FAOLIYATNING O'ZLASHTIRILISHI VA MALAKALARNI EGALLASH
Full text
424 FAOLIYATNING O‘ZLASHTIRILISHI VA MALAKALARNI EGALLASH Sobirova Shoira Odamboyevna Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti 1-kurs 25/2 guruh talabasi [email protected] Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qtuvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17979924 Annotatsiya: Ushbu maqolada shaxsning faoliyatni o‘zlashtirish jarayoni, malaka shakllanishining psixologik va pedagogik asoslari, shuningdek, o‘quvchi yoki talaba tomonidan yangi amaliy ko‘nikmalarni egallashda motivatsiya, takror, muhit va refleksiyaning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda ta’lim jarayonida faoliyatni ongli ravishda rejalashtirish, amalga oshirish va baholash bosqichlari hamda malaka hosil bo‘lishining mexanizmlari nazariy va amaliy misollar asosida yoritiladi. Kalit so‘zlar: Faoliyat, Malaka, Ko‘nikma, O‘zlashtirish Motivatsiya, Kompetensiya, Ta’lim jarayoni, Refleksiya, Pedagogik texnologiya, Amaliy mashq, kognitiv rivojlanish, mustahkamlash, mustaqil faoliyat. Annotation: This article analyzes the process of mastering activities by an individual, the psychological and pedagogical foundations of skill formation, as well as the role of motivation, repetition, environment, and reflection in acquiring new practical abilities by students. The study describes the stages of consciously planning, performing, and evaluating activities in the educational process, along with the mechanisms of skill development illustrated through theoretical and practical examples. Keywords: Activity, skill, ability, acquisition, motivation, competence, educational process, reflection, pedagogical technology, practical exercise, cognitive development, reinforcement, independent activity. Kirish: Insonning bilish jarayoni, amaliy harakatlarni bajarishi va yangi malakalarni egallashi uning psixologik va pedagogik rivojlanishida asosiy o‘rin tutadi. Har qanday faoliyatni o‘zlashtirish - bu shaxsning bilimga bo‘lgan ehtiyoji, motivatsiyasi, tajribasi va psixik rivojlanish darajasi bilan chambarchas bog‘liq jarayondir. Faoliyat nafaqat tashqi amaliy harakat, balki ongli maqsad qo‘yish, rejalashtirish, bajarish va refleksiya jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Shu ma’noda, malaka - bu ko‘p marotaba mashq qilish orqali avtomatlashtirilgan, tez va aniq bajariladigan harakatlar majmui hisoblanadi. Zamonaviy psixologiya va pedagogikada faoliyatni o‘zlashtirish bo‘yicha turli ilmiy maktablar mavjud. Vygotskiy ijtimoiy muloqotning, Leontyev faoliyatning ichki tuzilmasining, Piaget kognitiv bosqichlarning, Skinner takrorlash va mustahkamlashning, Montessori esa mustaqil faoliyat va erkin tanlovning ahamiyatini asoslab beradi. Ushbu nazariyalar faoliyatni o‘zlashtirish mexanizmini chuqur tushunish imkonini beradi. Ta’lim jarayonida yangi metodlarni qo‘llash bugungi kunda o‘quvchilarni boshlang‘ich ta’limning asosiy obyektlaridan biriga aylandi. Innovatsion faoliyat esa davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, mamlakatimizda innovatsion rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 2020-yil 7-aprelda “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, shuningdek, “2022 - 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining
425 innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Ilmiy manbalarda faoliyatni o‘zlashtirish va malakalarni egallash turli psixologik va pedagogik nuqtai nazardan yoritilgan.Va bu mavzu haqida jahon olimlarining tadqiqotlari hamda nazaryalari bilan tanishamiz, masalan; L.S. Vygotskiy shaxs rivojida ijtimoiy muhit va muloqotning hal qiluvchi rolini ta’kidlab, “yaqin rivojlanish zonasi” (YRZ) tushunchasini ilgari suradi. Unga ko‘ra bola kattalar ko‘magida bajara oladigan vazifani asta-sekin mustaqil bajarishga o‘tadi, bu esa o‘zlashtirish jarayonining tabiiy mexanizmini ko‘rsatadi. A.N. Leontyevning faoliyat nazariyasi esa har qanday psixik rivojlanish faoliyat orqali vujudga kelishini asoslaydi. Uning fikricha, malaka faoliyatning qayta-qayta bajarilishi natijasida shakllanadi va ongning muhim qismi sifatida avtomatlashtiriladi. J. Piaget kognitiv rivojlanishni sensor - motor bosqichdan formal-mantiqiy bosqichgacha tahlil qilib, har bir yosh davrida o‘ziga xos faoliyat turlari mavjudligini ko‘rsatadi. Unga ko‘ra, bolaning faol o‘yinlari, tajribasi va bilishga bo‘lgan ehtiyoji yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga xizmat qiladi. B.F. Skinner esa o‘rganish jarayonini takrorlash, rag‘bat va mustahkamlash orqali tushuntiradi. Uning fikricha, to‘g‘ri bajarilgan harakatning darhol rag‘batlantirilishi malakaning tez shakllanishiga olib keladi. M. Montessori esa bolaning tabiiy rivojlanishini qo‘llab - quvvatlovchi yondashuvni ilgari surib, mustaqil faoliyat, erkin tanlov va maxsus tayyorlangan muhit orqali o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi. Bu yondashuv bolada mas’uliyat, mustaqillik va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu nazariyalar shuni ko‘rsatadiki, faoliyatni o‘zlashtirish murakkab, ko‘p omilli va izchil tashkil etilishi lozim bo‘lgan jarayondir. Adabiyotlar va kuzatishlar asosida quyidagi ilmiy natijalarga erishildi: Faoliyatni o‘zlashtirish psixik rivojlanish bilan uzviy bog‘liq. Vygotskiyning YRZ konsepsiyasi shuni ko‘rsatadiki, bola avval kattalar ko‘magida bajaradigan harakatni keyin mustaqil bajarishga o‘tadi. Bu jarayon o‘zlashtirishning eng samarali shaklidir. Malakaning shakllanishi takror va mustahkamlashga tayanadi. Skinnerning qarashlariga ko‘ra, muntazam mashq va tez - tez rag‘batlantirish malakaning avtomatlashtirilishiga olib keladi. Kognitiv rivojlanish faoliyat turi bilan belgilanadi. Piaget nazariyasida bolalar muayyan yosh bosqichida faqat o‘sha bosqichga mos bo‘lgan faoliyatni samarali bajarishi mumkin. Bu ta’limda yosh xususiyatlarini inobatga olish zarurligini ko‘rsatadi. Muhit malaka shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi. Montessori yondashuvi asosida mustaqil faoliyat va maxsus tashkil etilgan muhit bolaning o‘zlashtirish imkoniyatini oshiradi. Faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish o‘quv samaradorligini oshiradi. Leontyev nazariyasiga ko‘ra, faoliyatning maqsadi, vositasi va natijasini to‘g‘ri belgilash o‘quvchilarda aniq va izchil malaka hosil bo‘lishiga xizmat qiladi. XULOSA Faoliyatni o‘zlashtirish va malakalarni egallash - shaxsning psixologik va pedagogik rivojlanishida hal qiluvchi jarayondir. Vygotskiy, Leontyev, Piaget, Skinner va Montessori nazariyalari ushbu jarayonning turli jihatlarini yoritib, faoliyatni ongli tashkil etishning zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari shuni tasdiqlaydiki, malaka egallash uchun motivatsiya, takror, mustahkamlash, rivojlantiruvchi muhit va yosh xususiyatlarini hisobga olish alohida ahamiyatga
426 ega. Faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, amaliy ko‘nikmalari va kasbiy kompetensiyalarining shakllanishiga xizmat qiladi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Bandura, A. (1977). Social learning theory. Englewood Cliffs, NJ: Prentice-Hall. 2. Bruner, J. S. (1966). Toward a theory of instruction. Cambridge, MA: Harvard University Press. 3. Gagné, R. M. (1985). The conditions of learning and theory of instruction (4th ed.). New York, NY: Holt, Rinehart & Winston. 4. Leontiev, A. N. (1978). Activity, consciousness, and personality. Englewood Cliffs, NJ: Prentice-Hall. 5. Luria, A. R. (1981). Language and cognition. New York, NY: Wiley. 6. Montessori, M. (1967). The absorbent mind. New York, NY: Holt, Rinehart and Winston. 7. O‘G‘Li, O. O. B. (2024). Vatanparvarlik ruhini talаbalarda rivojlantirish pedagogik muammo sifatida. Central Asian Journal of Academic Research, 2(10-2), 37-41. 8. Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li. (2024). Rahbar va xodim munosabatlarining boshqaruv jarayonidagi psixologik xususiyatlari. Образование наука и инновационные идеи в мире, 41(1), 110 - 113. Retrieved from https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/12079 9. Fanlar tizimida pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Образование наука и инновационные идеи в мире, 41(1), 103 - 106. 10. Ozodqulov, O. B. O. G. L. (2020). O‘rta osiyoda cho‘l mintaqasining ekologik oqibatlari. Academic research in educational sciences, (2), 196 – 200.