scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IDROK BORASIDAGI NAZARIYALAR

Nurmatova Feruza

Full text

257 IDROK BORASIDAGI NAZARIYALAR Nurmatova Feruza Chirchiq davlat pedogogika universiteti XTA 1-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17968396 Annotatsiya: Ushbu tezisda “Innsonning aqliy faoliyatida iroda tushunchasi” va irodaning inson faoliyati davomida tutgan o`rni, hayotiy tajribalari, nutqiy faoliaytida irodaning ahamiyati yoritib berilgan. Kalit so`zlar: iroda, maqsadga erishish, Arastu, irodaning shakllanishi, ruhiy olamni shakllantirish. Abstract: This thesis examines the concept of will in human mental activity and the role of will in human activity, life experiences, and the importance of will in speech activity. Keywords: will, goal achievement, Aristotle, formation of will, formation of the spiritual world. KIRISH. Iroda – bu kishining oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga erishishda qiyinchiliklarni yengib oʻtishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va oʻz-oʻzini boshqarishi demakdir, deb taʼriflanadi. Q.Turgʻunov muallifligidagi lugʻatda taʼriflanishicha, iroda – shaxsning ongli harakatlarida, oʻz-oʻzini bilishida ifodalanadigan, ayniqsa maqsadga erishish yoʻlida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib chiqishda namoyon boʻladigan ixtiyoriy faolligidir. M.Vohidov fikricha, iroda deganda biz oldindan belgilagan, qatʼiy bir maqsad asosida amalga oshiriladigan va ayrim qiyinchiliklarni, toʻsiqlarni yengish bilan bogʻliq boʻlgan harakatlarni tushunamiz. Professor E.Gʻ.Gʻoziyevning “Umumiy psixologiya” darsligida iroda – bu tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengishni talab qiladigan qiliqlar va harakatlarni inson tomonidan ongli boshqarilishidir, deb keltiriladi. Umuman olganda iroda shaxs faolligining koʻrinishi hisoblanadi. Shu bois uning yuzaga kelishi bir qator harakatlarni amalga oshirilishi bilan izohlanadi. Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega boʻlib, u inson ongining mohiyatini kashf qilishdan boshlanib, muayyan bilimlar toʻplanishi tufayli shaxsning irodasi tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan davrgacha boʻlgan tarixiy yoʻlni bosib oʻtgan. Arastu oʻz davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb eʼtirof etgan. Uning fikricha, iroda inson xulq-atvorini oʻzgartirishini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan omil hisoblanadi. Gumanitar yoʻnalish, yaʼni inson muammolariga eʼtiborning ortishi bilan oʻz-oʻzidan irodani oʻrganish ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. XVIII-XIX asrlarda bu muammo eng markaziy psixologik tadqiqot masalalaridan biri edi. Biroq psixologiya fanida XX asr boshlarida roʻy bergan inqiroz tufayli u ikkinchi rejaga oʻtib qoldi, uni mutlaqo inkor etish mumkin emas. XVII asrdayoq Gobbs va Spinozalar taʼkidlab oʻtganlaridek, faollik manbaini bemahsul sohaning paydo boʻlishi, deb tushuntirish mumkin emas, chunki uning shaxsiy kuch-quvvatni hissiy intilishi bilan uzviylikda qarash lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday yondashish irodaning mantiqiy nuqtai nazardan tushuntirishni shakllantirgan boʻlsa, ikkinchi bir tomonidan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi. V.Vundtning mulohazasicha, irodaning negizida appersepsiya aktining subyekti tomonidan ichki faollik uniki 258 ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emotsional yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi. U.Djejmsning tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib boʻlmaydigan birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday gʻoya dastlab dinamik tendensiyaga ega boʻlganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir gʻoyaning boshqasi ustunvorligini taʼminlashdan iboratdir. Etarli darajada qatʼiy fikr qaror topganligi, iroda – bu insonning qoʻyilgan maqsadlariga erishish uchun qilgan faolligidir. Iroda tushunchasi mohiyatiga inson tomonidan maqsad gʻoya olish kabi shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish ham kiritiladi. I.V.Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalarini chiqaradi: a) iroda – bu shaxsning oʻz faoliyatini va olamdagi oʻzini-oʻzi boshqarish shakllarini anglashning tavsifidir; b) iroda – inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl va bosqichlariga taalluqlidir; v) iroda – bu amaliy ong, oʻzgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning oʻzini ongli idora qilishlikdir; g) iroda – bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovat bilan bogʻliq boʻlgan xususiyatidir, ammo qaysidir harakatining motivi, turtkisi hisoblanadi. V.I.Selivanov irodaning psixologik jabhalarini yoritayotib, u shunday gʻoyani ilgari suradi, insonning ongli jarayonlar, holatlar, xislatlarni oʻzida mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u yoki bu ongli harakati oʻzining tuzilishiga koʻra bir davrning oʻzida ham aqliy, ham hissiy, ham irodaviy hisoblanadi. Tadqiqotchi V.I.Ivannikov esa irodani motivatsiyaning ixtiyoriy shakli sifatida tushunadi. Shuningdek, harakat maʼnosining oʻzgarishi hisobiga tarmoqlovchi yoki qoʻshimcha turini yaratuvchi imkoniyat yangi real motivlarni harakat bilan. Birlashtiruvchi, yaʼni vaziyatning tasavvur motivi tariqasida talqin qiladi. Irodaviy boshqaruv esa harakatni “ixtiyoriy boshqaruv koʻrinishlarining bittasi sifatida” tushuniladi, bunda ixtiyoriy motivatsiyaning ixtiyoriy oʻzgarishi orqali amalga oshirilishi sifatida qaraladi. Keltirilgan mulohazalardan koʻrinib turibdiki, psixologiya fanida irodani tushunish, taʼriflash boʻyicha bir xil munosabat yaratilmaganday, irodaviy sifatlarning maʼnaviy asosini tahlil qilish yuzasidan ham umumiylik, mustaqillik, qatʼiyatlilik, sabr-toqatilik, intizomlilik, dadillik, jasoratlilik va tirishqoqlilikni kiritadi. P.M.Yakobson boʻlsa, irodaning muhim sifatlari sifatida mustaqillik, qatʼiylik, tirishqoqlik oʻzini uddalashni koʻrsatadi. Insonda namoyon boʻladigan irodaviy sifatlar sarasiga A.I. Shcherbakov quyidagilarni kiritadi: sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va qatʼiyatlilik, chidamlilik va oʻzini uddalashlik, botirlik va jasoratlilik. Iroda borasidagi tadqiqotlarda "ishonch" atamasi qoʻllanilishi kamdan-kam hollarda qoʻllaniladi. Shunga qaramasdan ishonch, iroda sifati tariqasida tadqiq etilishga haqlidir. Buning uchun A.I. Shcherbakov tomonidan quyidagicha tadqiqot ishi amalga oshirilgan. Tadqiqotchining taʼkidlashicha, bir talabaga qisqa vaqt (fursat) ichida institutni tugatish taklif qilingan, lekin sinaluvchi bu ishni uddasidan chiqa olmaslikni oshkora bildirgan. Shundan soʻng tadqiqotchi talabada oʻz kuchiga ishonch uygʻotishni maqsad qilib qoʻygan va unda irodaviy zoʻr berish, qiyinchiliklarni yengish vositalarini shakllantirgan. Buning natijasida talaba oʻz maqsadiga erishishga musharraf boʻlgan. Xuddi shu bois hozirgi zamon psixologiyasining irodaga oid nazariyasi zaifligi tufayli irodaviy sifatlarni tasniflashning asosiy tamoyili ishlab chiqilmagandir. 259 XULOSA: Xulosa qilib aytish mumkinki, iroda inson ongining va hayotining ajralmas bo`lagidir. Zero, insonda ruhiy olam sog`lom va mustahkam ekan u ildiz otishdan gullashdan also toxtamaydi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. F.I. Xaydarov, N.I. Xalilov Toshkent: “METODIST NASHRIYOTI’-2023 Umumiy psixologiya (283-285). 2. https://cyberleninka.ru.