SAMARALI MULOQOT SIRI: NUTQ, HISSIYOT VA XULQNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Full text
294 SAMARALI MULOQOT SIRI: NUTQ, HISSIYOT VA XULQNING PSIXOLOGIK ASOSLARI Abduvaliyeva Odina Chirchiq davlat pedagogika universitetining aniq fanlar fakultetining Amaliy matematika 1bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17971903 Annotatsiya: Ushbu tezisda samarali muloqotning psixologik asoslari, xususan nutq madaniyati, hissiy boshqaruv va xulq-atvorining oʻzaro taʼsir tahlil qilinadi. Insonlar oʻrtasida tushunish, hamkorlik va konstruktiv munosabatlarni shakllantirishda nutqning aniqligi, hissiyotlarning boshqarilishi hamda xulqning mosligi muhum omil sifatida yoritiladi. Muloqot jarayonida emotsional intellekt, neverbal signallar va individual psixologik xususiyatlarning ahamiyat ham koʻrib chiqiladi. Kalit soʻzlar: muloqot psixologiyasi, nutq, hissiyot, xulq-atvor, samarali muloqot, emotsional intellekt, tushunish. Annotation: This thesis analyzes the psychological foundations of effective communication, in particular, the interaction of speech culture, emotional management and behavior. Clarity of speech, management of emotions and appropriateness of behavior are highlighted as important factors in the formation of understanding, cooperation and constructive relationships between people. The importance of emotional intelligence, nonverbal signals and individual psychological characteristics in the communication process is also considered. Keywords: communication psychology, speech, emotions, behavior, effective communication, emotional intelligence, understanding. KIRISH: Samarali muloqot shaxslar oʻrtasidagi oʻzaro tushunish, hurmat va hamkorlikning asosiy omillardan biridir. Insoning nutqi, hissiyotlarini boshqarishi va xulq-atvori uning qanday qabul qilinishi va boshqalar bilan qanday aloqada boʻlishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Psixologik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki muloqotning 60-70 % nutqdan tashqari - yaʼni hissiy ifoda, tana harakati va xulq signallar orqali amalga oshadi. Ushbu mavzuning dolzarbligi shundaki, bugungi jamiyatda toʻgʻri muloqot nafaqat kasbiy muvaffaqiyat, balkiy shaxsiy hayot, oila va jamoat ichida muhitning barqaroligini ham belgilaydi. 1. Nutqning psixologik o‘rni. Nutq - muloqotning asosiy vositasi bo‘lib, fikrni aniq, lo‘nda va tushunarli yetkazish muloqot samaradorligini belgilaydi.Nutqning ohangi, tempri, pauza va urg‘ular odamning hissiy holati haqida muhim ma’lumot beradi.Samimiy, mantiqli va izchil nutq tinglovchida ishonch uyg‘otadi. 2. Hissiyotlarning muloqotga ta’siri. Inson muloqotda nafaqat fikr bildiradi, balki hissiyotlarini ham uzatadi. Emotsional intellekt baland bo‘lgan shaxs hissiyotlarini boshqara oladi, boshqalarning holatini tushunadi va konfliktlarni yumshatadi. Salbiy hissiyotlar - g‘azab, qo‘rquv, alam - muloqotni buzishi mumkin, shu bois ularni nazorat qilish muhim. 3. Xulq-atvorning kommunikativ ahamiyati. Muloqotning katta qismi neverbal xulq orqali namoyon bo‘ladi: qarash, holat, qo‘l harakati, masofa. Xulq mos bo‘lsa - muloqot iliq va samarali; mos bo‘lmasa - tushunmovchiliklar kelib chiqadi. Ochiq turish, ko‘z bilan aloqa va xushmuomalalik ishonchni oshiradi.
295 4. Muloqotning psixologik jarayonlari. Idrok, diqqat, xotira va tafakkur muloqotning sifatiga ta’sir qiluvchi ichki jarayonlardir. Shaxsning temperament va xarakteriga ko‘ra muloqotga yondashuvi farqlanadi (masalan: xolerik - tez, sangvinik - faol, flegmatik - sokin, melanxolik - sezgir). 5. Samarali muloqotning psixologik shartlari. Faol tinglash (aktiv slushanie).To‘g‘ri so‘z tanlash va izchil fikrlash. Hissiyotlarni boshqarish. Xulqning mosligi va ijobiy munosabat. Hurmat, empatiya va bag‘rikenglik. Samarali muloqot qilish - bu boshqalar bilan to‘g‘ri va tushunarli tarzda gaplashish, ularni tinglash, o‘z fikringni aniq ifodalash va muammolarni hal qilishda yaxshi aloqada bo‘lishni anglatadi. Samarali muloqot qilish uchun ba'zi sirlari: Aktiv tinglash: Samarali muloqotning eng muhim jihatlaridan biri bu tinglash. O‘z fikrlaringizni aytishdan oldin, boshqalarni diqqat bilan tinglash kerak. Fikrlarni tushunishga harakat qiling va qaysi jihatlar muhimligini aniqlang. Tushunarli va qisqa gapirish: O‘z fikrlaringizni aniq, lo‘nda va tushunarli tarzda ifodalash juda muhim. Gaplaringizni uzaytirib yubormang, chunki bu qarshingizdagi odamni chalg‘itishi mumkin. Empatiya: Qarshingizdagi odamni tushunishga va uning his-tuyg‘ulariga hurmat ko‘rsatishga harakat qiling. Agar u kishining his-tuyg‘ularini tushunish va ularga hamdardlik bildirish mumkin bo‘lsa, bu muloqotni yanada samarali qiladi. Ijobiy tana tili: Tana tili ham samarali muloqotda katta rol o‘ynaydi. Ko‘z bilan aloqada bo‘lish, ochiq va do‘stona pozitsiyada turish, qo‘l harakatlari yordamida gapni qo‘llab-quvvatlash muloqotni kuchaytiradi. Sabr va xotirjamlik: Boshqalarga muloqot qilishda sabr qilish va shoshilmaslik kerak. Ularning fikrlarini to‘liq eshitib, ularga kerakli vaqt va imkoniyatni berish muhim. Savollar berish: Agar biror narsa tushunarsiz bo‘lsa, savollar berishdan tortinmang. Bu sizning qiziqishingizni va tushunishga bo‘lgan intilishlaringizni ko‘rsatadi. Savollar, shuningdek, muloqotni davom ettirish uchun yaxshi usuldir. Xulosa qilish va tasdiqlash: Muloqot jarayonida o‘z fikrlaringizni qayta aytib, tasdiqlash yoki xulosa qilish orqali, har ikkala tomonning tushunishi to‘g‘ri ekanligini tekshirib ko‘rishingiz mumkin. Maqsadni aniqlik bilan belgilash: Muloqotning maqsadini aniqlab olish ham muhim. Agar siz biror muammoni hal qilishni yoki shunchaki suhbatlashishni istasangiz, bu maqsadni boshqalar bilan ochiqoydin muhokama qiling XULOSA: Samarali muloqot shaxsning nutqi, hissiyotlari va xulqining uyg‘unligidan iborat murakkab psixologik jarayondir. Nutqning aniqligi, hissiyotlarni boshqarish va xulqning mos bo‘lishi odamlar o‘rtasida hamkorlik, ishonch va tushunishni kuchaytiradi. Bugungi kunda har bir sohada - o‘qituvchi, talaba, leader, xodim yoki ota-ona bo‘lishidan qat’i nazar - samarali muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish shaxsiy va kasbiy muvaffaqiyatning muhim omiliga aylanmoqda. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Karimova V. “Muloqot psixologiyasi”. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti. 2. Zokirova N. “Psixologiya asoslari”. – Toshkent: Fan va texnologiya. 3. G‘oziev E. “Umumiy psixologiya”. – Toshkent. 4. Goleman D. Emotional Intelligence. – New York: Bantam Books. 5. Adler R. Understanding Human Communication. – Oxford University Press.
296 6. Davletov G‘. Muloqot psixologiyasi. - Toshkent: O‘qituvchi, 2018. 7. Shoumarov G‘. B. Psixologiya. - Toshkent: Oliy ta’lim, 2016. 8. Carnegie D. Do‘st orttirish va insonlarga ta’sir ko‘rsatish san’ati. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020. 9. Wood J. T. Interpersonal Communication: Everyday Encounters. - Cengage Learning, 2013. 10. McQuail D. Mass Communication Theory. - Sage Publications, 2010.