IDROKNING MARKAZIY ASAB TIZIMI FAOLIYATI BILAN BOG'LIQLIGI
Full text
465 IDROKNING MARKAZIY ASAB TIZIMI FAOLIYATI BILAN BOG‘LIQLIGI Itolmasova Mashhura Zafar qizi Chirchiq Davlat Pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) yoʻnalishi talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17983212 Annotatsiya: Ushbu maqolada idrokning nerv-fiziologik asoslari, uning markaziy asab tizimi faoliyati bilan bog‘liq mexanizmlari yoritiladi. Inson idroki tashqi olamdan keladigan sezgi signallarini qabul qilish, qayta ishlash va yaxlit obrazga aylantirish jarayonlari orqali shakllanadi. Bu jarayon bosh miya po‘stlog‘ining analizator tizimlari, nerv impulslarining uzatilishi, neyronlar o‘rtasidagi funksional bog‘lanishlar hamda nerv markazlarining integrativ faoliyatiga tayanadi. Maqolada shuningdek dominant o‘choqlar, nerv jarayonlarining induksiya hodisasi, analiz va sintez mexanizmlari, afferent va efferent bog‘lanishlarni boshqaruvchi neyrofiziologik tamoyillar tahlil qilinadi. Idrokning shakllanishida e’tibor, xotira, motivatsiya kabi psixik jarayonlarning ham o‘zaro ta’siri ko‘rsatilib, idrokning buzilishiga olib keluvchi nerv tizimi kasalliklari bo‘yicha qisqacha mulohazalar berilgan. Kalit so‘zlar. Idrok, nerv-fiziologik asos, analizatorlar, neyron, nerv impulsi, bosh miya po‘stlog‘i, dominant o‘choq, induksiya jarayoni, sintez, afferent-efferent bog‘lanishlar, neyrofiziologiya, psixik jarayonlar, idrok buzilishlari. Annotation. This article discusses the neurophysiological foundations of perception, its mechanisms related to the activity of the central nervous system. Human perception is formed through the processes of receiving, processing and transforming sensory signals from the external world into a holistic image. This process relies on the analyzer systems of the cerebral cortex, the transmission of nerve impulses, functional connections between neurons, and the integrative activity of nerve centers. The article also analyzes the dominant foci, the induction phenomenon of nerve processes, the mechanisms of analysis and synthesis, and the neurophysiological principles governing afferent and efferent connections. The interaction of mental processes such as attention, memory, and motivation in the formation of perception is also shown, and brief considerations are given on diseases of the nervous system that lead to cognitive disorders. Keywords. Perception, neurophysiological basis, analyzers, neuron, nerve impulse, cerebral cortex, dominant focus, induction process, synthesis, afferent-efferent connections, neurophysiology, mental processes, cognitive disorders. KIRISH Idrok - bu sezgi organlariga bevosita ta’sir qilayotgan narsa va hodisalarni ongda yaxlit shaklda aks ettirish jarayonidir. Bu ta’rifdan anglashiladiki, inson atrof-muhitni besh sezgi a’zosi orqali qabul qiladi va ular yordamida voqelikni to‘liq anglaydi. Masalan, o‘quv jarayonida talaba asosan ko‘rish va eshitish sezgilari yordamida ma’lumotni o‘zlashtiradi: u o‘qituvchini ko‘zi bilan kuzatadi, matn va slaydlarni ko‘radi, eshitish orqali esa yangi mavzuni qabul qiladi. Shu tarzda sezgi retseptorlari orqali kelayotgan signallar bosh miyada qayta ishlanib, idrok shakllanadi. Sezgi markazlarining asosiy qismi bosh miya po‘stlog‘ida joylashgan bo‘lib, tanadagi barcha harakat va axborot almashinuvini nerv tizimi boshqaradi. Nerv tolalari, neyronlar, akson va dendritlar orqali uzatilayotgan impulslar tahlil qilinadi va ongda mazmunli obraz hosil bo‘ladi. Ong faoliyati tufayli biz voqea, jarayon yoki predmetni aniqroq tushunamiz va idrok etamiz.
466 Agar sezgi organlaridan biri faoliyatini yetarlicha bajarmasa, idrok ham sezilarli darajada susayadi. Har bir a’zo va hujayraning normal ishlashi bilish jarayonlarining to‘liq kechishiga xizmat qiladi. Masalan, ko‘rish sezgisida muammo bo‘lsa, talabaning dars jarayonini anglashida qiyinchilik tug‘iladi, diqqatni jamlash susayadi, natijada ma’lumotni to‘liq idrok qilish qiyinlashadi. Shuning uchun idrok - insonning bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishda asosiy psixik jarayonlardan biridir. Ilmiy adabiyot o‘qish misolida ham idrok darajasidagi farqlar ko‘rinadi. Talaba matnning ayrim joylarini to‘liq tushunish uchun uni bir necha bor o‘qishga yoki o‘qituvchidan izoh olishga ehtiyoj sezadi. Professor esa oldin orttirgan tajribasi va bilimlari sababli matnni tez, aniq va chuqur idrok qiladi, hatto qo‘shimcha tahliliy fikr ham bera oladi. Bu esa bilim va tajriba idrokning samaradorligini oshirishini ko‘rsatadi. Idrokning murakkab bilish jarayonlari tarkibiga kirishining asosiy sababi shundaki, biz narsa va hodisalarni nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki ularning og‘irligi, hajmi va tarkibiy qismlarigacha anglab bora olamiz. Bu jarayonda sezgi organlari muhim yordamchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Sezgi retseptorlari orqali oliy nerv tizimi tashqi olam, borliq va atrof-muhitdan kelayotgan ko‘plab axborotlarni muntazam qabul qilib boradi. Ushbu retseptorlar funksiyasiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: 1. Ekstraretseptorlar -tashqi muhitdan keladigan ta’sirlarni qabul qiluvchi sezgi retseptorlari; 2. Intraretseptorlar - organizmning ichki a’zolaridan keluvchi signallarni qabul qiluvchilar; 3. Proprioreseptorlar - mushaklar, paylar, bo‘g‘imlar va suyaklardan uzatiladigan impulslarni qabul qiluvchi retseptorlar. XULOSA Idrok - insonning eng muhim bilish jarayonlaridan biri bo‘lib, tashqi olamdan keladigan axborotlarni yaxlit, mazmunli holda qabul qilish va ongda aks ettirish imkonini beradi. Sezgi organlari va ularning retseptorlari idrokning shakllanishida asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ekstraretseptorlar, intraretseptorlar va proprioreseptorlardan uzatiladigan signallar oliy nerv faoliyatida qayta ishlanib, predmet va hodisalarni to‘liq anglashga yordam beradi. Idrokning murakkabligi shundaki, inson faqat narsa va hodisalarning tashqi ko‘rinishini emas, balki ularning o‘lchami, og‘irligi, tarkibi, fazodagi joylashuvi kabi xususiyatlarini ham tahlil qiladi. Shuningdek, sezgi organlarining sog‘lom ishlashi idrokning to‘liq shakllanishi uchun zarur omil hisoblanadi. Ularning birida nuqson yoki kasallik bo‘lsa, idrok jarayoni sekinlashadi yoki buzilishi mumkin. Har bir odamning idroki uning tajribasi, ilgari orttirgan bilimlari va aqliy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois, idrok insonning o‘quv jarayonida, kasbiy malaka egallashida, kundalik faoliyatda va umuman, shaxs sifatida rivojlanishida muhim o‘rin egallaydi. Idrokning fiziologik va psixologik asoslarini chuqur o‘rganish insonning bilish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish, ta’lim jarayonlarini takomillashtirish hamda psixologik yordam tizimlarini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019. 2. Zokirov M. Psixologiya asoslari. – Toshkent: Fan, 2017. 3. G‘oziyev E. Umumiy psixologiya. – Toshkent: Universitet, 2015. 4. Rubinshteyn S.L. Osnovy obshchey psixologii. – Moskva: Pedagogika, 1989.
467 5. Leontev A.N. Deyatelnost. Soznanie. Lichnost. – Moskva, 1975