ko‘rib chiqilganda hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar sifatida baholanadi. Bundan tashqari, xorijiy tajribada keng qo‘llanilayotgan “family development plan”, “parental coaching”, “home-based early education programs” kabi
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 145 mexanizmlarning mahalliy amaliyotga moslashtirilishi O‘zbekistonda oilaparvar ta’lim samaradorligini sezilarli oshirishi mumkin. Ekspert suhbatlarida aniqlangan otaonalarning pedagogik qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyoji ushbu mexanizmlarni joriy etish uchun ijtimoiy-iqtisodiy zamin mavjudligini ko‘rsatdi. Yana bir muhim jihat shuki, oilaparvar ta’limning samaradorligi faqat ota-ona va pedagog hamkorligiga emas, balki mahalla, psixologik xizmatlar, sog‘liqni saqlash muassasalari va ijtimoiy tizimlar bilan hamkorlikka ham bog‘liq. Bu esa integrativ yondashuvni talab qiladi. O‘zbekiston sharoitida mahalla institutining mavjudligi oilaparvar modelni yanada kuchaytirish imkonini yaratadi. Umuman olganda, tadqiqotimiz natijalari shuni ko‘rsatadiki, oilaparvar ta’lim modelini joriy etish O‘zbekiston maktabgacha ta’limini modernizatsiya qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi mumkin. Ammo bu jarayon faqat amalga oshirilayotgan islohotlar emas, balki pedagoglar, ota-onalar va mahalla jamiyatining hamkorlikka bo‘lgan tayyorligi va resurslar bilan ta’minlanganligi bilan ham bevosita bog‘liq. Ushbu tadqiqotmizda maktabgacha ta’lim tizimida “Oilaparvar ta’lim” modelining mazmun-mohiyati, uning xorij tajribasidagi samarali yondashuvlar bilan uyg‘unlashuvi hamda mahalliy amaliyotda qo‘llanish imkoniyatlari tahlil qilindi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, oilaviy ishtirokni ta’minlash, ota-onalarning pedagogik kompetensiyasini oshirish, ta’lim jarayoniga oilaning madaniy, psixologik va ijtimoiy omillarini integratsiya qilish bolalarning erta rivojlanish natijalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Xalqaro tajribada qo‘llanilayotgan model va yondashuvlar (Reggio Emilia, Head Start, Nordic Family-Centered Education) oilaning ta’limning teng hamkori sifatida qatnashuviga asoslanadi. Mahalliy tajriba tahlili esa o‘zbek oilasining milliy qadriyatlari, ijtimoiy birdamlik, tarbiyaviy an’analar va jamoa institutlarining faol ishtiroki mavjud sharoitda “Oilaparvar ta’lim” modelini muvaffaqiyatli joriy etish uchun mustahkam zamin borligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari quyidagi xulosalarga olib keldi: 1. “Oilaparvar ta’lim” modeli maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv, ijtimoiy-emotsional va nutqiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan samarali integratsion platformadir. 2. Ota-onalarning ta’lim jarayonida faol ishtiroki bolalarning o‘ziga ishonchi, mustaqilligi va ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarining shakllanishiga ijobiy ta’sir qiladi. 3. Xorijiy yondashuvlarni mahalliy sharoitga moslashtirish milliy mentalitet, oilaviy qadriyatlar, ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan uyg‘unlikda amalga oshirilganda yanada samarali natija beradi.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 146 4. Mahalliy amaliyotda “Oilaparvar ta’lim” modelini to‘liq joriy qilish uchun malakali pedagoglar tayyorlash, ota-onalar bilan tizimli metodik hamkorlik o‘rnatish, oilaga yo‘naltirilgan ko‘mak xizmatlarini rivojlantirish zarur. 5. “Oilaparvar ta’lim” modeli maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ochiqligi, shaffofligi va jamiyat bilan integratsiyasini kuchaytiradi hamda innovatsion yondashuvlar uchun keng imkoniyat yaratadi. Umuman olganda, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Oilaparvar ta’lim” modeli O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning har tomonlama barkamol rivojlanishini ta’minlashda dolzarb va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, bu yo‘nalishda xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashtirilgan ilmiy asosli metodikalar ishlab chiqish istiqbolli vazifalardan biri hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. (2019). Ilk qadam: Davlat maktabgacha ta’lim dasturi. Toshkent: Ta’lim nashriyoti. 2. Xolmatova, S. (2020). Maktabgacha ta’limda oilaning pedagogik roli. O‘zbekiston pedagogika jurnali, 3(1), 22–30. 3. Jo‘raeva, N. (2019). Oila va maktabgacha ta’lim muassasasi hamkorligining nazariy va amaliy asoslari. Toshkent: Fan nashriyoti. 4. Abdullaev, R. (2021). Bolalarning erta rivojlanishida oilaviy muhitning ahamiyati. Ta’lim nazariyasi va amaliyoti, 5(2), 45–53. 5. Адашева, И. А., & Пискунова, Е. В. (2021). Семейно-ориентированное воспитание детей дошкольного возраста. Москва: Педагогическое общество России. 6. Epstein, J. L. (2018). School, Family, and Community Partnerships: Preparing Educators and Improving Schools. New York: Routledge. 7. Абдраимова Б.Б. Принципы и закономерности диагностической деятельности учителя // International Conference On Interdisciplinary Studies and Scientific Research 2024y. Oktober GLOBAL HUMANITY CONGRESS ISBN: 978-1-91348269-5 8. Абдраимова Б.Б. Current challenges in biology education pedagogy: an analysis of contemrary methodological issues// European Journal of Humanities and Educational Advancements (EJHEA)// ISSN: 2660-5589 Vol. 4 No.11, November 2023 [52-53] 9. Абдраимова Б.Б. The role of students’ tolerant relations in biology lessons in biological education. International.// MULTI DISCIPLINARY JOURNAL FOR RESEARCH & DEVELOPME. 2025y. https://www.ijmrd.in/index.php/imjrd Volume12, issue 05(2025)