scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'SMIRLAR PSIXOLOGIYASIDAGI MUAMMOLAR

Erkinova Mukarramxon Odiljon qizi

Full text

311 O’SMIRLAR PSIXOLOGIYASIDAGI MUAMMOLAR Erkinova Mukarramxon Odiljon qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Aniq fanlar fakulteti 1-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17972035 Annotatsiya: Mazkur tezisda o‘smirlik davrida psixik rivojlanishning asosiy xususiyatlari tahlil etilgan. O‘smirlik davri inson hayotidagi eng muhim bosqichlardan biri bo‘lib, bu davrda shaxsning o‘zini anglash, mustaqil fikrlash, hissiy hayot va ijtimoiy munosabatlarda sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi. Kalit so‘zlar: o‘smirlik, psixik rivojlanish, emotsional o‘zgarishlar, ijtimoiy moslashuv, kognitiv rivojlanish, shaxsiy o‘zlikni anglash, o‘sish davri inqirozlari, ijtimoiy tajriba, psixologik o‘zgarishlar, o‘smirlik psixologiyasi. Abstract: This thesis analyzes the main features of psychological development during adolescence. Adolescence is one of the most important stages in human life, during which significant changes occur in a person's self-awareness, independent thinking, emotional life, and social relationships. Keywords: adolescence, psychological development, emotional changes, social adaptation, cognitive development, self-awareness, growth crises, social experience, psychological changes, adolescent psychology. KIRISH. O‘smirlik (adolesentsiya) - inson hayotiy yo‘lida tub burilish davri bo‘lib, u taxminan 10–12 yoshdan 18–20 yoshgacha davom etadi. Ushbu davr jismoniy o‘sish va gormonal o‘zgarishlar bilan birga ichki psixik jarayonlarning ham keskin o‘zgarishini talab etadi. O‘smirlik - shaxsiy identifikatsiya, mustaqillik, ijtimoiy ro‘lni anglash, kognitiv va axloqiy qarorlar qabul qilish qobiliyatining shakllanish davri hisoblanadi (Erikson, 1968). O‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, prinsip, o‘zligini anglash, baholash kabi shaxs xususiyatlari shakllanadigan davr hisoblanadi. O‘smir ulg‘aygan sari unda “Ideal Men”, “Axloqiy Men” va “Haqiqiy Men” singari shaxsga oid tizim, dunyoqarash, e’tiqod va boshqalar shakllana boradi, undagi o‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo‘lib qoladi. O‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtayi nazari asosida tashkil qila boshlaydi. O‘smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘smirlarning ko‘pchiligi qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi ma’naviy, axloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydilar. Ularning turmush tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular zaminida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi. Ma’lumki, o‘smirlik davrida o‘smirning “men”i qaytadan shakllana boradi. Uning atrofidagilari, ayniqsa o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi. O‘smir yoshdagi bolaning birinchi galdagi intilishi - u o‘zini kichkina bola emas, balki katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga isbotlashdir. Mustaqil ishlar qilishga urinayotgan o‘smir buning uchun o‘zini haqli deb biladi. Shu sabab psixologlar “katta bo‘lib qolganlik tuyg‘usi”ni o‘smirlik davrining eng asosiy yangiliklaridan biri sifatida qayd etadilar. O‘smirlik 10–11 yoshlardan 14–15 yoshgacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan avvalgilariga nisbatan birmuncha rivojlangan. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni va psixik o‘sish erta namoyon bo‘lmoqda. Ko‘pchilik o‘quvchilarda 312 o‘smirlik davri, asosan, 5-sinfdan boshlanadi. “Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas” - bu ta’rif o‘smirlikning eng muhim xarakterini ifodalaydi. O‘smirlik bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik o‘sishi tezlashadi, yangi narsalarga qiziqish kuchayadi, xarakter shakllanadi, ma’naviy dunyo boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik - balog‘atga yetish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga oid savollarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi. Bu yoshda fiziologik va psixologik o‘zgarishlar bir vaqtda sodir bo‘ladi. Qizlarda bo‘y 5–7 sm, o‘g‘il bolalarda 5–10 sm o‘sadi. Ovoz bo‘g‘imi o‘zgarishi sababli o‘g‘il bolalarda tovush tembri sezilarli pasayadi. Mushaklar tez o‘ssa ham, qo‘l-oyoq suyaklari yetarlicha mustahkamlanmagani uchun o‘smirlar yurish-turishda beso‘naqaylik qiladi. Jinsiy yetilish jarayoni kuchayib, ichki a’zolar va organizm tuzilmalari qayta shakllana boshlaydi. XULOSA Xulosa qilib aytganda o‘smirlik davri psixik rivojlanishning murakkab bosqichi bo‘lib, unda biologik, kognitiv, emotsional va ijtimoiy omillar uyg‘unlashadi. Ushbu maqolada keltirilgan nazariy va amaliy ma’lumotlar oila, ta’lim muassasalari va psixologlar uchun muhim tavsiyalar beradi. O‘smirlarning sog‘lom mental rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha mutaxassislar hamkorligi zarur. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Karimova Z.M., Raxmatova M.Y. Psixologiya: umumiy va yosh davrlar psixologiyasi. Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. –256 b. 2. Abduraxmonova D.X. Pedagogik va yosh psixologiyasi. Toshkent: Ilm ziyo, 2021. –212 b. 3. Nurmatova M.X. O‘smirlar psixologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi, 2020. –198 b. 4. Xolmatova M.S. Psixologiya asoslari. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018. –240 b. 5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. O‘smirlar bilan ishlash metodikasi. Toshkent: 2022. –112 b.