scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XOTIRA HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING NERV-FIZIOLOGIK ASOSI

Inomjonova Shirinoy; Ozodqulov Olimjon Bahodir o'g'li

Full text

236 XOTIRA HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING NERV-FIZIOLOGIK ASOSI Inomjonova Shirinoy Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti 1-bosqich talabasi [email protected] Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qtuvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li [email protected] https://doi.org/ 10.5281/zenodo.17968216 Annotatsiya: Ushbu ilmiy ish xotira psixologik va fiziologik mexanizmlari, uning turlari, jarayonlari va nerv tizimidagi asosiy rolini o‘rganadi. Xotira inson bilish faoliyatining markaziy jarayoni bo‘lib, eslab qolish, saqlash va qayta tiklash jarayonlari orqali bilim va ko‘nikmalar shakllanishini ta’minlaydi. Ishda xotiraning nerv-fiziologik asoslari - gippokamp, sinaps, shartli reflekslar va plastiklik jarayonlari keng yoritilgan. Kalit so‘z: xotira, fiziologiya, nerv tizimi, gippokamp, shartli reflekslar, sinaps, eslab qolish, qayta tiklash Annotation: This scientific work explores the psychological and physiological mechanisms of memory, its types, processes, and the role of the nervous system. Memory is a central process of human cognition, ensuring the formation of knowledge and skills through memorization, retention, and recall. The work highlights neurophysiological bases of memory - hippocampus, synapses, conditioned reflexes, and plasticity processes. Keywords: memory, physiology, nervous system, hippocampus, conditioned reflexes, synapse, memorization, recall KIRISH Xotira inson psixikasining eng muhim jarayonlaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishi va samarali ishlashi ta’lim, ilm-fan va shaxsiy tajribaning shakllanishida beqiyos ahamiyatga ega. Inson o‘tmishda o‘rgangan tajribalarni eslab qolmas ekan, yangi bilim va ko‘nikmalarni shakllata olmaydi. Shu sababli xotira psixologiya, fiziologiya va nevrologiya sohalarida doimiy ilmiy tadqiqot obyekti bo‘lib keladi. Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, xotira jarayonlari nafaqat psixologik, balki biologik, fiziologik va neyrobiologik asosga ega. U inson bilish faoliyatining markaziy mexanizmi bo‘lib, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda, hissiy va motor faoliyatni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Xotiraning psixologik mohiyati: Xotira inson faoliyatida markaziy o‘rin tutadi. U inson tajribasini saqlash va uni qayta ishlash imkonini beradi. Xotira jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: Eslab qolish (encoding) - yangi ma’lumotni qabul qilish va ongga kirishi. Saqlash (storage) - axborotning vaqtinchalik yoki uzoq muddat davomida miya tuzilmalari orqali saqlanishi. Qayta tiklash - esga tushirish (retrieval) - kerakli vaqtda ma’lumotni ongga qaytarish. Xotira samaradorligi shaxsning diqqat darajasi, motivatsiyasi, hissiy holati va oldingi bilish tajribasiga bog‘liq. Kuchli motivatsiya va qiziqish xotiraning sifatini oshiradi. Xotiraning turlari: Davomiyligiga ko‘ra: Qisqa muddatli xotira - bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha ma’lumotni saqlaydi. Uzoq muddatli xotira - yillar davomida saqlanishi mumkin. Operativ xotira (working memory) - faoliyat jarayonida ma’lumotni vaqtincha saqlash 237 va ishlatish. Mazmuniga ko‘ra: Harakat xotirasi (motor memory) - jismoniy harakatlar va ko‘nikmalar. Hissiy xotira (emotional memory) - hissiyot va emotsiyalar bilan bog‘liq xotira. Obrazli xotira (sensory memory) - ko‘rish, eshitish, hid va ta’m orqali hosil bo‘lgan xotira. Mantiqiy - so‘zli xotira (semantic memory) - bilim, tushunchalar va qoidalarni saqlash. Ixtiyoriylik darajasiga ko‘ra: Ixtiyoriy xotira - ongli ravishda eslab qolish. Ixtiyorsiz xotira - ongdan tashqari, hissiy ta’sir bilan saqlash. Xotira jarayonlari: Eslab qolish - ma’lumotning miya tuzilmalari tomonidan qabul qilinishi va qayd etilishi. Saqlash - nerv tarmog‘ida axborotning mustahkamlanishi. Qayta tiklash - eslab tushirish - ma’lumotni ongga qaytarish. Xotira jarayonlari samarali ishlashi uchun: axborot muntazam takrorlanishi, tizimli tarzda o‘rganilishi, hissiy kontekst bilan bog‘lanishi zarur. Xotiraning nerv - fiziologik asosi Xotira jarayonlarining fiziologik mexanizmlari quyidagi asoslarda shakllanadi: I.P. Pavlov - shartli reflekslar xotiraning fiziologik asosini tashkil etadi. A.R. Luriya - bosh miya tizimlarining funktsional bloklari xotiraning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Gippokamp - uzoq muddatli xotiraning markazi. Sinaptik plastiklik - sinapslar o‘rtasidagi aloqalarning kuchayishi yoki susayishi xotiraning mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi. Neyronlar va tarmoqlar - miya nerv tarmoqlari orqali ma’lumotlarni tezkor uzatadi. Gippokampning roli: Gippokamp xotira shakllanishi va konsolidatsiyasida markaziy tuzilma bo‘lib, yangi bilimlarni uzoq muddatli xotiraga o'tkazadi. Shuningdek, u joyni eslash va fazoviy xotira bilan chambarchas bog‘liq. Sinaptik plastiklik: Sinapslarda yuz beradigan kuchayish va zaiflashish jarayonlari xotiraning mustahkamlanishini ta’minlaydi. Bu jarayon psixologiyada “uzoq muddatli potensiyalizatsiya” deb ataladi. Xotira qonuniyatlari: Takrorlash qonuni - ma’lumot takrorlanganda mustahkamlanadi. Emotsional kuchlanish qonuni - kuchli hissiyotlar bilan bog‘liq xotira samaraliroq. Tizimlashtirish qonuni - ma’lumot guruhlash orqali yaxshi saqlanadi. Qiziqish qonuni - qiziqish mavjud bo‘lsa, oson eslab qolish mumkin. Interferensiya qonuni - yangi ma’lumot eski bilan to‘qnashganda xotira pasayadi. Xotirani rivojlantirish usullari: Takrorlash va mantiqiy guruhlash. Uyqu va dam olishni tartibga solish. Sport va jismoniy mashqlar. Mantiqiy o‘yinlar: shaxmat, jumboqlar. Stressni kamaytirish. Sog‘lom ovqatlanish, vitaminlar va omega - 3. Visualizatsiya va mnemonic texnikalar. XULOSA Xotira inson bilish jarayonining markaziy mexanizmi bo‘lib, uning samarali ishlashi nerv tizimi tuzilishi va fiziologiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Xotiraning shakllanishi, saqlanishi va qayta tiklanishi bosh miya po‘stlog‘i, gippokamp, sinaptik aloqalar va vaqtinchalik nerv bog‘lanishlari orqali amalga oshadi. Xotira rivoji psixik, hissiy va motor faoliyatning sifatini oshiradi, bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlaydi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Pavlov I.P. Yuqori nerv faoliyati nazariyasi. Moskva, 1951. 2. Luriya A.R. Miya va psixik jarayonlar. Moskva, 1973. 3. Rubinshteyn S.L. Psixologiya asoslari. Moskva, 1989. 4. Kandel E. Principles of Neural Science. New York, 2013. 238 5. Shoumarov.G‘Umumiy psixologiya. Toshkent, 2018. 6. Atkinson & Shiffrin. Human Memory. New York, 1968. 7. O‘G‘Li, O. O. B. (2024). Vatanparvarlik ruhini talаbalarda rivojlantirish pedagogik muammo sifatida. Central Asian Journal of Academic Research, 2(10-2), 37 - 41. 8. Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li. (2024). Rahbar va xodim munosabatlarining boshqaruv jarayonidagi psixologik xususiyatlari. Образование наука и инновационные идеи в мире, 41(1), 110 - 113. Retrieved from https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/12079 9. Fanlar tizimida pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Образование наука и инновационные идеи в мире, 41(1), 103 - 106.Ozodqulov, o. B. O. G. L. (2020). O‘rta osiyoda cho‘l mintaqasining ekologik oqibatlari. Academic research in educational sciences, (2), 196 - 200.