NIZO PSIXOLOGIYASI
Full text
248 NIZO PSIXOLOGIYASI Murodaliyeva Zilola Dilmurod qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyot yo'nalishi 25/3 guruh talabalari [email protected] https://doi.org/ 10.5281/zenodo.17968305 Annotatsiya: Ushbu maqolada shaxslararo ziddiyatlarning psixologik mohiyati, ularning kelib chiqish sabablari hamda inson ruhiyatiga ta’siri yoritilgan. Nizolarni bartaraf etishning psixologik usullari, muloqot madaniyati va murosaga kelish strategiyalari tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, ziddiyatlarning ijobiy va salbiy jihatlari, ularning shaxs rivojidagi o‘rni haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot natijasida shaxslararo nizolarni to‘g‘ri boshqarish insonlar o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarni shakllantirishda muhim omil ekani aniqlangan. Kalit so‘zlar: Shaxslararo ziddiyat, nizo psixologiyasi, muloqot, psixologik holat, shaxs rivoji,hissiyot, muloqot madaniyati Abstract This article discusses the psychological nature of interpersonal conflicts, their causes and impact on the human psyche. Psychological methods of resolving conflicts, communication culture and compromise strategies are analyzed. The article also discusses the positive and negative aspects of conflicts, their role in personal development. The study revealed that the correct management of interpersonal conflicts is an important factor in the formation of healthy relationships between people. Keywords: Interpersonal conflict, conflict psychology, communication, psychological state, personal development, emotion, communication culture KIRISH. Inson jamiyatda yashar ekan, doimo boshqalar bilan o’zaro munosabatga kirishadi. Bu munosabatlar jarayonida harxil fikrlar,qarashlar va hissiy holatlar to’qnashuvi natijasida ziddiyatlar paydo bo’ladi. Psixologiyada bu holat nizo deb ataladi. Shaxslararo ziddiyatlar inson ruhiyati hissiyotlari va xulq-atvorining muhim ko’satgichlaridan biridir. Umumiy psixologiya fanidan ziddiyatlarning kelib chiqishi sabablari ularni boshqarish mexanizmlari va psixologik ta’siri chuqur o’rganiladi.Inson ijtimoiy mavjudot bo‘lgani sababli uning hayoti doimo boshqa insonlar bilan o‘zaro munosabatda kechadi. Har bir insonning shaxsiy qiziqishlari, maqsadlari, qadriyatlari va xulq-atvori boshqalarnikidan farq qilgani bois, shaxslararo munosabatlarda turli xil qarama-qarshiliklar, kelishmovchiliklar va nizolar yuzaga keladi. Shu sababli nizo psixologiyasi zamonaviy psixologiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida shaxslararo munosabatlarni boshqarishda, jamoaviy muhitni sog‘lomlashtirishda katta ahamiyat kasb etadi. Ziddiyat – bu ikki yoki undan ortiq shaxs, guruhlarning qarama-qarshi manfaatlari, ehtiyojlari va qarashlari to‘qnashuvi natijasida vujudga keladigan psixologik va ijtimoiy jarayon. Shaxslararo ziddiyatlarning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:turli manfaat va qadriyatlarning mos kelmasligi,qarash va xatti-harakatlarning zid bo‘lishi,emotsional tanglik va stressning kuchayishio‘zaro munosabatlarda salbiy muhitning paydo bo‘lishi. Shaxslararo nizolarni boshqarish usullari - Empatiya va tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish. - O‘zaro hurmat va ishonch muhitini yaratish. - “Men-xabar” texnikasidan foydalanish (ayblash emas, his-tuyg‘ularni ifodalash).
249 - Vaziyatni ob’ektiv tahlil qilish, sabablarga emas, echimlarga e’tibor qaratish. - Mediatsiya va uchinchi tomon yordamidan foydalanish. Nizo va uning psixologik mohiyati Nizo – bu ziddiyatning ochiq shaklda namoyon bo‘lishi, ya’ni qarama-qarshiliklarning faol harakat, bahs, tortishuv yoki qarshi kurash orqali ifodalanishi.Nizoning 3 xil asosiy turlari mavjud bo’lib ular; Ichki ziddiyat – shaxsning o‘zida qarama-qarshi istaklar, qarashlar va qarorlar to‘qnashuvi (masalan, “istayman, lekin qo‘rqaman”). Shaxslararo nizo – ikki yoki bir nechta inson o‘rtasida kelib chiqadigan qarama-qarshiliklar. Guruhlararo nizo – turli ijtimoiy guruhlar, jamoalar o‘rtasida yuzaga keladigan qaramaqarshiliklar. Shaxslararo nizolar ko’proq odamlar bir-birlarini not’g’ri tushunishi, yetarlicha almashmasligi,huquq va majburiyatlarning notengligi,ishinchsizlik kabi hissiyotlardan kelib chiqishi mumkin. Nizoning yana bir qancha turlari mavjud bo’lib ular; Konstruktiv nizo – muammo hal etilib, munosabatlar ijobiy rivojlanadi. Destruktiv nizo – qarama-qarshilik chuqurlashib, munosabatlar buziladi. Ochiq nizo – bahs, tortishuv, qarama-qarshi xatti-harakatlarda yaqqol ko‘rinadi. Yashirin nizo – tashqi tomondan ko‘rinmaydi, ammo ichki qarama-qarshilik mavjud. Psixologik jihatdan qaraganda, har bir nizo - bu inson o‘z ichki dunyosini, emotsiyalarini va ehtiyojlarini anglash imkoniyatidir. Shu sababli ziddiyatni to‘g‘ri boshqarish shaxs kamoloti uchun zarurdir. XULOSA: Shaxslararo ziddiyatlar inson hayotining ajralmas qismidir. Ular ko‘pincha salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, ammo to‘g‘ri boshqarilganda shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishga, yangi echimlarni topishga xizmat qiladi. Psixologiyada nizo faqat qarama-qarshilik emas, balki insonlararo munosabatlarni rivojlantirish imkoniyati sifatida ham qaraladi. Shu sababli har bir shaxs nizolarni konstruktiv yo‘l bilan hal qilish, murosaga kelish va hamkorlikni rivojlantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Zokirova, M. A. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2019. 2. Karimova, V. M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. – Toshkent: Fan, 2018. 3. Jalolov, N. A. Shaxs psixologiyasi. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020. 4. Myers, D. Social Psychology. – New York: McGraw-Hill, 2016. 5. Robbins, S. P. Organizational Behavior. – Pearson Education, 2017. 6. Хьелл, Л., Зиглер, Д. Теории личности. – Санкт-Петербург: Питер, 2012. 7. Fromm, E. The Anatomy of Human Destructiveness. – London: Jonathan Cape, 1994