SHAXSNING MALAKA VA ODATLARI
Full text
435 SHAXSNING MALAKA VA ODATLARI Yo‘ldosheva Maqsuda Chirchiq davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyoti 1-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17980156 Annotatsiya: Ushbu tezisda shaxs haqida tushuncha, shaxsning malaka va odatlari, shaxsning faolligi, individuallik haqida so’z borgan.Har bir odam bilish, eshitish bilan birga malaka va odatlarni egallaydi.Maqsadni ko’zlab biror ishni bajarish malakaga bo’g’liq. Malaka deb, avval ongli bajarilib, keyinchalik avtomatlashgan xattiharakatlarga aytiladi.Shaxsda malakadan tashqari odatlar ham mavjud. Odat kishi qalbiga chuqur o’rnashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan odatlardir. Kalit so‘zlar:shaxs, individuallik, malaka, odat, qobiliyat, vazifa, harakat, hissiyot, ehtiyoj, murakkab malaka, sodda malaka, ijobiy odatlar, salbiy odatlar. Abstract: This thesis discusses the concept of person, the skills and habits of a person, the activity of a person and individuality.Each person acquires skills and habits along with knowledge and hearing.Performing a task with a goal in mind depends on skills.Skills are actions that are first performed consciously and then it is automated. In addition to skills, person also has habits.Habits are habits that have become deeply rooted in a person’s heart and have become needs. Keywords:Personality, individuality, skill, habit, ability, task, action, emotion,need, complex skill, simple skill, positive habits, negative habits. KIRISH Har bir inson tug’ilgan kunidan boshlab odamlar qurshovida, ya’ni oilada yashaydi.Odam bolasi individ deyiladi. Hamma kishilar-normal odamlar, yangi tug’ilgan chaqaloq ,aqli zaiflar individ tushunchasiga kiradi.Jamiyatda biror foydali mehnat bilan shug’ullanuvchi kishi shaxs deyiladi.Odamni shaxs sifatida tevarak-atrofdagi kishilarva narsalar bilan bo’lgan aloqalari ularning ishlab chiqarish faoliyatida , ularning o’rtasida yuzaga keladigan munosabatlarda namoyon bo’ladi.Odam boshqa kishilar bilan bo’lgan munosabatlardagina shaxs bo’lib shakllana boshlaydi.Demak, shaxs kishilik jamiyatida yashaydigan, faoliyatni biror turi bilan shug’ullanadigan, til orqali atrofdagilar bilan muloqot qila oladigan , ongi yuksak rivojlangan komil insondir. Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidadir. Individuallikbu shaxsning bir necha fazilatlarining qaytarilmaydigan birikmasidir. Uning tarkibiga xarakter (tabiat), temperament, qobiliyatlar, hissiyotlar yig’indisi , odatlar kiradi.Odam turli guruhlarga kiradi, har xil vazifalarni bir-biriga o’xshamagan ro’llarni bajaradi.Ba’zi bolalar erkatoy, injiq bo’lsa maktabda tengdoshlari o’rtasida kamtarin, odobli, xushchaqchaq bo’ladi.Ishda juda jiddiy yuradigan odam biror sayohatga borganda hazilkash, qiziqchi bo’lib yurishi mumkin.Bizning jamiyatimizda shaxsga beriladigan tavsifnoma uning rivojlangan jamiyat qurish jarayoniga bo’lgan munosabati va bu jarayonda real qatnashishi bilan belgilanadi.Odamning psixik holatlari o’zgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy tarbiyaga bog’liqdir.Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o’zgaruvchan xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va o’zaro bog’liqligidan iborat bo’lgan murakkab birlikni , ya’ni dinamik tuzilishni hosil qiladi. Malakalar bir necha xil bo’ladi (yozish, o’qish, yurish, musiqa chalish, sport va h.k). Istalgan malakani qayta-qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin.Malakalar sodda va murakkab bo’lishi mumkin.Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb egallash murakkab malaka, mix qoqish, o’tin arralash soda malaka hisoblanadi.Malakalar mashq qilish orqali egallanadi.Shaxsda
436 malakalardan tashqari, odatlar ham bo’ladi. Odatlar shaxsning umri davomida ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlardir.Masalan ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar. Odatlar ijobiy va salbiy bo’ladi.Salbiy odatlarga yolg’on gapirish, ichish, chekish kabilar kiradi. Malaka va odatlarning nervfiziologik asoslarini shartli reflekslarning hosil bo’lish mexanizmi tashkil qiladi.Bu shartli reflex oddiy emas, balki dinamik stereotip tarzidagi, ya’ni takrorlash natijasida mustahkamlangan shartli reflekslar birlashmasidan iborat. Masalan, bolalar bog’chaga o’rganguncha qiynaladi, chunki uydagi sharoitga ularda dinamik streotip bo’ladi.Yangi hosil qilinadigan malakalar ilgari hosil qilingan malakalarga bog’liq bo’ladi.Ilgarigi malakalar ijobiy ta’sir qilsa, malakalarning kucayishi kuzatiladi.Masalan birorta chet tilidan birini o’rgangan odam boshqa chet tillarini o’rganishga qiynalmaydi.Agar malakalar salbiy ta’sir qilsa, malakalar interferensiyasi deyiladi.Masalan, bir sohada ishlagan odambutunlay boshqa sohaga o’tsa qiynaladi.Shaxs shug’ullanayotgan ishi bilan uzoq vaqt shug’ullanmasa malakalar so’nish hodisasi kuzatiladi.Malakaning hosil bo’lish tezligi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bog’liq.Masalan ti o’rganish 4-5 yoshda, hunar o’rganish 12-13 yoshda tez o’rganiladi.Malakalarning mustahkamligi qiziqishlarga , individual xususiyatlarga bog’liq , ya’ni asab tizimiga bog’liq bo’ladi.Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanxoliklarda sekin hosil bo’ladi.Malakalarning mustahkamligi qiziqishlarga individual xususiyatlarga bog’liq bo’ladi.Shaxsning faolligi uning qiziqishlarida , ehtiyojlarida namoyon bo’ladi. XX asr boshlarida yashagan Avstraliyalik psixiatr Z.Freyd shaxsning faolligini quyidagicha tushuntiradi:”Odam o’zining avlodlaridan nasliy yo’l bilan o’tganinstinktiv mayllarning namoyon bo’lishi bilan faoldir”. Shaxsning faolligini hozirgi zamon psixologiyasi to’g’ri hal qilib beradi.Ularning fikricha, inson shaxsiy faolligining asosiy manbayi uning ehtiyojlaridadir. XULOSA: Demak, malakalar inson shaxsining tarkib topishiga katta ta’sir ko’rsatadi.Shaxs o’zining individualligida, ijtimoiy munosabatlarda belgilanadi.Atoqli psixolog K.K.Plototov shaxsni “Konkret odam yoki dunyoni yaratuvchi subektdir”,L.L.Bojovich esa “Odam o’zining anglash jarayonida yaxlitligini idrok qilida va unda”Men” degan tushuncha paydo bo’ladi” deb ta’kidlaydilar.A.N.Leontaevning “Faoliyat. Ong.Shaxs “degan kitobida shaxs haqida ajoyib fikrlar bor: ”Bu oliy olam birligi hayotda doimiyligini saqlaydi, har qanday sharoitda shaxsligicha boshqalar ko’z o’ngida va o’zining ko’z o’ngida qoladi”. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Karimova V.M.Psixologiya.- T., 2002 2. Karimova V.M., Akramova F. Psixologiya. Ma’ruzalar matni - T., 2000 3. Klimov E.A. “Osnovi psixologii”. Uchebnik. - M., 1997 4. Kovalev V.I. Motivi povedeniya I deyatelnosti. – M., 1988 5. Merlin V.S. Leksii po psixologii motivov cheloveka. – Perm, 1971.