scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SEZGI QONUNIYATLARI

Axatova Shohista

Full text

231 SEZGI QONUNIYATLARI Axatova Shohista Chirchiq Davlat Pedogogika Universiteti XTA 1-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17968105 Annotatsiya: Ushbu ilmiy tezisda bizni o‘rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda ko‘p belgi va o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Misol uchun, ob`ektlarning rangi, ta`mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, g`adir-budur yoki tekisligi, harorat va hokazo. Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a`zolarimiz orqali ongimizda aks ettirishimiz haqida aynan ushbu tezisda so‘z borgan. Kalit so‘zlar: sezgilar, ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta`m bilish, teri sezgisi. miya. Annotation. This scientific thesis contains many signs and characteristics of things and phenomena in the external world that surround us. For example, things’ color, taste, smell, hardness or softness, roughness or flatness, temperature, etc. It has been said that we also explore that object’s signs in this thesis. Keywords: sensations, vision, hearing, smell, taste, skin sensation, brain. KIRISH. Sezgilar qaysi a`zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga, ya`ni ko‘rish, hid bilish, ta`m bilish, teri, muskul-harakat, organic sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi a`zolari qayerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi. Jahon psixologiyasi fanining so‘nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan segilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki ko‘rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taalluqlidir. U reseptorning qayerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo‘ladi. Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya`ni ekstroreseptiv sezgilar Ichki tana a`zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana a`zolarida, to‘qimalarda joylashgan sezgilar, ya`ni interoretseptiv sezgilar. Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma`lumot (axorot, xabar) beruvchi muskullarda, bog`lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya`ni proprioreseptiv sezgilar. Sezgilarning tasnifi va bu boradagi tadqiqotlarni tahlil qilamiz. Dastlabki mulohazalar interoreseptiv sezgilar u borasida rus psixologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoreseptiv sezgilar asl, tub, ma`nodagi sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o‘rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilar to‘la o‘rganilmaganligi sababli uni “noma`lum hislar” deb atalgan. Bu asosa ichki organlarning xastaliklarida vujudga keluvchi holatlarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Interoreseptiv sezgilar insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari o‘zgarishida sabab bo‘ladi. Chunki bola tana a`zolaridagi ichki holatini anglash, his qilish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun undagi xatti-harakatning umumiy o‘zgarishi belgilardan buni sezish mumkin. Interoreseptiv sezgilar organizmdagi ichki jarayonlarni o‘zaro o‘rin almashtirish muvozanatini ta`minlab turishning asosi hisoblanadi. Bu jarayonni bir so‘z bilan aytganda, organizmdagi jarayonlarni o‘zaro o‘rin almashib turishning gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. Shuningdek, mazkur sezgilar insonda yuzaga keladigan puls, zo‘riqish, affect holatlarini yo‘qotish, tug`ilib kelayotgan mayllarni qondirish bilan bog`liq vazifani bajaradi. Natijada ichki tana a`zolarining 232 faoliyatini izdan chiqarish holati yuz berishi mumkin. Interoreseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari intero-sepsiya bilan birgalikda K.M.Bikov, V.N.Chernigovkiylar tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Ularning fikriga ko‘ra, bu narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqadi. Proprioseptiv sezgilar gavdaning fazodagi holati to‘g`risida signallar bilan ta`minlab turadi. Ular inson harakatining boshqaruvchisi hisolanib va afferent asosini tashkil qiladi. Preferik retseptorlar muskullar, pay, va bo‘g`imlarda joylashgan bo‘lib, maxsus tanachalar shakliga ega va ular Puchchini tanachalari deb ataladi. Tanachalarda vujudga keluvchi qo‘zg`atuvchilar muskullarning harakatlashuvi natijasida va bo‘g`imlar holatining o‘zgarishi, nerv tolalari yordamida, orqa miyyaning orqa ustunidagi oq suyuqligiga yetkaziladi. Qo‘zg`ovchilar Burdax va Goll yadrosining quyi bo‘limlariga yetib keladi va undan po‘stosti tugunchalaridan o‘tib, bosh miya katta yarim sharining qorong`ulashgan zonasida harakatlarini yakunlaydilar. Proprioreseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.Orbeli tomonidan hayvonlarcha P.K.Anoxin, odamlarda esa N.A.Bernshteynlar tomonidan o‘rganilgan. Psixologik ma`lumotlarga ko‘ra, gavdaning fazodagi holati, sezgirligi statik sezgilarda o‘z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo‘lib, ular o‘zaro bir-biriga perpendikulyar bo‘shliqda tutash holatda yotadi.Insonlar tomonidan rang va yoruqlikni sezish ko‘rish sezgilari orqali amalga oshadi va seziladigan ranglar xromatik va axromatik turlarga bo‘linadi. Psixofiziologik qonunga ko‘ra yoruqlik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o‘tib singanda hosil bo‘ladigan rang xromatik ranglar deb atalib, ularga kamalak ranglar, ya'ni qizil, zarg'aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k, binafsha tuslarini qamrab oladi. Odatda oq rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha ko‘rinishlari axromatik ranglar deb nomlanadi. Ko‘rish sezgilarining organi ko‘z hisoblanib, u ko‘z soqqasi undan chiqib keladigan ko‘ruv nervlaridan tashkil topgan bo‘lib, ko‘z soqqasini tashqi tomirlari va to‘r pardalari o‘rab turadi. Tashqi pardaning tiniq bo‘lmagan oq qismi sklera yoki qotgan qattiq parda deb nomlanadi. Uning old tomoniga joylashgan bir muncha qavariq qismi tiniq mugus parda bo‘lib, uning oldingi qismi rangdor parda deb ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan uning tovlanishiga qarab, odamlarda ko‘z ko‘k, qora kabi jilva beradi. Rangdor pardaning o‘rta qismida yumaloq tiniq modda bo‘lib, uni qorachiq deb ataymiz va u orqali ko‘z ichiga yoruqlik nurlari kiradi. Ko‘zlarning uchinchi pardasi to‘r parda deb nomlanib, u ko‘z soqqasining deyarli butun ichki yuzasini qoplaydi. qorachiq bilan rangdor pardaning orqasida ikki tomoni qavariq, tiniq jism ko‘z gavqari joylashgan bo‘ladi. Yoruqlik nurlari unda to‘planib, so‘ng sinadi va to‘r pardaga narsa yoki jismning aksi, surati tushadi. Ko‘z soqqasining gavqari bilan to‘r parda o‘rtasidagi butun ichki yuzasi shishasimon jism deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqlik bilan qoplangan bo‘ladi. To‘r parda rang va yoruqlikni sezish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda ko‘ruv nervining tarmoqlari joylashgandir. Ushbu tarmoqlarning chekkadagi uchlarida tayoqcha va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv xujayralari mavjuddir. Inson ko‘zini to‘r pardasida 130 millionga yaqin tayoqchalar va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv hujayralari mavjuddir. Inson ko‘zining to‘r pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kolbacha bor deb taxmin qilinadi. Kolbachalar yordami bilan xromatik, ya'ni kunduzgi ranglar ko‘riladi. Tayoqchalar yoruqlikni yaxshi sezuvchan bo‘lib, xira va qorong'u paytlarda o‘z funksiyasini bajaradi, axromatik ranglarni aks ettiradi. To‘r pardaning eng sezgir joyi sariq dog'ning asosan, kolbachalar bilan markaziy chuqurchasi hisoblanib, unga qaysi narsaning aksi tushsa, xuddi shuni hammadan ravshanroq ko‘ramiz. Obyektga tik qarash natijasida ko‘z muskullari unga qaratiladi va aks ettiruvchining sur'ati sariq dog'ga tushadi. Bunday tarzdagi ko‘rish to‘g'ri ko‘rish deyiladi. Odam ko‘zi ranglarning taxminan, 380 millimikrondan 780 233 millimikrongacha uzunlikdagi to‘lqinlarning ta'sirini sezadi. Uch rangli sezgi nazariyasining asosiy qoidalari 1756-yilda M.V.Lomonosov tomonidan bayon qilingan bo‘lsa, 1856-yildan keyin nemis fizigi G.Gelmgols tomonidan uni to‘la isbotlab berilgan. Ushbu nazariyaga binoan to‘r pardaning kolbachalarida uchta asosiy element mavjuddir, ulardan birining qo‘zg'alishi qizil rang sezgisini, ikkinchi qo‘zg'alishi yashil rang sezgisi va uchinchi qo‘zg'alishi binafsha rang sezgisini hosil qiladi. Nazariyaga ko‘ra yoruqlik to‘lqinlari birdaniga uchta elementni bir xilda qo‘zg'atsa, oq rang sezgisi vujudga keladi. Lekin yorug'lik to‘lqinlari ikki yoki uch elementga ta'sir qilsa-yu, ammo bu bir tekis kechmasa, u holda sezuvchi elementlardan har birining qanchalik qo‘zg'aluvchanligiga qarab, har xil rang sezgilari namoyon bo‘ladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ranglarni sezish yolg'iz to‘r pardasidagi jarayonlar bilangina emas, balki miya po‘stida yuzaga keladigan boshqa jarayonlar bilan ham bog'liq ekanligi to‘g'risida ma'lumotlar mavjuddir. Zamonaviy ma'lumotlarga binoan tayoqchalarda ko‘rish purpuri degan maxsus modda borligi isbotlangan. Ko‘zga yoruqlik ta'siri etganda ko‘rish purpuri kimyoviy yo‘l bilan parchalanib, tarkibiy qismlarga bo‘linadi va mazkur jarayon ko‘rish nervini qo‘zg'atib, yorug'lik sezgisini hosil qiladi va qorong'ulikda esa purpur funksional holatini qayta tiklaydi.Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo‘lib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi tonli, ikkinchisi esa bir necha tondan tashkil topadi. Tonlardan biri asosiy ton hisoblanib, u tovushning balandigini, kuchini belgilaydi, boshqalari keluvchi tovushlar sanalib, ular obertonlar deyiladi. Musiqa asboblaridan taralayotgan tovushlarning o‘ziga xosligi fan tilida tembr deb ataladi. hatto nutq tovushlari ham ohangli tovushlar (unli tovushlar) yoki shovqinlardan (undosh tovushlar) tashkil topgan bo‘ladi. Eshitish sezgilari organi quloq bo‘lib, tashqi quloqlar suprasi bilan eshituv yo‘lidan iborat. O‘sha quloqlar nog'ora parda va unga yopishgan uchta suyakcha: bolg'acha, sopdan va uzangidan tashkil topgan. Ichki quloq (quloq labirinti) o‘zaro birlashmagan uchta bo‘lakdan tuzilgan. Tashqi quloq havo to‘lqinlarini yig'uvchi karnay vazifasini bajaradi. Nog'ora parda va unga yopishgan suyakchalar havo to‘lqinlarini ichki quloqqa uzatadi. O‘rta quloq maxsus yo‘l orqali og'iz va burun bo‘shlig'i bilan tutashgan bo‘ladi. Ichki quloqlarning yuqori qismi uchta yarim doira kanaldan, o‘rta qismi kameradan va pastki qismi chig'anoqdan tashkil topgan. Ichki quloqlarning uchchala bo‘limi endolimfa nomli suyuqlikdan iboratdir. Ichki quloqlarning asosiy qismi chiqanoqdan iborat bo‘lib, uning ichida kortiy organ mavjud, u gumbaz shakliga ega bo‘lib, asosida membrana joylashgan. Membrana uzunligi qisqarib boruvchi elastik tolalardan iborat bo‘lib, ular tarang tortilgan to‘rlarga o‘xshaydi. Uning yuqori qismida maxsus, tayoqchasimon hujayralar mavjud va ular kortiy dugalari deb yuritiladi. Membrananing tolalari endolimfaga ingichka qo‘llari bor maxsus hujayralar yordamida korniy dugalari orqali katta yarim sharlar po‘stining bo‘lagida joylashgan. Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, sezgilar insonning tashqi va ichki muhit bilan aloqasining asosiy vositasi hisoblanadi. Ular bizni atrofimizdagi dunyo haqida maʼlumot bilan taʼminlaydi, xavfdan ogohlantiradi va hayotimizni mazmunli qiladi. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari murakkab jarayon boʻlib, unda retseptorlar, nerv toʻlalari va miya ishtirok etadi. Sezgilarning fiziologik mexanizmlarini tushunish bizga quyidagi imkoniyatlarni beradi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. F.I. Xaydarov, N.I. Xalilova Toshkent: “metodist nashriyoti”-2023 Umumiy psixologiya (4041); (42-52) betlar. 2. https://academicsbook.com.