scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARGA TA'LIM BERISH MUAMMOLARI VA SAMARASI

Utegenova Asel

Abstract

Bu maqola mamlakatimizdagi inkoniyati cheklangan bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi va unga ko’rilayotgan choralar masalalari haqida bo’lib, maxsus ta’lim olayotgan imkoniyati cheklangan bolalarning extiyojlarini umumta’lim muosasalarida inklyuziv ta’lim asosida, ta’lim olishlariga yaratilayotgan imkoniyatlarga qaratilgan. Respublikamizdagi alohida yordamga muqtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyati, nuqson xususiyatlari va qobilyatlariga ko’ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishni amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilmoqda. Ammo mamlakatimizda bu ta’lim turi haqida yetarlicha tushincha va malaka yetishmagani ko’p qiynchiliklarni keltirayotgani haqida. Inklyuziv ta’lim mazmun-mohiyati to’g’risidagi bilim va ma’lumotlar hali jamiyatda etarli emas. Tizimimizdagi Inklyuziv bilan integratsiya atamasi orasida juda katta farqni borligini anglash.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 600 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARGA TA’LIM BERISH MUAMMOLARI VA SAMARASI Utegenova Asel Bo’stonliq tumani MMTB tasarrufidagi 38-maktab amaliyotchi psixologi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17983287 Annotatsiya. Bu maqola mamlakatimizdagi inkoniyati cheklangan bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi va unga ko’rilayotgan choralar masalalari haqida bo’lib, maxsus ta’lim olayotgan imkoniyati cheklangan bolalarning extiyojlarini umumta’lim muosasalarida inklyuziv ta’lim asosida, ta’lim olishlariga yaratilayotgan imkoniyatlarga qaratilgan. Respublikamizdagi alohida yordamga muqtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyati, nuqson xususiyatlari va qobilyatlariga ko’ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishni amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilmoqda. Ammo mamlakatimizda bu ta’lim turi haqida yetarlicha tushincha va malaka yetishmagani ko’p qiynchiliklarni keltirayotgani haqida. Inklyuziv ta’lim mazmun-mohiyati to’g’risidagi bilim va ma’lumotlar hali jamiyatda etarli emas. Tizimimizdagi Inklyuziv bilan integratsiya atamasi orasida juda katta farqni borligini anglash. Kalit so’z: inklyuziv ta’lim, imkoniyati cheklangan, integratsiya, meyori choralar, tizimga kiritish. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat. Uni kelajagini o’sib kelayotgan yosh avlod yaratadi. Agar yoshlarimiz qalbida ziyo nurini ko’rishni istasak ularga to’g’ri ta’lim-tarbiya berishimiz lo’zim. Yoshlar tarbiyasi, bilimi yomon bo’lsa davlatimiz kelajagiga buyukligka erisha olmaymiz. O’zbekiston Respublikasida har bir bola ta’lim olish huquqiga ega. Bolalarning jamiyatda erkin va mustaqil bolishlari uchun ularni ko’mil inson qilib biron bir kasb egasi bo’lib yetishishiga yordam berishimiz lozim. Har bir bola o’ziga hosdir. Ulardagi yashirin qobilyatni yuzaga olib chiqishiga imkoniyat bo’lishi kerak. Shu qatorda imkonyati cheklangan bolalarimiz ham bor ular ham hamma qatori bola ularning ham jamiyatda o’z o’rinlarini topishga huquqlari bor. Ta’lim olishga bolgan ehtiyoji hamma bilan birdek bolishi lozim. Buyuk allomalarimiz Ibn Sino, Imom Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy tarbiyaning maqsadlari sifatida bola shaxsining rivojlanishi ta’limning ta’siri ekanligi tog’risidagi qarashlari imkoniyati cheklangan bolalarni ham sog’lom bolalar bilan birga umumta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim asosida ilim olishlarini rivojlanishiga sabab bo’ldi. Inklyuziv ta’lim bu ozi nima? Inklyuziv sozi qamrab olish degani bo’lib umumta’lim jarayonini rivojlantiradi va barcha bolalarga mos bo‘lgan ta’limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim olishiga oid qo‘shimcha moslamalarni tashkil qilib bolalarni ta’lim olishiga qulay sharoit yaratadi. Inklyuziv ta’lim har xil extiyojli bolalarning ta’lim olishiga qaratilgan metodologiyani rivojlantirishga harakat qiladi. Inklyuziv ta’lim turli extiyojlarni qondirishga qaratilgan ixcham turdagi dars berishga yondashadigan ta’limni ishlab chiqishni amalga oshiradi. Agarda inklyuziv ta’limni tadbiq etishda dars berish, o‘qitish bir muncha samarali va unumli bo‘lsa unda nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar balki barcha bolalar yutadi. Inklyuziv ta’lim maktablari bolalarning bilim olish imkoniyatini oshirishga yordam beradi. Sog’lom bolalardagi shukuronalikni qadir qimatni odamilikni oshiradi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 601 Mamlakatimizda inklyuziv ta’limni ta’lim oluvchilarning ijtimoiy ehtiyojlari va shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida tashkil etishning huquqiy – me’yorlari ishlab chiqilgan. “Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni tashkil etish maqsadida ta’lim muassasalari moddiy texnika bazasini mustahkamlash, o‘quv dasturlarini adaptivlashtirish, sog‘lomlashtiruvchi sifatlita’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish hamda bu jarayonga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash” kabi muhim vazifalar belgilangan. Boshlang‘ich ta’limda o‘qitish sifatini yaxshilash, o‘quvchilarning imkoniyatlariga mos, davlat ta’lim standartlari me’yorlari inobatga olingan o‘quv muhitini samarali tashkil etish, bu jarayonda tashkilotlar va jamoat institutlari hamkorligini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yetarli bilimli kadirlar masalasi vaqt talab etadi. Mazkur ijtimoiy-pedagogik masalalarni hal etishda ta’lim, sog‘liqni saqlash va mahalla tashkilotlarining imkoniyati cheklangan. Raxbarlik bilan bolalarni sifatli ta’lim xizmatlari bilan ta’minlash borasidagi o‘zaro manfaatli hamkorligi talab etiladi. Bu esa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida metodik mahorat, kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning klasterli yondashuvlari, tashkiliy omillari, pedagogik-psixologik shart-sharoitlari, inklyuziv sinflarda darslarni tashkil etishga qo‘yiladigan didaktik talablarni aniqlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”, 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022 – 2026yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbe-kistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”, farmonlari, 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4860-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qonuni katta yordam berishi aniq. Inklyuziv ta'limning muammolari. Ko‘plab davlatlarda inklyuziv ta'limni joriy etish bo‘yicha davlat normativ xujjatlarida qayd qilinmaganligi; Nogiron bolalarga nisbattan salbiy munosabat; Imkoniyati cheklangan bolalarning hamjamiyatda ko‘rinmaslik muammosi; Imkoniyati cheklangan bolalarning maktabda ko‘rinmaslik muammosi; Moddiy mablag‘muammolari; Ta'lim muassasalarini moslashtirish; Sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi; Kambag‘allik; Jinsiy tafovutlarga qarab kamsitish; Imkoniyati cheklangan bolalarning boshqalarga qaramligi; Favqulodda vaziyatlar, mojarolar, qochoqlar; Kadrlar masalasidagi muammolar. Hal bolmagan. Shu o’rinda haqli savol tug‘iladi, nima uchun imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta'lim tizimiga jalb etish kerak? Yuqorida keltirilgan dalillarni hal etib inklyuziv ta'lim tizimiga o‘tishga qanday zaruriyat bor? Darhaqiqat, bu ta'lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish oson kechmaydi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 602 Ammo bu ta'lim tizimining ijobiy jixati juda ko‘p ular sirasiga quyidagilar kiradi: - Inklyuziv ta'lim qashshoqlik iskanjasidan qutilishga imkon beradi; - Inklyuziv ta'lim barcha uchun ta'lim sifatini yaxshilaydi; - Kamsitishlarni oldini oladi; - Inklyuziv ta'lim yanada inklyuzivlikka olib keladi. Inklyuziv ta'limning prinsiplari: 1. Insonning qadr qimmati, uning qobiliyati va yutug‘iga bog‘liq emas. 2. Har bir inson o‘ylash va xis qilish qobiliyatiga ega. 3. Har bir kishi eshitish va muloqot qilish qobiliyatiga ega. 4. Har bir kishi bir-biriga muxtoj. 5. Shaxsning to‘liq va haqiqiy ta'lim olishi faqat real hamkorlikda amalga oshadi. 6. Hamma kishilar o‘z tengdoshlarini qo‘llab quvvatlashga muxtoj. 7. Hamma ta'lim oluvchilarni yutuqga erishishiga ularning nimadir qila olmasligi emas , balki nimanidir qila olishidir. 8. Hamkorlik qilish kishi hayotini har tomonlama kuchaytiradi. Inklyuziv ta'lim tizimi quyidagi ta'lim muassasalarni o‘z ichiga oladi - maktabgacha umuta'lim, umu o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus kasb-xunar va oliy ta'lim. Bu ta'lim muassasalarning maqsadi bolalarning ta'lim olishi va kasb-xunarga tayyorlashda ularning o‘rtasidagi to‘siqlikni bartaraf etib ochiq ta'lim muxitini yaratishdan iborat. Umumta'lim maktablarda alohida dastur va darsliklardan foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi. Inklyuziv ta'lim tizimi integratsiyalashgan ta'lim tizimidan o‘zining mazmun – moxiyati, maqsadi, vazifalari va xarakat dasturi bilan farqlanadi. Bolaning tarbiya va o‘quv faoliyatida orqada qolishi psixik funksiyalarni o‘zlashtirmaganligi natijasidir. Bola biron-bir ishni qila olmasligi uni qila olmaydidegan fikirdan yiroq narsa, unga uni qanday bajarish algoritmini o’rgatish lozimdir. Ko’rsatib bersangiz u uni toliq bajarishi mumkin. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida, eng avvalo, kelajak avlodning barkamol boʻlib ulgʻayishi, hech kimdan kam boʻlmay dunyo arenalarini zabt etishga qodir farzandlar boʻlib yetishishi kabi dolzarb masalalarni hal etish turadi. Ayniqsa, yetim va otaona qaramogʻisiz qolgan, nogiron, rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning ijtimoiy himoyasi hamisha davlat va jamiyatning ustuvor vazifasi hisoblangan. Ushbu vazifani amalga oshirish borasida Oʻzbekiston Respublikasida rivojlanishida nuqsoni boʻlgan imkoniyati cheklangan bolalarning huquq va erkinliklarini, teng imkoniyatlarini ta’minlash, turmush faoliyatidagi cheklanish, chegaralarni bartaraf etish, ta’limni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuv, uning sifati va samaradorligini oshirish, jamiyatda aholining turli qatlamlari uchun ta’limning uzviylik va uzluksizligini ta’minlash borasida talaygina ishlar amalga oshirib borilmoqda. Bolalik bosqichida inson psixologo-pedagogik jihatdan kuchli ta’sirlanadi. Oʻsib kelayotgan bola organizmi, uning miya tuzilishining ichki imkoniyatlari chegarasizligini inobatga olgan holda tashkil etilgan korreksion-pedagogik, psixologik hamda tibbiy ishlar bolaning birlamchi nuqsonini kamaytirib, ikkilamchi nuqsonlarning oldini olishga yordam beradi. Bularning hammasi imkoniyati cheklangan jismoni nuqsoni boʻlgan bolani mustaqil, hech kimga qaram boʻlmagan holda hayot kechirishga tayyorlash omillaridir. Bolalarning ijtimoiy reabilitatsiyasi (tiklash) va ijtimoiy adaptatsiyasi (moslashuvi) – bu nafaqat qalbdagi sifatlarni, balki yangi texnologiya va innovatsiyalarning paydo boʻlishi bilan rivojlanib boradigan, bu nozik ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 603 sohada professional yondashuvni talab qiladigan sermashaqqat mehnatdir. Bu sohaning takomillashuvida nogironligi boʻlgan bolalar boʻyicha idoralararo muhtoj bolalarning ijtimoiy moslashuvi holatini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar olib borildi. Respublikamizda ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan 2007 yilda «Oʻzbekistonda inklyuziv ta’lim» loyihasi amalga oshirilgan bo‘lib, loyihada Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa tashkilotlar tomonidan kopkina shora tadbirlar olib borildi. Ammo mamlakatimizda inklyuziv ta’lim tushinchasi hali yangi va yaxshi rivojlanmaganligi sababli kop kina hatoliklarga yo’l qoyilmoqda. Bolalarimiz biz uchun har qanday holatda ham azizdir ammo bazi tashxislardagi bolalarni umumiy ta’limga qo’shib bo’lmaydi tibbiy hodimlarni notog’ri hulosalari orqasida bunday holatlar yuz berishiga sabab bo’lmoqda. Inklyuziv ta’lim aqlan nosog’lom bolalarni sog’lom bolalar bilan o’qishi kerak degani emas. Inklyuziv ta’limda imkoniyati cheklangan ammo aqlan sog’lom bolalarni ta’lim olishi etibor berilgan. Bolada aqli yetishmovchilik bolsa u atrofni idrok eta olmasa uni maxsus pedagok ham ta’lim beraolmaydi. Bu sog’lom bolalarni havizligiga, psixalogiyasiga putur yetkazishi mumkun va ko’pkina ota-onalarning noroziligiga olib keladi. Xulosa Har bir rivojlangan mamlakatlarda inson qadri yuqori darajada turadi. Shu qatorda bizning ham mamlakatimiz uzoq o’tmishdan ta’limga o’zgacha ko’z bilan qaralgan va ta’limga qattiq etibor bergan. Har bitta bolani tag’diriga etiborsiz qaralmagan. Kelajagin oylagan holda biron kasb bilan ta’minlash kelajakta boqimandalik hisini yoqotishgayordam beradi. mamlakatimizdagi Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylanib bo’rmoqda. Inklyuziv ta’lim, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan. Bundan tashqari juda ko‘plab maxsus extiyojli bolalar bu ta’limda jamiyatdan chetda qolib ketmaydi. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyati, nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga kura maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishini amalga oshirish maqsadida inkyuziv ta’lim siyosati amalga oshirishjuda kattasamara bermoqda buni hatto televidinyada ham ko’rishimiz mumkin. Joxon orenalarida ham imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz mamlakatimiz bayrog’ini yuqoriga ko’tarishmoqda. Buning hammasi ta’lim-tarbiyaga bo’lgan etibor va yurt boshimizni ta’limga qaratayotgan etiboridadeb bilaman. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. U.U. Turamuratov, Z.M. Qurbonova, O.K. Mamatmurotov, A.E. Oltiboyev, S.E. Zaripova / INKLYUZIV TA’LIM. GOSPITAL PEDAGOGIKA /(O‘quv qo‘llanma) 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 13.10.2020 yildagi PQ-4860-son. https://lex.uz/docs/-5044711 2. Maktablar hamma uchun – Save the children – 2002y. 20\23 bet 3. Qodirova, F., Ibadullayeva, S. N. (2022). Nutq ustida ishlashning tizimli yondashuvlari orqali eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga tayyorlash. Pedagogik ta’lim innovatsiyon klasteri, 1(1), 350-352. 4. D.S.Qaxarova “Inklyuziv ta‟lim texnologiyasi” o‘quv va metodik qo‘llanma 2014-yil.