scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHUKUR XOLMIRZAYEVNING "O'N SAKKIZGA KIRMAGAN KIM BOR?" ASARI BADIYATI

Abdurashidova Marjona Alisherovna; Hafizova Feruza Odiljonovna

Abstract

Maqolada yozuvchi Shukur Xolmirzayevning “O‘n sakkizga kirmagan kim bor?”qissasi qahramonlarining hozirgi yoshlar bilan nechog‘lik farqli ekanligi, adib o‘z ona yurti Boysunni qissada qanchalik qadrli ekani haqida bayon qilinadi. Yozuvchi asarida o‘sha davr kishilari va ijtimoiy hayot o‘rtasidagi bog‘liqlik, sevgi kabi bir shirin hisni hamma ham o‘z vujudida saqlay olmasligini tasvirlaydi. Ushbu maqolada qissaning adabiyotidagi o‘rni haqida ko‘rib chiqamiz.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 604 SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “O‘N SAKKIZGA KIRMAGAN KIM BOR?” ASARI BADIYATI Abdurashidova Marjona Alisherovna Termiz davlat universiteti talabasi. Hafizova Feruza Odiljonovna Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17983323 Annotatsiya. Maqolada yozuvchi Shukur Xolmirzayevning “O‘n sakkizga kirmagan kim bor?”qissasi qahramonlarining hozirgi yoshlar bilan nechog‘lik farqli ekanligi, adib o‘z ona yurti Boysunni qissada qanchalik qadrli ekani haqida bayon qilinadi. Yozuvchi asarida o‘sha davr kishilari va ijtimoiy hayot o‘rtasidagi bog‘liqlik, sevgi kabi bir shirin hisni hamma ham o‘z vujudida saqlay olmasligini tasvirlaydi. Ushbu maqolada qissaning adabiyotidagi o‘rni haqida ko‘rib chiqamiz. Kalit so‘zlar: “Farhod tog‘i”, “Boysun”, sevgi, o‘gay ota-ona, o‘ch, asar syujeti, ayol matonati. Annotation. The article discusses Shukur Xolmirzayev's story “O‘n sakkizga kirmagan kim bor?”, highlighting how the characters in the story differ from modern youth and how the author values his native land, Boysun, in the narrative. In his work, the writer portrays the connection between people of that era and social life, as well as a sweet emotion such as love, which not everyone can preserve within themselves. This article examines the place of the story in literature. Аннотация. В статье рассматривается повесть писателя Шукура Холмирзаева “O‘n sakkizga kirmagan kim bor?”, в которой подчёркивается, чем персонажи повести отличаются от современных молодых людей, а также насколько автор ценит свою родину, Бойсун, в повествовании. В своём произведении писатель изображает связь людей того времени с общественной жизнью, а также такое сладкое чувство, как любовь, которое не каждый может сохранить в себе. В данной статье рассматривается место повести в литературе. Darhaqiqat, inson bu hayotda abadiy yashay olmaydi, lekin uning qilgan ishlari, ko‘rsatgan qahramonliklari, yozgan kitoblari va tarbiya qilgan yetuk farzandlari bilan el og‘zida abadiy yashashi mumkin. Surxon vohasining erka farzandi Shukur Xolmirzayev ham yuqorida ta’kidlanganidek, yozgan kitoblari bilan insonlar ko‘nglida hamon yashab kelmoqda. Adib 1940-yil 24-martda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan. Boysun – Surxondaryo vohasining azim shaharlaridan biri boʻlib, u juda soʻlim va yoqimli tabiatiga ega hudud. “Boysun’’ soʻzining maʼnosi asli qadimiy turkcha “boy”, “ulug” va “sin” tog‘ soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, “ulugʻ togʻ” yoki “katta togʻ” degan maʼnoni anglatadi. Mahalliy rivoyatlarga koʻra esa bu atama “boylar qishlogʻi” degan maʼno kasb etadi, chunki bu yerda qadimdan badavlat turkiy xalq vakillari yashaganligi aytiladi. Gapning isboti bilan “Boylar qishlogʻi” da tugʻilgan Shukur Xolmirzayev O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoni sovrindori. Toshkent universiteti jurnalistika fakultetining talabasi boʻlgan. Dastlab adabiyotga hikoya va ocherklari bilan 1958-yilda kirib kelgan. “Oq otli”, “To‘lqinlar”, “O‘n sakkizga kirmagan kim bor?” qissalari, shuningdek, yozuvchining shu davrda yozgan hikoyalari “Olis yulduzlar ostida”, ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 605 “Hayot abadiy”, “Og‘ir tosh ko‘chsa…”, “Yo‘llar, yo‘ldoshlar”, “Bodom qishda gulladi”, “Tog‘larga qor tushdi” singari to‘plamlari uning el ichida tanilishiga va adabiyot shinavandalari koʻnglidan munosib joy olishiga sabab boʻlgan asarlar bo‘ldi. Shukur Xolmirzayev nasrida inson ruhiyati, axloqiy tanlov va hayotiy haqiqat masalalari yetakchi o‘rinni egallaydi. Adib qahramonlari tashqi voqealardan ko‘ra, ichki kechinmalari, vijdoniy iztiroblari orqali ochiladi 1 . Shulardan 1965-yil yozilgan “O‘n sakkizga kirmagan kim bor? ” qissasi eng munosibi hisoblanadi. Bu asar orqali adib koʻp insonlar ogʻziga tushadi, sevimli yozuvchi sifatida nozik koʻngillarni egallab oladi. Yigirma besh yoshli Shukur talabalik davrini va ilk sevgi iliqligini o‘zida his qilgan holda qalamga soldi. Oqibatda adibning “O‘n sakkizga kirmagan kim bor? ” qissasi yaratiladi. Yozuvchi qissada yoshlik, balog‘at davri, undagi sof va samimiy sevgini, ukaning akaga bo‘lgan mehrini, asar qahramoni orqali o‘zining ona zaminiga bo‘lgan sevgisini tasvirlaydi. Asar syujetida oldi-qochdi nasihatgo‘ylik emas balki yangilik yaratib yozishga urinadi. Asar sujeti Muslima buvining ikki farzand bilan beva qolishi, yagona oʻgʻilning ham ota izidan urushga ketib halok boʻlishidan boshlanadi. Zaynabxonni ham taqdir onasining taqdiri bilan siylashi, yana hayotga umid bogʻlab Jalolov bilan oila qurish, farzandlar ulgʻayishi, ikki aka va uka bir qizga muhabbat bolgʻashi va sevgisi rad qilingan qizning qalbini sevgi emas endi nafrat qurshab olishi va insonning eng chirkin illati boʻlgan oʼch olish hissi orqali Umida sevgani boʻlgan Jamshidga emas, balki hech ham koʻngli boʻlmagan Tilov bilan oila qurishi kabi voqealarni gavdalantiradi. Alqissa, uch oshiq ham hayotda oʻz yoʻllarida adashib, eng goʻzal va muqaddas neʼmat boʻlgan sevgiga nisbatan nafrat paydo boʻlishi bilan yakunlanadi, yaʼni qissada voqea tugamaydi balki voqeaning qanday yakun topishi endi oʻquvchiga topshiriladi. Haqiqatan asar boshqa yozuvchilar ijodidan tubdan farq qiladi. Shukur Xolmirzayev yozgan har bir asarida kitobxonni asar o‘qishdan charchatib qo‘yishdan qochadi, o‘quvchining hayolotiga asar ta’sir etishi uchun jon-jahdi bilan harakat qilib yozadi. Sodda til bilan muallif nutqidan foydalanib yozadi. Asar obrazlariga keladigan bo‘lsak, barcha obrazlar realistik-hayotiy obraz. Yozuvchi asar qahramonlarini holisona baholab yozadi. O‘quvchi o‘z hayotidan, o‘z dunyoqarashidan kelib chiqib qahramonlarni baholashini hohlaydi. Balog‘at nafasi kelib turgan har bir o‘quvchi asarni o‘qib, asar qahramonlarining birida o‘z aksini ko‘ra oladi. “O‘n sakkizga kirmagan kim bor” qissasida yozuvchi o‘smirlar ongida kechadigan ma’naviy uyg‘onish jarayonini ijtimoiy muhit bilan bog‘liq holda yoritadi. Asarda bolalik va kattalik oralig‘idagi murakkab ruhiy holatlar badiiy tahlil markaziga chiqarilgan 2 . Shukur Xolmirzayevning “O‘n sakkizga kirmagan kim bor? ” qissasi unchalik keng qamrovli emas balki uch-to‘rt obraz hayotini gavdalantiradi. Ammo shu uch-to‘rt obraz orqali ko‘pchilik yozuvchilar yarata olmagan keng qamrovli hayotni aks ettira olgan. Ya’ni asar qissa janrida bo‘lib, qisqa bo‘lsa ham undagi sanoqli qahramonlar hayoti orqali o‘sha davr, insonlar va ijtimoiy hayot o‘rtasidagi munosabat va ta’sirni ochib bera oladi. Muslima buvining yigirma besh yoshida ikki farzand bilan beva qolishi sababi davr urushi bo‘lgani, eri urushga ketib yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgani buning isboti. 1 ¹ Normatov U. Ijod sehri. – Toshkent: Sharq, 2007. – 112-bet. 2 Yo‘ldoshev Q. Hozirgi o‘zbek hikoyachiligi. – Toshkent: Fan, 2004. – 143-bet. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 606 Asarda Muslima buvi beva qolib farzandlarini qiyinchilik bilan voyaga yetkazgani tasvirlangan lekin bir o‘ylab ko‘ringa bu sovuq urush Zaynabdan boshqa yana nechta bolani yetim qildi. Shu o‘rinda yozuvchi o‘zbek ayollarining matonati, sabr-bardoshini ham e’tirof qilib o‘tgan. Bizning mahoratli adibimiz Shukur Xolmirzayev mana shu tasviri orqali ijtimoiy davrning insonlarga qanchalik ta’sir qilganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari asarda kitobxon diqqatini tortuvchi yana bir narsa borki, kitobxon qissani o‘qish jarayonida yozuvchining o‘zi yashab o‘tgan hududning tarixini qanchalik yaxshi bilganining ham guvohi bo‘ladi. Ayniqsa, ”Farhod tog‘i” nega aynan Farhod ismi bilan atalishi haqidagi ushbu qissa ichidagi hikoyasi orqali vatanni suyguchi bir inson bo‘lgani tasdiqlanadi: ”Farhod suyukli yori Shirinning yurti uchun suv chiqaraman deb, shu tog‘ga chiqqanmish. O‘shanda so‘lim Sangardagimiz cho‘l bo‘lgan emishda, necha yillardan beri suv kelmas emish, Farhod esa yoridan bu haqda ko‘p oh-voh eshitib tog‘ga chiqqan emishda bir ketmon urgan ekan hamki, ketmon tekkan yerdan suv otilib chiqqanmish, o‘shandan buyon shu tog‘ “Farhod tog”’gi, ketmon tekkan joy esa “Ketmon tegdi” nomini olganmish”. Asar sinchkovlik bilan kuzatsak, sevgi uchburchagidagi qahramonlar yurak kechinmalarini his qila olamiz. Yozuvchining yutug‘i ham shunda. Muhabbat haqida juda ko‘p asarlar mavjud, lekin bu qissaning ulardan farqi qahramonlarning qalbidagi muhabbati, xarakteri asar qahramonlari o‘qigan kitoblarga bog‘liqligida. Qissa qahramonlari balog‘at yoshidagi o‘smirlar bo‘lgani uchun ularning qiziqishlari turli. Jamshid shoir bo‘lishni orzu qilardi, Tilov injener bo‘lmoqchi edi, Umida esa o‘zi o‘qigan dramalaridagi aktrisalar kabi mashhurlikka erishishni orzu qilar edi. Umida tabiatan, hisiyotlar va hayolot olamiga tez beriluvchan qiz bo‘lgani uchunmi, u ko‘p dramalar o‘qir va o‘sha dramadagi hayoti sinovlarga yo‘g‘rilgan, umrining ohiri fojia bilan tugaydigan aktrisalar qatorida bo‘lishni hohlardi. Inson hayotini barbod qiluvchi omil insonning yagona o‘zi ekanini yozuvchi Umida obrazi orqali kitobxonga yetkazib beradi. Umida sevgisi rad qilingani uchun yoshligidan unda hos o‘ch olish hislati orqali nafaqat o‘z hayoti balki Tilov va Jamshidning ham hayotini barbod qiladi. Jamshid bilan yoshlikdan do‘st bo‘lishadi, ulg‘aygani sari yuragida mavjlanayotgan hislar do‘stlikka ta’luqli deb o‘ylab muhabbatini oshkor qilmay yurgan kezlarida akasi Tilov Umidaga muhabbat bog‘lagani sababli Umida sevgisini rad qilishga majbur bo‘ladi. Ammo birgina tushunmovchilik sababli har uchchalasining ham hayoti ostin-ustin bo‘lib ketadi. Aynan asarning shu o‘rni orqali shoshqoloqlik biz yoshlarga xos xislat ekani ayon bo‘ladi. Shukur Xolmirzayev ushbu qissasi orqali yangi hayot, ikkinchi turmushni ham tasvirlaydi. O‘gay otalar, o‘gay onalar doim ham yomon bo‘lmasligini, o‘gay farzandlarga ham o‘z jigargo‘shasiga bergan mehri kabi mehr qo‘yishi mumkinligini yoritib beradi. Aynan Jalolov va Zaynablar timsoli orqali xalqimiz orasida ham “O‘gay ota”, “O‘gay ona” larning barini ham qoralash kerak emasligi gavdalanadi. Surxon o‘g‘loni yozuvchi Shukur Xolmirzayevning “O‘n sakkizga kirmagan kim bor? ” qissasi hech bir yosh, hech bir qari ko‘ngliga kirmay qolmaydi, uni hoh o‘sha davr insonlari, hoh hozirgi davr insonlari o‘qisin baribir asardagi mavzular kitobxonga ta’sir etmay qolmaydi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 607 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Xolmirzayev Sh. Tanlangan asarlar. 5 jildlik. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1985–1990. 2. Xolmirzayev Sh. O‘n sakkizga kirmagan kim bor // Hikoyalar va qissalar. – Toshkent: Yosh gvardiya, 1982. 3. Karimov N. XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyoti. – Toshkent: Fan, 2001. 4. Qo‘shjonov M. O‘zbek nasrida qahramon va xarakter masalasi. – Toshkent: Fan, 1986. 5. Normatov U. Ijod sehri. – Toshkent: Sharq, 2007. 6. Rasulov A. Badiiy tafakkur va realizm. – Toshkent: Universitet, 1995. 7. Yo‘ldoshev Q. Hozirgi o‘zbek hikoyachiligi. – Toshkent: Fan, 2004. 8. Hamdamov U. O‘zbek adabiyotida ma’naviy-axloqiy muammolar talqini. – Toshkent: Akademnashr, 2010. 9. Saidov T. Shukur Xolmirzayev nasrining poetik xususiyatlari // O‘zbek tili va adabiyoti. – 2008. – №4. 10. To‘raqulov B. Adabiy obraz va hayot haqiqatining badiiy ifodasi. – Toshkent: Fan, 1998.